Shaxs hissiy emotsional sohasi
S haxs hissiy emotsional sohasi
R eja: Shaxs emotsional sohasi . Shaxs emotsional sohas in ing rivojlanishi. Shaxs emotsional sohasini rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar. Kichik maktab yoshida emotsional sohaning buzilishi.
Shaxs emotsional sohasi . Kishilar idrok qilayotgan, koʻrayotgan, eshitayotgan, bajarayotgan, oʻylayotgan, orzu qiladigan narsalarga befarq boʻlmaydilar. Bir xil predmetlar, shaxslar, xarakterlar, voqealar bizni quvontiradi, boshqalari xafa qiladi, yana boshqalari gʻazab, nafratimizni uygʻotadi. Biz xavf ostida qolganimizda qoʻrquvni his qilamiz, dushman ustidan gʻalaba qozonish yoki qiyinchilikni yengish zavq uygʻotadi. Hissiyotlar oʻzining yuzaga kelishi nuqtai nazaridan odamning ehtiyojlari, qiziqishlari va intilishlari bilan bogʻliq boʻladi.
Masalan, odamning organik ehtiyojlarini qondirishi bilan bogʻliq boʻlgan hissiyotlar odamda rohatlanish, qanoatlanish tuygʻusini yuzaga keltiradi. Organik hissiyotlarni qondira olmaslik odamning ruhini tushirib, kayfiyatini buzib, azoblanish, toqatsizlanish hissiga sabab boʻladi.
Emotsiya – shaxsning voqelikka oʻz munosabatini his qilishidan kelib chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bogʻliq boʻlgan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalari. Keltirilgan ta'riflardan koʻrinadiki, hissiyot tushunchasi emotsiyaga 382 nisbatan kengroq tushuncha boʻlib, shaxsning kundalik hayoti, turmush tarzidagi barcha jabhalarni qamrab oladi.