logo

Qoriy Xo’jandiy ijodining mustaqilllik yillarida o’rganish haqida ma’lumotlarning o’rganilishi

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

107.556640625 KB
Qoriy Xo’jandiy ijodining  
mustaqilllik yillarida o’rganish 
haqida ma’lumotlarning 
o’rganilishi                 Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti 
301guruh talabalari Malikova Fotima va Mallayeva 
Dilovarning adabiy muhitlar va poetika fanidan 
taqdimotnomasi
Tekshirdi: Aslanova. H                 Jamiyat taraqqiyoti ilm-fan rivoji bilan belgilanar ekan, badiiy merosni tatbiq qilish bu jarayonning 
asosiy omili sifatida muhim ahamiyatga ega. Zero, badiiy adabiyotni tushunish, uning nozik jihatlarini 
his qilish, fahmlash inson tafakkurining o‘sishiga, badiiy didini shakllanishining asosiy shartlaridan 
biridir. O‘zbek mumtoz adabiyoti o‘z tahlili va talqinini kutayotgan badiiy adabiyotga boy. Mulla 
Mirmahmud Mirshamsiddin o‘g‘li Qoriy Xo‘qandiy lirikasi shunday adabiy meroslardan biridir.                                            REJA:
1  Qoriy Xo’jandiy hayotiy faoliyati vaadabiy merosi;
2 Qoriy ijodi va uning 19 asr ikkinchi yarmi- 20asr 
boshlarida Qo’qon adabiy muhitida tutgan o’rni;
3. Qoriy she’riyati badiiyati;
4. Xulosa.                  Mulla Mirmahmud 
Mirshamsiddin o‘g‘li Qo‘qon 
shahrining Sarmozor dahasidagi 
Panjarasozlar mahallasida 
hunarmand kosib oilasida 
dunyoga keladi(1828-1906).                  Mahalla masjidida xat-savod chiqaradi. Qiroat ilmini Hasanxon qori domladan o‘rganib hofizi 
Quron bo‘lib yetishadi. Keyinchalik Qo‘qondagi Norbo‘tabiy madrasasida tahsil oladi. Arab, 
fors tillari, sarf, nahv, lug‘at ilmini mukammal o‘rganadi. So‘ngra Qo‘qonning G‘oziyog‘liq 
mahallasidagi katta masjidda imomlik qiladi. Shundan yozmalarida ham ”Qoriy” tahallusini 
qo‘llaydi. Qoriy mukammal husnixat egasi bo‘lib hattotlik bilan ham shug‘ullangan.                   Qoriyning o‘z dasxati bilan ko‘chirgan 
«Devon»i [1.34] hamda Majzub 
Namangoniyning «Devon»i va Bahouddin 
Naqshbandning risolasi mavjud. Muqimiy 
bilan hamkorlikda ko‘chirgan katta bayozi va 
yana bir necha asarlar bizgacha yetib kelgan. 
Qoriyning xalq orasida mukammal bir devoni 
mavjud bo‘lib, bu devon 1912yilda litografiya 
usuli bilan nashr qilingan.                  Devonda shoirning 
205 ta g‘azal, 72 ta 
muhammas, 26 ta 
muvashshah, 2 ta 
tarix janriga oid, 
jami 7000 misraga 
yaqin yozg‘ichlari 
[2.312.] o‘rin olgan.                   Qoriyning fors adabiyoti namoyondalari Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy, Bedil, Ahmad Jomiy, 
Osafiy, Soib kabilarning, turkiy adabiyot namoyondalaridan esa Alisher Navoiy, Fuzuliy, Amiriy, 
Mashrab, Zaliliy, G‘oziy, Uvaysiy, Azimiy kabi ijodkorlarning g‘azallariga bog‘langan tahmislari 
mavjud. Hozirga qadar Qoriy ijodi to‘g‘risida aytarli ko‘p ma’lumotlar mavjud emas. U haqidagi 
asosiy ma’lumotlar Po‘latjon domla Qayumovning “Tazkirayi Qayyumiy” asarida keltirilgan.                   Qoriy dastlab Navoiyga qo‘l bergangan shoirlardan bo‘lsa ham, keyinchalik tasavvuf ruhida 
she‘rlar bitadi. Uning lirikasining asosiy mavzusi ilohiy ishq bo‘lib, diniy-ma’rifiy g‘oyalar 
yetakchi o‘rinni egallaydi. Shoir devoni bilan tanishar ekanmiz, har bir satrda ilohiy ishq ruhi 
yaqqol sezilib turadi. Qoriy she’rlari Allohga hamdlar, ayniqsa, payg‘ambarimiz Muhammad 
(s.a.v.)ga bag‘ishlangan na’tlarning ko‘pligi bilan ham ajralib turadi .                  Shuningdek, uning ijodida go‘zal 
mahbubaning yorqin tasviri va unga 
bo‘lgan muhabbat sitamlari aks 
etgan misralardan tashkil topgan 
she’rlar ham salmoqli o‘rinni 
egallaydi. Shoir o‘z she‘rlari bilan 
davr kishilariga nazar soladi va 
ijtimoy hayotdan kelib chiqib 
she‘rlar bitadi.                   Insonni komillikka da’vat etish, nafsni tarbiyalash, ahloqiy-tarbiyaviy fikrlarni uyushiq holda 
bayon etadi. Qoriy ijodining yana bir go‘zal tomoni, uning g‘azallari orasida Muhammad 
(s.a.v)ga bag‘ishlangan yozgichlar salmoqli o‘rinni egallaganidir. 
Bu o’rinda uning “Ahmad”, “Muhammad” radifli na’t g‘azallari ham e’tiborga molik.                  Jon ichra jo qilib qaddi rasoyi Ahmad, Zikri
Zabonim aylay bo’lsa rizoyi Ahmad. 
 
Yorub ko’ngulni ayla bir shahnishini shohi, 
Shoyadki bo’lsa mehmon nuru jiloyi Ahmad.
Haq ofarinish aylab nuridin nishoni Ahmad,
 A’lo kamol qildi xush oshyone Muhammad.
 
Nuri vujudi bo’ldi kuningdin muqaddam,
Daryoyi rahmat darkaron Muhammad.                   Qoriyning musulmon ahllariga murojaat shaklida yozilgan «Bo’yi Muhammadi kelur» radifli g’azalida 
ham, insonlarning dinu diyonatli bo’lish, haq yo’lida yurish,  manfaatli bo’lish g’oyalarini ilgari suradi.
Vaqti saharda nola qil bo’yi Muhammadi kelur
Jonu dilingni vola qil bo’yi Muhammadi kelur.                              Ahli nasabni afzali jumlai jahonni sururi,  
                    Ummatiga kuyub dili bo‘yi Muhammadi kelur.[1.112.] 
             Ushbu g‘azalda shoir “ahli nasabni afzali”, “jumlai jahonni sururi”, “afzali anbiyo” sifatlari bilan Muhammad (s.a.v)ni ta’rif etadi. G‘azalda 
Payg‘ambarimizning nabiy bo‘lganliklari, ummatlariga rahm-shafqatli ekanliglari, malaklar hamda ins-u jinslarga rasul etib saylanganliklari yuksak badiyat bilan 
ifodalangan. Yuqorida aytib o‘tganimizdek Qoriyning ijodida Payg‘ambarimiz (s.a.v)ga bag‘ishlangan she‘rlar ko‘plab uchraydi. Qoriyning Allohga murojaat tarzida 
bitgan g‘azallari ham mashhur.                                             Uning «laziz»radifli g’azali ham shunday g'azallar 
suradiga kiradi                                                                                             
                                                             E                    Ey     sani zikring 
manga jondin aziz,                                            
                         Jon na ermish balki iymondin laziz. 
 
                        Misli Mansur kuydurub axgar qilib,  
                        Tashlasang, do‘zaxga rizvondin laziz.[1.238.] 
             G‘azalda shoir hech qanday izdihomsiz Allohga bevosta 
murojaat qiladi. Uning bergan ne’matlariga bo‘lgan shukronaligini 
izhor etadi va bandalarini yo‘qdan bor qilib yaratgan Robbisiga 
hamdlar aytadi.                            Qoriy ijodida yana o‘ziga xos bo‘lgan sifatlardan biri shuki, u  ko‘plab shoirlar singari 
oshiqona ruhda ham qalam tebratgan. Mashuqaning jamolini go‘zal o‘xshatishlar bilan 
tasvirlaydi. Go‘zal mahbubaning yorqin tasviri va unga bo‘lgan muhabbat sitamlari aks etgan 
misralar ham uning lirikasining go‘zalligini ko‘rsatib turadi. Jumladan, “xush kelding”, “bir 
kelib ket”, “hanuz” radifli g‘azallari oshiqona ruhda bitilgan g‘azallar sirasiga kiradi.                   Chok-chok  bo‘lgan  jigarlar  topmaydi  mahram 
hanuz,                                   
        Ashik      xunborim  ko‘ngilni  qilmadi  beg‘am   
hanuz. 
Dog’lar birla vujudikim har taraf vayron bo’lur, 
Va’dasi yuzdan o’tub bo’lmay vafo bir dam hanuz. 
                      
  Yoqib sham’i muhabbat bo’ldi dil koshinasi 
ravshan,
    Bo‘lub ochildi go‘yo g‘unchalar                  
        gulzor, xush kelding.                                Muhabbat bog‘i bo‘ldi necha majnun anda gulchindir,    
                      Manim Farhodi shaydo g‘amkasor ul yor 
Shirindur. 
              Sochilgan qonim ila xublar ruxsori tazindur, 
              Yonin ishq otashina onish do‘zaxdin emindur, 
              Ne kim bir kez yonar yondurmoq ani g‘ayri      
mumkundir.[1.445.] 
             Ushbu taxmis Fuzuliy g‘azaliga yozilgan bo‘lib, bir 
qarashda oshiqning tortayotgan iztiroblari tasvirlanayotganday 
ko‘ringani bilan, aslida bu muhammas tasavvufiy ruhda 
bitilgan. Shoir istelohda insonning do‘sti Alloh ekanligini 
ta’kidlaydi va uning zikrida muqum bo‘lishga chaqiradi.                                                       Xulosa
Qoriy lirikasi insonlarga ma’naviy ozuqa berish bilan bir 
qatorda, insonlarga diniy masalalar bo‘yicha ham ta’lim-
tarbiya hamda ma’naviy ozuqa beradi. Uning rangbarang 
janrlarda yozilgan asarlari o‘zining yuksak gumanistik 
g‘oyalari bilan ajralib turadi. Qoriyning ijodini o‘rganish, 
uning adabiy me’rosini tiklash xalqimiz uchun ham tom 
ma’noda foydali bo‘ladi.

Qoriy Xo’jandiy ijodining mustaqilllik yillarida o’rganish haqida ma’lumotlarning o’rganilishi

Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti 301guruh talabalari Malikova Fotima va Mallayeva Dilovarning adabiy muhitlar va poetika fanidan taqdimotnomasi Tekshirdi: Aslanova. H

Jamiyat taraqqiyoti ilm-fan rivoji bilan belgilanar ekan, badiiy merosni tatbiq qilish bu jarayonning asosiy omili sifatida muhim ahamiyatga ega. Zero, badiiy adabiyotni tushunish, uning nozik jihatlarini his qilish, fahmlash inson tafakkurining o‘sishiga, badiiy didini shakllanishining asosiy shartlaridan biridir. O‘zbek mumtoz adabiyoti o‘z tahlili va talqinini kutayotgan badiiy adabiyotga boy. Mulla Mirmahmud Mirshamsiddin o‘g‘li Qoriy Xo‘qandiy lirikasi shunday adabiy meroslardan biridir.

REJA: 1 Qoriy Xo’jandiy hayotiy faoliyati vaadabiy merosi; 2 Qoriy ijodi va uning 19 asr ikkinchi yarmi- 20asr boshlarida Qo’qon adabiy muhitida tutgan o’rni; 3. Qoriy she’riyati badiiyati; 4. Xulosa.

Mulla Mirmahmud Mirshamsiddin o‘g‘li Qo‘qon shahrining Sarmozor dahasidagi Panjarasozlar mahallasida hunarmand kosib oilasida dunyoga keladi(1828-1906).