logo

Qirg'iziston Respubliklasi maktab uz

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

8054.2490234375 KB
Mavzu: 
Qirg‘iziston 
Respublikasi   9 -  sinf
GEOGRAFIYA
O‘qituvchi: Yunusobod tumani 
302-maktab geografiya fani o‘qituvchisi
  Tursunpo‘latov Farhodjon Qirg‘iziston  Yevrosiyo materigining o‘rta qismida, asosan, Tyanshan 
tog‘li o‘lkasi hududida joylashgan bo‘lib, Dunyo okeaniga chiqish 
imkoniyatiga ega emas. U shimolda Qozog‘iston, g‘arbda 
O‘zbekiston, janubda Tojikiston, sharqda Xitoy bilan chegaradosh. Geografik o‘rni    Mamlakatning iqtisodiy geografik o‘rni ancha noqulay 
hisoblanadi, chunki xalqaro ahamiyatga ega transport 
magistrallari uning hududidan deyarli o‘tmaydi. Bu holat 
Qirg‘izistonning murakkab relyef sharoiti bilan bog‘liqdir. Geografik o‘rni         Boshqaruv shakli
Qirg‘iziston –  parlamentar 
respublika. Ma’muriy-hududiy 
 tuzilishi 7 ta viloyat va 2 ta 
respublika ahamiyatidagi  
shahar (Bishkek va O‘sh)dan 
 iborat. Poytaxti – Bishkek 
shahri, mamlakatning 
shimolida, Chuy daryosi  
vodiysida joylashgan.  Qirg‘iziston tabiatining asosiy 
xususiyati uning tog‘liligi 
hisoblanadi. Mamlakat 
hududining deyarli 90 % i tog‘ 
tizmalari bilan band. 
Qirg‘izistonning Xitoy bilan 
chegarasida Tyanshan 
tog‘larining eng baland 
nuqtasi – G‘alaba cho‘qqisi 
(7439 m) joylashgan. Relyefi      Foydali qazilmalari
Qirg‘izistonning asosiy yer osti boyliklari oltin, surma, simob, 
volfram, uran, qalayidan iborat. Yoqilg‘i resurslari, asosan, 
mamlakatning janubidagi ko‘mir konlari bilan cheklangan. 
Umuman olganda, Qirg‘iziston yoqilg‘i zaxiralari bilan past 
darajada ta’minlangan hamda tegishli ehtiyojlarini import 
hisobiga qondiradi. Tyanshan tog‘larida yirik muzliklarning mavjudligi hisobiga 
Qirg‘iziston daryo va ko‘llarga boy bo‘lib, suv-energetika 
resurslari bilan yaxshi ta’minlangan. Bu holat respublika uchun 
katta iqtisodiy ahamiyat kasb etadi. Eng katta daryolari Norin, 
Chuy va Talas, eng katta ko‘li esa  Issiqko‘ldir. Ichki suvlari Aholisi
Qirg‘iziston aholisi tog‘li relyef sharoitida juda notekis joylashgan  
bo‘lib, aksariyat qismi tog‘ oralig‘idagi vodiylarda istiqomat qiladi.  
 Farg‘ona va Chuy vodiylarida aholi zich yashaydi. Bu holat o‘sha 
hududlarning dehqonchilik uchun qulay tabiiy sharoiti bilan 
bog‘liq. Shaharlari 
Aholining 30 % dan ko‘proq qismi shaharlarda istiqomat qiladi, 
qolgan qismi esa qishloq aholisiga to‘g‘ri keladi. Mamlakatning 
eng yirik shahri – Bishkekning aholisi 2017-yilda 1 mln. kishidan 
oshib ketdi. Yirikligi jihatidan mamlakatning ikkinchi shahri 
hisoblanadigan O‘shda 260 ming kishidan ko‘proq aholi 
yashaydi (2018-y.). ПРВ
Aholisining milliy tarkibida qirg‘izlarning ulushi 75 % atrofida bo‘lsa,   
15 % ga yaqin qismini o‘zbeklar tashkil etadi. O‘zbeklar, asosan, 
Qirg‘izistonning respublikamizga qo‘shni janubiy  hududlarida 
istiqomat qiladi. Shuningdek, ruslar, dunganlar, uyg‘urlar va tojiklar 
ham aholining etnik tarkibida muhim o‘ringa ega. Aholisi  ПРВ
Iqtisodiyoti 
Qirg‘iziston iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi sanoatga nisbatan 
ko‘proq ahamiyatga ega bo‘lganligi uchun, respublika  agrar -
industrial  davlat hisoblanadi.  ПРВ
Sanoati 
  Sanoati hozirgi vaqtda, asosan, tog‘-kon tarmog‘iga ixtisoslashgan. 
Eng muhim sanoat mahsuloti oltin hisoblanadi va u mamlakat 
eksportining eng katta qismini tashkil etadi. Qirg‘iziston sobiq Ittifoq 
davlatlari orasida oltin qazib olish hajmi bo‘yicha Rossiya va 
O‘zbekistondan keyingi 3-o‘rinda turadi. Sanoati 
Oltin, asosan, Markaziy Tyanshanning baland tog‘larida 
joylashgan Kumtor konidan qazib olinadi. U dunyodagi 10 ta  
eng yirik oltin konlaridan biri hisoblanadi.  Sanoatning boshqa tarmoqlaridan yengil, oziq-ovqat, mashinasozlik 
va ko‘mir sanoatlari katta ahamiyatga  ega. Elektr energetika 
Qirg‘izistonda, asosan, GESlarga tayanadi. Eng yirik GESlar Norin 
daryosida qurilgan. Sanoati  Asosiy qishloq xo‘jalik ekinlari qatoriga bug‘doy, paxta, kartoshka, 
sabzavot, kungaboqar, tamaki kiradi. Dehqonchilik vodiylarda 
rivojlangan. Qirg‘iziston tog‘lari serhosil yaylovlarga boy bo‘lganligi 
tufayli respublikada chorvachilikning qo‘ychilik, echkichilik, 
qoramolchilik, yilqichilik singari tarmoqlari yaxshi rivojlangan. Qishloq xo‘jaligi  Mamlakat iqtisodiyotida turizm ham muhim ahamiyatga ega. Yiliga 
respublikaga 3 milliondan ortiq xorijiy sayyohlar tashrif buyuradi. 
Ularning asosiy qismi Issiqko‘l atrofida dam olish uchun keladi. Turizm   Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
1. Darslikdagi “Qirg‘iziston Respublikasi” mavzusini o‘qing.
2.  Mavzu  yuzasidan  berilgan  savollarga  javob  yozing  va 
Qirg‘iziston  Respublikasining  iqtisodiy  geografik  o‘rniga 
baho bering.

Mavzu: Qirg‘iziston Respublikasi 9 - sinf GEOGRAFIYA O‘qituvchi: Yunusobod tumani 302-maktab geografiya fani o‘qituvchisi Tursunpo‘latov Farhodjon

Qirg‘iziston Yevrosiyo materigining o‘rta qismida, asosan, Tyanshan tog‘li o‘lkasi hududida joylashgan bo‘lib, Dunyo okeaniga chiqish imkoniyatiga ega emas. U shimolda Qozog‘iston, g‘arbda O‘zbekiston, janubda Tojikiston, sharqda Xitoy bilan chegaradosh. Geografik o‘rni

Mamlakatning iqtisodiy geografik o‘rni ancha noqulay hisoblanadi, chunki xalqaro ahamiyatga ega transport magistrallari uning hududidan deyarli o‘tmaydi. Bu holat Qirg‘izistonning murakkab relyef sharoiti bilan bog‘liqdir. Geografik o‘rni

Boshqaruv shakli Qirg‘iziston – parlamentar respublika. Ma’muriy-hududiy tuzilishi 7 ta viloyat va 2 ta respublika ahamiyatidagi shahar (Bishkek va O‘sh)dan iborat. Poytaxti – Bishkek shahri, mamlakatning shimolida, Chuy daryosi vodiysida joylashgan.

Qirg‘iziston tabiatining asosiy xususiyati uning tog‘liligi hisoblanadi. Mamlakat hududining deyarli 90 % i tog‘ tizmalari bilan band. Qirg‘izistonning Xitoy bilan chegarasida Tyanshan tog‘larining eng baland nuqtasi – G‘alaba cho‘qqisi (7439 m) joylashgan. Relyefi