Qadimgi Afrika va Janubiy Arabiston sivilizatsiyasi
Mavzu:Qadimgi Afrika va Janubiy A rabiston sivilizatsiyasi
А frika qit asining Misrdan so ng eng qadimiy madaniy o zagi bu Kush ʼ ʼ ʼ davlatidir. Kush Nil daryosining o rta oqimida 4 ostonadan yuqorida ʼ joylashgan. Bu davlat Misr bilan mil.avv. II ming yillikdan boshlab tarixda yaqin aloqada bo lib kelgan. Shu davrdan boshlab Misr madaniyati Kushda ʼ ustunlik qila boshlaydi. Lekin mil.avv. 700 yilda Kush podshosi Kashta, keyinroq Pianxi va Taxarka Misrni istilo qiladi. Napata shahri mil.avv. VI asrgacha Kush poytaxti edi. VI asrda (mil.avv. 540 y.) Kush davlati markaziy shahri Meroe bo lib, Nil daryosi bo yida, serhosil vodiyda joylashgan. Bu ʼ ʼ shahar А frikannig janubiy, g arbiy, shimoliy qismlarini bog lab turuvchi savdo ʼ ʼ markazi ham edi. Bundan tashqari meroeliklar А rabiston, Hindiston bilan ham savdo aloqalari olib borgan deb taxmin qilinadi. Bunga meroeliklar dinida hindlarnikiga o xshash uch boshli sher xudo ( ʼ А pedemok) va fil mingan xudolar tasvirining paydo bo lishiga qarab xulosa qilinadi. Kushning diniy ʼ markazi bo lgan Shebel Berkolda Misr, Yunon, Rim ta siridagi ibodatxonalar ʼ ʼ qurilishi shimoliy А frika bilan muntazam aloqalar olib borilganini ko rsatadi. ʼ Strabon ma lumotiga ko ra, Misr provintsiyasi boshlig i Gay Petroniy ʼ ʼ ʼ А rabistonga yurish qilganda meroeliklar А mna shahriga hujum qilib uni talaydilar, Imperator А vgustning bozor maydonidagi haykalini olib ketadilar. Gay Petroniy harbiy yurish qilib, meroeliklar kondaki (malika)sini jazolagan. Milodiy 64 yilda esa, rimliklar qayta harbiy yurish qilganligi ma lumotlari ʼ mavjud.
Meroe va napataliklar o z yozuvlarini ishlab chiqqanlar. Yozuvda 23 ta harf ʼ bo lib, ularni asosan undosh tovushlar va cho ziq unlilar ifoda etgan. Qisqa ʼ ʼ unlilar odatda yozilmay, matnda mazmunan anglangan. Meroeda dastlab podsholar Misr fir avnlariga xos piramidalarda dafn etilgan. Hajm jihatdan ʼ kichik bo lgan bu piramidalar qurilishi va bezatilishda fir avnlarnikidan ortda ʼ ʼ qolmagan. Metalga ishlov berish Meroeda mil.avv. IV asrdan boshlangan deb xulosa qilinadi. Chunki mil.avv. 360 yilda vafot etgan podsho Xorsiotef piramidasidan metall buyumlar topilmagan, undan keyingi yodgorliklarda esa uchraydi. Shunday bo lsada, Meroe ʼ А frikadagi eng qadimgi temir ishlab chiqarish markazlaridan biri bo lib hisoblanadi. Kush, Napata, Meroe ʼ yodgorliklari umumiy nom bilan odatda Meroe sivilizatsiyasi deb nomlanadi. Chunki faqat Meroe shahri Kush markazi bo lgach, o ziga xos an analar, ʼ ʼ ʼ sivilizatsiya shakllandi. Meroeda turar joylar ham o ziga xos bo lib, hovli devor ʼ ʼ bilan o ralgan va bir necha xonalardan iborat bo lgan. Meroe shahrini arxeologik ʼ ʼ jihatdan o rganish chog ida mil.avv. VIII-milodiy IV asrlarda bu shahar mavjud ʼ ʼ bo lganligi, uning eng gullagan davri esa mil.avv. III milodiy II asrlarga to g ri ʼ ʼ ʼ kelishi, xo jalik hayotda savdo-sotiqning o rni katta ahamiyatga egaligi ʼ ʼ aniqlangan. Milodiy IV asrda Efiopiyada paydo bo lgan ʼ А ksum davlatining savdodagi raqobatchisini kuchsizlantirish uchun qilgan talonchiligi Meroe sivilizatsiyasining yemirilishiga asosiy sabab bo lgan deb hisoblanadi. ʼ
Tropik А frika sivilizatsiyasida Chad ko lining ahamiyati katta bo lib, bu yerda ʼ ʼ ko plab xalqlarning manfaatlari to qnashgan. Bu yerda dehqonchilik va ʼ ʼ chorvachilik bilan shug ullanuvchi qabilalar ko p bo lib suvga bo lgan ehtiyojni ʼ ʼ ʼ ʼ qondirish uchun davlat tashkiloti zarur edi. Kannem-Bornu davlatini tashkil qilgan Kanur qabilasi afsonaga ko ra, ʼ А rabiston janubi Yamandan bu yerga kelgan. А slida arablarning shimoliy А frikani istilo qilish jarayonida ayrim qabilalar ko chishi sodir bo lgan. Nigeriya xalqlari orasida sharq tomondan ʼ ʼ xalqlarning buyuk ko chishi sababli ularning ota-bobolari shu hududlarga kelib ʼ qolgan degan fikrlar saqlanib qolingan. Chad ko li havzasida dastlab Zagava ʼ qabilasi davlat tuzgan. Bu davlat Kanem deb atalishi, aholi qamish uylarda yashashi haqida arab muarrixlari ma lumot beradi. Kanem aholisi XI asrdan ʼ boshlab islomni qabul qiladi. Qabilalararo kurashlar kuchayib, Man qabilasidan Umar 1386 yil mustaqil Bornu davlatini tuzadi. Bu hududlar aholisining katta qismi bo lmish tuareglar Bornu davlati bilan doimiy siyosiy, madaniy aloqada ʼ bo lganlar. Tuareglarda alfavit tartibdagi yozuvlarinng eng g aroyibi tifang ʼ ʼ yozuvi mavjud. А yrim qabilalarda bu yozuvning 24 harflisi mavjud bo lsa, ʼ ayrimlarida 40 tagacha harflar mavjud. Hozir arab alifbosidan foydalanilsada, tifang yozuvini tuareglar hali ham o z kiyimlari va qurollariga tushiradilar. ʼ