Qizil dengiz
Mav zu: Qizil dengiz
RE JA • Qizil dengizni geografik o’rni • O’rganilish tarixi • Hayvonat dunyosi
Qizil dengiz — Hind okeanining materiklar oralig idagi ʻ dengizi . Afrika va Arabiston yarim orol oralig ida. ʻ Misr , Sudan , Eritreya , Isroil , Iordaniya , Saudiya Arabistoni va Yaman davlatlari qirg oqlariga tutash. ʻ Bob ulMandab bo g ozi ʻ ʻ orqali Hind okeani, Suvaysh kanali orqali O rta ʻ dengiz bilan tutashgan. Maydoni 460 ming km². Eng chuqur joyi 3039 m. Dengizning qirg oq ʻ chizig i tekis, shakli tektonik uzilma ʻ chegarasiga mos. Shimolida Suvaysh va Aqaba qo ltiqlari ʻ , ular orasida Sinay yarim orol bor.
• Eng yirik oroli — Dahlak . Dengiz tubi relyefi xilmaxil, katta qismi soylik (chuq. 1000 m), uning oʻrta qismida tor va chuqur novlar bor. Chuq. 200 m gacha boʻlgan joylarda marjon va materik oroli koʻp. Dengiz tubining katta qismi kristalli zamindan iborat boʻlib, ustini 1–4 km qalinlikdagi ohaktosh va evaporitlar qoplagan. Iqlimi mussonli, biroq dengiz Arabiston yarim orol va Shim. Afrikadagi choʻllar oraligʻida joylashganligi uchun ancha quruq. Tez-tez changli tuman va saroblar boʻlib turadi. Qizil dengiz suvi iliq (32° gacha) va shoʻr (38—42%o) dengizlardan. Sababi Qizil dengizda bugʻlanish nihoyatda kuchli boʻlib, chetdan daryo quyilmaydi. Suv sathining koʻtarilishi har yarim sutkada takrorlanadi (balandligi 0,6 m gacha). Chuqurlikdagi shoʻr suv Bob ulMandab boʻgʻozi orqali Hind okeaniga oʻtib turadi. • Qizil dengizda oʻsimlik turi kam, biroq hayvonot dunyosi xilmaxil. Dengizdan baliq ovlanadi, marvarid olinadi. Muhim portlari: Suvaysh (Misr), PortSudan (Sudan), Jidda (Saudiya Arabistoni), Hudayda (Yaman) va boshqalar Dengizda suvoʻtlar toʻplanib, unga qizgʻish rang berishi sababli shunday nomlangan, degan taxmin bor.