O’zbek tili gidronimlarining xronologik tasnifi
Mavzu: O’zbek tili gidronimlarining xronologik tasnifi:O’zbekiston hududidagi gidronimlarni o’rganilish darajasi,etimologiyasi.Amidaryo,Sirda ryo, Zarafshon,Qashqadaryo,Surxondaro kabi gidronimlarning etimologiyasi.
Barcha suv obyektlarining nomlari gidronimlar deyiladi (yunon cha «hidro» — suv, «nom» — nom). Okean, dengiz, ko‘l, soy, jilg‘a, quduqning har biri suv obyektidir. Suvsiz hayot yo‘q. Yer sharida dastlabki hayot ham suvda, okeanda paydo bo l gan degan fikr bor.
Toponimikaning bo‘limi — gidronimika suv obyektlarining nom larini, k ulaming kelib chiqishini, atalish qonuniyatlarini o'rganadi. Toponimistlar gidronimlami eng qadimiy toponimlar deb baholashadi. Haqiqatan ham shunday. Masalan, Amudaryo bilan Sirdaryoning qadimiy nomlari har qanday osori-atiqa yodgorliklarining yoshi bilan bellasha oladi.
O’ rta Osiyodagi eng yirik daryo — Amudaryo qadimgi yunon tarixchisi Gerodot (miloddan awalgi V asr) asarlarida Araks deb, keyinroq (miloddan awalgi I asr — milodning I asrida) o‘tgan yunon tarixchilari asarlarida Oks (yoki Oksos) deb atalgan. Olimlar ana shu Oks (ba’zan Akes) Amudaryoning qadimiy turkiy nomi — 0 ‘kuz «daryo» so‘zining o‘zginasi deb hisoblaydi. Avesto va boshqa tarixiy manbaalarda Amudaryoning Arang, Raxa, Ranxa, Aranxa degan qadimiy nomlari ham uchraydi. Arablar uni Jayxun «jo‘shqin (daryo)» deb atashgan. Jayxun yahudiylaming muqaddas kitobi «Tavrot»da tilga olin gan Jixon daryosiga nisbat berib atalgan, degan fikr ham bor.
Amudaryoning qadimiy eroniy nomi Vaxsh (Vaxshob) bo'lgan. Daryoning yirik irmoqlaridan biri hozir ham Vaxsh deb ataladi. Abu Rayhon Beruniy Vaxsh xorazmliklarda suv parisi — malak nomi deb yozgan. Professor H.Hasanov ma’lumotlariga qaraganda, Pokistonda Amudaryoni hozir ham Vakshu-nada deb atashar ekan. 0 ‘rta Osiyoda Vaxsh, Vaxshivar, Vaxshivardara degan bir nechta joy lar bor.