logo

Tarix o’qitishning ko’rsatmali metodlari

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

196.3818359375 KB
TARIX  
O’QITISHN IN G 
KO’RSATMA LI 
METODLARI                   Tarix o’qit ishning k o’rsat mali met odlari 
Ko’rsatmalilik deganda, avvalo o’qitish va 
tarixiy bilimlarning o’rganishning ko’rsatmali 
usuli, o’qituvchi bayoninng manbai va uni 
ko’rsatmali bo’lishi, uning o’quvchilardagi 
aniq, tayyor obrazlarga suyana bilishi, o’quv 
vositasi materialini bayon qilish vaqtida 
ko’rsatmali qurollardan foydalanish va 
ko’rsatmali qurollar vositasida o’quvchilarning 
bilish faoliyatini faollashtirish hamda ularning 
o’rganilayotgan tarixiy faktlarni, voqea va 
hodisalarni aynan o’zini yoki ularning 
tasvirlarini ko’rish yordamida o’rganishlari 
tushuniladi.     Tarixiy hujjatlar va badiiy 
adabiyotlardan 
foydalanish o’qituvchi 
bayonini obrazli qilib 
aniqlashtirsa,
ko’rsatmali qurollar 
vositasida o’quvchilarda 
o’tmish to’g’risida yorqin 
va aniq tasavvur hosil 
bo’ladi, 
o’quvchilarning eshitish 
faoliyatiga ko’rish va 
sezish organlarining 
faoliyati ham qo’shiladi. SHu bilan ularning bilimi 
yanada chuqurlashadi, 
mustahkamlanadi.     SHuningdek, bezaklardan foydalanmay turib, o’rganilayotgan 
davrning manzarasini ham to’la, aniq va chuqur tasavvur qilib 
bo’lmaydi.O’qituvchining bayoni har qancha to’liq bo’lganda ham 
o’quvchilarning voqealar to’g’risidagi tasavvurlari to’la bo’lmaydi.Avvalo ko’rsatmali qurol o’quvchilarning bilim olishida muhim manba 
bo’lib xizmat qiladi. Tarix o’qitishning ko’rsatmali bo’lishining ta’limiy va tarbiyaviy 
ahamiyati ham katta.      Ko’rsatmali qurollar 
o’quvchilarning tarixiy 
tasavvurlariga aniqlik 
kiritish va bu 
tasavvurlarni 
aniqlashtirishga yordam 
beradi. 
Ko’rsatmali tasvirlar 
tarixiy fakt va 
hodisalarning tashqi 
ko’rinishinigina emas, 
balki ularning ichki 
mohiyatini ham ochib 
beradi. Ko’rsatmali qurollar 
o’quvchilarning 
murakkab tarixiy hodi 
salarni, tarixiy 
tushunchalarning 
ma’nosini osonroq 
tushunib olishlariga 
yordam beradi.         Ko’rsatmali 
qurollar 
o’quvchilarda 
tarixiy 
tushunchalarni 
shakllantirishga,  ularning nazariy 
xulosalash va 
umumlashtirishg
a, yakunlarini, 
ijtimoiy 
rivojlanishning 
ob’ektiv 
qonuniyatlarini, 
o’zaro aloqalarni 
yaxshiroq 
tushunib 
olishlariga 
yordam beradi,  shuningdek, 
o’quvchilarni 
estetik jihatdan 
tarbiyalashning 
muhim vositasi 
bo’lib ham xizmat 
qiladi.     SHu tariqa, ko’rsatmalilikning 
ahamiyati tarixiy faktlarni, 
hodisalarni ko’rish organlari 
ishtirokida mushohada etish 
va ular haqida aniq tasavvur 
hosil qilish bilan 
chegaralanmaydi, murakkab tarixiy hodisalarni, 
tushunchalarni tushunib 
olishni ham yengillashtiradi, 
tarixni haqqoniy tushunishga 
yordam beradi.     SHUNDAY QILIB, KO’RSATMALILIK 
METODI:
1) tarixiy bilimlarning 
asosiy manbalaridan biri 
bo’lib xizmat qiladi; 2) o’quv materialining 
ta’lim-tarbiya vazifalarini 
muvaf f a q iyatli amalga 
oshirishga yordam 
beradi; 3)  o’qituvchi bayonining 
aniq , obrazli va 
ta’sirchan  bo’lishi g a 
yordam beradi;
4)  o’quvchilarning o’quv  
materialini    o’rganishga 
  qizi q ishini  o shiradi va 
ularning bilish faoliyatini 
faoll ashtiradi; 5) o’qituvchining 
bayonini va uning 
darsda  qo’ llangan 
bosh qa o’quv  usullarini 
o’quvchilarning tushunib 
olishini yengillashtiradi; 6) o’quvchilarning 
fikrlash faoliyatini va 
ijodiy  q obiliyatini 
o’ stiradi;
7) o’quvchilar bilimining 
aniq , chu q ur va 
musta hk am bo’lishiga 
yordam beradi.     KO’RSATMALI QUROLLAR KLASSIFIKATSIYASI.
va foydalanish usullariga qarab quyidagi turlarga 
bo’linadi:ularni tayyorlash texnikasi tarixiy obrazlarning xarakteri, Ko’rsatmali qurollar o’zining mazmuni,          1.  Predmet ko’rsatmalilik - 
tarixiy yodgorliklar, esdalik 
joylari, me’moriy 
yodgorliklari xo’jalikka doir 
va boshqa qurilishlar, 
mehnat qurollari, qurol-
yarog’lar, ro’zg’or 
buyumlari, shu jumladan 
arxeologik topilmalar. 2. Tasviriy ko’rsatmalar - 
o’qitishda foydalanish 
uchun ishlangan tarixiy 
suratlar va albomlar, san’at 
asarlari, portretlar, rasmlar, 
fotohujjatlar va 
fotonushalar, darsliklardagi 
bezaklar, o’quv 
diapozitivlari, diafilmlar va 
kinofilmlar, maketlar, 
mulyajlar, har xil modellar 
va boshqalar. 3. SHartli ko’rsatmali 
q urollar  - t arixiy va kontur 
xaritalar, tarixiy atlaslar, 
sxemalar, grafika, 
diagramma va 
kartogrammalar, 
applikatsiyalar va 
pedagogik rasmlar.     PREDMET KO’RSATMALILIK

Predmet ko’rsatmalilik  ta’limda alohida a h amiyat kasb etadi. Fizika, 
ximiya yoki botanika o’qituvchilari  o’ rganilayotgan  m a vzu ni 
o’quvchilarga formula, shakl va boshqalarda ko’rsatib tushuntirsalar 
tarix o’qituvchisi unday imkoniyatdan ma h rumdir. Tarix o’qituvchisi 
o’quvchilarga ibtidoiy odamlar hayoti va faoliyatining aynan o’zini 
ko’rsatib berolmaydi, faqat gapirib beradi, ko’rsatsa  faqat  ibtidoiy 
kishi ishlatgan  q urollarni, yashagan joylarini, yoki aytayli k 
feodallarning o’zaro urushlarini emas, urushda ishlatilgan qurollarni 
va bosh q a ba’zi buyumlarni, lekin har holda kishilarning  o’ tmishidan 
qolgan bu yodgorliklar tarixiy vo q ealar t o’g’ risida real tasavvur 
qilishga so’zsiz yordam beradi. O’quvchilar oradan bir necha asrlar, 
x atto necha-necha ming yillar  o’ tib ketgan zamonlardagi voqealar 
t o’g’ risida ma’lumot beruvchi  haq iqiy buyum va narsalarni juda 
qiziqish va hayajon bilan  o’ rganadilar. SHuning uchun ham o’rta  
ta’lim va o’rta maxsus ta’lim  tizimida tarixiy  o’ tmishni o’rganishning 
asosiy manbalaridan biri bo’lgan bu yodgorliklarni t o’ plash va 
ulardan foydalanishga juda katta e’tibor beriladi.      TASVIRIY KO’RSATMALI
Tasviriy ko’rsatmali  q urollar o’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’lim  
tizimida  tajribasida  k o’ p roq qo’ llaniladi. Tasviriy ko’rsatmalar 
bir necha xil b o’ ladi:
a)  o’ tmishdan qolgan haqiqiy asl nusxa hujjatlar asosida 
yaratilgan tasviriy ko’rsatmalar , h ujjatli fotosuratlar va  h ujjatli 
kinofilmlar, predmet yodgorliklarining tasvirlari, mehnat 
qurollari, madaniy yodgorliklarning tasvirlari va  boshqalar.
b) ilmiy jihatdan asoslab qayta tiklangan me’moriy va boshqa 
yodgorliklar tasviri, ro’zg’or buyumlari yoki ular ning tasviri;
v) rassomning ijodiy faoliyati bilan qilingan tasviriy 
ko’rsatmalar; tarixiy san’at asarlari, darslikda berilgan 
illyustratsiyalar, maketlar, modellar va boshqalar.         KO’RSATMALI QUROLLARNI TANLASH VA ULARDAN 
FOYDALANISHDA O’QITUVCHI QUYIDAGILARNI 
E’TIBORGA OLISHI LOZIM:
1. O’quvchilarning yoshi, 
bilimi va malakalari o’sib 
borgan sa ri ularning 
predmet va tasviriy 
ko’rsatmalarga qiziqishi 
ortib boradi.  Masalan, 5-6-sinf 
o’quvchilarini ko’proq 
o’tmishdagi voqea va 
hodisalarning yaxlit 
manzaralari tasvirlangan 
kartinalar, maketlar va 
modellar qiziqtiradi. 
Yuqori sinflardagi 
o’quvchilarni esa predmet 
yodgorliklarining aynan o’zi 
va shartli ko’rsatmalar 
qiziqtiradi.     2. Har bir dars uchun tanlangan ko’rsatmali qurol mazmuni, g’oyaviyligi, 
ilmiyligi jihatidan talabga javob beradigan bo’lishi, sinf o’quvchilariga mos 
bo’lishi, soni ko’paytirib yuborilmasligi lozim. Agarda ko’rsatmali qurollar 
ko’payib ketsa, o’qituvchi va o’quvchilar shu qurollar bilan ovora bo’lib qolib, 
o’quvchilarning dars materialini o’zlashtirishlariga halaqit berishi mumkin. 
Darsda eng muhim 2—3 ta ko’rsatmali qurolni taxlil qilish va o’rganish 
kifoya.
3. O’quvchilarning ko’rsatmali kurollarni ongli ravishda puxta o’zlashtirib 
olishlariga erishish kerak. Buning uchun masalan, o’qituvchi “Poltava 
jangi”ning chizmasini tushuntirishdan oldin, o’quvchilarni Karl XII ning 
Rossiyaga yurishi, Ukraina hududida olib borilgan janglar bilan tanishtiradi. 
So’ngra jang chizmasini devorga ilib qo’yadi va uni bo’limlarga bo’lib 
o’quvchilarga har bir bo’limni alohida tushuntirib beradi.
4. Ko’rsatmali qurollar o’qituvchining bayoni jarayonida ko’rsatib boriladi.     KO’ RSATMALI QUROLLAR DAN 
FOYDALANISHNING METODIK USULLARI .
Tarix o’qitishda qo’llaniladigan — 
tasviriy ko’rsatmali vositalar ichida 
o’quv suratlari muhim o’rin tutadi. 
Suratlar o’rganilayotgan voqealar va 
hodisalar haqida o’quvchilarda yorqin 
tasavvur hosil bo’lishiga yordam 
beradi. Tarixiy mavzularga 
bag’ishlangan suratlar mazmuni va 
xarakteriga qarab quyidagi turlarga 
bo’linadi:      
1.  Voqelik suratlari. 
Ularda muhim voqealar, 
ijtimoiy hayotdagi 
noyob faktlar, harbiy 
harakatlar yoritiladi. 
Masalan, bu suratlar 
o’qituvchidan voqeani 
yorqin hikoya qilib 
berishni, voqeaning 
rivojlanishi va undagi 
dramatizmni ochib 
berishni talab etadi. 
SHundagina kartina 
o’quvchilarga ahloqiy va 
g’oyaviy  ta’sir etishi 
mumkin. 
2. O’ rganilayotgan davr 
uchun tipik bo’lgan 
voqealarni aks ettiruvchi 
suratlar.  Masalan, 
«Qadimgi Gretsiyada 
qul savdosi». Suratning 
bu turi katta bir 
voqeani yoki uning bir 
ko’rinishini o’rganish 
bilan bog’liq bo’lgan 
hamma savollarga 
javob bera di. Ular 
ustida o’quvchilarning 
faol mustaqil ishlarini 
tashkil etish xam 
mumkin.     3.  Qadimgi shaharlar, qurilishlar, me’moriy 
yodgorliklari yoki ularning ansambli tasvirlangan 
tarixiy suratlar.  Masa lan,  “Q adimgi dunyo tarixi ” 
darsligida berilgan «Afina Akropo	
 li» va 
boshqalar. Kartinalarning bu t u rini o’qituvchi 
o’quvchilarga mufassal tasvirlab tushun	
 tirib 
beradi. Masalan, o’quvchilarni Akropolga xayolan 
ekskursiya qildirish.
4.  Tarixiy portretlar.  Ular ustida o’quvchilar 
mustaqil ish olib boradigan b o’ lsa, ular tarixiy 
shaxslarning hayoti va faoliyatini  og’zaki  yoki 
yozma ravishda hikoya qilib beradi.

TARIX O’QITISHN IN G KO’RSATMA LI METODLARI

Tarix o’qit ishning k o’rsat mali met odlari Ko’rsatmalilik deganda, avvalo o’qitish va tarixiy bilimlarning o’rganishning ko’rsatmali usuli, o’qituvchi bayoninng manbai va uni ko’rsatmali bo’lishi, uning o’quvchilardagi aniq, tayyor obrazlarga suyana bilishi, o’quv vositasi materialini bayon qilish vaqtida ko’rsatmali qurollardan foydalanish va ko’rsatmali qurollar vositasida o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish hamda ularning o’rganilayotgan tarixiy faktlarni, voqea va hodisalarni aynan o’zini yoki ularning tasvirlarini ko’rish yordamida o’rganishlari tushuniladi.

Tarixiy hujjatlar va badiiy adabiyotlardan foydalanish o’qituvchi bayonini obrazli qilib aniqlashtirsa, ko’rsatmali qurollar vositasida o’quvchilarda o’tmish to’g’risida yorqin va aniq tasavvur hosil bo’ladi, o’quvchilarning eshitish faoliyatiga ko’rish va sezish organlarining faoliyati ham qo’shiladi. SHu bilan ularning bilimi yanada chuqurlashadi, mustahkamlanadi.

SHuningdek, bezaklardan foydalanmay turib, o’rganilayotgan davrning manzarasini ham to’la, aniq va chuqur tasavvur qilib bo’lmaydi.O’qituvchining bayoni har qancha to’liq bo’lganda ham o’quvchilarning voqealar to’g’risidagi tasavvurlari to’la bo’lmaydi.Avvalo ko’rsatmali qurol o’quvchilarning bilim olishida muhim manba bo’lib xizmat qiladi. Tarix o’qitishning ko’rsatmali bo’lishining ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati ham katta.

Ko’rsatmali qurollar o’quvchilarning tarixiy tasavvurlariga aniqlik kiritish va bu tasavvurlarni aniqlashtirishga yordam beradi. Ko’rsatmali tasvirlar tarixiy fakt va hodisalarning tashqi ko’rinishinigina emas, balki ularning ichki mohiyatini ham ochib beradi. Ko’rsatmali qurollar o’quvchilarning murakkab tarixiy hodi salarni, tarixiy tushunchalarning ma’nosini osonroq tushunib olishlariga yordam beradi.