Taxeometrik syomka
Mavzu:Taxeometrik syomka Reja: 1.Topografik syomka turlari. 2.Taxeometr haqida ma’lumot. 3.Taxeometrik syomkada bajariladigan ishlar.
Topografi k sy omk a - topografik plan yoki xarita asl nusxasini yaratishda bajariladigan ishlar. Bu ishlar joy topografik elementlarining planli oʻrnini va balandligini geodezik asos punktlariga nisbatan aniklash va ularni qogʻozda shartli belgilar bilan tasvirlashdan; aholi yashaydigan joylar, daryolar, koʻllar va boshqa nomlarini aniqlashdan, planda tasvirlanadigan joyning topografik elementlari — daryolar suvi oqimining yoʻnalishini, oʻrmon daraxtlarining turi va oʻlchamlarini va boshqalarni aniqlashdan iborat.
Hozirgi kunda Topografik sʼyomka stereotopografik, qoʻshma aerofototopografik (fotoplanda bajariladigan sʼyomka), yer usti fototopografik va menzula sʼyomkalar usullarida bajariladi. Stereotopografik va qoʻshma aerofototopografik sʼyomka eng asosiy Topografik sʼyomka usullari xisoblanadi. Yer usti fototopografik sʼyomka togʻli hududlarda mustaqil ravishda hamda aerofototopografik sʼyomka usuli bilan birga qoʻllanishi mumkin. Menzula sʼyomkasi aerofotosʼyomka materiallari boʻlmagan hollarda qoʻllanadi. Sʼyomkalar boshqa (taxeometrik sʼyomka, teodolit sʼyomka) usullarda ham bajarilishi mumkin; bunda tuziladigan topografik planlarning anikGʻshgi va mazmuni belgilangan talablarga javob bera olishi shart.
Taxomet r (yun. tachos — tezlik va ... metr)— mashina va mexanizm vallarining aylanish chastotasini (burchak tezligini) oʻlchaydigan asbob. Oʻlchash usuliga qarab, aylanishlar sonini maʼlum vaqt oraligʻida oʻlchaydigan, burchak tezlikni biror fizik kattalikka aylantiradigan va valning aylanish tezligini maʼlum tebranish chastotalariga taqqoslab oʻlchaydigan turlarga boʻlinadi. T.ning markazdan qochma, induksion, elektr, elektron va boshqa xillari bor. Markazdan qochm a T.da val aylanganda burchak tezlikka mutanosib ravishda qoʻzgʻaluvchi massalar siljiydi. Siljish qiymati richagli tizim orqali koʻrsatkichga uzatiladi. Induksion T.da aylanuvchi doimiy magnit oʻlchash tizimining metall stakani (diski) da tokni induksiyalaydi.