O’zbek tilini davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish bo’yicha qilinayotgan ishlar
O’zbek tilini davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish bo’yicha qilinayotgan ishlar Reja 1.O’zbek tilining ahamiyati. 2. O‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘- e’tibori. 3.O‘zbek tili davlat tili.
Xalqning vatani, davlati kabi yana bir buyuk, ehtimolki, birlamchi boyligi bor. Bu – uning tili. Aynan til odamlar guruhini bir millat sifatida biriktiradi, ya’ni xalqni – xalq, millatni – millat qiladi. 1989-yil 21-oktabr kuni “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilingan.
Ulug‘ mutafakkir shoirimiz hazrat alisher navoiyning o‘zbek xalqi ma’naviy dunyosi, tilining shakllanib rivoj topishida xizmatlari katta bo‘lgan. Navoiyning asarlari orqali ona tilimizga bo‘lgan mehr-muhabbatimiz oshdi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI O‘ZBEK TILINING DAVLAT TILI SIFATIDAGI NUFUZI VA MAVQEYINI TUBDAN OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
• Aziz do‘st lar! • Davlat tilini rivojlantirishga qaratilgan ishlarimizning mantiqiy davomi sifatida bugun mamlakatimizda yana bir muhim qadam qo‘ydik. Men bugun «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmonga imzo chekdim. Unga binoan «Davlat tili haqida"gi qonun qabul qilingan kunning ulkan tarixiy o‘rni va ahamiyatidan kelib chiqqan holda, 21- oktyabr sanasi yurtimizda «O‘zbek tili bayrami kuni» deb belgilandi. • Ona tilimiz — milliy ma’naviyatimizning bitmas- tuganmas bulog‘idir. Shunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir. • Ona tilimizning davlat va jamiyat hayotidagi ta’siri va mavqeini yanada oshirish bo‘yicha oldimizda o‘ta muhim va dolzarb vazifalar turibdi.