Yevrosiyo. Tabiiy-geografik o‘rni, o‘rganish tarixi
Yevrosiyo. Tabiiy-geografik o‘rni, o‘rganish tarixi
Asosiy xususiyatlari. • Yer yuzasidagi eng katta, eng baland supermaterik ( 8848 m), Shimoliy yarimsharning «sovuqlik qutbi» mavjud eng yirik yarimoroli, eng chuqur g‘ori, eng chuqur va eng katta ko‘li bor, eng uzun (300 m) lianalar ham shu yerda o‘sadi, Shimoliy yarimsharning barcha iqlim mintaqalari va tabiat zonalari shakllangan, eng katta deltasi bor, Yer sharidagi (sakkizminglik) 14 ta cho‘qqining barchasi shu materikda joylashgan, doimiy muzloq yerlar maydoniga ko‘ra birinchi o‘rinda, berk havzalar maydoniga ko‘ra yetakchi, «Qor chizig‘i - balandlik qutbi» eng balanddan o‘tgan joy (6400 m, Markaziy Tibet) shu yerda.
Tabiiy-geografik o‘rni • Yevrosiyo materigi Shimoliy yarimsharda to‘liq joylashgan. Faqat Osiyo qit'asining orollari Janubiy yarimsharga kirib boradi. Qirg‘oqlarini to‘rtta okean suvlari o‘rab turadi. • Yevrosiyo materigi quruqlik maydonining deyarli 36,5 % ini egallaydi. Bu materik Yevropa (maydoni 10 mln kv. km) va Osiyodan (maydoni 44 mln kv. km) tashkil topgan. Yevropa atamasi qadimgi finikiyaliklarning (assiriya) Yerep - g‘arb va Osiyo atamasi esa Osu sharq so‘zlaridan kelib chiqqan. Yevrosiyo materigi sharqda Bering bo‘g‘izi orqali Shimoliy Amerikadan ajralsa, g‘arbda Gibraltar bo‘g‘izi uni Afrikadan ajratib turadi.