Olmoshning deyktik xususiyatlari
Mav zu: Olmoshning dey k t ik xususiy at lari Reja: 1. Olmosh haqida umumiy ma'lumot va uning UGMsi. 2. Olmoshning maʼno va vazifasiga ko'ra turlari. 3. Olmoshning deyktik xususiyati
«Ishoraviylik» ramzi bilan ataluvchi olmosh boshqa leksemadan ajralib turadi. O`zbek tilshunosligida olmosh doirasi va vazifasi zo`rma- zo`rakilik bilan ancha chegaralanib, «ot, sifat, son o`rnida qo`llanuvchi so`z» deb o`ta tor tushunilgan. Arab tilshunosligida olmosh alohida so`z turkumi sifatida berilmagan, balki har bir so`z turkumi ichida «yashirin ma`noli so`z sifatida alohida guruhlarga ajratilgan. Chunonchi, kitob, daftar, Abbos-aniq ma`noli ot bo`lsa, men sen, kim-yashirin ma`noli ot. Yoxud oq, qizil, chiroyli ma`lum ma`noli sifat hisoblansa, bunday, shunday kabilar olmosh.
Olmosh shaxs, predmet, belgi yoki miqdorga xos bo`lgan umumiy (mavhum) ma`noni anglatadi. Olmosh bildiruvchi ma`no nutq jarayonida aniq yuzaga chiqadi. Ular forfologik jihatdan o`zi almashtiruvchi so`z kabi o`zgaradi. Olmosh qaysi so`z turkumi o`rnida qo`llansa, shu turkumga xos sintaktik vazifani bajaradi. O`qituvchi darsga kirdi, u o`quvchilar bilan salomlashdi. Olmosh o`zidan oldin aniqlovchi talab qilmaydi: Hamma xursand va shod. U kitobni o`qidi. Olmoshlarni gapda bajargan vazifasiga ko`ra to`rt guruhga ajratish mumkin: a) ot xarakterdagi olmoshlar; b) sifat xarakteridagi olmoshlar; v) ravish xarakteridagi olmoshlar; f) son xarakteridagi olmoshlar.
Olmoshlarning ishora(deyktik) xususiyatiga koʻra quyidagi maʼno turlari mavjud: Kishilik Olmoshi Koʻrsatish Olmoshi Oʻzlik Olmoshi Soʻroq olmoshi Belgilash Olmoshi Boʻlishsizlik olmoshu Gumon Olmoshi
Kishilik olmoshlari: men, sen, u, biz, siz, ular. Ko`rsatish olmoshlari: bu, shu, o`sha, mana shu, mana bu, ana shu kabilar. So`roq olmoshlari: kim, nima, qanday, necha, qaysi, qancha, nega, qalay kabilar. Ozlik olmoshi: o`z. Belgilash-jamlash olmoshlari: hamma, butun, barcha, bari, har kim, har qanday kabilar. Bo`lishsizlik olmoshlari: hech kim, hech qanday, hech nima, hech qaysi kabi. 1. Gumon olmoshlari: allakim, allaqanday, allaqaysi, kimdir, nimadir, allanima kabilar.