logo

Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tashkil etish tartibi

Yuklangan vaqt:

19.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2407.310546875 KB
Mavzu:Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tashkil       
 etish tartibi.
                             Reja:
1.Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tshkil etish.
2.Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tugatish tushunchasi va usullari.
3.Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qayta tashkil etish tushunchasi.
4.Yakka tartibdagi tadbirkor tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish asoslari .  Tadbirkorlik 
subyektining ta'rifi
Tadbirkorlik subyektlari iqtisodiy 
faoliyatni amalga oshiruvchi 
shaxslar yoki uyushmalardir. Ular 
iqtisodiy resurslarni birlashtirib, 
mahsulot yoki xizmatlar ishlab 
chiqarish va sotish orqali foyda 
olishni maqsad qiladilar. Tadbirkorlik faoliyatining 
tashkil qilinishi
Yuridik shaxs davlat ro’yhatidan o’tkazilgan  
paytdan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi. 
Yuridik shahsni davlat ro’yhatidan o’tkazish uni uni 
tashkil etishdagi  yakunlovchi bosqich bo’lib 
hisoblanadi. Tadbirkorlik faoliyati ni
tashkil etishning    
shakllari
1. Ta’sis farmoyish - bu usul 
asosan davlat mulkiga 
asoslangan korxonalar tashkil 
etiladi.
2. Ta’sis etish usuli – bunda bitta 
shaxs ishtirokidagi tashkilotlar 
ham tuzilishi mumkin. Ularning 
faoliyati xususiy mulkka 
asoslangan bo’ladi.
3. Shartnomaviy ta’sis – ikki va 
undan ortiq ta’sischilar 
tomonidan o’zlarining mulkiy 
ulushini birlashtirish asosida 
ta’sis shartnomasi tuzish yo’li 
bilan xo’jalik yurituvchi subyekt 
faoliyatining yo’nalishlari 
belgilanadi va tuziladi.Tadbirkorlik subyektlari 
faoliyatini tashkil etish Ro'yxatdan o'tish 
talablari
Tadbirkorlik subyektlari 
ro'yxatdan o'tishi uchun 
tegishli davlat organlariga 
murojaat qilishlari zarur. 
Ro'yxatdan o'tish jarayoni 
talablar va hujjatlarni taqdim 
etishni o'z ichiga oladi, bu esa 
tadbirkorlikning qonuniy 
asosini ta'minlaydi. Litsenziya va 
ruxsatnomalar
Ba'zi faoliyat turlari uchun 
litsenziya va ruxsatnomalar 
olish zarur. Bu jarayon, odatda, 
muayyan standartlarga 
muvofiqlikni tasdiqlovchi 
hujjatlarni taqdim etishni talab 
qiladi. Soliq va hisobot talablari
Tadbirkorlik subyektlari soliq 
organlariga ro'yxatdan o'tishlari va 
belgilangan soliq to'lovlarini o'z 
vaqtida amalga oshirishlari kerak. 
Hisobotlar muntazam ravishda 
taqdim etilishi lozim. Qo'shimcha talablar
Bundan tashqari, 
tadbirkorlik subyektlari 
mehnat qonunchiligiga, 
ekologik talablar va 
boshqa normativ 
hujjatlarga ham rioya 
qilishlari shart.Tadbirkorlik subyektlari ga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda  qo ' yiladigan  
talablar
Ushbu talablar tadbirkorlik faoliyatining qonuniyligini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ushbu Nizomga 
muvofiq quyidagi usullardan biri bilan amalga 
oshiriladi: 
- Internet orqali yagona portalda
.- O‘zi kelgan holda.
  Tadbirkorlik subyektini — yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta 
ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza beruvchi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga 
tegishlicha hujjatlarni, shuningdek davlat boji to‘langanligi to‘grisidagi 
ma’lumotlarni yoki belgilangan davlat boji miqdori to‘langanligi to‘grisida 
bank to‘lov hujjatining nusxasini taqdim etadi  Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini 
tugatish tushunchasi va usullari.Tadbirkorlik huquqi subektlarini tugatish tartib taomillari O‘zbekiston Respublikasi 
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘grisida”gi qonunning 6-bobi yakunlovchi 
qoidalaridagi 49-moddasida, tadbirkorlik faoliyati subyektini tugatish (uning faoliyatini 
tugatish) asoslari belgilangan. Unga ko‘ra, yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik faoliyati 
subyektini tugatish uning muassislarining (ishtirokchilarining) yoki ta’sis hujjatlari bilan 
tegishli vakolat berilgan yuridik shaxs organining qaroriga yoxud sudning yoki ro‘yxatdan 
o‘tkazuvchi organning qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi . Birinchisi ixtiyoriy usul bo‘lib, u quyidagi asoslarga ko‘ra 
amalga oshiriladi :
  - muassislar (ishtirokchilari) yoki tasis hujjatlari bilan tugatishga 
vakolat berilgan yuridik shaxs organining qaroriga muvofiq; 
  - yuridik shaxsning faoliyat yuritish muddatining tugashi bilan; uni 
tashkil etishdan ko‘zlangan maqsadga erishilganligi munosabati bilan; 
- yuridik shaxsni tashkil etish choida qonun hujjatlari buzilishiga yo‘l 
qo‘yilganligi sababli, agar bu buzilishlarni bartaraf etib bo‘lmasa, sud 
yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazishni haqiqiy emas deb topganda; 
- muassislar (ishtirokchilar) yoki yuridik shaxs organi tomonidan 
tashkilotni tugatish uchun etarli bo‘lgan boshqa sabablarni tan olishi 
bilan.  Ikkinchisi-majburiy usulda sud qarori bo‘yicha quyidagilarga ko‘ra tugatish 
amalga oshiriladi :
- faoliyatni tegishli ruxsatnomasiz (litsenziyasiz) amalga 
oshirish; qonun tomonidan taqiqlab qo‘yilgan faoliyatni amalga 
oshirgan yoki qonun yoki huquqiy aktlarni bir necha marta va 
qo‘pol ravishda buzish holatlarida; 
-Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan boshqa hollarda sudning 
qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.Tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tuzish asosida tashkil qilgan 
subyektlarni tugatishning umumiy tartib taomillari O‘zbekiston 
Respublikasi Fuqarolik kodeksida belgilangan xamda yuridik shaxslarni 
tugatilishining ikki xil usuli ko‘rsatilgan . Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qayta tashkil 
etish tushunchasi
Qayta tashkil etish, ilgari mavjud bo‘lgan korxonaning bekor qilinishi va 
yangi huquq subyekti sifatida tadbirkorlik faoliyatini davom ettirilishi 
demakdir. Korxona, u yoki bu ma’noda boshqa huquq va majburiyatlar 
oluvchisi (yangi huquq subyekti), yangi yuridik shaxs tomonidan amalga 
oshiriladi. Tugatishdan farqli o‘laroq, qayta tashkil etishda mulk saqlanadi, 
tadbirkorlik va mulkiy huquq va majburiyatlar ham mavjudligini 
yo‘qotmaydi. Ishlab chiqarish bo‘linmalari ham yo qisqargan, yoki 
yiriklashgan holda faoliyatini davom ettiradi. Qayta tashkil etish har doim 
huquqiy vorislik bilan bog‘liq, ya’ni mulkiy va boshqa huquq 
(majburiyat)larning bekor qilingan (turini o‘zgartirgan) bir huquq 
subyektidan boshqasiga, qaytadan vujudga keltirilgan korxonaga o‘tadi. 
Yuridik shaxs qayta tashkil etilgan taqdirda, unga mulk huquqi asosida 
tegishli mol-mulk yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslarga o‘tadi. 
Yuridik shaxsni tugatishdan buning asosiy farqi ham shundan iborat 
bo‘ladi .  O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49-moddasida qayta 
tashkil qilishning beshta shakli  
qo‘shib 
yuborish  qo‘shib 
olish  bo‘lish  ajratib 
chiqarish 
o‘zgartirish  Birinchidan
Barcha huquq va 
majburiyatlarni to‘liq 
yuklash, qayta tashkil 
etilgan yuridik shaxs 
faoliyatini, uning huquqiy 
vorisiga o‘tishi;  Ikkinchidan
Bu majburiyatlarni va ular 
buzilganligi uchun javobgarlikni 
qayta tashkil etilgan yuridik 
shaxs huquqiy vorislariga, uning 
faoliyati qanday bo‘lingan bo‘lsa, 
shunday aniqlikda bo‘lib berish;  Uchinchidan
Kreditorlarga qayta 
tashkil etilgan yuridik 
shaxs majburiyatlari 
oldida majburiyatli va 
javobgar bo‘lgan uning 
huquqiy vorislarini 
topishni engillashtirish. 
Bunday tadbirlar zoya 
ketgan taqdirda, barcha 
huquqiy vorislarga 
nisbatan solidar 
javobgarlikni qo‘llash 
lozim Yuridik shaxs qayta tashkil etilib, huquqiy 
vorislik kelib chiqqan holatda fuqarolik-
huquqiy tartibga solishning vazifalari 
qo‘yidagi zaruratlardan kelib chiqadi:  . 
Qayta tashkil qilish vaqtida qayta tashkil 
qilinayotgan korxonaga ega bo‘lgan debitor va 
kreditorlik qarzlarining butun miqdori (shu 
jumladan, sotib oluvchi va ta’minotchilarning ish 
haqi bo‘yicha qarzlari, hisob beruvchi shaxslardan, 
byudjet va byudjetdan tashqari fondlar, soliqlar va 
boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha), taqsimlash 
balansi yoki topshirish hujjatiga muvofiq, uning 
huquqiy vorislariga o‘tadi.  Yakka tartibdagi tadbirkor tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish 
asoslari.
“ Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘risida”gi qonunning yangi tahriri 
(2012-yil 2-mayda qabul qilingan) da yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik 
faoliyatini olib boruvchi tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan yakka tartibdagi 
tadbirkorlar faoliyati ko‘lamini kengaytirdi va tadbirkorlik subyekti sifatida 
mustahkamladi. Qonunga ko‘ra, har qanday fuqaro tadbirkor hisoblanmaydi, 
faqat belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan va tadbirkor maqomini olgan 
jismoniy shaxslargina tadbirkor sifatida e'tirof etiladi  Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik subyektlarining 
shakllari quyidagicha mustahkamlangan: 
•
- er-xotinning umumiy 
mol-mulki negizida ular 
tomonidan amalga 
oshiriladigan oilaviy 
tadbirkorlik; 
- yuridik shaxs tashkil etmagan holda dehqon xo‘jaligini 
yuritish.  -  ikki yoki undan ortiq yakka 
tartibdagi tadbirkorlar 
tomonidan foyda olish yoki 
qonunga zid bo‘lmagan 
boshqa maqsadga erishish 
uchun o‘z hissalarini qo‘shish 
va yuridik shaxs tuzmasdan, 
birgalikda ish qilish 
majburiyatini olgan oddiy 
shirkat;  Bugungi kunda YaTT lar uchun bir necha  imtiyozlar mavjud : 
YaTTlar faoliyatini boshlagandan 
keyin bir oy davomida soliqlardan 
ozod etiladi. Shuningdek, I, II guruh 
nogironligi bo‘lgan YaTTlar 
belgilangan soliq stavkasining 50 
foizi miqdorida soliq to‘laydi  Agar YaTT 2 yoki undan ortiq faoliyat turi bilan 
shuullansa (ya'ni bir paytda ham chakana savdo, ham 
xizmat ko‘rsatish) har biri uchun alohida alohida 
belgilangan qat'iy stavkada soliq to‘laydi, ammo 
bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida 
umumiy bitta ijtimoiy soliq to‘lashi belgilangan. 
YaTT o‘z faoliyat turidan kelib 
chiqib, 1 nafardan 3 nafargacha 
ishchi yollash imkoniyatiga 
egaligi, ya'ni chakana savdo 
bilan shuullanadigan tadbirkor 1 
nafargacha, maishiy xizmat 
ko‘rsatish bilan shuullanuvchi 
tadbirkor 3 nafargacha ishchi 
yollashi mumkin. Xulosa
Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish tartibi huquqiy asoslar, ro'yxatdan o'tish 
va litsenziya talablarini, shuningdek, faoliyatni rejalashtirish va tashkil etish 
jarayonini o'z ichiga oladi. Raqobat va bozor tahlili esa, tadbirkorlik 
muvaffaqiyatining kalitidir. Ushbu jarayonlarni to'liq tushunish, 
tadbirkorlarning o'z faoliyatlarida muvaffaqiyatga erishishlariga yordam 
beradi. Foydalanilgan adabiyotlar
1.O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi. 
2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tadbirkorlik 
subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish 
tizimini takomillashtirish to‘grisida 2016 yil 28 oktyabr, PQ-
2646-son qarori. 
3. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida 
qonuni
4. Tadbirkorlik(biznes) huquqi z.O.Quvondiqov .
 1 . Tadbirkorlik faoliyatining boshlanishi uchun qaysi jarayon eng muhimdir?
a) Mijozlar bilan aloqa                                       b) Biznes-reja tayyorlash
c) Mahsulot ishlab chiqarish                              d) Reklama strategiyasini ishlab chiqish
  2. Mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) qanday afzalliklarga ega?
a) Yuqori soliq stavkalari                                                           b) Aktsiyalarni chiqarish imkoniyati
c) Mulkning shaxsiy va korporativ ravishda ajratilishi               d) Cheklovsiz qarz olish
  3. Tadbirkorlik subyektlarini tashkil etishda qanday huquqiy shaklni tanlash muhim?
a) Faqat soliq to’lash uchun                                               b) Faoliyat turiga va maqsadlariga bog’liq
c) Barcha tadbirkorlar uchun bir xil                                    d) Qonuniy bo’lishi uchun
  4. Tadbirkorlik faoliyatini muvaffaqiyatli tashkil etish uchun nima zarur?
a) Faoliyatning barqarorligi                                       c ) Yangi mahsulotlar ishlab chiqish
b ) Raqobatchilarni yo’q qilish                                     d) Tez-tez reklamalar berish
  5. Bozorni o’rganish va mijozlarni tahlil qilishning asosiy maqsadi nima?
a) Raqobatchilarni yo’qotish                                                b) Mijozlar talabini aniqlash va mahsulotni optimallashtirish
c) Faqat reklama strategiyalarini ishlab chiqish                  d) Moliyaviy xavflarni oshirish
6 . Tadbirkorlik subyektining faoliyatini tugatish jarayoni nimani anglatadi?
a) Faoliyatni vaqtincha to’xtatish                            b) Subyektni yuridik jihatdan tugatish
c) Yangi mahsulot ishlab chiqarish                        d) Mijozlar bilan aloqa o’rnatish
  7 . Tadbirkorlik faoliyatini tugatish uchun qaysi hujjat talab etiladi?
a) Yangi biznes-reja                                    b) Faoliyatni tugatish to’g’risida ariza
c) Marketing strategiyasi                             d) Moliyaviy hisobotlar
  8 . Faoliyatni tugatish jarayonida qanday muammolar yuzaga kelishi mumkin?
a) Faqat yangi xodimlar yollash                          b) Moliyaviy majburiyatlarni bajarish va aktivlarntaqsimlash     
c) Faqat reklama strategiyalarini yangilash .       d) Mijozlar bilan kelishmovchiliklar
  .9. Tadbirkorlik subyektini tugatish jarayonida kim bilan maslahatlashish muhim?
a) Faqat xodimlar bilan                          b) Yuridik va moliyaviy mutaxassislar bilan
c) Faqat raqobatchilar bilan                  d) Faqat mijozlar bilan
  10. Tadbirkorlik faoliyatini tugatishdan keyin nima amalga oshiriladi?
a) Yangi faoliyatni boshlash                    b) Qonuniy hujjatlarni saqlab qo’yish
c) Qayta tashkil etish                                d) Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash
11. Tadbirkorlik subyektlari nimalardan iborat?
a) Yakka tartibdagi tadbirkorlar                  b) Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar
c) Aksiyadorlik jamiyatlari                           d) Barchasi to’g’ri
  12. Tadbirkorlik subyektini ro’yxatdan o’tkazish uchun qaysi hujjat zarur?
a) Faqat passport                       b) Ro’yxatdan o’tish arizasi
c) Biznes-reja                              d) Ijtimoiy tarmoqlardagi profiling
  13. Tadbirkorlik faoliyatini boshlashda qanday muhim omil hisoblanadi?
a) Reklama berish                                b) Bozorni o’rganish va tahlil qilish
c) Yangi xodimlarni yollash                d) Raqobatchilarni yo’qotish
  14. Yakka tartibdagi tadbirkorning asosiy afzalliklaridan biri nima?
a) Mulkini alohida saqlash                            c) Foyda to’liq o’ziga tegishli bo’lishi
b) Yuqori soliq stavkalari                               d) Faoliyatni cheklash
  15. Tadbirkorlik subyektini muvaffaqiyatli boshqarish uchun qaysi ko’nikmalar muhim?
a) Faqat moliya ko’nikmalari                                                            b) Raqamli marketing ko’nikmalari
c) Moliyaviy, boshqaruv va marketing ko’nikmalari                      d) Faqat mahsulot ishlab chiqarish ko’nikmalari . 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
B C B A B B C C B B
11 12 13 14 15
D B B B C

Mavzu:Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tashkil etish tartibi. Reja: 1.Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tshkil etish. 2.Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tugatish tushunchasi va usullari. 3.Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qayta tashkil etish tushunchasi. 4.Yakka tartibdagi tadbirkor tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish asoslari .

Tadbirkorlik subyektining ta'rifi Tadbirkorlik subyektlari iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar yoki uyushmalardir. Ular iqtisodiy resurslarni birlashtirib, mahsulot yoki xizmatlar ishlab chiqarish va sotish orqali foyda olishni maqsad qiladilar. Tadbirkorlik faoliyatining tashkil qilinishi Yuridik shaxs davlat ro’yhatidan o’tkazilgan paytdan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi. Yuridik shahsni davlat ro’yhatidan o’tkazish uni uni tashkil etishdagi yakunlovchi bosqich bo’lib hisoblanadi. Tadbirkorlik faoliyati ni tashkil etishning shakllari 1. Ta’sis farmoyish - bu usul asosan davlat mulkiga asoslangan korxonalar tashkil etiladi. 2. Ta’sis etish usuli – bunda bitta shaxs ishtirokidagi tashkilotlar ham tuzilishi mumkin. Ularning faoliyati xususiy mulkka asoslangan bo’ladi. 3. Shartnomaviy ta’sis – ikki va undan ortiq ta’sischilar tomonidan o’zlarining mulkiy ulushini birlashtirish asosida ta’sis shartnomasi tuzish yo’li bilan xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyatining yo’nalishlari belgilanadi va tuziladi.Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tashkil etish

Ro'yxatdan o'tish talablari Tadbirkorlik subyektlari ro'yxatdan o'tishi uchun tegishli davlat organlariga murojaat qilishlari zarur. Ro'yxatdan o'tish jarayoni talablar va hujjatlarni taqdim etishni o'z ichiga oladi, bu esa tadbirkorlikning qonuniy asosini ta'minlaydi. Litsenziya va ruxsatnomalar Ba'zi faoliyat turlari uchun litsenziya va ruxsatnomalar olish zarur. Bu jarayon, odatda, muayyan standartlarga muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishni talab qiladi. Soliq va hisobot talablari Tadbirkorlik subyektlari soliq organlariga ro'yxatdan o'tishlari va belgilangan soliq to'lovlarini o'z vaqtida amalga oshirishlari kerak. Hisobotlar muntazam ravishda taqdim etilishi lozim. Qo'shimcha talablar Bundan tashqari, tadbirkorlik subyektlari mehnat qonunchiligiga, ekologik talablar va boshqa normativ hujjatlarga ham rioya qilishlari shart.Tadbirkorlik subyektlari ga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda qo ' yiladigan talablar Ushbu talablar tadbirkorlik faoliyatining qonuniyligini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega.

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ushbu Nizomga muvofiq quyidagi usullardan biri bilan amalga oshiriladi: - Internet orqali yagona portalda .- O‘zi kelgan holda. Tadbirkorlik subyektini — yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza beruvchi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga tegishlicha hujjatlarni, shuningdek davlat boji to‘langanligi to‘grisidagi ma’lumotlarni yoki belgilangan davlat boji miqdori to‘langanligi to‘grisida bank to‘lov hujjatining nusxasini taqdim etadi

Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tugatish tushunchasi va usullari.Tadbirkorlik huquqi subektlarini tugatish tartib taomillari O‘zbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘grisida”gi qonunning 6-bobi yakunlovchi qoidalaridagi 49-moddasida, tadbirkorlik faoliyati subyektini tugatish (uning faoliyatini tugatish) asoslari belgilangan. Unga ko‘ra, yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik faoliyati subyektini tugatish uning muassislarining (ishtirokchilarining) yoki ta’sis hujjatlari bilan tegishli vakolat berilgan yuridik shaxs organining qaroriga yoxud sudning yoki ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi .