logo

O’zbekistonda shakllangan ta’lim tizimini isloh etish

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1625.724609375 KB
O’zbek ist onda shak llangan 
t a’lim t izimini isloh et ish     O’zbekistonda  uzluksiz  ta’lim tizimi 
shakllangan. Uzluksiz ta’lim quyidagi ta’lim 
turlarinini o’z ichiga oladi:
-
Mak t abgacha t a’lim
-
Umumiy o’rt a t a’lim
-
O’rt a maxsus, k asb hunar  t a’limi
-
Oliy t a’lim
-
Oliy o’quv yurt idan k eyingi t a’lim
-
Kadrlar malak asini oshirish va qayt a 
t ayyorlash
-
Mak t abdan t ashqari t a’lim Uzluksiz ta’lim –  malakali raqobatbardosh kadralar 
tayyorlashning asosi bo’lib, ta’limning barcha turlari, DTS ni, 
kadrlar tayyorlash tuzilmasini va uning faoliyat ko’rsatish 
tizimini o’z ichiga oladi. O’zaro mantiqiy izchillik asosida 
bog’langan hamda soddadan murakkabga qarab rivojlanib 
boruvchi va bir – birini taqozo etuvchi bosqichlardan iborat 
yahlit ta’lim tizimi. O’zbekiston Respublikasida kadrlar 
tayyorlash tizimining asosi, ta’lim sohasida davlat siyosatining 
asosiy tamoyillaridan biri 1997 yil 29 – avgustda qabul 
qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni 
va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida tamoyil sifatida 
qayd etilgan. Umumiy ta’lim milliy modelining asosiy tarkibiy 
qismlaridan biri, O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy – 
iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi jamiyat va davlatning 
iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy – tehnikaviy va madaniy ehtiyojlarini 
qondiruvchi ustivor sohadir.  •
Umumiy ta’limning faoliyat ko’rsatish 
tamoyillari quyidagilardan iborat:
•
1. Ta’limning ustvorligi.
•
2. Ta’limning demokratlashuvi.
•
3. Ta’limning insonparvarlashuvi.
•
4. Ta’limning ijtimoiylashuvi.
•
5. Ta’limning milliy yo’naltirilganligi.
•
Endi quyida uzluksiz ta’limning tarkibiy 
qismlari haqidagi qisqacha ma’lumotlarni 
keltiramiz. Maktabgacha ta’lim  – bu milliy pedagogik 
kadrlar tayyorlashning boshlang’ich shakli. 
Maktabgacha ta’limning  vazifasi  bolani 
sog’lom, har tomonlama kamol topib 
shakllanishini ta’minlash, ulardagi o’qishga 
intilish hissini uyg’otish va uni muntazam 
ta’lim olishga tayyorlashdan iboratdir. 
Maktabgacha ta’lim bola 6 – 7 yoshga 
etguncha davlat va nodavlat maktabgacha 
tarbiya bolalar muassasalarida hamda 
oilalarda amalga oshiriladi. Uning maqsad – 
vazifalarini ro’yobga chiqarishda mahallalar, 
jamoat va hayriya tashkilotlari, halqaro 
fondlar ishtirok etishi mumkin. •
Umumiy o’rta ta’lim  – bu to’qqiz yillik (I 
– IX sinflar) o’qitishdan iborat bo’lgan 
umumiy o’rta ta’lim – majburiy ta’limdir. 
Bunda ta’lim oluvchilarning fanlar asoslari 
bo’yicha muntazam bilim olishlarini, 
ularda bilim o’zlashtirish ehtiyojlarini, 
asosiy o’quv – ilmiy va umummadaniy 
bilimlarini, milliy va umumbashariy 
qadriyatlarga asoslangan ma’naviy – 
ahloqiy fazilatlarni, mehnat ko’nikmalarini, 
ijodiy fikrlash va atrof – muhitga ongli 
munosabatda bo’lishni va kasb tanlashni 
shakllantiradi.
     O ’rta umumta’lim  – uzluksiz majburiy 
ta’lim bo’lib, unda quyidagi muammolar 
hal bo’ladi:
•
fanlar asoslari bo’yicha uzluksiz bilim 
beriladi;
•
mehnat ko’nikmalari shakllanadi;
•
ijodiy fikrlash va atrof muhitga ongli 
munosabatda bo’lishi o’rgatiladi;
•
kasb tanlash shakllanadi. •
Umumiy o’rta ta’limning dastlabki bosqichi 
boshlang’ich ta’lim deb nomlanadi.
•
Boshlang’ich ta’lim  – umumiy o’rta 
ta’limning dastlabki bosqichi. O’zbekiston 
Respublikasida boshlang’ich ta’lim 1 – 4 
sinflarda bolalarga ilk ta’lim berish, ularni 
ma’naviy kamol toptirishning boshlang’ich 
davri hisoblanadi. U 1 – 4 sinflarni o’z ichiga 
oladi va bunda o’qish 6 – 7 yoshdan 
boshlanadi. Boshlang’ich ta’lim umumiy 
o’rta ta’lim olish uchun zarur bo’lgan 
savodhonlik bilim va ko’nikma asoslarini 
shakllantirishga qaratilgan boshlang’ich 
ta’lim sinflari uchun o’quv rejasi va 
dasturlari mavjud. •
Boshlang’ich maktab  – ta’lim oluvchilarga 
boshlang’ich umumiy ma’lumot beradigan 
umumta’lim ta’lim – tarbiya muassasasi. Uning 
vazifasi  – ta’lim oluvchilarga yozish, o’qish, 
hisoblash malaka va ko’nikmalarni hosil qilish, 
tabiat va jamiyat haqida ilk bilim berish, hulq – 
odobga o’rgatishdir.
     Umumiy o’rta ta’lim tugallangandan keyin ta’lim 
fanlari va ular bo’yicha olingan baholar ko’rsatilgan 
holda davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi 
attestat beriladi. •
O’rta mahsus, kasb – hunar ta’limi . Umumiy o’rta ta’lim 
negizida o’qish muddati 3 yil bo’lgan majburiy o’rta mahsus, 
kasb – hunar ta’limi uzluksiz ta’lim tizimidagi mustaqil turdir. 
O’rta mahsus, kasb – hunar ta’limi tizimi  yo’nalishi  – 
akademik litsey yoki kasb – hunar kolleji o’quvchilar 
tomonidan ihtiyoriy tanlanadi.
•
Akdemik litsey  DTS ga muvofiq o’rta mahsus ta’lim beradi, 
o’quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan 
holda ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqur, 
sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo’naltirilgan 
ta’lim olishni ta’minlaydi. 
      Akdemik litseylarda o’quvchilar o’zlari tanlab olgan ta’lim 
yo’nalishi bo’yicha (gumanitar, tehnika, agrar va boshqa 
sohalar) bilim saviyalarini oshirish hamda fanni chuqur 
o’rganishga qaratilgan mahsus kasb – hunar ko’nikmalarini 
o’zlarida shakllantirish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bu 
ko’nikmalarni o’qishni muayyan oliy ta’lim muassasalarida 
davom ettirish yoki mehnat faoliyatida ro’yobga chiqarishlari 
mumkin. Kasb – hunar kollejiga tegishli DTS doirasida ta’lim 
oluvchilarga o’rta mahsus, kasb – hunar ta’limi beriladi; 
o’quvchilarga kasb – hunarga moyilligi, bilim va ko’nikmalarni 
chuqur rivojlantirish, tanlab olngan kasb – hunar bo’yicha bir 
yoki bir necha iqtisosni egallash imkonini beradi. •
Kasb – hunar kollejlari ning jihozlanganlik darajasi, pedagogik 
tarkibning tanlanganligi, o’quv jarayonining tashkil etilishi 
jihatidan yangi tipdagi ta’lim muassasalari hisoblanadi. Ular bir 
yoki bir nechta zamonaviy kasb – hunarni egallash hamda 
tegishli o’quv fanlaridan chuqur nazariy bilim olish imkonini 
beradi.
•
Akademik litseylar va kasb – hunar kollejlarida ta’lim olish 
o’quvchilarga o’z bilimlarini chuqurlashtirish va tanlangan 
iqtisosliklariga ega bo’lishni ta’minlaydi. Akademik litseylar va 
kasb – hunar kollejlarining bitiruvchilariga davlat tomonidan 
tasdiqlangan namunadagi diplomlar beriladi. Bu diplomlar 
ta’limning keyingi bosqichlarida o’qishni davom ettirish yoki 
egallagan ihtisos va kasb – hunar bo’yicha mehnat faoliyati 
bilan shug’ullanish huquqini beradi.
•
O’rta mahsus, kasb – hunar ta’limini tashkil etish va 
rivojlantirish uchun quyidagilar zarur:
•
akademik litsey va kasb – hunar kollejlari faoliyat 
ko’rsatishining normativ vazifalarini ishlab chiqish va joriy etish;
•
soha uchun oliy ta’lim muassasalarining ishlab chiqarish, fan va 
madaniyat sohasini mutahassislarini jalb etgan holda yuqori 
malakali mutahassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashni, shu 
jumladan chet ellarda tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil 
etish; •
o’rta mahsus, kasb – hunar ta’limi o’quv muassasalari 
uchun ta’lim va kasb – hunar dasturi, o’quv uslubiy 
majmualar ishlab chiqish;
•
akademik o’quvchilari mehnat faoliyati ko’nikmalarini, 
egallashlari uchun ihtisoslashtirilgan dasturlar ishlab 
chiqish va joriy etish;
•
kasb – hunar kollejlarida tayyorlanadigan 
mutahassislarga nisbatan ihtisos va kasb – hunar, 
malaka talablarining ro’yhatini ishlab chiqish;
•
hududlarning jo’g’rofiy va demografik shart – sharoitlarini 
va tegishli sohadagi mutahassislarga bo’lgan mahaliy 
ehtiyojlarni hisobga olgan holda o’rta mahsus, kasb – 
hunar ta’limi tizimi ta’lim muassasalarining tashkil etishini 
va ular oqilona joylashtirilishini ta’minlash, ularga 
o’quvchilarni imkon qadar oilasidan ajratmagan holda 
qamrab olish;
•
akademik litsey va kasb – hunar kollejlarining moddiy 
tehnika va ahborot bazalarini mustahkamlash   •
Oliy ta’lim . 
•
Oliy ta’lim – malakali mutahassislar tayyorlashni ta’minlaydigan 
ta’lim. Bu ta’lim 18 – 19 yoshdan boshlanib 4 yildan kam bo’lmagan 
muddatda davom etadi. Oliy ma’lumotli mutahassislar tayyorlash oliy 
o’quv yurtlarida (akademiyalar, universitetlar, institutlar va oliy 
maktabning boshqa ta’lim muassasalarida) o’rta mahsus, kasb – 
hunar ta’limi negizida amalga oshiriladi. 
•
Oliy ta’lim ikki bosqichga: davlat tomonidan tasdiqlangan 
namunadagi oliy ma’lumot to’g’risidagi hujjatlar bilan dalilovchi 
bakalavriyat va magistraturaga ega.
•
Oliy ta’lim  – turli oliy maktablarga ho’jalik, fan, tehnika va madaniyat 
tarmoqlari uchun yuqori oliy malakali mutahassislar tayyorlash oliy 
ta’lim jarayonida oliy ma’lumot olinadi. “Oliy ma’lumot” tushunchasi 
esa muayyan ihtisoslikdan nazariy va amaliy vazifalarni hal etish 
imkoniyatini beradigan bilim va malakalar majmuini ifodalaydi. Oliy 
ta’lim haqidagi hozirgi tushunchalar birinchi marta G’arb 
mamlakatlarida XV – XVII asrlarda dunyoviy oliy maktablar, keyinroq 
univesitetlar paydo bo’lishi bilan vujudga keldi.  •
Oliy ta’limning DTS  – ta’limning bakalavriat 
muayyan yo’nalishi yoki magistratura 
mutahassisligiga qo’yiladigan malaka 
talablari, ta’lim mazmuni, bakalavr yoki 
magistr tayyorgarligining zaruriy va etarli 
darajasini, kadrlar tayyorlash sifatini 
baholash darajalarini belgilaydigan etalon 
daraja.
•
Bakalavriat  – mutahassisliklar yo’nalishlari 
bo’yicha fundamental va amaliy bilim 
beradigan, ta’lim muddati kamida 4 yil 
bo’lgan tayanch oliy ta’limdir.
•
Magistratura  – aniq mutahassislik bo’yicha 
fundamental va amaliy bilim beradigan 
bakalavriat negizida ta’lim muddati kamida 2 
yil davom etadigan oliy ta’limdir. •
Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim.
•
Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim jamiyatning oliy 
malakali ilmiy va ilmiy – pedagog kadrlarga bo’lgan 
ehtiyojlarini qondirishga, Shaxsning ijodiy ta’lim kasb 
– hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilgan.
•
Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’limni oliy o’quv 
yurtlarida va ilmiy – tadqiqot muassasalarida 
(aspirantura, ad’yunktura, doktorantura, mustaqil 
tadqiqotchilik) olish mumkin. Oliy o’quv yurtidagi 
keyingi ta’lim bosqichlarida (aspirantura, 
doktorantura) dissertatsiya himoyachi bilan 
yakunlanadi.
•
Aspirantura  – oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim 
bosqichi bo’lib, magistrlik negizida uch yil (to’rt yil 
sirtqi) davom etadi. Aspirantura UTTning tarkibiy 
qismi, oliy malakali ilmiy va ilmiy – pedagogik 
kadrlaar (fan nomzodlari) tayyorlash shakli. Bu 
darajaning maqsadi muayyan mutahassislik bo’yicha 
oliy toifali ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlarni 
shakllantirishdan iborat. Dissertatsiyani 
muvaffaqtyatli himoya qilganlarga “Fan nomzodi” 
ilmiy darajasi beriladi. •
Doktorantura  – yagona UTT ning oliy malakali va 
ilmiy pedagogik kadrlr tayyorlashga yo’naltiradigan 
aspiranturadan keyingi tarkibiy qismidir.
•
Doktorantura  – fan nomzodi ilmiy darajasi 
negizida 3 yil davom etadigan, dissertatsiya 
himoya qilish bilan yakunlanadigan uzluksiz t’lim 
tizimining bosqichlaridan biri. U oliy malakali ilmiy 
va ilmiy pedagogik kadrlar (fan doktorlari) tayorlash 
shakli. YAkuniga ko’ra tanlangan mutahassislik 
bo’yicha “Fan doktori” ilmiy darajasi beriladi O’zR 
va UTTning tarkibiy qismi va oliy bosqichi.  
•
Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalariga ko’ra 
tegishli ravishda fan nomzodi va fan doktori ilmiy 
darajasi berilib, davlat tomonidan tasdiqlangan 
namunadagi diplomlar topshiriladi.   •
Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’limni qo’llab – quvvatlash va 
rivojlantirish tadbirlari quyidagilarni o’z ichiga oladi:
•
“ Ta’lim to’g’risida”gi Qonunga hamda mamlakatni ijtimoiy va 
iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq oliy malakali ilmiy 
va ilmiy – pedagog kadrlarni tayyorlash va attestatsiyadan 
o’tkazish tizimini takomillashtirish;
•
kasb ta’limi tizimi uchun oliy malakali ilmiy – pedagog 
kadrlarni hamda ilg’or pedagogik tehnologiyalar sohasida 
ilmiy kadrlarni ustivor ravishda tayyorlash;
•
rivojlangan mamlakatlarning ilg’or ta’lim muassasalari va ilmiy 
markazlarida ustivor yo’nalishlar bo’yicha oliy malakali ilmiy 
va ilmiy – pedagog kadrlar tayyorlash uchun sharoitlar yaratib 
berish;
•
fan, tehnologiya va ta’lim sohasida rivojlangan mamlakatlar 
bilan halqaro hamkorlikni chuqurlashtirish.  •
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta 
tayyorlash. 
•
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta 
tayyorlash mutahassislarning kasb bilimlari va 
ko’nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirishga 
qaratilgan kadrlar tayyorlash malakasini oshirish va 
ularni qayta tayyorlash ta’lim muassasalaridagi 
o’qish natijalariga ko’ra davlat tomonidan 
tasdiqlangan namunadagi guvohnoma yoki sertifikar 
topshiriladi.
•
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta 
tayyorlash tizimini tashkil etish va rivojlantirish uchun 
quyidaligan zarur:
•
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash 
tizimi faoliyatiga yangicha tarkib, mazmun hamda bu 
tizimni boshlaqrishni shakllantirish;
•
yuqori malakali o’qituvchi – mutahassis kadrlar 
tayyorlash va sohani ular bilan to’ldirib borishni 
ta’minlash; •
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta 
tayyorlash tizimining bu sohada raqobatga 
asoslangan muhitni shakllantirishni va samarali 
faoliyat olib borishni ta’minlovchi normativ bazasini 
yaratish;
•
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta 
tayyorlash ta’lim muassasalarini davlat 
attestatsiyasi va akkredatsiyadan o’tkazish tizimini 
ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
•
iqtisodiyotning davlat va madaniyat sektorlari, 
mulkchilikning turli shaklidagi tashkilo va 
muassasalarning talab – ehtiyojlariga muvofiq 
kadrlar va mutahassislarni  ildam qayta tayyorlash  
va ularning malakasini oshirishni ta’minlovchi 
davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil 
etish va rivojlantirishga ko’maklashish;
•
professional treningning ilg’or tehnologiya va 
uskunalarini, shuningdek, murakkab, fan yutuqlarini 
talab qiluvchi tehnologiya jarayonlari imitatorlarini 
ishlab chiqish, yaratish va amaliy o’zlashtirib olish.  •
Maktabdan tashqari ta’lim. 
•
Bolalar va o’smirlarning ta’limga bo’lgan, yakka tartibdagi, 
ortib boruvchi talab – ehtiyojlarini qondirish, ularning bo’sh 
vaqtini va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, 
jamoat tashkilotlari, shuningdek, boshqa yuridik va jismoniy 
Shaxslar madaniy estetik, ilmiy, tehnikaviy, sport va boshqa 
yo’nalishlarda maktabdan tashqari davlat va nodavlat ta’lim 
muassasalarini tashkil etadilar.
•
Maktabdan tashqari ta’limni rivojlantirish, uning tuzilmasi va 
mazmun – mundarijasini takomillashtirish vazifalarini hal etish 
uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:
•
ta’lim berish va kamol toptirishga yo’naltirilgan hizmatlar 
ko’rsatuvchi muassasalar tarmog’ini kengaytirish va bunday 
hizmatlar turlarini ko’paytirish;
•
milliy pedagogik qadriyatlarga  asoslangan va jahondagi 
ilg’or tajribani inobatga oluvchi dasturlar va uslubiy materiallar 
ishlab chiqish;
•
o’quvchilarning bo’sh vaqtini tashkil etishning, shu jumladan 
ommaviy sport va jismoniy tarbiya – sog’lomlashtirish 
tadbirlarining, bolalar turizimining, halq hunarmandchiligining 
mavjud turlari va shakllarini takomillashtirish, milliy turlari va 
shakllantirishni tiklash hamda amaliyotga joriy etish  E’t iboringiz uchun 
rahmat !

O’zbek ist onda shak llangan t a’lim t izimini isloh et ish

O’zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimi shakllangan. Uzluksiz ta’lim quyidagi ta’lim turlarinini o’z ichiga oladi: - Mak t abgacha t a’lim - Umumiy o’rt a t a’lim - O’rt a maxsus, k asb hunar t a’limi - Oliy t a’lim - Oliy o’quv yurt idan k eyingi t a’lim - Kadrlar malak asini oshirish va qayt a t ayyorlash - Mak t abdan t ashqari t a’lim

Uzluksiz ta’lim – malakali raqobatbardosh kadralar tayyorlashning asosi bo’lib, ta’limning barcha turlari, DTS ni, kadrlar tayyorlash tuzilmasini va uning faoliyat ko’rsatish tizimini o’z ichiga oladi. O’zaro mantiqiy izchillik asosida bog’langan hamda soddadan murakkabga qarab rivojlanib boruvchi va bir – birini taqozo etuvchi bosqichlardan iborat yahlit ta’lim tizimi. O’zbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlash tizimining asosi, ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biri 1997 yil 29 – avgustda qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida tamoyil sifatida qayd etilgan. Umumiy ta’lim milliy modelining asosiy tarkibiy qismlaridan biri, O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy – tehnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustivor sohadir.

• Umumiy ta’limning faoliyat ko’rsatish tamoyillari quyidagilardan iborat: • 1. Ta’limning ustvorligi. • 2. Ta’limning demokratlashuvi. • 3. Ta’limning insonparvarlashuvi. • 4. Ta’limning ijtimoiylashuvi. • 5. Ta’limning milliy yo’naltirilganligi. • Endi quyida uzluksiz ta’limning tarkibiy qismlari haqidagi qisqacha ma’lumotlarni keltiramiz.

Maktabgacha ta’lim – bu milliy pedagogik kadrlar tayyorlashning boshlang’ich shakli. Maktabgacha ta’limning vazifasi bolani sog’lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlash, ulardagi o’qishga intilish hissini uyg’otish va uni muntazam ta’lim olishga tayyorlashdan iboratdir. Maktabgacha ta’lim bola 6 – 7 yoshga etguncha davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida hamda oilalarda amalga oshiriladi. Uning maqsad – vazifalarini ro’yobga chiqarishda mahallalar, jamoat va hayriya tashkilotlari, halqaro fondlar ishtirok etishi mumkin.