logo

Psixologiya fanining dolzarb vazifalari va predmeti

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

731.041015625 KB
Mavzu:Psixologiya 
fanining dolzarb 
vazifalari va predmeti  Reja
1. Psixologiyaning  predmeti  va  psixologiyaning  fan 
sifatida shakllanishi
2. Miya va psixika
3. Psixologiyaning  fanlar  tizimida  tutgan  o’rni   va 
hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi
4. Psixologiyaning ilmiy tadqiqot metodlari
5. Psixika va ongning taraqqiyoti Psixologiyaning predmeti
Inson mavjud ekan ,  u o ’ z hayotiy tajribasiga asoslanib ,  u yoki bu holda idrok etish ,  olamni anglash , 
narsa va hodisalarni ajratish kabi xususiyatlarga ega ekanligi haqida o ’ ziga o ’ zi hisob beradi .
Biz  kunda  qushlarning  sho ’ x  navosini ,  musiqa  asboblarining  xonishini ,  inson  nutqini ,  uchib 
o ’ tayotgan  samolyot  shovqinini  eshitamiz ,  atrofimizni  o ’ rab  turgan  narsa ,  daraxt ,  hayvonlar , 
mashinalarni  ko ’ ramiz .  Ularning  rangi  va  hajmini  ajrata  olamiz .  Mazkur  jarayonlar  insondagi  aks 
ettirish xususiyati bilan chambarchas bog ’ liq .
Psixologiya  fanining  predmetini  tahlil  qilishda  asosiy  e ' tiborni  quyidagilarga  qaratish  lozim . 
Jumladan ,  shaxs  haqida  fikr  yurituvchi  fanlar  sirasiga     psixologiya  va  pedagogika  fanlarini  kiritish 
mumkin .  Shunga  ko ’ ra  pedagogika  shaxsni  ta ' lim - tarbiya  jarayonida  kamol  topishini  tadqiq  qilsa , 
psixologiya  shaxsda  kechadigan  ruhiy  jarayonlarni  o ’ rganadi .  Shundan  xulosa  qilishimiz  mumkinki , 
psixologiya  fanining  predmetini   -  shaxsning  psixikasi  va     uning  psixologik  xususiyatlari  tashkil 
qiladi . Psixologiya   so ’ zining  lug ’ aviy  ma ' nosi  grekcha  psyuxe   -  jon ,  ruh ,  logos   -  fan ,  ta ' limot  degan 
ma ' noni  anglatadi .  Psixologiya   fan  sifatida  psixik  faktlar ,  ularning  qonuniyatlari  va 
mexanizmlarini o ’ rganadi . 
Psixologiya  asosan  psixikani  keng  doirada  tadqiq  qiladi . Shunga  ko ’ ra  psixikaning  yuzga 
keltiruvchi  asosiy  psixik  faoliyatlari  ko ’ rsatilgan .  Aynan  psixik  faoliyatlar  quyidagi  jarayonlarni 
o ’ z ichiga oladi :
-  bilish faoliyatlari :  diqqat ,  nutq ,  faoliyat ;
-  bilish jarayonlari : sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur;
-  shaxsning, hissiy , irodaviy sohasi: - hissiyot, iroda;
-  shaxsning individual psixologik xususiyatlari : temperament, xarakter, qobiliyat.
Psixikaning paydo bo’lishining asosiy shakllari M.Gamezo va Domashenkolarning "Atlas 
po psixologii" nomli qo’llanmasida quyidagicha ifodalanadi:  Psixikaning namoyon bo’lish shakllari va ularning o’zoro bog’ligi
Psixik jarayonlar (Bilish jarayonlari) Shaxsning hissiy-irodaviy sohalari Shaxsning individual xususiyatlari
Sezgilar
Idrok
Xotira
Xayol
Diqqat
Nutq
Tafakkur Hissiyot (Emosiya)
Iroda
  Temperament  (Xalerik  fikimatik 
sangvinik milanxoliklar)
Xarakter
Qobiliyat
Shunga muvofiq bir qator olimlar tomonidan psixikaga ta'riflar berilib, uning 
mazmun mohiyati ochib berilgan. Jumladan, professor M.G.Davletshin fikricha, 
psixika  deganda - oliy darajadagi materiyaning (miyaning) xususiyati tushunilib, u 
ob'ektiv borliqni aks ettirilishida namoyon bo’ladi, sub'ekt faoliyatini ma'lum 
maqsad asosida yo’naltiradi hamda xulq-atvor negizida shakllanadi, professor 
V.M.Karimova fikricha   psixika  -  inson  ruhiyatining  shunday  holatiki, u  tashqi  olamni  (ichki  ruhiy olamni)  ongli  tarzda 
aks ettirishimizni, ya'ni bilishimiz, anglashimizni ta'minlaydi. 
Psixika  bu  aks  ettirishdir.  Jonli  va  jonsiz  tabiatda  aks  ettirishning  o’ziga  xos  usullari  mavjud. 
Aks ettirish jarayonini quyidagicha ifodalash mumkin. 
Biologik
PsixikMATERIYANING AKS ETTIRIS H SXEMASI
Anorganik materiya Organik materiya
Mexanik Fizik Ximik Jonsiz materiya uchun aks ettirishning mexanik, kimyoviy va fizik turlari xosdir. Masalan, ko’zguning aks ettirishi, 
suvdagi ta'sir va boshqalar. Jonli materiya uchun aks ettirishning fiziologik, psixik aks ettirish turlari xos bo’lib, ong 
va o’zini-o’zi anglash uning eng yuqori bosqichidir. Psixik aks ettirish quyidagi xususiyatlarga ega:
1) ob'ektiv borliqni to’g’ri aks ettirish imkoniyatini beradi;
2) shaxsning faoliyati davomida mukammallikka erishib boradi;
3) doimo rivojlanib va takomillashib boradi.
4) Shaxsning individualligi orqali namoyon bo’ladi.
Psixologiyaning fan sifatida shakllanishi
Insonda  jismoniy  tanadan  tashqari  undan  farqlanuvchi  yana  nimadir  borligi  haqidagi  tasavvurlar  qadimdanoq 
mavjud bo’lgan. Eng qadimgi davrlardayoq inson tush ko’rish hodisasi orqali ayrim odamlarning noyob qobiliyatlari 
(masalan,  ovdagi  muvaffaqiyatlar   3 )  o’lim  va  boshqa  hodisalarning  sabablarini  tushuntirishga  intilgan.  Ammo 
dastlabki  qarashlar  mifologik  xarakterda  edi.  Ular  fikrlash  orqali  emas,  ko’r-ko’rona  ishonch  vositasida  egallanardi. 
Ruh haqidagi qarashlar ko’pincha nafas bilan bog’lanardi, ruhni esa uchar mahluq sifatida tasavvur etardilar. Psixologiya  haqidagi  fikrlar  qadim  zamonlardan  beri  mavjuddir.  Ilk  davrlarda  psixologik  xususiyatlarni  jonning 
ishi  deb  tushuntirilgan.  Jonning  o’zi  esa  odam  tanasidagi  maxsus  ikkilamchi  jism  deb  qaralgan.  Bunday  tasavvurlar 
"animizm"   deb  ataladi.  Animizm  so’zi -anima  "jon"  degan ma'noni  anglatadi. Jon o’z mohiyatiga  ko’ra  olovsimon 
uchqundan  iborat  ekanligi  Geraklit  tomonidan,  yoki  olovsimon  atomdan  iboratligi  Demokrit   tomonidan 
ta'kidlangan.
Platonning  "ideyalar tug’ma bo’ladi" degan g’oyalari psixologik fikr taraqqiyotiga juda katta hissa qo’shdi.  Platon  
ta'limotiga  ko’ra  "ideyalar"  mohiyati  abadiy  va  o’zgarmas,  ularning  tabiiy  olamdan  tashqarida  oliy  olam  mavjud 
bo’lib, ularni odam ko’zi bilan ko’ra olmaydi.
Platon  psixologiyada  "dualizm"   oqimining  asoschisi  hisoblanadi.  Dualizm  so’zi  ikki  yoqlamalik  yoki  ikki 
mustaqil  fikr  degan  ma'noni  anglatadi.  Dualizm  ta'limoti  mohiyati  moddiy  va  ruhiy  olam  tana  va  psixikaning  bir-
biriga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lib, azaldan qarama-qarshi narsalar deb tushuntiradi. Platonning  dualizm  shogirdi  Arastu  (Aristotel   eramizdan  oldingi  IV  asr  384-322  yillar)  tomonidan  birmuncha 
muvaffaqiyatli  bartaraf  etildi.  Aristotelning  "Jon  haqida"   asari  o’sha  davrdayoq  psixologiya  maxsus  fan  sifatida 
maydonga kela boshlaganidan dalolat beradi. Ana shu tufayli psixologiya jon haqidagi fan sifatida maydonga kelgan 
va hozirgi kunda psixologiya fani o’z mazmunini batamom o’zgartirgan.
Arastu kishilik tafakkuri tarixida birinchi bo’lib ruh va jonli tananing ajralmasligini isbotlab berdi. Unga ko’ra, jon 
qismlarga  bo’linmaydi,  lekin  u  faoliyatimiz  davomida  oziqlanishi,  his  etishi  va  harakatga  kelishi,  aql-idrok  kabi 
turlarga  oid  qobiliyatlarda  namoyon  bo’lishi  mumkin.  Birinchi  qobiliyatlar  o’simlik  uchun,  ikkinchisi  va  uchinchisi 
hayvonlarga, to’rtinchisi esa insonlar uchun xosdir. O’simliklar, hayvonlar ruhi va aql idrok odam ruhi ta'limoti bilan 
Arastu  oliy  qobiliyatlar  va  ularning  negizida  paydo  bo’lishini  bildiradigan  rivojlanish  tamoyilini  joriy  etdi.  Arastu 
organizmning  tabiatdan  olgan  qobiliyatlarni  faqat  o’zining  xususiy  faolligi  orqali  ruyobga  chiqarishga  asoslangan 
holda xarakterning faoliyatda shakllanishi to’g’risidagi nazariyani ilgari surdi.
Geraklit, Demokrit, Aflotun, Arastularning ta'limotlari keyingi asrlarda psixologik g’oyalarni rivojlanishida tayanch 
nuqta bo’lib hisoblanadi. Miya va psixika
Psixika  yuksak  darajada  tashkil  topgan  materiyaning  alohida  xossasi  bo’lib,  u  ob'ektiv  olamni 
alohida  bir  tarzda  aks  ettiradi.  Yuksak  darajada  tashkil  topgan  materiya  deganda  biz  miyani 
tushunamiz.  Demak  inson  va  hayvonlar  psixikasining  moddiy  asosini  markaziy  nerv 
sistemasining  eng  yuksak  qismi  bo’lmish  bosh  miya  tashkil  etadi.  Ammo  insonlar  miyasi 
hayvonlar  miyasiga  qaraganda  qancha  murakkabroq  tuzilgan  bo’ladi.  Odam  miyasi  hajmi 
jihatidan  ham  katta.  Agar  maymun  miyasining  og’irligi  400-500  g  bo’lsa,  odam  miyasining 
og’irligi o’rta hisobda 1400 g dir. 
Miya  funksiyasi  organizm  hayotida  shunchalik  murakkabki,  buni  biz  miya  butun  gavda 
og’irligining  2  foizini  tashkil  qilishidan  va  organizmga  kiradigan  kislorodning  18  foizidan 
ortiqrog’ini  ishlashidan  ham  ko’rishimiz  mumkin.  Hayvon  taraqqiyotining  qanchalik  yuqoriroq 
bosqichida tursa, uning tanasiga nisbatan miyasi shunchalik og’irroq bo’lib boraveradi.  Bosh  miya  orqa  miya  bilan  markaziy  nerv  tuzilmasini  tashkil  qilib,  odam 
organizmidagi  barcha  organlarning  o’zaro  faoliyati  va  bir-biri  bilan  bog’lanishini 
hamda  uning  tashqi  muhit  bilan  bo’ladigan  aloqasini  ta'minlaydi.  Psixik 
faoliyatlarning  ko’pgina  qismi  bir  necha  qator  bo’lib,  joylashgan  nihoyatda  ko’p 
nerv hujayralaridan (15 milliarddan ko’p) tashkil topgan, kulrang modda qatlamidan 
iborat bo’lgan bosh miya katta yarim sharlari qobiq ining faoliyati bilan bog’liqdir. 
Nerv  sistemasining  tuzilishi,  nerv  to’qimasi,  uning  elementlari  va 
x ossalari. Nerv  sistemasi  nerv  to’qimasidan  iborat,  bu  to’qima  esa  nerv 
hujayralaridan tuzilgan.  Nerv hujayrasi protoplazmadan tuzilgan tana bo’lib, ikki turli o’simtalari bor, 
bu o’simtalarning bir xillari kalta, boshqa bir xillari uzun bo’ladi. Kalta 
o’simtalari sertarmoq bo’lib,  dendrit lar deb ataladi. Uzun o’simtalari  akson lar 
yoki  neyrit lar deb ataladi. Har bir hujayrada bu o’simtalar ikkitadan ortiq 
bo’lmaydi.  Neyrit  ikkita parda bilan o’ralgan. Neyritga yopishib turadigan 
birinchi pardasi yoysimon parda bo’lib, uni et parda yoki  mielin  pardasi deb 
ataladi. Ikkinchi pardasini  shvain  pardasi deyiladi . Bu pardalar toladan 
o’tuvchi nerv qo’zg’alishini ajratib turuvchi  izolyasiya dek bir vazifani o’taydi. 
Neyrit, odatda,  nerv tolasi  deb ata ladi.
Nerv hujayrasi, uning o’simtalari va ularni qoplovchi pardalar birgalikda 
neyron  deb ataladi.  Nerv sistemasi juda ko’p neyronlardan tuzilgan. Nerv 
tolalari miyadan tutam-tutam bo’lib chiqib nerv stvolini yoki, oddiy so’z bilan 
aytganda, nervni hosil qiladi. 
Nerv hujayralari va mielinsiz tolalar to’plami miyaning kul rang moddasini, 
mielinli nerv tolalarining to’plami esa miyaning oq moddasini tashkil etadi. Hujayralar  ularning  yadrolari  va  tolalari  sinapslar  degani  mahsus  mayda  tolachalar  yordami  bilan  bevosita  bog’lanadi  (sinaps 
grekcha so’z bo’lib, «ilgak» degan ma’noni bildiradi).
Nerv  sistemasining  mahsus  xossalari  bor,  bu  xossalardan  asosiylari  qo’zg’aluvchanlik  va  o’tkazuvchanlikdir.  Bu  xossalar 
shundan iborat.
Agar  nerv  tolasining  joyiga  tegilsa,  issiq,  sovuq,  elektr  toki,  ximiyaviy  moddalar  va  boshqa  shu  kabilar  bilan  ta’sir  etilsa,  yoki 
o’zgartirilsa, nerv tolasining qo’zg’atilgan joyida mahsus fiziologik jarayonlar ro’y beradi, buni qo’zg’alishdeyiladi.
Agar nerv tolasi yetarli darajada qo’zg’atilsa, bu qo’zg’alish sodir bo’lgan joyidagina qolmay, balki nerv tolasi bo’ylab tarqaladi 
va bir nerv hujayrasidan ikkinchi nerv hujayrasiga o’tadi, nihoyat, qo’zg’atish kuchi muayyan darajaga yetganda qo’zg’alish butun 
nerv sistemasiga yoyilishi mumkin.
Nerv  to’qimasida  qo’zg’alish  jarayoni  yuz  berganda  bir  qancha  hodisalar:  elektr,  ximik,  issiqlik  hodisalari  paydo  bo’ladi. 
Yonma-yon  turgan  bir  nerv  hujayrasining  aksoni  bi lan  ikkinchi  nerv  hujayrasining  tutashadigan  joyi  sinapslar  borligi  tufayli, 
qo’zg’alish  nerv  tolalarida  bir  tomonga  tarqaladi.  Mielin  pardasi  borligidan,  qo’zg’alish  nerv  tolasida  ayrim-ayrim  tarqaladi. 
Odamning  nerv  sistemasi  hayvonot  olamining  uzoq,  evolyusiyasi  jarayonida  va  odamning  tarixiy  taraqqiyoti  davomida  vujudga 
kelgan. Markaziy nerv sistemasi.  Markaziy nerv sistemasi  bosh miya  bilan  orqa miy adan tarkib topgan.
Bosh miya va psixik funksiyalar.  Po’st ostidagi soha va po’st ostidagi tugunlar differensiallashmagan va umumiy 
sezuvchanlik  markazidir.  Emosiya  va  instinktlarimiz  shu  soha  bilan  chambarchas  bog’liqdir.  Harakatlarimizni  idora 
etish uchun po’st ostidagi tugunlardan targ’il jismning ahamiyati ayniqsa kattadir. Targ’il jism zararlanganda, odatda, 
harakat kuchayadi, ammo poyma-poy bo’ladi.
Yuksak darajada tashkil topgan hayvonlarda psixik jarayonlarning va odamda ongli jarayonlarning bevosita moddiy 
asosi  bosh  miya  po’stidir.  Bosh  miyaning  pastroqdagi  boshqa  hamma  qismlari,  shuningdek,  orqa  miya  –  ongsiz 
reflektor  harakatlarning  markazlari  bo’lib,  xilma-xil  fiziologik  jarayonlarni  idora  etadi.  Bu  yerda  yana  shuni  aytib 
o’tish kerak.
Bosh miyaning yuqorida aytilgan hamma qismlari va orqa miya markaziy nerv sistemani bosib o’tgan taraqqiyot 
yo’lining bosqichlaridir. Bosh miyaning taraqqiyotidagi har bir qismi (pastdan yuqoriga qarab hisob qilganda) 
o’zidan avvalgi qismning ustiga qoplangan. Orqa miya, undan keyin esa uzunchoq miya markaziy nerv sistemasining 
eng qadimgi qismlaridir. Oldingi miya va po’st genetik jihatdan miyaning eng yosh qismlaridir. Markaziy nerv sistemasining yuqorigi qismlari taraqqiy qilgunicha pastdagi (qadimgi) qismlari murakkabroq psixik 
funksiyalarni ham bajargan deb o’ylash mumkin. Markaziy nerv sistemasining yuqorigi qismlari tarkib topib taraqqiy 
qilishi  bilan,  murakkabroq,  psixik  funksiyalar  miyaning  yuksak  taraqqiy  qilgan  qismlariga  o’tdi.  Shu  bilan  birga 
psixik funksiyalar tobora murakkablashib va takomillashib bordi. Psixik funksiyalar miyaning yuksak taraqqiy qilgan 
qismlariga  o’tishi  bilan  miyaning  pastdagi  qismlari  muayyan  refleks  va  instinktiv  harakatlarinigina  idora  etadigan 
bo’lib qoldi.
Buning  xaqiqatan  ham  shunday  ekanligini  quyidagi  hol lar  ko’rsatib  turibdi.  Biologik  taraqqiyotning  ancha  past 
bosqichlarida  turgan  hayvonlarning  miya  po’sti  va  oldingi  miyasi  olib  tashlanganda,  bu  qismlarning  funksiyasini 
pastroqdagi qismlar o’tay boshlaydi (garchi mukammal shaklda bo’lmasa ham, har holda, o’taydi). Masalan, oldingi 
miyasi olib tashlangan baqa tamomila normal baqaga o’xshaydi. Bunday baqa odatdagicha o’tiradi; baqa turgan taxta 
ag’darila  boshlasa,  u  ag’anab  tushmaslikka  harakat  qiladi;  agar  baqa  chalqancha  ag’anab  tushsa,  o’nglanib  oladi. 
Shunday qilib (baqa miya yarim sharlaridan mahrum bo’lsa ham harakat qilish va o’z harakatlarini muvofiqlashtirish 
qobiliyatini saqlab qoladi. Yarim  sharlari  olib  tashlangan  kaptar  og’ziga  solingan  ovqatni  yeydi,  turtib  yuborilsa  yuradi;  bunday 
kaptar  turtinmasdan  ucha  oladi. Ammo  kaptar  turtib  yuborilmasa,  odatda,  qimirlamay  turaveradi. Agar  it 
miyasining ikkala yarim shari olib tashlansa, sun’iy suratda boqilib borilsagina bir necha yil yashay oladi. 
Bunday  it  og’ziga  solingan  ovqatni  yeydi,  yura  oladi.  It  urilsa  vangillaydi,  qattiq,  tovush  eshitganda 
sapchib tushadi. Ammo bunday it  o’zicha ovqat qidirib topolmaydi va hatto  yaqinidagi ovqatni  ham  topib 
yeya  olmaydi.  Bu  it  uni  boquvchi  kishilarni  tanimaydi. Avval  hosil  qilgan  malakalari  yo’qoladi,  shu  bilan 
birga, yangi malakalar hosil qilish qobiliyati ham yo’qoladi.
Ba’zi  fiziologlar  maymunlarning  yarim  sharlarini  olib  tashlab  tajribalar  qilganlar.  Maymunlar  operasiya 
qilingandan  keyin  psixik  funksiyalari  yo’qolishi  bilan  birga,  harakatlar,  harakatni  muvofiqlashtirish  ham 
buzilgan.  Ular  to’ppa-to’g’ri  o’tirib  tura  olgan,  shuningdek,  narsalarni  changallay  olgan,  ammo, 
murakkabroq  harakatlar,  ayniqsa  yurish  qobiliyati  buzilgan,  shunday  qilib,  evolyusiyaning  yuqori 
bosqichlarida murakkab harakatlar va ularni muvofiqlashtirish funksiyalari ham miya po’stiga o’tadi.  I.P.Pavlov yuksak nerv faoliyatiga doir tekshirishlarida shunday hodisalarni ilmiy asosda tushuntirib berdi.
Hayvonlar  bosh  miyasining  ayrim  qismlarini  olib  tashlash  ustidagi  tajribalar  shuni  ko’rsatdiki,  hayvon 
biologik  taraqqiyotning  qancha  yuqori  bosqichida  tursa,  quyi  qismlarining  yuksak  psixik  funksiyalarni  bajara 
olish imkoniyati o’shancha kam bo’ladi.
Odamda  miyaning  quyi  qismlari  yuksak  psixik  funksiyalarni  bajarishga  mutlaqo  qobil  emas.  Odam 
miyasining po’sti ostidagi qismlari po’st funksiyasini loaqal qisman ham  bajara  olmasa kerak. Yarim sharlarsiz 
tug’ilgan  bolalar  (anzisefallar)  ni  kuzatish  bu  holni  juda  ravshan  tasdiqlaydi.  Odatda  bunday  bolalar  uzoq, 
yashamaydi.  Shunday  bolalardan  birining  faqat  uch  yil-u  to’qqiz  oy  yashagani  ma’lum.  Bu  bola  doim  yotgan, 
turishga  biron  marta  ham  harakat  qilib  ko’rmagan.  U  narsalarni  ushlashga  hyech  urinmagan,  hatto  nar salarni 
qo’lda ushlab turishni ham bilmagan. Faqat yuzida ba’zi bir harakatlar ko’rilgan; u ba’zan ijirg’angan; emganda 
va qoshiqlab ovqat berilganda lablari va tili harakatga kelgan. Bola tagi xo’l bo’lganganda ham hyech bir parvo 
qilmagan.  Bu  bola  bilan  gaplashish  yoki  unga  biron  narsa  o’rgatish  aslo  mumkin  bo’lmagan.  Unda  hatto  eng 
oddiy ko’nikmalar ham hosil bo’lmagan. Yuqorida  aytilganlardan,  miyaning  po’st  ostidagi  qismlarining  psixik  hayotga 
hyech qanday aloqasi yo’q degan ma’no chiqmaydi. Yarim sharlar po’sti o’z tolalari 
bilan  bosh  miyaning  hamma  qismlariga  va  orqa  miyaga  bog’langan.  Shu  bilan 
birga,  yuqorida  aytilganidek,  orqa  miyadagi  nerv  hujayralarining  tolalari  va  po’st 
ostidagi  sohalarning  tolalari  yarim  sharlar  po’stining  qismlariga  bog’langandir.  Shu 
sababli  butun  markaziy  nerv  sistemasi  va  uning  faoliyati  bo’lmasa,  psixik  hayot 
ham bo’lmas edi.
Odam  bosh  miyasi,  miya  katta  yarim  sharlarining  ixtisoslashgan  funksiyalarining 
mavjudligi haqidagi ma'lumotlar quyidagi jadvalda keltirilgan. № Chap yarim shar O'ng yarim shar
1. Xronologik tarkib O'tayotgan vaqt
2. Xarita va chizmalarni o'qish Aniq makon
3. Nomlarni,  izlarni  belgilarni  yodda 
saqlab qolish Tasavvurlar,  aniq    voqealarni  yodda 
saqlab qolish
4. Nutq faoliyati mohiyatini his etish Emosional holatni idrok etish
5. Olamni  xursandchilikda  osoyishta 
k o’ rish Olamni g'amgin holda ko'rish
6. Batafsil idrok qilish Yaxlit idrok qilish Odamning har bir psixik jarayoni holati va xususiyati butun markaziy nerv tizimining faoliyati bilan bog’liqdir.
Ong haqida tushuncha
Ong -psixikaning  eng  yuksak  darajasi  bo’lib  u  faqat  insongagina  xosdir.  Ong  ijtimoiy  tarixiy  sharoitda  odam 
mehnat faoliyatining  tarkib topishida til  yordamida boshqa  kishilar bilan doimiy munosabatda bo’lish  natijasidir. Bu 
ma'noda ong mutafakkirlar ta'kidlab o’tganlaridek, ijtimoiy mahsulotdir. 
Ongning  birinchi  xossasi   -  bu  anglash  demakdir.  Inson  ongi  tevarak  atrofdagi  tashqi  olamga  doir  bilimlar 
yig’indisidan iboratdir. Anglash tashqi olamdagi narsalarni tushunish bo’lib, uning tarkibiga muhim bilish jarayonlari 
kiradi.
Ongning  ikkinchi  xossasiga   binoan,  ongda  ob'ekt  bilan  sub'ekt  o’rtasidagi  aniq  farq  o’z  ifodasini  topadi,  ya'ni 
odam  "men"  degan  tushunchani  "men  emas"  tushunchasidan  farqini  ajratadi.  Odam  o’zini  bilish  qobiliyatiga  ega 
bo’lgan, ya'ni psixik faoliyatda o’z-o’zini tekshira oladigan yagona mavjudotdir.
Ongning  uchinchi  xossasiga   asosan  ong  yordami  bilan  odamning  maqsadni  ko’zlash  faoliyati  ta'minlanadi. 
Faoliyat  maqsadlarini  yaratish  ongning  vazifasiga  kiradi.  Bunday  faoliyat  motivlari  yuzaga  keladi  va  chamalab 
ko’riladi, irodaviy qarorlar qabul qilinadi, harakatlarni bajarish yo’llari hisobga olinadi. Ongning  to’rtinchi  xossasiga   asosan  turli  munosabatlardan  ongli  ravishda  turli  his-tuyg’ular 
yuzaga keladi. Ong kishilar munosabatlarining yig’indisidir.
Ong  yuzaga  kelishining  asosiy  sharti,  vositasi  tildir.  Psixikaning  eng  quyi  darajasi  ongsizlikdir. 
Ongsizlik   -  bu  shunday  psixik  jarayonlar  va  hodisalar  yig’indisiki,  unda  inson  o’z  xatti-
harakatlariga javob bermaydi, anglamaydi. Bunga tush ko’rish, ba'zi patologik hodisalar, alaxlash, 
gallyusinasiya  kabilar  kiradi.  Xulosa  qilib  aytganda,  psixologiya  hayot  faoliyatining  o’ziga  xos 
shakli bo’lib, psixik rivojlanishning qonuniyat va mexanizmlarini o’rganuvchi fandir. Psixologiya 
fanining asosiy vazifasi psixik hodisalarni o’rganish va ilmiy asoslashdir. Psixik hodisalar ma'lum 
qonuniyatlarga  bo’ysunadi.  Psixologiya  shunday  qonuniyatlarni  mohiyatini  ochishga,  ularni 
tarkib  topishi  va  rivojlanishini  o’rganishga  qaratilgandir.  Ushbu  qonuniyatlarni  bilish,  ularni 
boshqarish, tashkil etish, ta'lim-tarbiya jarayonini to’g’ri olib borishga yordam beradi.

Mavzu:Psixologiya fanining dolzarb vazifalari va predmeti

Reja 1. Psixologiyaning predmeti va psixologiyaning fan sifatida shakllanishi 2. Miya va psixika 3. Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o’rni va hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi 4. Psixologiyaning ilmiy tadqiqot metodlari 5. Psixika va ongning taraqqiyoti

Psixologiyaning predmeti Inson mavjud ekan , u o ’ z hayotiy tajribasiga asoslanib , u yoki bu holda idrok etish , olamni anglash , narsa va hodisalarni ajratish kabi xususiyatlarga ega ekanligi haqida o ’ ziga o ’ zi hisob beradi . Biz kunda qushlarning sho ’ x navosini , musiqa asboblarining xonishini , inson nutqini , uchib o ’ tayotgan samolyot shovqinini eshitamiz , atrofimizni o ’ rab turgan narsa , daraxt , hayvonlar , mashinalarni ko ’ ramiz . Ularning rangi va hajmini ajrata olamiz . Mazkur jarayonlar insondagi aks ettirish xususiyati bilan chambarchas bog ’ liq . Psixologiya fanining predmetini tahlil qilishda asosiy e ' tiborni quyidagilarga qaratish lozim . Jumladan , shaxs haqida fikr yurituvchi fanlar sirasiga psixologiya va pedagogika fanlarini kiritish mumkin . Shunga ko ’ ra pedagogika shaxsni ta ' lim - tarbiya jarayonida kamol topishini tadqiq qilsa , psixologiya shaxsda kechadigan ruhiy jarayonlarni o ’ rganadi . Shundan xulosa qilishimiz mumkinki , psixologiya fanining predmetini - shaxsning psixikasi va uning psixologik xususiyatlari tashkil qiladi .

Psixologiya so ’ zining lug ’ aviy ma ' nosi grekcha psyuxe - jon , ruh , logos - fan , ta ' limot degan ma ' noni anglatadi . Psixologiya fan sifatida psixik faktlar , ularning qonuniyatlari va mexanizmlarini o ’ rganadi . Psixologiya asosan psixikani keng doirada tadqiq qiladi . Shunga ko ’ ra psixikaning yuzga keltiruvchi asosiy psixik faoliyatlari ko ’ rsatilgan . Aynan psixik faoliyatlar quyidagi jarayonlarni o ’ z ichiga oladi : - bilish faoliyatlari : diqqat , nutq , faoliyat ; - bilish jarayonlari : sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur; - shaxsning, hissiy , irodaviy sohasi: - hissiyot, iroda; - shaxsning individual psixologik xususiyatlari : temperament, xarakter, qobiliyat. Psixikaning paydo bo’lishining asosiy shakllari M.Gamezo va Domashenkolarning "Atlas po psixologii" nomli qo’llanmasida quyidagicha ifodalanadi: