QADIMGI AFRIKA SIVILIZATSIYASI
MAVZU; QADIMGI AFRIKA SIVILIZATSIYASI
TABIIY SHAROITI. Afrika materigi dastlab Liviya deb atalgan. Olimlarning fikricha, Afrika so‘zi eramizdan avvalgi II asrdan qo‘llanilgan. Olimlarning fikriga ko‘ra, materik nomi uning shimoli-g‘arbiy qismi (Tunis, Marokash yerlari)da yashagan qadimgi berberlarning afarik qabilasi nomidan olingan. Afrika sivilizatsiyaning beshigi hisoblanadi. Unda 3-4 mln yil avval odamlar yashaganligi arxeolog olimlar tomonidan aniqlangan. 6000 yil avval Nil daryosi vodiysining hosildor yerlarida ilk sivilizatsiya tarkib topgan.
Afrika - to‘rtta yarimsharda joylashgan yagona materik. Ekvator Afrikani deyarli qoq o‘rtasidan ikkiga bo‘lib turadi. Uning shimoliy va janubiy chekka nuqtalari ekvatordan deyarli teng masofada joylashgan. Gibraltar bo‘g‘izi orqali Yev ropa, Suvaysh kanali orqali Osiyo qit’alari bilan tutashib turadi. Materikning shimoliy va g‘arbiy sohillarini Atlantika okeani suvlari, shimoli-sharqiy va sharqiy sohillarini esa Hind okeani suvlari yuvib turadi. Afrikaning qirg‘oqlari kam parchalangan bo‘lib, uzunligi 30500 km ga teng. Afrika shimoldan janubga torayib boradi. Shimoliy qismining eni (Almadi va Ras-Xafun burunlari oralig‘i) 7500 km bo‘lsa, janubining eni 3000 km ga teng. Materik sharqida yirik Somali yarimoroli va Mozambik bo‘g‘izi bilan ajralgan Madagaskar oroli joylashgan. G‘arbida yirik Gvineya qo‘ltig‘i bor.