Svilizatsiya tarixini o’rganishda XX asr tarixshunosligi
Mavzu:Svilizatsiya tarixini o’rganishda XX asr tarixshunosligi
1877 yilda amerikalik tarixchi va etnograf L.Morgan (1818-1881 yy) o’zining “Qadimgi jamiyat” kitobida sivilizatsiya atamasini yagona madaniy-tarixiy jarayonning ma’lum darajasini belgilash uchun qo’llashni taklif etdi. Morgan sistemasida ham ibtidoiy jamiyat taraqqiyoti yovvoyilik, varvarlik va sivilizatsiya bosqichlaridan iborat, ammo u yovvoyilik va varvarlik davrlarining har birini, xo’jalik va moddiy madaniyat taraqqiyotining belgilariga ko’ra quyi, o’rta va yuqori bosqichlarga bo’ladi. Ushbu davrlashtirishda ishlab chiqarish kuchlari rivojining darajasi mezon bo’lib xizmat qiladi .
• Tarixni o’rganishga sivilizatsion yondashuv asoschilaridan biri rus tabiatshunos olimi N.Ya.Danilyevskiy (1822-1885) bo’lgan. U har biri alohida-alohida mavjud bo’lgan, faoliyatning to’rt muhim shakli yoki sivilizatsiyalar “asosi” – diniy, madaniy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy asoslar orqali namoyon bo’luvchi madaniy-tarixiy tiplar (sivilizatsiyalar) haqidagi konsepsiyani ilgari surgan. Madaniy-tarixiy tiplar, biologik organizmlar kabi, tashqi muhit va bir-biri bilan uzluksiz kurash jarayonida bo’ladi va vujudga kelish, voyaga etish, qarish va halok bo’lish bosqichlaridan o’tadi.