Qirg'iziston Respublikasi
Qirg’iziston Respublikasi
Rasmiy nomi — Qirg‘iziston Respublikasi. Poytaxti — Bishkek . Hududi — 198500 km.kv. Aholisi – 5,5 mln .dan ortiq (2012-yil). Davlat tili — qirg‘iz . Dini — islom , shuningdek, xristianlar ham bor. Pul birligi — som .
Geografik joylashuvi va tabiati. O‘rta Osiyoning shimoli sharqidagi davlat. G’arbda 0‘zbekiston (chegara uzunli 1099 km), shimolda Qozog‘iston (1051 km), janubda Tojikiston (870 km) va Xitoy (858 km) bilan chegaradosh.
Mamlakatning shimoliy sharqida Tyan-Shan (eng baland nuqtasi — 7439 m), janubi g‘arbda Pomir-Oltoy tog‘ tizmasi joylashgan. Asosiy daryosi-Norin. Eng katta ko‘li — Issiqkoi. Yer osti boyliklari — oltin, surma, ko‘mir, neft, gazga boy. Haydaladigan yerlar hududining 7%, o‘tloq va maysazorlar 42% ini egallaydi. Iqlimi — kontinental.
Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari. Dav lat tuzilishi — respublika. Mamlakat 6 viloyatga bo‘linadi. Qirg‘iziston 1991-yil SSSRning parchalanishi- dan keyin mustaqillikka erishgan. Milliy bayrami — 31-avgust — Mustaqillik kuni.