O‘zbekiston bronza davri yodgorliklarining o‘rganilishi va xalqaro hamkorlik
O ‘ zbekiston bronza davri yodgorliklarining o ‘ rganilishi va xalqaro hamkorlik
Reja 1 Bronza davriga umumiy tasnif 2 sopolli madaniyati 3 jarqo ‘ ton yodgorligi 4 ilmiy xalqaro hamkorlik
Bronza tosh asriga nisbatan juda qisqa davrni o’z ichiga oladi. O’rta Osiyoda uning taxminiy xronologik chegarasi mil. avv. III minginchi yillikning o’rtalari – II minginchi yillikning oxiriga to’g’ri keladi. Bronza davrining xo’jalik sohasida erishgan eng katta yutuqlaridan biri dehqonchilikning yangi yerlarga yoyilishi va mil.avv. II minginchi yillikning ikkinchi yarmida chorvachilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishidir. Bronza davrda xo’jalikning, asosan, yaylov chorvachiligi va dehqonchilikka asoslangan ishlab chiqarish shakli qaror topdi. Amudaryo va Zarafshonning quyi kismi, Farg’ona vodiysining shimoliy-sharqiy qismi va janubiy Surxon vohasi tabiiy geografik jihatdan qadimgi dehqonchilikning kelib chiqishi va rivojlanishi uchun qulay bo’lgan. Atrofdagi cho’l va dashtlarda, asosan, chorvador qabilalar yashagan. O’zbekistonda uchta asosiy dehqonchilik vohasi — Sherobod, Sho’rchi va Bandixon shakllangan. Bu joylarda qadimgi ilk shahar madaniyati shakllana boshlagan. Jez davriga mansub Sopollitepa, Mirshodi, Mo’lali, Jarqo’ton kabi urug’ jamoasining turar joylari - qishloq qo’rg’onlari, ilk shaharlari va qabrlar topilgan.
Qadimgi Baqtriya arxeologiyasi sohasida yirik kashfiyotlar, ya’ni bronza davri qadimgi Sharq sivilizatsiyasining tarkibiy qismi hisoblanuvchi Baqtriya sivilizatsiyasi tadqiqotida A.A. Asqarov (Sopolli madaniyati) va V.I. Sarianidi (Dashli madaniyati) ning ilmiy izlanishlari muhim hisoblanadi. Xususan, A.A. Asqarov Sopollitepa, Jarqo’ton, Bo’ston kabi yodgorliklarda keng arxeologik qazish ishlari o’tkazib, O’zbekistonning Janubiy sarhadlari miloddan avvalgi II minginchi yillikda qadimgi Sharq sivilizatsiyasi tizimiga kirishini isbotladi. Mutaxassisning yozishicha, Qadimgi Baqtriyaning Sopollitepa va Dashli tipidagi yodgorliklarida olib borilgan ilmiy arxeologik tadqiqotlar natijalariga ko’ra, mazkur joylarning bronza davri sivilizatsiyasining shakllanishida Janubiy Turkmaniston dehqon jamoalari muhim o’rin tutgan. Qadimgi dehqon jamoalari Baqtriya yerlariga bevosita Murg’ob vohasidan kelgan. Murg’oblik dehqonlar Janubiy O’zbekistonda avval Sherobod cho’lini o’zlashtirganlar. Ularning birinchi qarorgohi Ulanbuloqsoy suvi bazasidi tashkil topgan Sopollitepa bo’ldi. Sopollitepaliklar asta-sekin Ko’hitang va Boysun tog’ etaklari bo’ylab shimoli – sharqqa siljidi. Natijada Sherobod daryosining quyi havzasi tarmoqlari bo’ylab qadimgi dehqonlarning yangidan-yangi qishloqlari qad ko’tara boshladi.
Sopollitepa. O’zbekiston hududidagi eng qadimgi protoshahar hisoblanadi. 1969- 1974 yillar davomida Sopollitepada olib borilgan keng arxeologik qazishmalar vaqtida yodgorlik to’liq ochildi, uning turar-joy komplekslari, qadimgi qishloqni o’rab olgan mudofaa tizimi va qishloq doirasida joylashgan jamoa xilxonalari keng o’rganildi. Sopollitepa yodgorligi Sherobod tumanidagi Ulanbuloqsoyda joylashgan (Termiz shahridan 70 kilometrlar chamasi shimoliy-g’arbda) . Sopollitepa yodgorligidan 150 dan ortiq 8 ta kvartallarga bo’lingan uy-joy qoldiqlari va 138 ta mozor komplekslari ochilgan. Yodgorlikning qal’a qismi kvadrat shaklida bo’lib, maydoni 82x82 m, atrofi uch qator mudofaa devorlari bilan o’rab olingan. Devorlarning qalinligi 2 metrdan ortiq