logo

Musiqa mashg’ulotlarida tarbiyalanuvchilar faoliyatini to’g’ri tashkil etish metodikasi

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

321.7392578125 KB
Mavzu: Musiqa mashg’ulotlarida 
tarbiyalanuvchilar faoliyatini to’g’ri tashkil etish 
metodikasi
Reja
1.Musiqa  rahbariga  qo’yiladigan  asosiy  talablar.
2.Musiqa bolalarning  estetik  idrokini  shakllantiruvchi  vosita  
         sifatida.              
1 .1.Musiqa  rahbariga  qo’yiladigan  asosiy  talablar.

Musiqiy  faoliyat  turlari.  Tinglash,  kuylash,  musiqiy  ritmik  harakatlarni 
bajarish, cholg’u asboblar bilan tanishtirish va ularga jo’r bo’lish, musiqiy didaktik 
o’yinlardan  foydalanish.  Mashg’ulotning    ta’limiy,  tarbiyaviy  va  rivojlantiruvchi 
maqsadlari  va  ularning  davlat  ta’lim  standartlari  va      kompetensiyalar  bilan 
bog’liqligini ko’rish mumkin.

O’quv  maqsadi: Tinglovchilarni  musiqiyta’limning  mohiyati  va    musiqa   
rahbariga  qo’yiladigan    asosiy  talablar  bilan    tanishtirish.  Musiqiy    ta’lim  orqali   
bolalarning    estetik    idrokini    shakllantirish  yo’llari    bilan    tanishtirish.  Musiqiy   
ta’limga  bo’lgan  ehtiyojlar  va  ushbu  ta’lim  shaklining  afzallik  jihatlari,  bolalarni   
jismonan    sog’lom    bo’lib  o’sishlarida    jismoniy    tarbiyaning  o’rni    haqida 
ma’lumotlar berish.              
Musiqa  rahbariga  qo’yiladigan  asosiy  talablar: 
Zamonaviypedagogikata’lim  tizimining  maqsadi, yangi  toifaga  mansub  
bo’lgan  musiqa  rahbarining  umumiy  va  kasb  kamolotiga erishishdan  
iborat. Har  qanday  pedagoglik  kasbi  murakkab  va  serqirra  jarayondir, 
shuning  uchun   bu  kasb  qaysi  sohaga  tegishli  bo’lmasin,  musiqa  rahbari  
oldiga  ko’pgina  talablarni  qo’yadi. Ta’lim – tarbiyaning  barcha  
sohalarining  maqsadi  barkamol  shaxs  tarbiyasidir. Lekin  bu  borada  
MTMgacha  ta’lim  muassasalaridagi  estetik  turkumga  kiruvchi  fanlar – 
musiqa, tasviriy  san’at, adabiyot  va  ularning  o’zaro  aloqadorligi  asosiy  
rolni  o’ynaydi.               
Jumladan, MTMgacha  ta’lim  muassasalaridagi  «musiqa»  mashg’ulotlarini  
o’tishda,   musiqa  rahbarlari  ham  maxsus  bilimlar, ko’nikma – malakalar, 
pedagogik  qobiliyat  hamda pedagogik  mahoratga  ega  bo’lmoqlari  lozim. 
Ma’lumki, «musiqa» mashg’ulotlari   beshta  musiqiy  jarayonni   o’z  ichiga  
oladi.

1.  Qo’shiq va ashulla kuylash.

2. Musika savodi.

3.  
Musi q a tin g lash.

4. Musikaga mos xarakatlarni bajarish.

5. Bolalar chol g’ u asboblarida jur b o’ lishdan iborat.              Mana    shu    jarayon    bir  –  biri   
bilan    uzviy    bog’langan    holda   
o’tilishi    maqsadga    muvofiqdir. 
Bolalarda    yuqori    natijalarga   
erishish    uchun    musiqa    rahbari   
musiqiy    bilimlarni:  garmoniya, 
polifoniya,  solfedjio,  musiqa   
nazariyasi,  musiqa    tarixi,  musiqa   
adabiyoti,  musiqiy    asar    tahlili    va   
yana    birorta    musiqiy    asbobni   
chalishni    bilishi    zarurdir.  Lekin   
yuqorida  aytilgan    bilimlarni   
egallashning  o’zi  yetarli  emas.               
Musiqa    rahbari    mashg’ulot    jarayonida    musiqa    haqida    bolalarga    juda 
qiziqarli,  savodli  va  obrazli  qilib,  har  xil  illyustrasiyalarni  qo’llagan  holda  
gapirib    bera    olishi    kerak.  Biror    bastakorning    asarini  o’rganish    jarayonida, 
shu    asar    haqida,  asarning    mualliflari    haqida,  asar    yaratilgan    davr    haqida   
to’liq  ma’lumot  bera  olishi  zarur.

  Asarning  ladi, tonligi, tuzilishi, akkordlar  funksiyasini  va  hokazolarni  
bilishi  lozim.

Bulardan  tashqari  musiqa  rahbari  oldiga  amaliy  vazifalar  ham  
qo’yiladi:

1.  Berilgan  qo’shiqni  kuylab  bera  olishi ;

2.  Kuyga  akkomponiment  chala  bilishi ;

3. Bemalol  transpozisiya   qila  olishi ;              
Musiqa    rahbari    nafaqat    o’z    predmetini,  balki    falsafa,  estetika, 
psixologiya, pedagogikani  yaxshi  bilishi  va  o’z  ish  faoliyati  davomida  
qo’llay  olishi  shart.

Musiqaning    ta’sirchanligini,  uning    mohiyatini    to’liqligicha    bolalar   
ongiga    yetkazish    pedagogikaning    eng    qiyin    muammolaridan    biridir. 
Musiqa  rahbari  «Musiqa  mashg’uloti»da  bolalarda  quyidagi  fazilatlarni  
shakllantirishi    lozim:  Do’stlik,  vatanparvarlik,  sadoqat,  mehr  –  shavqat, 
mehnatsevarlik, tashabbuskorlik  va  hokazo.

Bolalarda    yuqorida    sanab    o’tilgan    fazilatlarni    shakllantirish    uchun 
musiqiy  rahbar  bir  qator  vazifalarni  bajarishi  kerak:              
Sanab    o’tilgan    fazilatlarni    shakllantirish    uchun,  avvalam    bor    musiqa 
rahbari    mashg’ulotlarni    yuqori    professional    darajada    o’tishi    zarurdir. 
Mashg’ulotdan    kutilgan    natijalarni    olish    uchun    mashg’ulotlarda    ta’lim   
tamoyillariga  rioya  qilish  maqsadga  muvofiqdir. Hozirgi  rivojlanish jarayonida 
ko’pchilik    MTMgacha    ta’lim    muassasalari    musiqiy    markazlar,  televizor,  radio 
kabi    bir    qator    yangi    axborot    texnologiyalari    bilan    jihozlanmoqda.  Bu   
texnologiyalardan    musiqa    madaniyati    mashg’ulotlarida  foydalanish  yuqorida   
keltirilgan  shaxsiy  fazilatlarni  shakllantirishda juda  qo’l  keladi.

Musiqa    mashg’ulotlari   bolalarga   o’z  milliy    musiqiy   tarixlari, musiqaning 
elementar    nazariyasi,  jahon  musiqa    san’ati    namoyondalarining    ijodi    haqida   
tushunchalar  berish,  ularda    musiqiy    madaniyatni,  odobni  va  nafosatni   
tarbiyalashda  asos  soladi.              Musiqa    mashg’ulotlari      xoh      u   qo’shiq   kuylash    bo’lsin,  xoh   tinglash   bo’lsin, 
xoh   nazariy    bilimlar   bo’lsin  –  yosh   avlodni   axloqiy   poklik,  ma’naviy    boylik   
va    jismoniy    barkamollikni    mujassamlashtirgan    har    tomonlama    yetuk    shaxs   
qilib  shakllantirishga  asos  solar  ekan. Pedagoglar musiqa markazini jixozlashda, 
  undan  joy  olgan  barcha  jihozlarning  imkon  qadar  yorqin,  tabiiy    ranglarda   
bo’lishi, bola e’tiborini tortishi, shuningdek yoshlikdan   bolada go’zallikka intilish 
va  muhabbat  uyg’otishi,  badiiy  va  estetik  didni  shakllantirib  va  taraqqiy  ettirib 
borishiga  xizmat  kilishiga  e’tiborlarini  qaratishlari    lozim.    Bolani  o’rab  turgan 
barcha  narsa-xonani  jihozidan  tortib  to  musika  raxbari  va    tarbiyachining  tashqi 
ko’rinishigacha bolani tarbiyalashini doimo yodda tutish lozim.              
1 .2. Musiqa   bolalarning  estetik  idrokini shakllantiruvchi  vosita  
sifatida.

  Bolalarni    shaxs    sifatida    tarbiyalash    uchun    ta’lim,    jismoniy    va    ongli   
tarbiya    uyg’unlikda    olib    borilishi    kerak.  Bu    maqsadga    erishish    uchun   
bolalarda    to’g’ri    tashkillashtirilgan    musiqiy    mashg’ulotlar  tashkil    etiladi. 
Estetik    tarbiya    MTMgacha    yoshdagi    bolalarda  go’zallikni    tushunish,  uni  his 
qilish,  yaxshi    va    yomonni,  badiiy    san’at    turlarini    farqlay    olish    va    ularga   
ijodkorona    yondashishga    yo’naltirilgandir.  Estetik    tarbiyaning    eng    ko’zga   
ko’ringan    omillaridan    biri    bu  –  musiqadir.  Bu    maqsadlarga    erishish    uchun   
MTMgacha    yoshdagi    bolalarning    umumiy    musiqiyligini    rivojlantirish    kerak. 
Bolalarning    umumiy    musiqiyligiga    nimalar    asos    bo’ladi:  musiqa  bolaning   
estetik    tarbiya    omili    sifatida    unga    go’zallikni      qabul    qilish,  tushunish   
qobiliyatlarini  rivojlantirish.               
Bolalarni    har    xil    emosional  –  obrazli    mazmundagi    asarlar    bilan   
tanishtirar    ekanmiz,  biz    beixtiyor    ularni    hissiyotlariga    ta’sir    qilamiz    va   
ularni  kechinmalar  olamiga  olib  kiramiz.

  Bolani  musiqaviy  asarlarni  idrok  etish  to’g’risidagi  masalaga  to’xtaymiz.

Idrok  san’ati  o’zidan  kiyin  psixologik  faoliyatni  namoyon  qiladi,  qaysiki, 
intellektual, bilish, emosional momentlarni  birlashtiradi. Musiqa san’ati asarlarini 
tushunish  masalasi  o’zidan  o’zi  kelib  chiqishi  mumkin  emas.  Uni  o’rgatish 
kerak.  Musiqa  asarlarini  idrok  etish  hissiyotidan  boshlanadi.  Musiqa  asarlarini 
idrok etish emosional jonkuyarlikni vujudga keltiradi. Bolaning bu holatida unga 
tanish  mazmun  va  quvonch-idrok  asosida  emosiyalarning  paydo  bo’lishidir. 
Bolalarda asarni tushunib qabul qilish qobiliyatini tarbiyalash zarur.                            
Musiqani  idrok  etish  ilk  bolalardan  shakllanadi.  To’plangan  emosional 
musiqaviy  taassurotlar  qo’shiq  aytishga,  musiqa  asboblarini  chalishga,  badiiy 
xalq qo’shiqlaini aytishga olib keladi.

Hissiyot,  eshitish,  idrokning  rivojlanishi  asosida  bolalarda  musiqaviy 
taasurotlar  to’plana  boshlaydi.  7  yoshli  bola  musiqaning  mazmuniga  qarab 
qayg’uradi  va  fikr  yuritadi.  Biz  bola  oldiga  musiqani  idrok  etishninng  payida 
bo’lishi  vazifasini  qo’yamiz.  Keyin  esa  tashqi  ta’sir  etish  orqali  musiqaviy 
taasurotlarni yig’indisi vazifasini. 

  Estetik  idrok  –  bu  2  asosiy  komponentlar  yig’indisidir:  emosionallik    va   
tushunarlilik.  Lekin    bunga  yana  hayol  va  harakat  momenti  –  ritm  ham 
qo’shiladi.              
Keyin    MTMgacha        yoshdagi      bolalar    tanish    musiqani    biladilar,  marsh,   
plyaska,  alla    musiqalarni    ajratadilar,    musiqaning      sokin    va    quvnoq     
xarakterini      ajratadilar,  lekin      uni      yosh      xususiyatlari    kuchiga  ko’ra      so’z     
orqali      ifodalay      olmaydilar.    4-5  yoshda    bolalar      obrazlarni  detallashtiradilar, 
musiqaning    kontrast    xarakterlarini    qisman  ajratadilar,  musiqa    asarlarining 
ifodaliligi    shakl    va    vositalarini  tushunadilar.    Pedagogning    savoli  va  talabiga   
so’z    orqali    javob  qaytaradilar.    6-7  yoshli  bolalar  quyidagi  terminlar  orqali: 
kirish,  kuplet,  birga  aytish  bo’lim.  temp  va  boshqalar,  differensiyalashtirishlari  va 
u mumlashtirishlari  mumkin.  Ular  musiqa  asarlarining  ifodaliligi  xarakter  va 
vositalarini tushunadilar va o’yin  obrazlariga qarashadi.              
Shunday qilib musiqa idrokini tarbiyalash quyidagicha boradi:

1. Musiqa materialini ajratib olish.

2. Tarbiya va ta’lim metodlarini tizimiylashtirish.

3. Ishning turli bosqichlaridan foydalanish.

4. Musiqa   asarlarining  turli-tuman   tematiklaridan    foydalanish 
(ijtimoiy, tabiat, mehnat, bolalar turmushi, ertaklar).

5. Musiqa asarining obrazlar soni va shaklsiga qarab asta-sekin 
murakkablashib borishi.              
Musiqani  emosional  uchun  uning    tovush    materialini      qabul  qilishni  bilish 
zarur,  uni  eshitish,  ifferensiyalashni      bilish  kerak.  Bu  malaka  bolalar    bilan   
musiqa    asarlarini  (oddiylarini)  analiz    qilish,    ular    diqqatini    musiqa    ifodaliliga 
vositalariga  qaratish  yo’li  bilan  rivojlantiriladi.  Musiqa  asarlarini  analiz  qilish 
orqali bola musiqani o’ziga xos tilini ajrata boshlaydi – musiqaning xarakteridagi 
dunyodagi  obrazlar  bilan  bog’liqlik  ular  emosional      kayfiyatini    (lirika,       
bardamlik,    tantanavorlik    va boshqalar).

Pedagog bolalarda  aktiv  faoliyatni  vujudga  keltirish  uchun obrazli va 
she’riy so’z orqali ashula, o’yin, eshitish  uchun  pyesa  syujetini yoritadi, bolada  
paydo  bo’ladigan  hayolni qo’zg’aydi, obrazlarni chaqiradi, uni syujet asosida  
fikrlash  harakati   musiqa asarini  programmasiga  jalb  qiladi.              
Shunday  yo’nalishdan  keyin  musiqani  idrok  etish  bolada  emosional  tushunarli 
bo’ladi.

So’z orqali natijani ifodalash va asarga baho berish  musiqa  rahbarining mohir  
rahbarligi   ostida  asta – sekin badiiy – musiqaviy  didni  paydo qiladi.

Shunday kilib, badiiy-musiqaviy did quyidagi jarayonda  shakillanadi:

1. Musiqa asarini to’laligicha idrok etish.

2. Uning ma’nosini tushunib olish.

3. Agar o’rinli bo’lsa, bajarish.               
Amaliyotda u namoyon bo’ladi:

1. Agar bahosida.

2. Badiiy talablarga javob beradigan asarlarni qabul qilishga  intilish.

3. Asar tanlashda idrokda badiiylikni boshdan kechirish va  asarlarni ijro etish.

  Musiqa  janrlari  qahramonlik  ruhidagi, lirik  ohangdagi, quvnoq  yumorni  va  
jo’shqin  raqsona  kuylarni  o’ta  jiloli  tovushlar  hamda boy tembri  bilan  idrok  
etishga  ko’mak  beradi.               
  Ijrosi    yaxshi  bo’lmagan,  tortinchoq    bolalar    o’z    tengdoshlarining   
ijrosini  ko’rib  ruhan  tetiklashadilar  va  faollashadilar, ularga  ergashadilar 
  va    yaxshi    ijroga    intiladilar.  O’ziga    haddan    ziyod    bino    qo’ygan   
bolalarga    ijrosi    sust    bo’lgan    o’rtoqlariga    yordam    berishni    taklif    qilib, 
ularni    kamtarinlikka  o’rgatish    hamda    ularning    qobiliyatlarini   
rivojlantirish  kerak.

Musiqa    mashg’ulotlari    bolalarning    umumiy    madaniyatiga    ham   
ta’sir  qilmay  qolmaydi. Har  xil  faoliyatlar  bilan  shug’ullanish 

(musiqa  tinglash, qo’shiq  aytish, musiqiy – ritmik  harakatlar  bajarish, 
bolalar  musiqiy  cholg’ularida  ijro  etish) bolalardan  diqqatni, 
uyushqoqlikni, zukkolikni  talab  qiladi .              
Bu  faoliyatlar  davomida  bolalarda irodaviylik  shakllanib, tortinchoqlik  
yo’qola  boradi. Shu  tarzda  musiqiy  faoliyatlar  bolalar  shaxsining  
ma’naviy – madaniy  sifatlarini  shakllantirish  uchun  kerakli  bo’lgan  shart 
– sharoitlarni ta’minlaydigan  va  ularning  umumiy  madaniy  saviyasiga  
asos  soladi.              
ETIBORINGIZ UCHUN 
RAHMAT!

Mavzu: Musiqa mashg’ulotlarida tarbiyalanuvchilar faoliyatini to’g’ri tashkil etish metodikasi Reja 1.Musiqa rahbariga qo’yiladigan asosiy talablar. 2.Musiqa bolalarning estetik idrokini shakllantiruvchi vosita sifatida.

 1 .1.Musiqa rahbariga qo’yiladigan asosiy talablar.  Musiqiy faoliyat turlari. Tinglash, kuylash, musiqiy ritmik harakatlarni bajarish, cholg’u asboblar bilan tanishtirish va ularga jo’r bo’lish, musiqiy didaktik o’yinlardan foydalanish. Mashg’ulotning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari va ularning davlat ta’lim standartlari va kompetensiyalar bilan bog’liqligini ko’rish mumkin.  O’quv maqsadi: Tinglovchilarni musiqiyta’limning mohiyati va musiqa rahbariga qo’yiladigan asosiy talablar bilan tanishtirish. Musiqiy ta’lim orqali bolalarning estetik idrokini shakllantirish yo’llari bilan tanishtirish. Musiqiy ta’limga bo’lgan ehtiyojlar va ushbu ta’lim shaklining afzallik jihatlari, bolalarni jismonan sog’lom bo’lib o’sishlarida jismoniy tarbiyaning o’rni haqida ma’lumotlar berish.

 Musiqa rahbariga qo’yiladigan asosiy talablar: Zamonaviypedagogikata’lim tizimining maqsadi, yangi toifaga mansub bo’lgan musiqa rahbarining umumiy va kasb kamolotiga erishishdan iborat. Har qanday pedagoglik kasbi murakkab va serqirra jarayondir, shuning uchun bu kasb qaysi sohaga tegishli bo’lmasin, musiqa rahbari oldiga ko’pgina talablarni qo’yadi. Ta’lim – tarbiyaning barcha sohalarining maqsadi barkamol shaxs tarbiyasidir. Lekin bu borada MTMgacha ta’lim muassasalaridagi estetik turkumga kiruvchi fanlar – musiqa, tasviriy san’at, adabiyot va ularning o’zaro aloqadorligi asosiy rolni o’ynaydi.

 Jumladan, MTMgacha ta’lim muassasalaridagi «musiqa» mashg’ulotlarini o’tishda, musiqa rahbarlari ham maxsus bilimlar, ko’nikma – malakalar, pedagogik qobiliyat hamda pedagogik mahoratga ega bo’lmoqlari lozim. Ma’lumki, «musiqa» mashg’ulotlari beshta musiqiy jarayonni o’z ichiga oladi.  1. Qo’shiq va ashulla kuylash.  2. Musika savodi.  3. Musi q a tin g lash.  4. Musikaga mos xarakatlarni bajarish.  5. Bolalar chol g’ u asboblarida jur b o’ lishdan iborat.

Mana shu jarayon bir – biri bilan uzviy bog’langan holda o’tilishi maqsadga muvofiqdir. Bolalarda yuqori natijalarga erishish uchun musiqa rahbari musiqiy bilimlarni: garmoniya, polifoniya, solfedjio, musiqa nazariyasi, musiqa tarixi, musiqa adabiyoti, musiqiy asar tahlili va yana birorta musiqiy asbobni chalishni bilishi zarurdir. Lekin yuqorida aytilgan bilimlarni egallashning o’zi yetarli emas.