O‘zbekistonda antik davr yodgorliklarining o‘rganilishi va xalqaro hamkorlik
O ‘ zbekistonda antik davr yodgorliklarining o ‘ rganilishi va xalqaro hamkorlik
1 O ‘ zbekistonda antik davr Yodgorliklarini o ‘ rganilishi. 2 Antik davr yodgorliklarida Xalqaro hamkorlik
O’zbekiston hududida antik davr yodgorliklarida arxeologik tadqiqotlar O’zbekiston hududida antik davrga oid yodgorliklarni o’rganish Surxondaryo hududida olib borildi. XX asrning 30 yillari boshlari va o’rtalarida M.E.Masson rahbarligidagi Termiz arxeologiya-kompleks ekspeditsiyasi xodimlari eski Termizning qal’a qismida qazish ishlarini olib borib, mil.avv. III asrga oid ashyolarni olishga muvaffaq bo’ldilar. Shu bilan birga, Kushon davriga oid Ayritomda qazish ishlarini olib bordi, natijada noyob ashyolar, ya’ni «arfa chalayotgan ayol» haykali topilgan. 1937–1940 yillarda S.P.Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologiya- etnografiya ekspeditsiyasi Amudaryoning qurib qolgan o’zani Aqchadaryo havzasidagi tarixiy obidalarni ro’yxatga oldi, arxeologik xaritaga joylashtirdi, Jonbos qal’a, Tuproq qal’a yodgorliklarida qazish ishlarini olib bordi. Ekspeditsiya a’zolari 1946 yildan 1991 yilgacha bo’lgan tarixiy davrda Qo’yqirilgan qal’a, Ko’zaliqir, Ayozqal’a 1, 2, 3, Qalaliqir, Quyisoy-2 yodgorliklarida keng miqyosda qazish ishlarini olib bordi. Qo’yqirilgan qal’a o’zining rejalashtirilishi, me’moriy inshooti bilan diqqatga sazovor.
Amudaryoning o’ng sohili hududidagi qal’alar: Jonbosqal’a, Qo’yqirilganqal’a, Ayozqal’a 1, 2, 3, Katta va Kichik Qirqqizqal’a, Qulqal’a, Qumbosganqal’a, Dumanqal’a, Akshaxon, Tuproqqal’a, Qizilqal’a, Qo’rg’oshinqal’a, Aqchungul, Kuyukqal’a, Gaurqal’a (Sulton Uvays tog’i), Tukqal’a, Jildikqal’a, Burgutqal’a, Ellikqal’a, Uyqal’a, Katta Guldursun, Bozorqal’a, Angkaqal’a, Pilqal’a, Odamliqal’a, Doshqal’a-2 , Tuproqqal’a, Eresqal’a. Amudaryoning so’l sohili hududidagi qal’alar: Gurganch, Davkasgan, Shoxsanam, Shexrlik, Yarbekirqal’a, Zamaxshar, Ichanqal’a, Bo’ldimsoz, Gaurqal’a (Xo’jayli), Ketmenchi, Tuprokqal’a (Xiva), Tuproqqal’a (Yangiariq), Tuproqqal’a (Kushko’pir), Kunaqal’a, Voyangan, Tuproqqal’a (Shovot), Katqal’a (Shovot) Kalajik, Xazorasp, Chingiztepa 1, 2, 3, Xumbuztepa, Tuprokqal’a (Qo’ng’irot), Sadvar, Jig’arband, Elxaros, Dargon, Gaur 1, 2 (Sariqamish havzasi) va boshqalar. Antik davrda bu shaharlar mustaqil shahar-davlatlar sifatida mavjud bo’lib, harbiy chegara va iqtisodiy madaniy markazlar bo’lgan. Yuqorida qayd etilgan qal’alarni ba’zilarining me’moriy-topografik va mudofa tizimiga e’tiborni qaratamiz
Buxoro viloyatida antik davr yodgorliklari Buxoro viloyati hududida R.Sulaymonov rahbarligida, Buxoro shahrining paydo bo’lishi va rivojlanish tarixini o’rganish maqsadida A.R.Muxammadjonov rahbarligidagi arxeologik guruhlar tadqiqot ishlarini olib bordi. Natijada Romish–I, II, III, Setalak, Buxoro keng miqyosda o’rganildi. Buxoro – Zarafshonning Rudizar va Zarirud ismli ikki sohilida bir-biriga qarama-qarshi joylashgan, alohida-alohida qishloqlar asosida paydo bo’lgan. Shaharning etti joyida keng ko’lamda arxeologik tadqiqotlar olib borilgan, undagi madaniy qatlam 20 metrdan oshiq. Devor avval paxsadan, keyin to’rt tomoni teng xom g’ishtdan qurilgan, to’g’ri burchakli kungurga ega. Shahar uch qismdan iborat, ya’ni ark, shahriston va shahar atrofidan iborat bo’lib, turli tarixiy davrda shakllangan. Shu bilan birga, Kozimontepa, Chordira, Qo’shrabod, Arabop-1, Arabop-2, Varaxshaning quyi qatlami, Xo’jabo’ston, Beshtepa yodgorliklari o’rganildi.