O’zbek tilining izohli frazeologik lug’ati
* “ O’zbek tilining izohli frazeologik lug’ati”
FRAZEOLOGIYA HAQIDA QISQACHA MA’LUMOT Frazeologiya – tilshunoslikning bo’limlaridan biri hisoblanadi. Frazeologiya -lotin tilidan olingan bo’lib, “phrasis”-ifoda, “logos”- ta’limot deganidir. Tilda ikki yoki undan ortiq so’zdan tarkib topib, ko’chma ma’no ifodalaydigan, ma’nosi bir so’zga teng keladigan turg’un birikmalar ibora (frazeologik birlik) deyiladi. Ma’no yaxlitligiga ega bo’lgan va nutqiy jarayonga qadar ikki va undan ortiq so’zlarning barqaror munosabatidan tashkil topgan, nutqqa tayyor holda olib kiriluvchi ko’chma ma’nodagi barqaror birikmalarga frazeologizmlar deyiladi.
FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING SHAKL VA MA’NO TURLARIGA KO’RA TURLARI Omonimlik – shakli bir xil ma’nosi har xil iboralar. M: boshga ko’tarmoq-e’zozlamoq; boshga ko’tarmoq-shovqin solmoq; Sinonimlik – bir-biriga ma’nosi yaqin ma’nodosh iboralar. M: dunyoga kelmoq-tavallud topmoq; Antonimlik – qarama-qarshi ma’noli iboralar zid ma’noli iboralar. M: dunyoga kelmoq-dunyodan ketmoq; Paronimlik – bitta so’zi bilan farqlanadigan iboralar: yetti uxlab, tush(i)ga kirmaslik va yetti uxlab tush(i)da ko’rmaslik.
“ O’zbek tilining izohli frazeologik lug’ati”ning muallifi Shavkat Rahmatullayev. “ O’qituvchi” nashriyoti. Toshkent – 1978 “ Izohli frazeologik lug’atda hozirgi o’zbek tilidagi mingdan ortiq iboraga semantik, grammatik, qisman nutqiy izohlar berildi. Lug’at alfavit tartibida tuzilib, unga bevosita frazeologik birliklar (barcha variantlari) kiritilgan”. Lug’at frazeologik birliklarning (iboralarning) hozirgi o’zbek original badiiy prozasi sahifalarida ishlatilishini kuzatib to’plangan material asosida tuzildi.
Azob chekmoq – qiynalmoq. Varianti: azobini tortmoq, tortgan azobi. O’xshashi: ich-et(i)ni yemoq. Brigadr ko’p vaqtlardan buyon jigar kasalidan azob chekardi. Aravani quruq olib qochmoq – uddasidan chiqib olmaydigan ish yoki narsa haqida ortiq darajada maqtanmoq. Varianti: aravani olib qochmoq, olib qochmoq, quruq aravani olib qochmoq. Aravani quruq olib qochding, og’ayni. Jon kuydirmoq – ruhan kuchli bezovtalangan holda g’amxo’r bo’lmoq. Yuziga oyoq qo’ymoq – behurmat qilish darajasida hisoblashmaslik. Varianti: yuziga oyoq bosmoq, yuziga oyoq tiramoq