QADIMGI RIMDA XALQARO ALOQALAR KOʻRINISHLARI VA DIPLOMATIK ORGANLARI
SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI 2- BOSQICH 202-GURUH TALABASI MAXMADIYOROV SHUKURBEKNING XALQARO MUNOSABATLAR VA DIPLAMATIYA FANIDAN TAYYORLANGAN MUSTAQIL ISHI
Mavzu : QADI MGI RIMDA X ALQARO ALOQALAR KOʻRIN ISHLARI VA DIPLOMATIK ORGAN LARI
. Qadimgi Rim tarixining boshlang‘ich nuqtasi bo‘lgan Rim shahriga asos solinishidan boshlab (mil.avv. 753-y.) to uning qulashigacha (milodiy 476-yil) o‘n asrdan ortiq va Sharqiy Rim impperiyasi bo‘lgan Vizantiyani ham uning uzviy davomi sifatida qabul qiladigan bo‘lsak bu davlatchilik 2000 yildan ziyod vaqt hukm surganligini ko‘rsatadi. Bu tarixiy jaraayon mobaynida Rim oddiy manzilgohdan davlatchilikning eng yuksak taraqqiyoti bo‘lgan imperiyagacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. Huddi qadimgi yunon dunyosi singari qadimgi Rim ham kishilik madaniyati rivojiga katta xizmat qildi. Ayniqsa, xalqaro munosabatlar va diplomatiyaning takomillashuvida qadimgi Rimning alohida o‘rni bor. Bugun siyosatshunoslik va diplomatiyada tez-tez duch keladigan va hamda odatda tarjimasiz holatda qo‘llaydigan ko‘plab tushuncha va atamalar buning isboti hisoblanadi. Qadimgi Rim tarixi 3 katta davrga bo‘linadi. Bular: - Podsholik davri (mil.avv. 753-510/509-yy.); - Respublika davri (mil.avv. 510/509-31/27-yy.); - Imperiya davri (mil.avv. 31/27 – milodiy 476-yy.) Ana shu davrlashtirish diplomatiya tarixida ham qabul qilingan.Fetsiallar kollegiyasi
. Fesiallar kollegiyasining shakllanishi Rimning ikkinchi podshosi Numa Pompiliy (mil.avv. 753-672-yy.) davriga to‘g‘ri keladi, ammo huddi shunday institut etrusklarda ham bo‘lganligi keltiriladi. Davlatchilikning rivoji bilan fesiallar qabilalar va qabilaviy ittifoqlar o‘rtasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan bahslar va tushunmovchiliklarni nazorat qilishgan. Kollegiyaning asosiy vazifasi senatga tashqi ishlar va xalqaro shartnomalar bo'yicha maslahat berish, tinchlik va urushni rasman e'lon qilish va shartnomalarni tasdiqlash edi. Bir so‘z bilan aytganda ularning vazifasi ijrosi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qilish bo‘lmasdan, faqat maslahat berish bilan cheklangan. Vazifalari qatorida sayyor xabarchi yoki elchilik qilish ham bo‘lgan. Kollegiya 20 nafar eng taniqli va qadimda ajdodlari shu yerda yashab kelgan kishilardan umrbod muddatga tanlab olingan.
Shartnoma imzolashda pater patratus – “muqaddas ota” marhumlarni va xudolarni guvoh sifatida chaqirib, Rimning nomi bilan so‘zida turmasa (ya’ni shartnomada nazarda tutilayotgan masalalarda) ilohlar qahri va qatl qilish bilan qasam ichadi. Bu marosimda unga Kapitoliydan tepaligidan verbana (sagmina) o‘simligini terib olgan “verbenarius” hamrohlik qilgan. Rim an'analariga muvofiq bu qasamyod Kapitoliy tepaligidagi Yupiter ibodatxonasida joylashgan Yupiter Lapisi yoki Yupiter toshiga qilingan. Fesiallar kollegiyasi kech respublika va imperiya davri manbalarida ham tilga olinadi. imperator Oktavian Avgust (mil.avv. 63–-milodiy 14-yy.) eski Rim an’analarini qayta tiklashga harakat qilib, ramziy bo‘lsada fesiallar kollegiyasini tiklaydi va o‘zi unga a’zo bo‘ldi