logo

Rivojlanish psixologiyasi fanining

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

798.5 KB
Mavzu:  Rivojlanish psixologiyasi fanining 
predmeti, maqsadi.
Reja:  
1. Rivojlanish  psixologiyasi fanining 
predmeti  va vazifalari
2. Rivojlanish  psixologiyasining  boshqa 
fanlar bilan bog’liqligi 
3.   Rivojlanish  psixologiyasining  tadqiqot 
metodlari Rivojlanish  psixologiyasi  – psixologiya  fanlarining bir tarmog‘i 
bo‘lib, shaxs rivojlanish jarayonining qonuniyatlari va aniq 
dallillari, yosh xususiyatlari va turli yosh davrlaridagi psixik   
o‘zgarishlar dinamikasini o‘rganadi.
Rivojlanish psixologiyasining o‘rganish ob’ekti  – ontogenez 
jarayonida shakllanuvchi, rivojlanuvchi va o‘zgaruvchi sog‘lom 
inson. Rivojlanish psixologiyasi turli yosh davrlarida inson hulq 
- atvorida yuzaga keluvchi o‘zgarishlarni kelib chiqish 
sabablarini aniqlaydi va ularni tavsiflaydi, insonlardagi 
ko‘nikma va malakalarni hosil bo‘lish qonuniyatlarini o‘rganadi      
              Rivojlanish  psixologiyasining 
predmeti  –  inson  psixikasining  yosh 
jihatdan  taraqqiyoti,  psixik  jarayonlar 
hamda  inson  shaxsi  xislatlarining 
ontogenezini o’rganishdan iborat
   
  Rivojlanish psixologiyasi o’z navbatida bir qancha 
sohalarga bo’linadi. Bular-
 
Bolalar psixologiyasi
 
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar psixologiyasi 
 
O’smir psixologiyasi
 
Ilk o’spirinlik yoshi psixologiyasi 
 
Katta yoshdagilar psixologiyasi
 
Gerontopsixologiya ( qarilik )psixologiyasi Rivojlanish psixologiyasining umumiy 
vazifalari 
-
Psixik  jarayonlarning,  bilimlarning 
o’zlashtirishning  yosh  imkoniyatlarini  tadqiq 
qilish.
-
Shaxs  rivojlanishining  muhim  omillarini 
o’rganish
-
Psixik  taraqqiyotning  umumiy  qonuniyatlarini 
hamda bosqichlarini tadqiq etish
-
Har  bir  yoshning  psixologik  va  individual 
xususiyatlarini o’rganadi                    Rivojlanish psixologiyasi ning  nazariy vazifalari:
-   insonning butun hayot yo‘li davomida psixik rivojlanishiga ta’s ir etuvchi va 
harakatga keltiruvchi kuchlar,  mexanizmlarni o‘rganish;
-   ontogenezda psixik rivojlanishni davrlashtirish;
-   psixik rivojlanish davomida yosh xususiyatlari, rivojlanish qonuniyatlari va 
bilish jarayonlarini o‘rganish;
-   ma’lum tarixiy davrda shaxs rivojlanishi hamda shaxs sifatida 
shakllanishini tadqiq etish.   
                Rivojlanish psixologiyasi ning  amaliy  vazifalari:
-   insonning psixik funksiyalarining yosh davriga mos me’yorlarni va ijodiy 
qobiliyatning mavjudligini aniqlash;
-  psixologik rivojlanishda bolaning rivojlanishi, psixologik salomatligini 
nazorat qilish va tizimlashtirish;
-  yosh va tibbiy diagnostika;
-  inson hayotining inqirozli davrlarida yordamni amalga oshirish.  
Rivojlanish  psixologiyasining  boshqa fanlar bilan bog’liqligi
 
Pedagogika  va  rivojlanish  psixologiyasi-  pedagogika 
ta’lim  va  tarbiya  qonunlari,  metod  va  usullari  haqidagi  fan.  U 
ta’lim  va  tarbiyaning  maqsad  va  vazifalarini,  ularning  shaxs 
taraqqiyoti  va  jamiyat  hayotidagi  o’rnini  ochib  beradi.  Bolaga 
ta’lim  va  tarbiya  berishga  oid  vazifalarni  hal  etishda  pedagogika 
qanday  qilib  ta’lim-tarbiya  berish  kerakligini  aytsa,  psixologiya 
nima  uchun  aynan shunday qilish  kerakligini  aniqlaydi.  Masalan, 
pedagogika  maktabgacha  yoshdagi  bolalar  ta’limi  va  tarbiyasida 
o’yin  usullaridan  foydalanish  kerakligini  ta’kidlaydi.  Psixologiya 
esa  buning  sababi  ushbu  yosh  davrida  o’yin  etakchi  faoliyat 
ekanligini tushuntiradi.   
Tibbiyot  va  rivojlanish  psixologiyasi-  Tibbiyot 
inson  salomatligi  va  kasalliklarini,  kasalliklarning  oldini  olish  va 
ularni  da’volash,  shuningdek,  salomatlikni  mustahkamlash 
haqidagi  fan.  Bolalarda  uchraydigan  ko’pgina  kasalliklarning 
manbayi  psixologik  xatakterga    egadir.   Masalan,  tadqiqotlarning 
ko’rsatishicha,  bronhial  astma  bilan  og’rigan  kasalliklarning 
ko’pchiligiga  bolaligidan  ota-onalari  emosiyalarni  erkin 
ifodalash,  tashabbus  ko’rsatish  imkoniyatini  chegaralaganlar.  
Kasallikning  zo‘rayishi  bir  tomondan   psixik  omillarga 
(tushkunlikka  berilish  vasvasaga  tushush,  hadiksirash  va  shu 
kabilarga)  bog‘liq  bo‘lsa,  ikkinchidan  dardning  o‘zi  ham, 
jumladan  terapevtik  muolajaning  samaradorligini  pasaytirib 
yuborishi  mumkin  bo‘lgan  alohida  psixik  holatlarni  keltirib 
chiqaradiki,  bu  hol  vrach  va  psixologning  kuch-g‘ayratlari 
birlashtirilishini zarurat qilib qo‘yadi.   
Umumiy psixologiya va rivojlanish psixologiyasi-
                  Umumiy  psixologiya  umumiy  psixologik  qonuniyatlarini, 
psixologiyaning  nazariy  tamoyillarini,  asosiy  kategoriyalarini, 
metodlarini  o’rganuvchi  nazariy  va  eksperimental  tadqiqotlardir.  
Masalan, umumiy psixologiya tafakkur faoliyatining xususiyatlari, 
tafakkur  turlari  va  operasiyalari  haqida  umumiy  tasavvurni  hosil 
qiladi.  Rivojlanish  psixologiyasi  esa  turli  yosh  bosqichlarida 
tafakkurning  qanday  xususiyatlar  kasb  etishini,  tafakkurning 
qanday  rivojlanishini  o’rganadi.  Bunda  u,  albatta,  umumiy 
psixologiyadagi  tasavvurlarga  tayanadi,  uning  metodlari  va 
kategoriyalaridan foydalanadi   
Ijtimoiy psixologiya va rivojlanish psixologiyasi-
                  Ijtimoiy  psixologiya  psixologiya  fanining tarmog’i 
bo’lib,  insonlarning  ijtimoiy  guruhlarga  mansubligi 
bilan  taqozolangan  xulq-atvori  va  faoliyatini, 
shuningdek,  shu  ijtimoiy  guruhlarning  o’zini  o’rganish 
bilan  shug’ullanadi.  Rivojlanish  psixologiyasi  shaxs 
psixik  taraqqiyotini  o’rganar  ekan,  albatta,  shaxslar 
guruhi,  bu  guruhda  shaxslar  o’rtasida  amalga  oshuvchi 
munosabatlarni  e’t ibordan  chetda  qoldirmaydi. 
Rivojlanish  psixologiyasi,  ayniqsa,  bolaning 
tengdoshlari  va  kattalar  bilan  bo’lgan  muloqoti  va 
uning  bola  rivojlanishiga  ta’s irini  o’rganishga  alohida 
e’t ibor qaratadi R
iv
o
jla
n
ish
 p
six
o
lo
g
iy
a
sin
in
g
 ta
d
q
iq
o
t m
e
to
d
la
ri    
     Kuzatish-  psixik xususiyatlarni uzoq vaqt davomida, 
rejali,biror  maqsad  asosida  o’rganish.  Rivojlanish 
psixologiyasida  bu  metodning  ob’ektiv  va  sub’ektiv 
kuzatish turlari bor.  Inson psixikasidagi o’zgarishlarni 
kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi: 
-
Kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi
-
Kuzatiladigan ob’ekt tanlanadi
-
Sinaluvchining yoshi, jinsi aniqlanadi
-
Tadqiqot o’t kazish vaqti  rejalashtiriladi
-
Kuzatish qancha davom etishi qat’iylashtiriladi
-
Kuzatish  insonning  qaysi  faoliyatida  (  o’yin,  o’qish, 
mehnat, sportda) amalga oshirilishi tavsiya qilinadi
-
Kuzatishning  shakli  (  yakka,  guruh,  jamoa  bilan 
o’t kazilishi ) tayinlanadi
-
Kuzatilganlarni  qayd  qilib  borish  vositalari 
(  kundalik,  kuzatish  varaqasi  va  boshqalar)  taxt 
qilinadi

Mavzu: Rivojlanish psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi. Reja: 1. Rivojlanish psixologiyasi fanining predmeti va vazifalari 2. Rivojlanish psixologiyasining boshqa fanlar bilan bog’liqligi 3. Rivojlanish psixologiyasining tadqiqot metodlari

Rivojlanish psixologiyasi – psixologiya fanlarining bir tarmog‘i bo‘lib, shaxs rivojlanish jarayonining qonuniyatlari va aniq dallillari, yosh xususiyatlari va turli yosh davrlaridagi psixik o‘zgarishlar dinamikasini o‘rganadi. Rivojlanish psixologiyasining o‘rganish ob’ekti – ontogenez jarayonida shakllanuvchi, rivojlanuvchi va o‘zgaruvchi sog‘lom inson. Rivojlanish psixologiyasi turli yosh davrlarida inson hulq - atvorida yuzaga keluvchi o‘zgarishlarni kelib chiqish sabablarini aniqlaydi va ularni tavsiflaydi, insonlardagi ko‘nikma va malakalarni hosil bo‘lish qonuniyatlarini o‘rganadi

Rivojlanish psixologiyasining predmeti – inson psixikasining yosh jihatdan taraqqiyoti, psixik jarayonlar hamda inson shaxsi xislatlarining ontogenezini o’rganishdan iborat

Rivojlanish psixologiyasi o’z navbatida bir qancha sohalarga bo’linadi. Bular- Bolalar psixologiyasi Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar psixologiyasi O’smir psixologiyasi Ilk o’spirinlik yoshi psixologiyasi Katta yoshdagilar psixologiyasi Gerontopsixologiya ( qarilik )psixologiyasi

Rivojlanish psixologiyasining umumiy vazifalari - Psixik jarayonlarning, bilimlarning o’zlashtirishning yosh imkoniyatlarini tadqiq qilish. - Shaxs rivojlanishining muhim omillarini o’rganish - Psixik taraqqiyotning umumiy qonuniyatlarini hamda bosqichlarini tadqiq etish - Har bir yoshning psixologik va individual xususiyatlarini o’rganadi