logo

Joyda bajariladigan geodezik va topografik syomkalar

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

560.15234375 KB
Mavzu:Joyda bajariladigan geodezik va     
           topografik syomkalar.
•
                                    Reja:
•
1.Masofani õlchash usullari.
•
2.Masofani bevosita õlchash asboblari.
•
3.Geodezik va topografik syomka turlari.
•
4.Menzula syomka. •
Masofani o‘lchash usullari
Joyda  masofani  uch  usulda:  bevosita,  bilvosita  va  dalnomer 
yordamida o‘lchash mumkin.
Bevosita  o ‘lchash  usulida   masofa  o‘lchov  asbobi  bilan 
to‘g‘ridan  -   to‘g‘ri  o‘lchanib,  uzunligi  aniqlanadi.  Masofani  bu 
usulda  o‘lchash  uchun  po‘lat  lenta,  ruletka  va  invar  simdan 
foydalaniladi.  Bu  asboblar po‘lat  yoki  invar  (64%  temir va  34% 
nikel  qorishmasi)  dan  yasaladi.  Po‘latdan  yasalgan  o‘lchov 
asboblari  yordamida  masofani 
1:1000-1:25000 
aniqlikda, 
invardan  yasalgan  asboblar  yordamida  1:25000-1:1000000 
aniqlikda o'lchash mumkin.
Masofani  o‘lchash  asbobi  yordamida  to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
o‘lchamasdan uning uzunligini biror boshqa o ‘lchash natijalaridan 
foydalanib  matematik  formulalar  asosida  hisoblab  topishga 
bilvosita  (vositali)  o ‘lchash   deyiladi.  Uchburchakning  uchta 
burchagi  va  bitta  tomonini  o‘lchash  natijalaridan  foydalanib, 
qolgan ikki tomonini  sinuslar teoremasi  asosida aniqlashni bunga 
misol qilib  ko‘rsatish mumkin.  Bilvosita  o‘lchash usulida masofa 
uzunlngini  1:1000  -   1:250000  aniqlikda  hisoblab  chiqarish 
mumkin.  •
Joyda  masofani  bevosita  va  bilvosita  o‘lchash  ancha 
murakkab  ish  hisoblanadi  va  bunga  ko‘p  vaqt  ketadi.  Shuning 
uchun masofani  o‘lchashning  osonroq  yo‘lini  topish  zarur bo‘lib 
qoldi.  Dalnomer deb  ataluvchi  asbob  ixtiro  qilingandan keyin bu 
ish  birmuncha  osonlashdi,  turli  dalnomerlar,  chunonchi  optik 
dalnomer,  svetodalnomer,  radiodalnomerlar  ixtiro  qilindi  va 
o‘zlashtirildi.  Masofani  o‘lchashda  dalnomerlaming  bundan 
boshqa turlari ham ishlatiladi.  Keyingi yillarda masofani bilvosita 
o ‘lchashda  lazerdan  ham  foydalanilmoqda.  Masofa  optik 
dalnomerlar  bilan  1:200  -   1:5000  aniqlikda,  svetodalnomer  va 
radiodalnomerlar bilan 1:10000 -  1:400000 aniqlikda o‘lchanadi.
/  •
Masofani bev osit a o‘lchash asboblari
Ma’lumki,  masofani  bevosita  o‘lchash  asboblariga  po‘lat 
lenta,  ruletka,  invar  simlar  va  boshqalar  kiradi.  Topogeodezik 
ishlarda  masofani  bevosita  o‘lchashda  ko‘proq  po‘lat  lenta  va 
ruletkalardan foydalaniladi.
Po‘lat lenta uzunligi 20, 24 yoki 54  m,   qalinligi 0,3-0,5  mm  va 
eni  15-20   mm   bo'lgan  po‘lat  tasmadan  iborat.  Po‘lat  lentalar 
shtrixli (5.1-rasm,  a)  yoki shkalali (5.1-rasm,  b)  bo‘ladi.
Shtrixli  lentaning  boshlang‘ich  (0)  shtrixiga  ilgak  shaklida 
kesik qilingan, masofa o‘lchanayotganda shpilka (temir qoziqcha) 
shu  kesikka  kiritiladi.  Har  bir  po‘lat  lentaning  6  yoki  11  ta 
shpilkasi  bo‘ladi  (5.1-rasm,   v).   Lentaning  har  bir  metri 
tunukachalar  bilan,  yarim  metrli  bo‘laklari  chegalar  bilan, 
desimetrlari  esa  teshikchalar  bilan  belgilangan.  Lentaning  ikki 
uchida dastasi bor.  Lentannng ikkala tomoni chiziqchalar bilan 20 
teng qismga bo‘linib,  0  dan 20  gacha raqamlar bilan ko‘rsatilgan. 
Uning  bir  tomonidagi  raqamlar  to‘g‘ri  io‘nalishda,  ikkinchi 
tomonidagi  raqamlar  esa  unga  qarama-qarshi  yo‘nalishda 
yozilgan.   •
Shkalali  lentaning  ikkala  uchida  mdllimetrlarga 
bo‘lingan  shkalasi  bor.  Shkalali  lenta  masofani  aniqroq 
o‘lchashda ishlatiladi.
Po‘lat  lentani  olib  yurish  oson  bo‘lishi  uchun  u  temir  xalqa 
ustiga o‘ralib, qisqichlar bilan qisib mahkamlanadi (5.1- rasm, g).
1951-yilda   Д,   A.  Lukerin  xloreip  izolyatsiyalangan,  yetti 
qavatli  telefon  simidan  tayyorlangan  masofa  o‘lchash  asbobini 
taklif etdi.  Uning  uzunligi  24,  50  va  100   m.   Bu  asbobdan  po‘lat 
lenta o‘mida foydalaniladi.
Ruletka uzunligi  5,  10, 20,   50 va 100 m  keladigan tasma yoki 
po‘lat lentadan  iborat bo‘lib,  dasta yordamida  dumaloq shakldagi 
quti  ichiga  o‘raladi.  Ruletkaning  lentasi  chiziqlar  bilan  metr, 
santimetr  va  millimetrlarga  bo‘lingan.  Tasmali  ruletka  har  gal 
ishlatilganidan  so‘ng  quritilishi  kerak,  aks  holda  oMchashi 
o‘zgarishi  va  tezda  yirtilishi  mumkin.  Po‘lat  lentali  ruletka  esa 
ishlatilgandan keyin zanglamasligi uchun artib, moylab qo‘yiladi.                       Foydalanilgan   adabiyotlar
1.T.Mirzaliyev 
Kartografiya.Toshkent.1982.
2.M.Mirzaliyev. Asamov . T. Mirzaliyev 
Topografiya asoslari va 
kartografiyadan labaratoriyalar Tosh 
1990
3.T.Qõziboyev topografiya.kartografiya 
va gis tehnologiyalari 
4.https.ziyonet.uz                    E’tiboringiz uchun rahmat

Mavzu:Joyda bajariladigan geodezik va topografik syomkalar. • Reja: • 1.Masofani õlchash usullari. • 2.Masofani bevosita õlchash asboblari. • 3.Geodezik va topografik syomka turlari. • 4.Menzula syomka.

• Masofani o‘lchash usullari Joyda  masofani  uch  usulda:  bevosita,  bilvosita  va  dalnomer  yordamida o‘lchash mumkin. Bevosita  o ‘lchash  usulida   masofa  o‘lchov  asbobi  bilan  to‘g‘ridan  -   to‘g‘ri  o‘lchanib,  uzunligi  aniqlanadi.  Masofani  bu  usulda  o‘lchash  uchun  po‘lat  lenta,  ruletka  va  invar  simdan  foydalaniladi.  Bu  asboblar po‘lat  yoki  invar  (64%  temir va  34%  nikel  qorishmasi)  dan  yasaladi.  Po‘latdan  yasalgan  o‘lchov  asboblari  yordamida  masofani  1:1000-1:25000  aniqlikda,  invardan  yasalgan  asboblar  yordamida  1:25000-1:1000000  aniqlikda o'lchash mumkin. Masofani  o‘lchash  asbobi  yordamida  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  o‘lchamasdan uning uzunligini biror boshqa o ‘lchash natijalaridan  foydalanib  matematik  formulalar  asosida  hisoblab  topishga  bilvosita  (vositali)  o ‘lchash   deyiladi.  Uchburchakning  uchta  burchagi  va  bitta  tomonini  o‘lchash  natijalaridan  foydalanib,  qolgan ikki tomonini  sinuslar teoremasi  asosida aniqlashni bunga  misol qilib  ko‘rsatish mumkin.  Bilvosita  o‘lchash usulida masofa  uzunlngini  1:1000  -   1:250000  aniqlikda  hisoblab  chiqarish  mumkin.

• Joyda  masofani  bevosita  va  bilvosita  o‘lchash  ancha  murakkab  ish  hisoblanadi  va  bunga  ko‘p  vaqt  ketadi.  Shuning  uchun masofani  o‘lchashning  osonroq  yo‘lini  topish  zarur bo‘lib  qoldi.  Dalnomer deb  ataluvchi  asbob  ixtiro  qilingandan keyin bu  ish  birmuncha  osonlashdi,  turli  dalnomerlar,  chunonchi  optik  dalnomer,  svetodalnomer,  radiodalnomerlar  ixtiro  qilindi  va  o‘zlashtirildi.  Masofani  o‘lchashda  dalnomerlaming  bundan  boshqa turlari ham ishlatiladi.  Keyingi yillarda masofani bilvosita  o ‘lchashda  lazerdan  ham  foydalanilmoqda.  Masofa  optik  dalnomerlar  bilan  1:200  -   1:5000  aniqlikda,  svetodalnomer  va  radiodalnomerlar bilan 1:10000 -  1:400000 aniqlikda o‘lchanadi. /