logo

O’zbekiston respublikasining ta’lim to’g’risidagi qonuni va ta’lim tizim turlari

Yuklangan vaqt:

19.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1661.8544921875 KB
MAVZU:   O’ZBEKISTON 
RESPUBLIKASINING TA’LIM 
TO’G’RISIDAGI QONUNI VA TA’LIM 
TIZIM TURLARI Reja:
1. «Uzluksiz  ta’lim»  tushunchasi.  Uzluksiz  ta’lim  tuzulishi.  Uzluksiz  ta’lim  tizimi  va 
turlari.
2. Kasbiy ta’lim turi va tizimi. Kasbiy ta’lim rivojlanishining asosiy omillari.
3 .   Uzluksiz,  kasb-hunar ta’limi tizimida O’rta maxsus ta’limining o’rni va ahamiyati.
  ■
Uzluksiz  ta’lim  kadrlar  tayyorlash  tizimining  asosi,  O’zbekiston  Respublikasining  ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotini  tahminlovchi,  shaxs,  jamiyat  va  davlatning  iqtisodiy,  ijtimoiy,  ilmiy-texnikaviy  va  madaniy 
ehtiyojlarini  qondiruvchi  ustuvor  soha  boiib,  ijodkor,  ijtimoiy  faol,  mahnaviy  boy  shaxsning  shakllanishi  va 
yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarning jadal tayyorlanishi uchun zarurshart-sharoitlarni yaratadi.  
■
Uzluksiz  ta’lim  jarayoni  shaxsning  har  tomonlama  qaror  topishi  uchun  eng  qulay  davrsanaladi.  Mazkur  davrda 
shaxs  fan  asoslari  hamda  kasb-hunar  mahlumotlarini  o’zlashtiradi,  yuksak  mahnaviy-axloqiy  sifatlarga  ega 
shaxs va malakali kadr sifatida kamol topib boradi. Unda muayyan dunyoqarash shakllanadi.
■
Uzluksiz ta’lim quyidagi ta’lim turlarini o’z ichiga oladi:  maktabgacha ta’lim;
umumiy o’rta ta’lim;
o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi;
oliy ta’lim; 
oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim;
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
maktabdan tashqari ta’lim.
Maktabgacha ta’lim bolaning sog’lom, hartomonlama kamol topib shakllanishini 
tahminlaydi, unda o’qishga intilish hissini uyg’otadi, uni muntazam ta’lim olishga 
tayyorlaydi hamda bola olti-etti yoshga yetguncha davlat va nodavlat maktabgacha 
ta’lim muassasalari va oilalarda amalga oshiriladi. Bu kabi ta’lim muassasalarining 
faoliyatini tashkil etishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol 
ishtirok etadi. Keyingi  yillarda  maktabgacha  ta’lim  muassasalarining  yangi  tarmog’i  shakllanib  bormoqda.  Bu 
o’rinda «Xonadon bog’chasi» hamda «Bolalar bog’chasi - boshlang’ich maktab» majmualarini misol 
qilib  keltirish  mumkin.  Maktabgacha  ta’lim  muassasalarida  bolalarga  tasviriy  sanhat,  musiqa,  til  va 
komputer  savodxonligini  o’rgatuvchi  guruhlar  tashkil  etilmoqda.  Bu  kabi  harakatlar  maktabgacha 
ta’lim  yoshidagi  bolalarning  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»  talablari  asosida  mahnaviy-axloqiy 
tarbiyalashga xizmat qiladi.   Umumiy o’rta ta’lim to’qqiz yillik majburiy xarakterdagi umumiy hamda uch yillik 
majburiy-ixtiyoriy  xarakterdagi  o’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limidan  iborat. 
Umumiy  o’rta  ta’lim  boshlang’ich  ta’limni  ham  qamrab  oladi.  Mazkur  bosqichda 
o’quvchilarning fanlar asoslari bo’yicha muntazam bilim olishlari, ularda bilim olish 
chtiyojining  yuzaga  kelishi,  asosiy  o’quv-ilmiy  va  umummadaniy  bilimlarning 
o’zlashtirishlari,  milliy  va  umumbashariy  qadriyatlarga  asoslangan  mahnaviy-
axloqiy  fazilatlar,  mehnat,  ijodiy  fikrlash,  atrof-muhitga  ongli  munosabatda  bo’lish, 
shuningdek,  kasb  tanlash  ko’nikmalarining  shakllanishi  uchun  pedagogik  shart-
sharoit  yaratiladi.  Davlat  tomonidan  tasdiqlangan  namunadagi  attestat 
o’quvchilarning  umumiy  o’rta  va  o’rta  maxsus,  kasb-hunar  mahlumotiga 
egaliklarini belgilaydi . O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish vazifasi maktab jamoasi va ota-onalar hamkoriigida o’quvchilarni 
kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashhis markazlari rahbarligida amalga oshiriladi.
O’qish muddati uch yil bo’lgan maiburiv o’rta maxsus. kasb-hunar ta’limi uzluksiz ta’lim tizimining 
mustaqil turi sanalib, umumiy o’rta ta’lim negizida tashkil etiladi. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining 
ikki muhim yo’nalishi bo’lgan — akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida ta’lim olish o’quvchilar 
tomonidan ixtiyoriy ravishda tanlanadi.  
Akademik litsev o’quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal 
intellektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo’naltirilgan ta’lim olishlarini 
tahminlash maqsadida davlat ta’lim standartlariga muvofiqo’rta maxsus ta’lim beruvchi, yuridik maqomga 
ega ta’lim muassasasidir. Akademik  litseylarda  o’quvchilar  o’zlari  tanlab  olgan  ta’lim  yo’nalishi  (gumanitar,  texnika,  agrar  va  boshqa  sohalar)  bo’yicha 
bilim saviyalarini oshirish hamda o’zlarida fanni chuqur o’rganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar ko’nikmalarini shakllantirish 
imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Akademik  litseylar  asosan  oliy  o’quv  yurtlari  qoshida  tashkil  etiladi.  Kasb-hunar  kollejlari  esa  o’quvchilarning  muayyan  kasb-
hunarga  moyilligi,  layoqatlari,  bilim  va  ko’nikmalarini  chuqur  rivojlantirish,  ularning  tanlangan  yo’nalishlar  bo’yicha  bir  yoki 
bir necha zamonaviy kasb sirlarini egallash imkonini beradi.
Kasb-hunar  kolleji  o’quvchilarning  kasb-hunarga  moyilligi,  bilim  va  ko’nikmalarini  chuqur  rivojlantiruvchi,  tanlab  olingan 
kasb-hunar  bo’yicha  bir  yoki  bir  necha  ixtisosni  egallash  imkonini  yaratish  maqsadida  tegishli  davlat  ta’lim  standartlari 
doirasida o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini  beruvchi,  yuridik  maqomga  ega  ta’lim muassasasidir. Oliy ta’lim o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negiziga asoslanib, ikki bosqich (bakalavriat hamda magistratura)da 
tashkil  etilib,  mutaxassisliklar  yo’nalishlari  bo’yicha  xalq  xo’jaligining  turli  sohalariga  oliy  mahlumotli 
mutaxassislarni  tayyorlaydi.  Oliy  ta’lim  muassasalariga  talabalar  qabul  qilish  davlat  grantlari  negizida  va  pullik-
shartnomaviy asosda amalga oshiriladi.
Bakalavriat — mutaxassisliklar yo’nalishi bo’yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta’lim olish muddati 
kamida to’rt yil davom etadigan tayanch oliy ta’lim.
Bakalavr  darajasiga  ega  bo’lgan  shaxs  oliy  ta’lim  tizimi  yo’nalishidagi  o’zi  tanlagan  soha  bo’yicha  oliy 
mahlumotli mutaxassis hisoblanadi va davlat klassifikatorida belgilangan lavozimda ishlash huquqiga ega bo’ladi. Magistratura  aniq  mutaxassislik  bo’yicha  fundamental  va  amaliy  bilim 
beradigan,  bakalavriat  negizida  ta’lim  muddati  kamida  ikki  yil  davom 
etadigan  oliy  ta’lim  boiib,  magistraturadagi  tahsil  yakuniy  klassifikatsion 
davlat attestatsiyasiga muvofiq olib boriladi.
Magistr  bakalavr  darajasidagi  mutaxassisdan  farqli  mahlum  ixtisoslik 
bo’yicha  ta’lim  olgan  yuqori  malakali  mutaxassis  hisoblanib,  u  ilm-fan 
sohasida, ishlab chiqarishning mashuliyatli lavozimlarida faoliyat ko’rsatadi. 
U aspiranturaga kirish huquqiga ega.
O’zbekiston  Respublikasida  quyidagi  turdagi  oliy  ta’lim  muassasalari 
faoliyat ko’rsatadi:  ■
Oliv  o’quv  yurtidan  keyingi  ta’lim  iamivatning  oliy  malakali  ilmiy  va  ilmiy  pedagog  kadrlarga  bo’lgan  ehtiyojlarini 
qondirish,  shaxsning  ijodiy  ta’lim  —  kasb-hunar  manfaatlarini  qanoatlantirishga  qaratilib,  oliy  o’quv  yurtlari  va  ilmiy-
tadqiqot  muassasalarida  aspirantura,  adhyunktura  va  doktoranturada  ta’lim  olish,  shuningdek,  mustaqil  tadqiqotchilik 
faoliyatini  tashkil  etish  asosida  amalga  oshiriladi.  Oliy  o’quv  yurtidan  keyingi  ta’lim  nomzodlik  yoki  doktorlik 
dissertatsiyalarining  himoyasi  bilan  yakunlanadi.  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Attestatsiya  Komissiyasi  tomonidan 
olib  borilgan  yakuniy  davlat  attestatsiyasi  natijalari  tegishli  ravishda  fan  nomzodi  va  fan  doktori  ilmiy  darajasi  hamda 
davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomga ega bo’lish huquqini beradi.
■
Har  ikki  (aspirantura,  doktorantura)  darajada  ham  maqsad  muayyan  mutaxassisliklar  bo’yicha  oliy  toifali  ilmiy-
pedagogik kadrlarni shakllantirishdan iborat.  Kadrlar  malakasini  oshirish  va  ularni  qayta  tayyorlash  jarayonida  asosiy  ehtibor  mutaxassislarning  kasb  bilimlari  va 
ko’nikmalarini  yangilash  hamda  chuqurlashtirishga  qaratiladi.  Kadrlar  malakasini  oshirish  va  ularni  qayta  tayyorlash 
ana  shu  yo’nalishda  faoliyat  yurituvchi  ta’lim  muassasalarida  amalga  oshiriladi.  Bu  muassasa  tinglovchilari  o’qish 
natijalariga ko’ra davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi guvohnoma yoki sertifikatga ega bo’ladilar.
Maktabdan  tashqari  ta’lim  maktabdan  tashqari  davlat  va  nodavlat  ta’lim  muassasalarida  davlat  organlari,  jamoat 
tashkilotlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo’nalishlarda 
yo’lga  qo’yilib,  bolalar  hamda  o’smirlarning  taiimga  bo’lgan,  yakka  tartibdagi,  ortib  boruvchi  talab-ehtiyojlarini 
qondirish, ularningbo’sh vaqti va dam olishini tashkil etish maqsadida olib boriladi. 1-  Fan  yuqori  malakali  mutaxassisni  tayyorlovchi  va  ulardan  foydalanuvchi,  ilg’or 
pedagogik  va  axborot  texnologiyalarini  ishlab  chiqaruvchi  bo’lib,  «kadrlar  tayyorlash  milliy 
tizimida  tabiat  va  jamiyat  taraqqiyoti  qonuniyatlari  to’g’risidagi  yangi  fundamental  va 
amaliy  bilimlardan  foydalanishni,  yuqori  malakali  ilmiy  va  ilmiy-pedagog  kadrlar  tarkibini 
shakllantirishni,  ulardan  ta’lim  tizimida  unumli  foydalanishni,  shuningdek,  kadrlar 
tayyorlash  jarayonining  ilmiy  tadqiqotlar  infrastrukturasini  yaratish,  ta’limning  axborot 
tarmoqlarida  foydalanish  uchun  bilimning  turli  sohalari  bo’yicha  axborot  bazasini 
shakllantirishni  hamda  ilmiy  tadqiqotlar  darajasiga  yangicha  qarashlar  zamirida  yosh 
olimlarning,  ilmiy-pedagogik  xodimlarning  ijtimoiy  mavqeyi  va  obro’sini  oshirishni  va  shu 
kabilarni qamrab oladi».  Kadrlar  tayyorlash  milliy  modelining  tarkibiy  qismlaridan  biri  sifatida  fan,  yana  shuningdek,  «ta’lim  mazmunini  tubdan  yangilashda: 
ta’lim  standartlari,  ta’lim  dasturlari,  o’quv  darsliklari  va  qo’llanmalar  tayyorlashda,  ilmiy-metodik  tahminotni  amalga  oshirishda 
bevosita va bilvosita ishtirok etadi».
2.  Ishlab  chiqarish  -  kadrlarga  bo’lgan  ijtimoiy  ehtiyojni  shuningdek,  ularning  tayyorgarlik  sifati  va  saviyasiga  nisbatan  qo’yiladigan 
talablarni  belgilovchi  asosiy  buyurtmachi,  kadrlar  tayyorlash  tizimini  moliyaviy  va  moddiy-texnika  jihatdan  tahminlash  jarayonining 
qatnashchisi. 
«Ishlab  chiqarishning  talab-ehtiyojlari  kadrlar  tayyorlash  tizimining  yo’nalishi,  darajasi  va  miqyoslarini  shakllantiradi,  kasb 
tayyorgarligining maqsadi, vazifalari va mazmunini belgilaydi, malaka talablarini ilgari suradi, ta’limning zamonaviy texnologiyalari va 
shakllarini tanlashni taqozo.etadi. Ishlab chiqarish pirovard natijada kadrlarning sifati va raqobatbardoshligiga baho beradi».  Milliy  model  Konsepsiyasining  mazmuni  o’zbek  xalqining  milliy  turmush  tarzi  va  mahnaviy-axloqiy  anhanalari  bilan  hamnafasdir.  Zero, 
xalq orasida qadimdan «mahrifatli inson» tushunchasi qo’llanilib kelingan bo’lib, u o’zida keng mahnoni ifoda etadi. Bilim olishga intilish, 
mahrifatli bo’lish o’zbek xalqi, millatining ruhiyatida ustuvor o’rin tutuvchi omil sanaladi. Mahrifatlilik — faqatgina bilim va malakaga ega 
bo’lish  emas,  ayni  vaqtda  chuqur  mahnaviy  axloq  hamdir.  Bilimli,  komil  inson  qiyofasida  ana  shunday  xislatlarga  ega  shaxslar  namoyon 
bo’ladi.
SHuning  uchun  ham  kadrlar  tayyorlash  milliy  modelining  butun  mohiyati  o’zbek  xalqining  milliy  tarixi  va  hayot  tarzi  bilan  bog’lanib 
ketgan. 
Mustaqil  O’zbekiston  Respublikasida  o’ziga  xos,  takrorlanmas,  tarixiy  anhanalarga  asoslangan  hamda  bugungi  kun  talablariga  to’la  javob 
bera oiadigan kadrlar tayyorlash milliy modeli yaratildi. Adabiyotlar ro’yxati: 
1.  BARKAMOL AVOLD ORZUSI,  T., 1999.
2.  BARKAMOL AVLOD- O’ZBEKISTON TARAQQIYOTINING POYDEVORI , T., 1998.
3.   O’ZBEKISTON  RESPUBLIKASINING  KONSTITUTTSIYASI , T., 1992.

MAVZU: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TA’LIM TO’G’RISIDAGI QONUNI VA TA’LIM TIZIM TURLARI

Reja: 1. «Uzluksiz ta’lim» tushunchasi. Uzluksiz ta’lim tuzulishi. Uzluksiz ta’lim tizimi va turlari. 2. Kasbiy ta’lim turi va tizimi. Kasbiy ta’lim rivojlanishining asosiy omillari. 3 . Uzluksiz, kasb-hunar ta’limi tizimida O’rta maxsus ta’limining o’rni va ahamiyati.

■ Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini tahminlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha boiib, ijodkor, ijtimoiy faol, mahnaviy boy shaxsning shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarning jadal tayyorlanishi uchun zarurshart-sharoitlarni yaratadi. ■ Uzluksiz ta’lim jarayoni shaxsning har tomonlama qaror topishi uchun eng qulay davrsanaladi. Mazkur davrda shaxs fan asoslari hamda kasb-hunar mahlumotlarini o’zlashtiradi, yuksak mahnaviy-axloqiy sifatlarga ega shaxs va malakali kadr sifatida kamol topib boradi. Unda muayyan dunyoqarash shakllanadi. ■ Uzluksiz ta’lim quyidagi ta’lim turlarini o’z ichiga oladi:

maktabgacha ta’lim; umumiy o’rta ta’lim; o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; oliy ta’lim; oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim; kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; maktabdan tashqari ta’lim. Maktabgacha ta’lim bolaning sog’lom, hartomonlama kamol topib shakllanishini tahminlaydi, unda o’qishga intilish hissini uyg’otadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi hamda bola olti-etti yoshga yetguncha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari va oilalarda amalga oshiriladi. Bu kabi ta’lim muassasalarining faoliyatini tashkil etishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.

Keyingi yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarining yangi tarmog’i shakllanib bormoqda. Bu o’rinda «Xonadon bog’chasi» hamda «Bolalar bog’chasi - boshlang’ich maktab» majmualarini misol qilib keltirish mumkin. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga tasviriy sanhat, musiqa, til va komputer savodxonligini o’rgatuvchi guruhlar tashkil etilmoqda. Bu kabi harakatlar maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida mahnaviy-axloqiy tarbiyalashga xizmat qiladi.