Shimoliy Amerikaning geografik o‘rni, o‘rganish tarixi,
![Shimoliy Amerikaning geografik o‘rni, o‘rganish tarixi,
geologik tuzilishi va foydali qazilmalari. Relyefi](/data/documents/b5bc9727-5d50-4a0c-bdc5-a2c3e3edc1f4/page_1.png)
![Asosiy xususiyatlari.
•
Dunyodagi eng katta oroli bor
materik (Grenlandiya, 2,1 mln km kv.), eng
katta arxipelag shu materikda (Kanada
Arktikasi), eng chuqur darasi (Kolorado
kanyoni 2 km ga yaqin, uzunligi 320 km), eng
uzun g‘ori (Flint-Mamont, 500 km), eng go‘zal
va maftunkor sharsharasi bor (Niagara, bir
yilda 10 mln sayyoh keladi), eng baland suv
qalqishi bo‘ladi (Fandi qo‘ltig‘i, 18 m).](/data/documents/b5bc9727-5d50-4a0c-bdc5-a2c3e3edc1f4/page_2.png)
![Geografik o‘rni
•
Shimoliy Amerika G‘arbiy va Shimoliy
yarimsharlarda joylashgan. U boshqa
materiklarga nisbatan Qutb tomon
uzoq cho‘zilgan. Materikning shakli
Janubiy Amerika singari uchburchakni
eslatadi. Kattaligi jihatidan uchinchi
o‘rinda turadi.
•
Materik qirg‘oqlarini 3 ta okean
suvlari yuvib turadi. Janubda Panama
bo‘yni orqali (eng tor joyi 48 km)
Janubiy Amerika bilan tutashgan.
Yevrosiyodan Bering bo‘g‘izi (kengligi
85 km) orqali ajralib turadi. Shimoliy
va sharqiy qirg‘oqlari kuchli
parchalangan.](/data/documents/b5bc9727-5d50-4a0c-bdc5-a2c3e3edc1f4/page_3.png)
![O` rganish tarixi.
•
Janubiy Amerika hududiga nisbatan Shimoliy Amerika yevropaliklarga ancha
oldin ma'lum bo‘lgan. X asrning oxirida norman Erik Rauda (Malla)
Grenlandiyani, materikning shimoli-sharqiy qismini o‘rgandi. Jon Kabot
Nyufaundlend orolini va Labrador yarimoroli qirg‘oqlarini kashf etdi. XVII asrda
G.Gudzon, A.Makenzi va boshqalar materikning sharqiy va shimoliy qismlarini
o‘rganishdi. XX asr boshida R.Amundsen birinchi bo‘lib materikning shimoliy
qirg‘oqlari bo‘ylab suzib o‘tdi va Shimoliy magnit qutbining geografik o‘rnini
aniqladi.1732- yilda rus sayyohlaridan I.Fyodorov va M.Gvozdev materikning
shimoli-g`arbiy sohillarini o`rgandi.Aleut orollari va Alyaska sohillarini o`rganish
va xaritaga tushirish ishlarini V.Bering, A.Chirikovlar bajarishdi
(1741-y) . Savdo- sotiq ishlarini yo`lga qo`yishda G.Shelexovning xizmatlari katta
bo`ldi.O`sha paytda Shimoli-g`arbiy Amerikani Alyaska deb atashgan. U 1798-
yilda ruslar tomonidan monopoliyaga aylantirilgan va "Rus Amerikasi" nomi
bilan atala boshlangan. 1867- yilda Alyaska AQSHga sotib yuborilgan,
•](/data/documents/b5bc9727-5d50-4a0c-bdc5-a2c3e3edc1f4/page_4.png)
![](/data/documents/b5bc9727-5d50-4a0c-bdc5-a2c3e3edc1f4/page_5.png)
![](/data/documents/b5bc9727-5d50-4a0c-bdc5-a2c3e3edc1f4/page_6.png)
![](/data/documents/b5bc9727-5d50-4a0c-bdc5-a2c3e3edc1f4/page_7.png)
![](/data/documents/b5bc9727-5d50-4a0c-bdc5-a2c3e3edc1f4/page_8.png)
![Geologik tuzilishi
•
Shimoliy Amerika bilan Yevrosiyo qadimgi Lavraziya quruqligining
tarkibiy qismi bo‘lgan. Mezozoy erasining boshlarida Shimoliy Amerika
Yevrosiyodan ajralgan. So‘nggi 1 mln yil davomida Yevrosiyo bilan
Shimoliy Amerika bir-biridan 40 km masofa uzoqlashgan.
•
Materikning tekislik qismi qadimgi platformaga mos keladi. Uning
ustida kaynozoy erasining cho‘kindi tog‘ jinslari qatlamlanib
joylashgan.
•
Tog‘lar (Kordilyera, Qoyali tog‘lar, Appalachi) kaledion , gersen ,
mezozoy tog‘ burmalanishlari da ko‘tarilgan. Lekin alp burmalanishi da
yoshargan. Tekisliklarda, asosan, cho‘kindi tog‘ jinslari uchrasa, tog‘li
o‘lkalarda magmatik va metamorfik tog‘ jinslari tarkib topgan. G‘arbiy
tog‘li mintaqada halokatli zilzilalar bo‘lib, vulqonlar otilib turadi.](/data/documents/b5bc9727-5d50-4a0c-bdc5-a2c3e3edc1f4/page_9.png)
![](/data/documents/b5bc9727-5d50-4a0c-bdc5-a2c3e3edc1f4/page_10.png)
![F oydali qazilmalari.
•
Shimoliy Amerika foydali qazilmalarga boy.
Magmatik va metamorfik jinslardan tuzilgan
tog‘ va yassitog‘liklarda temir, uran, mis, nikel,
oltin, kumush konlari bor. Ayniqsa, Appalachi
tog‘lari rudali qazilmalarga boy. Cho‘kindi tog‘
jinsi qatlamlarida neft, gaz, ko‘mir, tuz kabi
qazilmalar tarkib topgan.](/data/documents/b5bc9727-5d50-4a0c-bdc5-a2c3e3edc1f4/page_11.png)
![Relyefi.
•
Shimoliy Amerikani relyef tuzilishiga ko‘ra ikkita yirik qismga: tekislik va
tog‘li qismlarga bo‘lish mumkin.
•
Tog‘li qismidagi Kordilyera, uning sharqidagi Qoyali tog‘lar asosiy tog‘
tizimlaridir. Materikning eng baland nuqtasi Mak-Kinli cho‘qqisi (6194
m), eng past nuqtasi Ajal vodiysi (-86 m) ham tog‘ mintaqasida
joylashgan. Katta Havzaning janubi-sharqida Kolorado platosini Kolorado
daryosi kesib o‘tadi. U dunyodagi eng chuqur (2 km ga yaqin) va tor
dara - Katta Kanyonni hosil qiladi. Materikning tog‘li qismi Tinch okean
«olovli halqasi» mintaqasiga to‘g‘ri keladi. Tekisliklar materikning
sharqiy qismini egallaydi. Ular geografik o‘rniga ko‘ra bir necha turlarga
bo‘linadi. Materikning shimoliy qismida qirlar va adirsimon balandliklar
uchraydi. Bu hududlarda Lavrentiy qirlari, Markaziy tekislik, Missisipi
pasttekisligi va mashhur Buyuk tekisliklar asosiy relyef shakllaridir.
•
Materikning sharqiy qismida Appalachi tog‘i joylashgan. Bu past tog‘
bo‘lib, Ural tog‘i singari keksa. Uning janubi-g‘arbiy yonbag‘rida
dunyodagi eng uzun (500 km) Flint-Mamont g‘ori bor.](/data/documents/b5bc9727-5d50-4a0c-bdc5-a2c3e3edc1f4/page_12.png)
![](/data/documents/b5bc9727-5d50-4a0c-bdc5-a2c3e3edc1f4/page_13.png)
![](/data/documents/b5bc9727-5d50-4a0c-bdc5-a2c3e3edc1f4/page_14.png)
Shimoliy Amerikaning geografik o‘rni, o‘rganish tarixi, geologik tuzilishi va foydali qazilmalari. Relyefi
Asosiy xususiyatlari. • Dunyodagi eng katta oroli bor materik (Grenlandiya, 2,1 mln km kv.), eng katta arxipelag shu materikda (Kanada Arktikasi), eng chuqur darasi (Kolorado kanyoni 2 km ga yaqin, uzunligi 320 km), eng uzun g‘ori (Flint-Mamont, 500 km), eng go‘zal va maftunkor sharsharasi bor (Niagara, bir yilda 10 mln sayyoh keladi), eng baland suv qalqishi bo‘ladi (Fandi qo‘ltig‘i, 18 m).
Geografik o‘rni • Shimoliy Amerika G‘arbiy va Shimoliy yarimsharlarda joylashgan. U boshqa materiklarga nisbatan Qutb tomon uzoq cho‘zilgan. Materikning shakli Janubiy Amerika singari uchburchakni eslatadi. Kattaligi jihatidan uchinchi o‘rinda turadi. • Materik qirg‘oqlarini 3 ta okean suvlari yuvib turadi. Janubda Panama bo‘yni orqali (eng tor joyi 48 km) Janubiy Amerika bilan tutashgan. Yevrosiyodan Bering bo‘g‘izi (kengligi 85 km) orqali ajralib turadi. Shimoliy va sharqiy qirg‘oqlari kuchli parchalangan.
O` rganish tarixi. • Janubiy Amerika hududiga nisbatan Shimoliy Amerika yevropaliklarga ancha oldin ma'lum bo‘lgan. X asrning oxirida norman Erik Rauda (Malla) Grenlandiyani, materikning shimoli-sharqiy qismini o‘rgandi. Jon Kabot Nyufaundlend orolini va Labrador yarimoroli qirg‘oqlarini kashf etdi. XVII asrda G.Gudzon, A.Makenzi va boshqalar materikning sharqiy va shimoliy qismlarini o‘rganishdi. XX asr boshida R.Amundsen birinchi bo‘lib materikning shimoliy qirg‘oqlari bo‘ylab suzib o‘tdi va Shimoliy magnit qutbining geografik o‘rnini aniqladi.1732- yilda rus sayyohlaridan I.Fyodorov va M.Gvozdev materikning shimoli-g`arbiy sohillarini o`rgandi.Aleut orollari va Alyaska sohillarini o`rganish va xaritaga tushirish ishlarini V.Bering, A.Chirikovlar bajarishdi (1741-y) . Savdo- sotiq ishlarini yo`lga qo`yishda G.Shelexovning xizmatlari katta bo`ldi.O`sha paytda Shimoli-g`arbiy Amerikani Alyaska deb atashgan. U 1798- yilda ruslar tomonidan monopoliyaga aylantirilgan va "Rus Amerikasi" nomi bilan atala boshlangan. 1867- yilda Alyaska AQSHga sotib yuborilgan, •