Olam manzarasi va uning tarixiy turlar
Mavzu: Olam manzarasi va uning tarixiy turlar
Qadimgi Yunonistonda ishlab chiqilgan olam manzarasi nafaqat ishonchli dalil va xulosalardan, balki mavxum, taxminiy mulohazalardan, asoslanmagan tasavvurlardan iborat bo’lgan. Bir tomondan keyinchalik tasdiqlangan (masalan, Demokritning barcha narsalar atomlardan tuzilganligi, Epikurning atomlar vaznga ea bo’lishi haqidagi tasavvurlar) g’oyalar, ikkinchi tomondan, faktlar bilan isbotlanmagan aqidalar (masalan, Aristotelning faqat aylanma harakat mukammal harakat turiga kiradi, degan fikri) ilgari surilgan.
Olamning elek t romagnit manzarasi. XVIII asr fizikasining muhim yutug’i elektrostatistika asoslarini yaratish bo’ldi. Olimlar tabiatning o’rganilmagan, lekin nihoyatda keng tarqalgan elektr hodisasini o’rganishga kirishdilar.