logo

O’zbek tilida ko’makchilar va ularning grammatik-stilistik xususiyatlari

Yuklangan vaqt:

11.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

64.7265625 KB
Mavzu: O’zbek 
tilida ko’makchilar 
va ularning 
grammatik-stilistik 
xususiyatlari 
                Reja:

O’zbek tilida ko’makchilarning 
o’rganilishi.

Ko’makchilarning grammatik-
stilistik xususiyatlari.                      Ko`makchilar o`zgarmaydi, turlanmaydi yoki yasalmaydi, ma’noli 
qismlarga ajralmaydi, vosita sabab, maqsad, yo`nalish, qiyos kabi 
ma’nolarni hosil qiladi.Ko`makchilar xuddi kelishiklar kabi tobe so`zni 
hokim so`zga bog`lashga xizmat qiladi, o`zidan oldingi so`z bilan bitta 
so`roqqa javob bo`ladi: siz bilan xamsuhbat bo`lmasdan avval 
boshqacha xayolda edim.Ko`makchilar yetakchi so`zga bog`lanib unga 
turli qo`shimcha ma’nolar yuklaydi. O’zbek tilshunosligida 
ko’makchilarning funksional-stilistik xususiyatlari A.Pardayev 
tomonidan mongrafik yo’nalishda o’rganilgan va nomzodlik  
dissertatsiyasi himoya qilingan. Ko’makchilarning stilistik xususiyatlari 
o’rganishda ana shu tadqiqot materiallaridan foydalanamiz                                 Ko’makchilar tarixan mustaqil so’z hisoblanib, o’zleksik ma’nolariga 
ega bo’lgan, ammo davr o’tishi bilan  bu leksik ma’nolarni yo’qotib ularning 
ma’lum qismi o’zgarmas bo’lib, hech qanday grammatik shakllarni qabul 
qilmaydigan hollarga kelib qolgan. O’zidan oldin kelgan so’zlar bilan 
birgalikda vozita, maqsad, sabab, vaqt, makon, obyekt, o’xshatish, 
yo’nalish, masofa, payt singari grammatik ma’no ifoda etadigan va 
yordamchi vosita sanaladigan til birliklaridir. 
             Biz tadqiqotlar jarayonida ko’makchilarni hozirgi adabit tilimiz 
nuqtai nazaridan funksional-stilistik jihatdan baholashga qaratamiz. 
Lekskk ma’noga ega emasligi va shuning uchun ham nutqda alohida 
ishlatilmasligi hamda so’z o’zgartiruvchi qo’shimchalarni qabul qila 
olmasligi  sof yoki asl ko’makchilarni ajratishda asosiy o’lchov bo’lib xizmat 
qiladi. Shu nuqtai nazardan biz asosan bilan, binoan, bo’yicha, kabi, ora, 
sayin, sari, uzra, uchun, qadar ko’makchilari va ularga sinonimik holatda 
bo’lgan boshqa ko’makchilar tahlil qilinadi. Hozirgi adabiy tilimizda ham fumksional ko’makchilarning 
mavjudligi, birinchidan, tarixan mustaqil so’zlardan iborat 
bo’lganligi va ularning leksik ma’no anglatganligidan, 
ikkinchidan esa bu jarayon hali ham tilda davom etib 
kelayotganligidan dalolat beradi. Bu toifadagi ko’makchilar 
tilimiz tarixi tadqiqotchilarning kuzatish obyekti bo’lgan va 
bu kuzatishlar natijasida ularning asosan fe’l, ot, ravish, 
ravishdosh singari mustaqil so’z turkumlaridan kelib 
chiqqanligidan dalolat beradi. H. G’. Ne’matov funksional 
ko’makchilarga nisbatan ,,mustaqil-yordamchi so’zlar” 
atamasini qo’llaydi. Olimning fikri qanchalik ilmiy asosga ega 
ekanligini anglab olish maqsadida uning bu borada qayd 
etganlarini batafsil keltirishga to’g’ri keladi: ,, Mustaqil va sof 
yordamchi so’zlardan farqlash maqsadida ham mustaqil, 
ham yordamchi vazifasida kela oladigan so’zlarni mustaqil-
yordamchi so’zlar deb ataymiz”.  Dominantasi avval so’zi  bo’lgan sinonimik qatordagi so’zlarning o’rnini 
bemalol almashtirib qo’llash mumkin va bunda deyarli mazmunga 
putur yetmaydi. Ular orasida faqat ilgari so’zi bo’ginlar soni bilan 
ulardan farqlanadi va buning she’riy asarlar uchun ahamiyati bor: 
Turkman qizi quyoshdan turib ilgari, Kutarma kiranda yuksak uylarni…
( Zulfi ya)
Sinonimik qatordagi so’zlarga uslub talabi nuqtai nazaridan qarasak 
ham A. Hozjiyevning quyidagi fikrlarini inobatga olsak maqsadga 
muvofiq bo’ladi: ,, Avval, oldin so’zlari kontekst yoki boshqa biror 
vosita yordamisiz ,,o’tmish” ma’nosini aniq ifodalay olmaydi. Ilgari, 
qadim, burun so’zlari esa o’tmish ma’nosini aniq ifodalay oladi. Ilgari 
so’zi ko’pincha avval, oldin so’zlariga nisbatan uzoqroq o’tmishni 
ifodalash uchun qo’lllanadi. Oldin ko’proq oddiy so’zlashuvga xos. 
Ilgari so’zi ham ko’makchi sifatida kitobiy uslublarda faol:  Kengash 
majlisni ochish oldidan ,,Ilmiy darajalar berish to’grisidagi nizom” ga 
muvofiq ilgari tuzilgan komissiya xulosasining loyihalari kengash 
a’zolariga tarqatildi. (OA K nizomi,9)

Mavzu: O’zbek tilida ko’makchilar va ularning grammatik-stilistik xususiyatlari  Reja:  O’zbek tilida ko’makchilarning o’rganilishi.  Ko’makchilarning grammatik- stilistik xususiyatlari.

Ko`makchilar o`zgarmaydi, turlanmaydi yoki yasalmaydi, ma’noli qismlarga ajralmaydi, vosita sabab, maqsad, yo`nalish, qiyos kabi ma’nolarni hosil qiladi.Ko`makchilar xuddi kelishiklar kabi tobe so`zni hokim so`zga bog`lashga xizmat qiladi, o`zidan oldingi so`z bilan bitta so`roqqa javob bo`ladi: siz bilan xamsuhbat bo`lmasdan avval boshqacha xayolda edim.Ko`makchilar yetakchi so`zga bog`lanib unga turli qo`shimcha ma’nolar yuklaydi. O’zbek tilshunosligida ko’makchilarning funksional-stilistik xususiyatlari A.Pardayev tomonidan mongrafik yo’nalishda o’rganilgan va nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilingan. Ko’makchilarning stilistik xususiyatlari o’rganishda ana shu tadqiqot materiallaridan foydalanamiz

Ko’makchilar tarixan mustaqil so’z hisoblanib, o’zleksik ma’nolariga ega bo’lgan, ammo davr o’tishi bilan bu leksik ma’nolarni yo’qotib ularning ma’lum qismi o’zgarmas bo’lib, hech qanday grammatik shakllarni qabul qilmaydigan hollarga kelib qolgan. O’zidan oldin kelgan so’zlar bilan birgalikda vozita, maqsad, sabab, vaqt, makon, obyekt, o’xshatish, yo’nalish, masofa, payt singari grammatik ma’no ifoda etadigan va yordamchi vosita sanaladigan til birliklaridir. Biz tadqiqotlar jarayonida ko’makchilarni hozirgi adabit tilimiz nuqtai nazaridan funksional-stilistik jihatdan baholashga qaratamiz. Lekskk ma’noga ega emasligi va shuning uchun ham nutqda alohida ishlatilmasligi hamda so’z o’zgartiruvchi qo’shimchalarni qabul qila olmasligi sof yoki asl ko’makchilarni ajratishda asosiy o’lchov bo’lib xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan biz asosan bilan, binoan, bo’yicha, kabi, ora, sayin, sari, uzra, uchun, qadar ko’makchilari va ularga sinonimik holatda bo’lgan boshqa ko’makchilar tahlil qilinadi.

Hozirgi adabiy tilimizda ham fumksional ko’makchilarning mavjudligi, birinchidan, tarixan mustaqil so’zlardan iborat bo’lganligi va ularning leksik ma’no anglatganligidan, ikkinchidan esa bu jarayon hali ham tilda davom etib kelayotganligidan dalolat beradi. Bu toifadagi ko’makchilar tilimiz tarixi tadqiqotchilarning kuzatish obyekti bo’lgan va bu kuzatishlar natijasida ularning asosan fe’l, ot, ravish, ravishdosh singari mustaqil so’z turkumlaridan kelib chiqqanligidan dalolat beradi. H. G’. Ne’matov funksional ko’makchilarga nisbatan ,,mustaqil-yordamchi so’zlar” atamasini qo’llaydi. Olimning fikri qanchalik ilmiy asosga ega ekanligini anglab olish maqsadida uning bu borada qayd etganlarini batafsil keltirishga to’g’ri keladi: ,, Mustaqil va sof yordamchi so’zlardan farqlash maqsadida ham mustaqil, ham yordamchi vazifasida kela oladigan so’zlarni mustaqil- yordamchi so’zlar deb ataymiz”.

Dominantasi avval so’zi bo’lgan sinonimik qatordagi so’zlarning o’rnini bemalol almashtirib qo’llash mumkin va bunda deyarli mazmunga putur yetmaydi. Ular orasida faqat ilgari so’zi bo’ginlar soni bilan ulardan farqlanadi va buning she’riy asarlar uchun ahamiyati bor: Turkman qizi quyoshdan turib ilgari, Kutarma kiranda yuksak uylarni… ( Zulfi ya) Sinonimik qatordagi so’zlarga uslub talabi nuqtai nazaridan qarasak ham A. Hozjiyevning quyidagi fikrlarini inobatga olsak maqsadga muvofiq bo’ladi: ,, Avval, oldin so’zlari kontekst yoki boshqa biror vosita yordamisiz ,,o’tmish” ma’nosini aniq ifodalay olmaydi. Ilgari, qadim, burun so’zlari esa o’tmish ma’nosini aniq ifodalay oladi. Ilgari so’zi ko’pincha avval, oldin so’zlariga nisbatan uzoqroq o’tmishni ifodalash uchun qo’lllanadi. Oldin ko’proq oddiy so’zlashuvga xos. Ilgari so’zi ham ko’makchi sifatida kitobiy uslublarda faol: Kengash majlisni ochish oldidan ,,Ilmiy darajalar berish to’grisidagi nizom” ga muvofiq ilgari tuzilgan komissiya xulosasining loyihalari kengash a’zolariga tarqatildi. (OA K nizomi,9)