logo

Qushlar sinfi vakillari tarqalgan joylarni xaritada belgilash

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1119.45703125 KB
Mavzu: 
Qushlar sinfi 
vakillari  
tarqalgan 
joylarni 
xaritada 
belgilash  
Reja

Kirish

Qushlar haqida maʼlumot

Asosiy qism

Areal haqida

Ularni xaritada belgilash

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati   Qushlar – havo muhitiga moslashgan issiqqonli hayvonlar. Tanasi pat 
bilan qoplangan. Suyaklari yengil, naysimon suyaklarning 
bo‘shlig‘iga havo to‘lgan, jag‘lari muguz tumshuqqa, oldingi oyoqlari 
qanotga aylangan. Ular tanasining harorati tashqi muhit haroratiga 
bog‘liq bo‘lmaydi. Nafas olishda o‘pka bilan birga havo xaltachalari 
ham ishtirok etadi. Yuragi to‘rt kamerali, issiqqonli hayvonlar tuxum 
qo‘yib ko‘payadi. Qushlarning tuzilishi ko‘k kaptar misolida 
o‘rganiladi.

Gavda bo‘limlari. Kaptarning gavdasi bosh, bo‘yin, tana va 
oyoqlardan iborat (80-rasm). Uncha katta bo‘lmagan yumaloq boshi 
uzun va juda harakatchan bo‘yin orqali tanaga tutashgan. 
Tumshug‘i ustida burun teshigi, boshining ikki yonida ko‘zlari, 
ulardan orqaroqda quloq teshiklari joylashgan. Qushlar 
uchayotganida yoyilgan qanotlar ko‘tarish yuzasini hosil qiladi.    
Tana qoplag‘ichi. Qushlar terisi pat bilan qoplangan. Patlar 
tuzilishiga ko‘ra kontur patlar va parlarga bo‘linadi. Kontur patlar 
vazifasiga binoan kontur-qoplag‘ich (tana yuzasidagi patlar), qoqish 
(qanotlar), boshqarish (dum), momiq patlarga ajratiladi. Pat 
ingichka va qattiq o‘zakdan hamda uning ikki tomonida joylashgan 
keng va yumshoq yelpig‘ichdan iborat. Pat yelpig‘ichi o‘zakdan 
chiqib, ketma-ket ikki marta shoxlanadigan muguz o‘siqchalarning 
qalin to‘ridan hosil bo‘ladi. Pat o‘qining pastki yelpig‘ichsiz uchi 
teridagi pat xaltasiga kirib turadi. Pat o‘zagidan chiqadigan 1-tartib 
o‘siqchalar o‘zaro parallel joylashgan. Har bir o‘siqchaning ikki 
yonida yanada ingichkaroq 2-tartib o‘siqchalar joylashgan. Bir-
birining ustiga tushib turadigan yondosh o‘siqchalar juda mayda 
ilgakchalar yordamida qo‘shilib ketgan    
Skeleti. Ko‘k kaptar va boshqa qushlarning skeleti 
bosh, umurtqa pog‘onasi, qanot, oyoq hamda yelka 
va chanoq kamarlari skeletidan iborat (83-rasm). 
Skeletning tuzilishi qushlarning uchishga 
moslashganligini aks ettiradi. Naysimon 
suyaklarning bo‘shlig‘ida havo bo‘lganligi tufayli 
juda yengil bo‘ladi. Bir qancha suyaklar qo‘shilib 
o‘sganligi tufayli qushlar skeleti sudralib 
yuruvchilarnikiga nisbatan ancha pishiq va 
mustahkam bo‘ladi. Bosh skeleti yumaloq bosh 
qutisi, yirik ko‘z kosasi, yuqori va pastki jag‘lardan 
iborat. Jag‘lar muguz bilan qoplangan tumshuqqa 
aylangan; tishlar bo‘lmaydi. Bosh skeletida faqat 
pastki jag‘ harakatchan bo‘ladi. Umurtqa 
pog‘onasining bo‘yin bo‘limi uzun bo‘lib, o‘zaro 
harakatchan birikkan umurtqalardan tashkil topgan.  
Muskullari. Bir juft katta ko‘krak muskullari massasi 
boshqa barcha muskullar massasiga teng keladi. Ko‘krak 
muskullarining bir uchi yelka suyagiga, ikkinchi uchi 
ko‘krak toj suyagiga birikadi. Katta ko‘krak muskullari 
qisqarganida qanotlar tushiriladi. O‘mrov 
muskullarining qisqarishi tufayli qanotlar ko‘tariladi. 
Yaxshi rivojlangan oyoq muskullari qushlarning yerda 
harakatlanishiga yordam beradi. Oyoq bo‘g‘imlari orqali 
paylar o‘tgan. Paylar uchi barmoqlarga birikadi. Qush 
shoxga qo‘nganida bu paylar tortiladi va barmoqlar 
siqilib, shoxni mahkam ushlab turadi. Shuning uchun 
qushlar daraxt shoxida bemalol o‘tirishi va yiqilib 
tushmasdan uxlashi mumkin.    Xulosa  
Qushlarni halqalash. Qishlov joyi, uchib ketish 
yo‘li, tarqalishi va umr ko‘rishini aniqlash 
maqsadida qushlar halqalanadi. Buning 
uchun qushning oyog‘iga halqalash 
markazining manzili yozilgan yengil halqa 
kiydirilib uchirib yuboriladi. Halqalangan 
qushni tutib olgan kishi halqani yechib olib, 
uni xat orqali ko‘rsatilgan manzilga yuborishi 
kerak. Halqalash orqali O‘rta Osiyo 
laylaklarining Shimoliy Hindistonda, Yevropa 
laylaklarining Janubi-Sharqiy tropik Afrikada; 
bulbullarning tropik Afrikada, 
qaldirg‘ochlarning Afrika va Hindistonda 
qishlashi aniqlangan.

Mavzu: Qushlar sinfi vakillari tarqalgan joylarni xaritada belgilash  Reja  Kirish  Qushlar haqida maʼlumot  Asosiy qism  Areal haqida  Ularni xaritada belgilash  Xulosa  Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

Qushlar – havo muhitiga moslashgan issiqqonli hayvonlar. Tanasi pat bilan qoplangan. Suyaklari yengil, naysimon suyaklarning bo‘shlig‘iga havo to‘lgan, jag‘lari muguz tumshuqqa, oldingi oyoqlari qanotga aylangan. Ular tanasining harorati tashqi muhit haroratiga bog‘liq bo‘lmaydi. Nafas olishda o‘pka bilan birga havo xaltachalari ham ishtirok etadi. Yuragi to‘rt kamerali, issiqqonli hayvonlar tuxum qo‘yib ko‘payadi. Qushlarning tuzilishi ko‘k kaptar misolida o‘rganiladi.  Gavda bo‘limlari. Kaptarning gavdasi bosh, bo‘yin, tana va oyoqlardan iborat (80-rasm). Uncha katta bo‘lmagan yumaloq boshi uzun va juda harakatchan bo‘yin orqali tanaga tutashgan. Tumshug‘i ustida burun teshigi, boshining ikki yonida ko‘zlari, ulardan orqaroqda quloq teshiklari joylashgan. Qushlar uchayotganida yoyilgan qanotlar ko‘tarish yuzasini hosil qiladi.

 Tana qoplag‘ichi. Qushlar terisi pat bilan qoplangan. Patlar tuzilishiga ko‘ra kontur patlar va parlarga bo‘linadi. Kontur patlar vazifasiga binoan kontur-qoplag‘ich (tana yuzasidagi patlar), qoqish (qanotlar), boshqarish (dum), momiq patlarga ajratiladi. Pat ingichka va qattiq o‘zakdan hamda uning ikki tomonida joylashgan keng va yumshoq yelpig‘ichdan iborat. Pat yelpig‘ichi o‘zakdan chiqib, ketma-ket ikki marta shoxlanadigan muguz o‘siqchalarning qalin to‘ridan hosil bo‘ladi. Pat o‘qining pastki yelpig‘ichsiz uchi teridagi pat xaltasiga kirib turadi. Pat o‘zagidan chiqadigan 1-tartib o‘siqchalar o‘zaro parallel joylashgan. Har bir o‘siqchaning ikki yonida yanada ingichkaroq 2-tartib o‘siqchalar joylashgan. Bir- birining ustiga tushib turadigan yondosh o‘siqchalar juda mayda ilgakchalar yordamida qo‘shilib ketgan