logo

Tafakkur borasida umumiy tasavvurlar

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

482.91796875 KB
•
Mavzu:Tafakkur borasida umumiy tasavvurlar
                           Reja
1. Tafakkur borasidagi psixologik nazaryalar  
2. Tafakkur haqida tushuncha.
3. Tafakkur sifatlari va turlari                      
Ekzistensializmning  asoschisi  bo’lmish  nemis 
faylasufi  Martin  Xaydeger     (1889-1978)  tushunish 
uchun  o’z  diqqatimizni  qarata  olsakkina  biz  fikrlashga 
o’rganamiz-deb  yozadi.  Uning  fikricha,  narsa  va 
voqealarning  mohiyatini  tushunish,  anglab  yetish,  inson 
fikrlash  jarayonida  muhim  o’rin  egallaydi.  Tushunishni 
talab  qiladigan  narsa  insonni  fikrlashga  undaydi. 
Tushunishni  talab  qiladigan  narsa  hech  qachon  biz 
tomonimizdan yaratilmaydi. 
Xaydegerning  fikricha,  tafakkur  mavjudligining 
asosiy xislati bu tasavvurdir. Tafakkur haqidagi ta'limotga 
asosan  tasavvur  fikrda  ifoda  etiladi.  Shuning  uchun  ham 
tafakkur haqidagi ta'limotni logika, mantiq deb ataydi .                                K.R.Megrelidzening   ta'kidlashicha,  insondagi  biror  bir  ruhiy 
hodisa  ijtimoiy  omilni  hisobga  olmasdan  turib,  to’g’ri  tushuntirilishi 
mumkin  emas.  Bu  narsa  birinchi  navbatda  tafakkurga  taalluqlidir. 
Tafakkurning  ijtimoiy  hayotning  boshqa  ko’rinishlarisiz  o’rganish 
mumkin emas. 
Inson  tafakkurining  usullari  nerv  tizimida  ham,  miyasida  ham 
emas,  balki  bir  davrda  mana  shunday  idrok  etishga,  o’ylashga, 
ishlashga, boshqa bir davrda esa nerv faoliyatini boshqacha ishlashga 
yo’llaydigan ijtimoiy sharoitdadir.
Insonlar fikrlari va qarashlari individual tartibda emas, 
ijtimoiy munosabatlar tufayli sodir bo’ladi. Bu haqda K.R.Megrelidze 
shunday yozadi: inson tafakkuri tabiiy va biologik qonunlar bo’yicha 
emas, balki ijtimoiy - tarixiy qonuniyatlar yo’lida harakatlanadi .                   
          Tafakkurning  funksiyasi  miya  faoliyati 
jarayonida kechadigan sub'ektiv psixologik 
jarayonlar bilangina chegaralanmaydi: 
Birinchidan ,  ongning  sub'ektiv 
holatinigina  ifodalamasdan,  balki  ob'ektga 
ham  tegishli  bo’ladi  va  narsalar 
munosabatini ifodalaydi. 
Ikkinchidan,   yangi  fikrning 
vujudga  kelishi  bilan  bilish  jarayoni 
tugallanmaydi,  balki  faqatgina  boshlanadi. 
Bu bilishning boshlang’ich bosqichi bo’lib, 
g’oyaning  sub'ektiv  holatidir,  endi  fikrni 
amalga oshirish bosqichi boshlanadi.
Uchinchidan ,  alohida  individning 
fikri ijtimoiy yetilgan fikrlarning xususiy 
ko’rinishidir.                      Akademik  A.I.Berg  shunday deb yozadi "inson faqat tashqi 
dunyo bilan to’xtovsiz muloqot qilishi sharoitidagina uzoq vaqt 
fikrlashi mumkin. Tashqi dunyodan to’liq informasion ajralish 
bu aqldan ozishning boshlanishidir. Informasion undovchi 
tafakkurning tashqi dunyo bilan aloqasi insonga oziq-ovqatdek, 
issiqlikdek zarur". Psixologiya fani taraqqiyotida nemis 
psixologiya maktabi muhim o’rinlardan birini egallaydi va 
asrimizning boshlarida Germaniyada Vyursburg psixologiya 
maktabi deb nomlangan yangi yo’nalishga ega bo’lgan 
psixologik oqim paydo bo’ldi. Mazkur yo’nalishning yirik 
vakillari sifatida  O.Kyulpe  (1862-1915),  K. Byuller  (1879-
1922),  A.Messer  (1837-1937),  Ax Narsis  (1871-1946) va 
boshqalarni sanab o’tish lozim. Ular tomonidan olib borilgan 
eksperimental tadqiqotlar tafakkur muammosining rivojiga 
ma'lum darajada hissa qo’sha oldi .                  Tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak 
shaklidir .  Tafakkur orqali biz sezgi a ' zolarimiz 
bilan bevosita aks ettirib bo ’ lmaydigan narsa va 
hodisalarni ongimizda aks ettiramiz .  Umuman 
olganda tashqi muhitdagi narsa va hodisalar 
o ’ rtasida ko ’ z bilan ko ’ rib ,  quloq bilan eshitib 
bo ’ lmaydigan ichki munosabatlar hamda 
qonuniyatlar mavjud .  Ana shu ichki bog ’ lanish 
hamda qonuniyatlarni biz tafakkur orqali bilib 
olamiz .  Demak, tafakkur deb narsa va hodisalar 
o’rtasidagi eng muhim bog’lanishlar va 
munosabatlarning ongimizda aks ettirilishiga 
aytiladi                 Aynan  tafakur  orqali  biz  moddiy  olamdagi  narsa  va  hodisalarning 
mohiyatini  bilish  imkoniga  ega  bo’lamiz.  Shu  bois  dunyoni  bilishda 
bevosita  sezish,  idrok,  tasavvur  va  bavosita  tafakkur  muhim  rol 
o’ynaydi. 
Tafakkur  tushunchasining  mazmun  mohiyati  psixologiya 
darsliklarida  olimlar  tomonidan  turlicha  talqin  qilinadi.  Jumladan, 
umumiy psixologiya darsliklarida tafakkurga berilgan ta'riflar turlicha 
bo’lib  uning  ikkita  yoki  uchta  muhim  xususiyati  ta'kidlab  o’tiladi, 
xolos.  Jumladan,  P.I.Ivanovning  darsligida  "tafakkur  insonning 
shunday  aqliy  faoliyatidirki,  bu  faoliyat  voqelikni  eng  aniq,  to’liq, 
chuqur  va  umumlashtirib  aks  ettirishga  (bilishga),  insonni  taqin  ham 
oqilona  amaliy  faoliyat  bilan  shug’ullanishiga  imkon  beradi”  deb 
ta’riflanadi.                     M.V.Gamezo  tomonidan 
"tafakkur voqelikning umumlashgan 
holda va so’z hamda o’tmish tajriba 
vositalarida aks ettirilishi" ekanligi 
bayon qiladi. U tafakkurning 
umumlashgan so’z vositasida va 
vositali atrof- muhit hodisalarini aks 
ettira olishni ta'kidlaydi.
A.V.Petrovskiy  tahriri ostidagi 
darslikda tafakkurga quyidagicha ta'rif 
keltiriladi: "Tafakkur - ijtimoiy 
sababiy, nutq bilan chambarchas 
bog’liq muhim bir yangilik qidirish va 
ochishdan iborat psixik jarayondir, 
boshqacha qilib aytganda, tafakkur 
voqelikni analiz va sintez qilish, uni 
bavosita va  umumlashtirib  aks ettirish 
jarayonidir".                    
Keltirilgan  ta'riflar  orasida  O.K.Tixomirovning   darsligidagi 
ta'rif  nisbatan  to’liqroq  deb  hisoblanadi.  Unda  tafakkur  predmetiga 
kiruvchi  tarkibiy  qismlar  mana  bunday  ifodalanadi:  "Tafakkur  -  bu 
o’z  mahsuloti  bilan  voqelikni  umumlashtirib,  bavosita  aks  ettirishni 
xarakterlaydigan  umumlashtirish  darajasi  va  foydalanadigan 
vositalarga  hamda  o’sha  umumlashmalar  yangiligiga  bog’liq 
ravishda turlarga ajratishdan iborat jarayon, bilish faoliyatidir".
Hozirgi vaqtda tafakkurning predmeti yuzasidan 
psixologiyada turli-tuman qarash va ta'riflar mavjuddir. Ularning 
ayrimlariga tavsifnoma berib o’tamiz.  S.L.Rubinshteyn  
nazariyasiga binoan tafakkurni psixologik jihatdan o’rganishning 
asosiy predmet, jarayon, faoliyat tariqasida namoyon bo’lishidir.                             P.Ya.Galperin   fikriga  ko’ra,  tafakkur  -bu 
orientirlash-tadqiqot  faoliyati,  orientirovka  jarayondir, 
ya'ni  orientirovka-jarayon,  orientirovka  faoliyat.  Muallif 
psixologiya  fani  intellektual  masalalarni  yechishda 
sub'ektning  tafakkuriga  orientirovka  qilish  jarayonini 
o’rganishga  asoslanadi  deb  tushuntiradi.  P.Ya.Galperin 
tafakkurning boshqa jihatlarini o’zining aqliy harakatlarni 
bosqichma-bosqich  shakllantirish  nazariyasidan  kelib 
chiqqan  holda  yoritishga  intiladi.  A.V.Brushlinskiy  
tadqiqotlarida  tafakkurning  muhim  yangilikni  qidirish  va 
ochish, gipoteza va nazariyalarni bashorat qilish, oldindan 
payqash xususiyatlari alohida ta'kidlab o’tiladi.                             Muayyan  ijtimoiy  muhitda  turmush  kechirayotgan  odamlarning 
ehtiyojlari  xatti-harakat  motivlari  narsalarga  qiziqishlar,  intilishlar, 
mayllar,  aqliy  qobiliyatlari,  hatto  faoliyatlari  ham  turli  tumandir.  Xuddi 
ana  shu  boisdan  ularning  tafakkuri  ham  har  xil  holatlarda  vaziyatlarda 
turlicha tarzda vujudga keladi, namoyon bo’ladi. 
Psixologiya  fanida  tafakkur  turlari  topshiriq  xususiyatiga,  fikr 
yoyiqligiga,  fikrning  originallik  darajasiga  qarab,  quyidagicha  shartli 
klassifikasiya qilinadi.
Professor  E.G’.G’ozievning  "Umumiy  psixologiya"  darsligida 
tafakkur turlari quyidagicha klassifikasiya qilinadi:                 `
          A.V.Petrovskiy  muharrirligida  chop  etilgan,  "Umumiy 
psixologiya"  darsligida  tafakkurni  quyidagi  turlari  ajratib 
ko’rsatiladi:  ko’rgazmali-harakat,  ko’rgazmli-obrazli,  mavhum 
nazariy tafakur turlari va boshqalar. 
Ko’rgazmali-harakat  tafakkur  turi.  Tarixiy  taraqqiyot 
davomida  odamlar  o’z  oldilarida  turgan  maqsadlarni  dastlab 
amaliy  faoliyat  nuqtai  nazaridan  yechganlar,  keyinchlik  unda 
nazariy  faoliyat  ajralib  chiqqan.  amaliy  va  nazariy  faoliyat 
chambarchas bir-biri bog’langandir.                  Ko’rgazmali-obrazli   tafakkur   turi ham psixologik adabiyotlarda 
turlicha talqin qilinadi. "Psixologik lug’at"da ta'riflanishicha u konkret 
tafakkurning bevosita idrok qilinayotgan narsa va hodisalar haqida 
fikrlashdan iborat bo’lgan turi. Professor E.G’oziev fikricha, bevosita 
idrok qilinayotgan predmetlar emas, balki faqat tasavvur qilinayotgan 
narsa va hodisalar haqida fikrlashdan iborat tafakkur turi ko’rgazmali-
obrazli tafakkur deb ataladi. V.Karimova tomonidan ko’rgazmali-
obrazli tafakkur esa ko’rgan kechirgan narsalar va hodisalarning aniq 
obrazlari ko’z oldimizda gavdalangan chog’da ularning mohiyatini 
umumlashtirilib bilvosita aks ettirishimizdir, deb talqin qilinadi .                  Ko’rgazmali-obrazli tafakkur sodda shaklda ko’pincha boqcha 
yoshidagi bolalarda, ya'ni 4-7 yoshgacha bo’lgan bolalarda 
paydo bo’ladi. Bu yoshdagi bolalarda tafakkurning amaliy 
harakatlar bilan alohasi avvalgidek to’g’ri va bevosita 
bo’lmaydi. Bog’cha yoshidagi bolalar faqat ko’rgazmali 
obrazlar bilan fikr yuritadilar va uncha tushunchaga ega 
bo’lmaydilar. Bog’cha yoshidagi bolalarda tushunchalarning 
yo’qligi shveysariyalik psixolog J.Piajening quyidagi 
tajribasida juda yaqqol namoyon bo’ladi. 7 yoshga yaqin 
bolalarga xamirdan qilingan mutlaqo bir xil, hajmi jihatidan 
teng 2 ta soqqa ko’rsatiladi.                 Foydalanilgan adabiyotlar
1. Nishonova Z.T Mustaqil ijodiy fikrlash T; "Fan" 2003 y
2. Turg ’ unov Q .  Psixologiya terminlarining ruscha - o ’ zbekcha izohli lug ’ ati T ; 
" O ’ qituvchi "  nashriyoti  1975  y
3. Umumiy psixologiya  ( A . V . Petrovskiy tahriri ostida )  T ; " O ’ qituvchi " 1992
4. Psixologiya qisqacha izohli lug ’ at T -1998  y
5. Karimova V.M. Psixologiya T-2002 y
                  E’tiboringiz uchun rahmat!

• Mavzu:Tafakkur borasida umumiy tasavvurlar Reja 1. Tafakkur borasidagi psixologik nazaryalar 2. Tafakkur haqida tushuncha. 3. Tafakkur sifatlari va turlari

Ekzistensializmning asoschisi bo’lmish nemis faylasufi Martin Xaydeger (1889-1978) tushunish uchun o’z diqqatimizni qarata olsakkina biz fikrlashga o’rganamiz-deb yozadi. Uning fikricha, narsa va voqealarning mohiyatini tushunish, anglab yetish, inson fikrlash jarayonida muhim o’rin egallaydi. Tushunishni talab qiladigan narsa insonni fikrlashga undaydi. Tushunishni talab qiladigan narsa hech qachon biz tomonimizdan yaratilmaydi. Xaydegerning fikricha, tafakkur mavjudligining asosiy xislati bu tasavvurdir. Tafakkur haqidagi ta'limotga asosan tasavvur fikrda ifoda etiladi. Shuning uchun ham tafakkur haqidagi ta'limotni logika, mantiq deb ataydi .

K.R.Megrelidzening ta'kidlashicha, insondagi biror bir ruhiy hodisa ijtimoiy omilni hisobga olmasdan turib, to’g’ri tushuntirilishi mumkin emas. Bu narsa birinchi navbatda tafakkurga taalluqlidir. Tafakkurning ijtimoiy hayotning boshqa ko’rinishlarisiz o’rganish mumkin emas. Inson tafakkurining usullari nerv tizimida ham, miyasida ham emas, balki bir davrda mana shunday idrok etishga, o’ylashga, ishlashga, boshqa bir davrda esa nerv faoliyatini boshqacha ishlashga yo’llaydigan ijtimoiy sharoitdadir. Insonlar fikrlari va qarashlari individual tartibda emas, ijtimoiy munosabatlar tufayli sodir bo’ladi. Bu haqda K.R.Megrelidze shunday yozadi: inson tafakkuri tabiiy va biologik qonunlar bo’yicha emas, balki ijtimoiy - tarixiy qonuniyatlar yo’lida harakatlanadi .

Tafakkurning funksiyasi miya faoliyati jarayonida kechadigan sub'ektiv psixologik jarayonlar bilangina chegaralanmaydi: Birinchidan , ongning sub'ektiv holatinigina ifodalamasdan, balki ob'ektga ham tegishli bo’ladi va narsalar munosabatini ifodalaydi. Ikkinchidan, yangi fikrning vujudga kelishi bilan bilish jarayoni tugallanmaydi, balki faqatgina boshlanadi. Bu bilishning boshlang’ich bosqichi bo’lib, g’oyaning sub'ektiv holatidir, endi fikrni amalga oshirish bosqichi boshlanadi. Uchinchidan , alohida individning fikri ijtimoiy yetilgan fikrlarning xususiy ko’rinishidir.

Akademik A.I.Berg shunday deb yozadi "inson faqat tashqi dunyo bilan to’xtovsiz muloqot qilishi sharoitidagina uzoq vaqt fikrlashi mumkin. Tashqi dunyodan to’liq informasion ajralish bu aqldan ozishning boshlanishidir. Informasion undovchi tafakkurning tashqi dunyo bilan aloqasi insonga oziq-ovqatdek, issiqlikdek zarur". Psixologiya fani taraqqiyotida nemis psixologiya maktabi muhim o’rinlardan birini egallaydi va asrimizning boshlarida Germaniyada Vyursburg psixologiya maktabi deb nomlangan yangi yo’nalishga ega bo’lgan psixologik oqim paydo bo’ldi. Mazkur yo’nalishning yirik vakillari sifatida O.Kyulpe (1862-1915), K. Byuller (1879- 1922), A.Messer (1837-1937), Ax Narsis (1871-1946) va boshqalarni sanab o’tish lozim. Ular tomonidan olib borilgan eksperimental tadqiqotlar tafakkur muammosining rivojiga ma'lum darajada hissa qo’sha oldi .