logo

Xalqaro iqtisodiy aloqalar geografiyasi

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

4089.1708984375 KB
Xalqaro  iqtisodiy  
aloqalar  geografiyasi •
Xalqaro iqtisodiy aloqalar deb, 
davlatlar o‘rtasidagi, xalqaro tashkilot 
va korporatsiyalar ishtirokidagi 
xo‘jalik aloqalariga aytiladi. Unga 
ilmiy-texnik  taraqqiyot,  davlatlararo  
ijtimoiy-iqtisodiy  tafovut,  jahon  
mintaqalaridagi  siyosiy  vaziyat,  
xalqaro  iqtisodiy  integratsiya  kabi  
omillar  ta’sir ko‘rsatadi.  •
Xalqaro  iqtisodiy  aloqalarning  xalqaro  savdo,  kredit-
moliya  munosabatlari,  xalqaro  turizm,  mehnat  
resurslarining  xalqaro  migratsiyasi, xalqaro  ilmiy-
texnik  hamkorlik  kabi  ko‘rinishlari  mavjud.  Ular  
orasida xalqaro savdo eng katta ahamiyatga ega. U 
davlatlar o‘rtasida xomashyo, mahsulot  va  xizmatlarni  
o‘zaro  ayirboshlashga  asoslangan  xalqaro  savdo 
munosabatlari  tizimidir.  Davlatlarning  tashqi  savdo  
hajmi  tashqi  savdo aylanmasi orqali aniqlanadi. AQSH, 
Xitoy, Germaniya, Yaponiya, Fransiya tashqi  savdo  
aylanmasi  hajmiga  ko‘ra  jahonda  yetakchilik  qiladi .  •
Xalqaro  savdoning  3/4  qismini  mahsulotlar  
savdosi  tashkil  qiladi. Mashina  va  jihozlar,  
transport  vositalari,  kimyoviy  mahsulotlar  
kabilar xalqaro  savdoda  talab  yuqori  
bo‘lgan  tayyor  mahsulotlar  
     hisoblanadi. Jahonning  
    rivojlangan  davlatlari 
    xalqaro  savdoning 
    60%  dan  ortig‘ini 
    ta‘minlaydi.  •
Tashqi  savdoda  globallashuv  jarayoni  tez  sur’atlarda  
o‘sib  borishiga qaramay, davlatlar va mintaqalar orasida 
katta hududiy tafovutlar saqlanib qolmoqda.  Tashqi  
savdoning  deyarli  90  %  i  G‘arbiy  Yevropa,  Shimoliy 
Amerika,  Osiyo-Tinch  okean  mintaqasi  hissasiga  
to‘g‘ri  kelmoqda.  Bu mintaqalar, asosan, tayyor 
mahsulotlar va yuqori sifatli xizmat bilan savdo 
aloqalarini  o‘rnatsa,  Afrika,  Lotin  Amerikasi  hamda  
Osiyoning  rivojlanayotgan  davlatlari  jahon  bozoriga,  
asosan,  mineral  resurslar,  o‘rmon  va qishloq  xo‘jalik  
mahsulotlarini  olib  chiqadi.   •
So‘nggi  yillarda  xorijda  o‘z  ishlab  chiqarish 
 sohalarini  rivojlantirish maqsadida kapital 
qo‘yilma kiritish hamda foyda olish jarayoni 
kapital eksporti  kuchayib  bormoqda.  Katta  
miqdordagi  kapital  rivojlanayotgan davlatlar 
iqtisodiyotiga yo‘naltirilmoqda. AQSH, 
Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy 
kabilar jahonning eng yirik kapital 
eksportyorlari hisoblanadi. •
Xalqaro turizm ham tashqi iqtisodiy aloqalarning 
asosiy ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Turizm 
jahon YMMning deyarli 10% ini, xizmatlar 
eksportining  esa  1/3  qismini  beradi.  Ispaniya,  
Gretsiya,  Italiya,  Kipr  kabi davlatlar  mazkur  
sohani  o‘z  milliy  iqtisodiyotlarining  
ixtisoslashgan  tarmog‘iga aylantirishgan. Jahon 
mintaqalari orasida Yevropa turistik oqimning  eng  
katta  qismini  o‘ziga  yo‘naltirganligi  bilan ajralib  
turadi.   •
Qit’a davlatlari orasida Fransiya, Ispaniya, Italiya, 
Germaniya, Buyuk Britaniya yillik tashrif buyuruvchi 
sayyohlar soniga ko‘ra jahonning birinchi o‘ntalik 
davlatlari orasidan o‘rin olgan. So‘nggi yillarda 
Osiyoning xalqaro turizmdagi  ahamiyati  ortmoqda.  
Ayniqsa,  Sharqiy  Osiyo,  Janubi-sharqiy Osiyo  va  
Janubi-g‘arbiy  Osiyo  davlatlari  ko‘p  sonli  
sayyohlarni  o‘ziga jalb  qilmoqda.  •
Afrika  qit’asi  davlatlari  orasida  turizm sohasida  
Shimoliy  Afrika davlatlari  alohida  ajralib  turadi.  
Qirg‘oqbo‘yida  dam  oluvchilarni,  asosan,  Marokash, 
Tunis  yoki  Misr,  tarixiy  turizm  ixlosmandlarini  esa  
Misr ehromlari,  qadimiy  Karfagen  ko‘rinishlari  o‘ziga 
 jalb  qiladi.  Amerika qit’asi turizmida AQSH, Meksika, 
Karib havzasi davlatlari katta salmoqqa ega. Avstraliya  
va  Okeaniya  mintaqasi  turizmida  qirg‘oqbo‘yi  
hududlaridagi  dam  olish  maskanlarining  ahamiyati  
katta.   •
Hozirgi kunda turizmning an‘anaviy ko‘rinishlari 
(tabiiy, diniy, tarixiy)  bilan  bir qatorda  
ekoturizm,  agroturizm,  ishbilarmonlik,  sport,  
shoping, ekstremal  turizm  kabi  ko‘rinishlari  
ham  rivojlanmoqda.

Xalqaro iqtisodiy aloqalar geografiyasi

• Xalqaro iqtisodiy aloqalar deb, davlatlar o‘rtasidagi, xalqaro tashkilot va korporatsiyalar ishtirokidagi xo‘jalik aloqalariga aytiladi. Unga ilmiy-texnik taraqqiyot, davlatlararo ijtimoiy-iqtisodiy tafovut, jahon mintaqalaridagi siyosiy vaziyat, xalqaro iqtisodiy integratsiya kabi omillar ta’sir ko‘rsatadi.

• Xalqaro iqtisodiy aloqalarning xalqaro savdo, kredit- moliya munosabatlari, xalqaro turizm, mehnat resurslarining xalqaro migratsiyasi, xalqaro ilmiy- texnik hamkorlik kabi ko‘rinishlari mavjud. Ular orasida xalqaro savdo eng katta ahamiyatga ega. U davlatlar o‘rtasida xomashyo, mahsulot va xizmatlarni o‘zaro ayirboshlashga asoslangan xalqaro savdo munosabatlari tizimidir. Davlatlarning tashqi savdo hajmi tashqi savdo aylanmasi orqali aniqlanadi. AQSH, Xitoy, Germaniya, Yaponiya, Fransiya tashqi savdo aylanmasi hajmiga ko‘ra jahonda yetakchilik qiladi .