logo

Sutemizuvchi hayvonlar ekologiyasi

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

321.365234375 KB
Mavzu: Sutemizuvchi hayvonlar 
ekologiyasi 
■ Reja
■ Kirish
■ Sutemizuvchilar haqidagi maʼlumotlar
■ Asosiy qism
■ Tashqi muhitda tarqalishi
■ Ekologiyasi haqida maʼlumot
■ Xulosa
■ Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati    SUT EMIZUVCHI HAYVONLAR EKOLOGIYASI
■ Yerda hayot paydo bo‘lgandan buyon tirik organizmlar tashqi 
muhitdagi har xil o‘zgarishlar ta’siriga duch keladi. Bizning ona 
planetamizda mavjud bo‘lgan hayvonlar, o‘simliklar hamda hayot 
kechirayotgan boshqa organizmlar yoki jonzotlar sonining 
serobligi va geografik tarqalishiga bevosita yoki bavosita ta’sir 
ko‘rsatuvchi har qanday tashqi omillar ekologik omillar deb 
ataladi. Ma’lumki, yer yuzida uchraydigan turli organizmlarning 
hammasi o‘z-o‘zidan yashamaydi, ularning ko‘payishi, rivojlanishi 
va tarqalishi atrof-muhit omillari ta’sirida boradi. Tirik organizmlar 
o‘rab turgan, ularga turli xil yo‘nalishda ta’sir qiladigan jonli va 
jonsiz tabiat kuchlari, komponentlari oddiy bir tabiiy manzara 
emas, balki bir-biri bilan bog‘langan tabiiy ekologik omillar bo‘lib, 
ularga organizmlar moslashadi  Tirik organizmlar ma’lum muhitda va uning omillari ta’siri ostida yashaydi, 
rivojlanadi, ko‘payadi, ekologik omillar bilan muloqotda bo‘ladi, o‘zgaradi, 
doimiy harakatda bo‘lib nasl qoldiradi. Tirik organizmlarga ko‘rsatadigan 
ta’siri bo‘yicha ekologik omillar juda xilma-xildir. Muhitning barcha omili 
shartli ravishda uchta katta guruhga ajratiladi. Bular: abiotik, biotik va 
antropogen omillardir.
1. Abiotik omillar – bu notirik tabiat omillaridir, organizmlarga ta’sir 
qiladigan anorganik muhitning kompleks omillaridir. Bu kimyoviy 
(atmosfera, suv, tuproq va loyiqa), fizik yoki iqlim (harorat, bosim, yorug‘lik, 
namlik, yong‘in, shamol) omillariga bo‘lishi mumkin.
■ 2. Biotik omillar – muhitga uchraydigan tirik organizmlarning hayot 
faoliyatida bir-birlariga qiladigan ta’siri va ular o‘rtasidagi 
munosabatlardan iborat bo‘lib, ular tirik organizmga, uni o‘rab turgan 
boshqa tirik jonzotlarga har xil ta’sir qiladi. Biotik omillar – tirik 
organizmlarning bir-biriga o‘zaro ta’siri majmui. Bu ta’sir turlicha bo‘lishi 
mumkin. Masalan: 1) tirik organizmlar bir-birlari uchun oziqa manbai 
(o‘simliklar turli hayvonlarga oziqa); 2) bir tirik organizm tanasi boshqa 
organizmga (xo‘jayin-parazit) yashash muhiti; 3) bir organizm ikkinchi 
organizmning ko‘payishiga, tarqalishiga sabab bo‘ladi.  Antropogen omillar – bu inson faoliyatining shunday shakliki, ular 
atrof-muhitga ta’sir etib, tirik organizmlarning yashash sharoitini 
o‘zgartiradi yoki hayvon va o‘simliklarning ayrim turlariga bevosita 
ta’sir qiladi. Eng muhim antropogen omillardan biri muhitning 
ifloslanishi hisoblanadi. Boshqacha aytganda antropogen omil inson 
va uning xo‘jalik faoliyatining tirik organizmlarga va butun tabiatga 
turli xil ta’sirlari majmuini tashkil etadi.
Ekologik omillarning organizmga ta’sir etish harakteri xilma-xil bo‘lsa-
da, lekin ularning barchasi uchun bir necha umumiy qonuniyatlar 
mavuddir.
■ Ekologik omillar organizmga juda kuchli (maksimum), juda kuchsiz 
(minimum), ijobiy (optimum) ta’sir etishi mumkin. Omillarning 
qulay (ijobiy) ta’siri optimum deb ataladi. Undan uzoqlashilgan sari 
omillar noqulay ta’sir etadi. Masalan, ma’lum haroratlar (160-38 0S) 
o‘simlikning o‘sish – rivojlanishi uchun qulay, undan yuqorisi 
noqulay hisoblanadi. Minimum va maksimum chegaralari keskinlik 
nuqtasi deb qaraladi. Keskinlik nuqtalaridan ortiq kuch ta’siri 
organizmning nobud bo‘lishiga olib keladi. Odamzod hamma vaqt atrof-muhitdan asosan resurslar manbai tarzida foydalanib 
kelgan. Hatto uzoq zamonlar davomida uning faoliyati tabiatga sezilarli darajada 
ta’sir ko‘rsata olmagan. Faqat o‘tgan asrning oxirlariga kelib, xo‘jalik faoliyati 
ta’sirida biosferaning o‘zgarishiga olimlar jiddiy e’tibor bera boshladilar. XX asrning 
birinchi yarmiga kelib, bu o‘zgarishlar jadallashib ketdi va hozirgi vaqtda butun 
insoniyat sivilizatsiyaga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Inson o‘z hayot shart-sharoitlarini 
yaxshilashga intilib, moddiy boyliklar ishlab chiqarish sur’atini doimo oshirib 
boradi. Biroq uning oqibatlari haqida hamisha o‘ylab ko‘ravermaydi. Bunday 
yondoshuv va munosabatlar natijasida tabiatdan olingan ko‘plab resurslar unga 
chiqindilar tarzida qaytariladi. Bu chiqindilarning ko‘pchiligi zaharli yoki qayta 
ishlab foydalanishga yaroqsiz bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida, biosferaga ham, 
insonning o‘ziga ham katta xavf-xatarlar tug‘diradi. Bir so‘z bilan aytganda, 
kelgusida biosferaning mavjud bo‘lish-bo‘lmasligi, insoniyatning yashab qolish-
qolmasligi Yer yuzida ekologik vaziyatga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi.
■ Ekologik omillar tirik organizmlarga alohida – alohida va bir-birlaridan ajralgan 
holda emas, balki ular murakkab kompleks tarzida bir vaqtda ta’sir qiladilar. 
Organizm kompleks omillarsiz yashay olmaydi.  Xulosa 
■ Organizmlar har bir ekologik omilni turlicha sezadilar va qabul 
qiladilar. Har bir tur vakili uchun o‘ziga xos sharoit kerak. Cho‘llarda 
o‘sadigan o‘simliklar va u yerda yashaydigan hayvonlar yuqori harorat 
va quruq sharoitga moslashgan, tundra, Arktika va yuqori tog‘ 
mintaqalarida o‘similk va hayvonlar namlikning fiziologik kamligiga, 
past haroratga chidamli bo‘ladilar. Sho‘r suv havzalarida uchraydigan 
organizmlar esa, mineral moddalar konsentratsiyasining yuqoriligini 
turlicha qabul qiladi. Tirik organizmning ekologik omillarga 
moslashishi va ularni turlicha qabul qilishi ularning evolyutsion 
rivojlanish jarayonida vujudga kelgan.

Mavzu: Sutemizuvchi hayvonlar ekologiyasi ■ Reja ■ Kirish ■ Sutemizuvchilar haqidagi maʼlumotlar ■ Asosiy qism ■ Tashqi muhitda tarqalishi ■ Ekologiyasi haqida maʼlumot ■ Xulosa ■ Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

SUT EMIZUVCHI HAYVONLAR EKOLOGIYASI ■ Yerda hayot paydo bo‘lgandan buyon tirik organizmlar tashqi muhitdagi har xil o‘zgarishlar ta’siriga duch keladi. Bizning ona planetamizda mavjud bo‘lgan hayvonlar, o‘simliklar hamda hayot kechirayotgan boshqa organizmlar yoki jonzotlar sonining serobligi va geografik tarqalishiga bevosita yoki bavosita ta’sir ko‘rsatuvchi har qanday tashqi omillar ekologik omillar deb ataladi. Ma’lumki, yer yuzida uchraydigan turli organizmlarning hammasi o‘z-o‘zidan yashamaydi, ularning ko‘payishi, rivojlanishi va tarqalishi atrof-muhit omillari ta’sirida boradi. Tirik organizmlar o‘rab turgan, ularga turli xil yo‘nalishda ta’sir qiladigan jonli va jonsiz tabiat kuchlari, komponentlari oddiy bir tabiiy manzara emas, balki bir-biri bilan bog‘langan tabiiy ekologik omillar bo‘lib, ularga organizmlar moslashadi

Tirik organizmlar ma’lum muhitda va uning omillari ta’siri ostida yashaydi, rivojlanadi, ko‘payadi, ekologik omillar bilan muloqotda bo‘ladi, o‘zgaradi, doimiy harakatda bo‘lib nasl qoldiradi. Tirik organizmlarga ko‘rsatadigan ta’siri bo‘yicha ekologik omillar juda xilma-xildir. Muhitning barcha omili shartli ravishda uchta katta guruhga ajratiladi. Bular: abiotik, biotik va antropogen omillardir. 1. Abiotik omillar – bu notirik tabiat omillaridir, organizmlarga ta’sir qiladigan anorganik muhitning kompleks omillaridir. Bu kimyoviy (atmosfera, suv, tuproq va loyiqa), fizik yoki iqlim (harorat, bosim, yorug‘lik, namlik, yong‘in, shamol) omillariga bo‘lishi mumkin. ■ 2. Biotik omillar – muhitga uchraydigan tirik organizmlarning hayot faoliyatida bir-birlariga qiladigan ta’siri va ular o‘rtasidagi munosabatlardan iborat bo‘lib, ular tirik organizmga, uni o‘rab turgan boshqa tirik jonzotlarga har xil ta’sir qiladi. Biotik omillar – tirik organizmlarning bir-biriga o‘zaro ta’siri majmui. Bu ta’sir turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan: 1) tirik organizmlar bir-birlari uchun oziqa manbai (o‘simliklar turli hayvonlarga oziqa); 2) bir tirik organizm tanasi boshqa organizmga (xo‘jayin-parazit) yashash muhiti; 3) bir organizm ikkinchi organizmning ko‘payishiga, tarqalishiga sabab bo‘ladi.