TIL VA TAFAKKUR
ZARMED UNIVERSITETI TILSHUNOSLIK FANIDAN MUSTAQIL ISH MAVZU : TIL VA TAFAKKUR BIRINCHI-GURUH TALABASI ABDUSHUKUROVA PARIZODA TOMOMIDAN TAYYORLANGAN TEKSHIRUVCHI : NAFASOVA YULDUZ 6.12.20 24
TIL ALOQA VOSITASI Til deb murakkab muloqot tizimiga yoki shu tizimni o`rganish va ishlatish qobiliyatiga aytiladi. Til asosan muloqot vositasi hisoblanadi. Tilni o`rganuvchi sohaga tilshunoslik deyiladi. Jahon tillari miqdorini aniqlash uchun til va sheva orasida farq o`rnatish zarur. Shunga qaramay, tillar soni 6-7 ming orasida, deb hisoblanadi. Tabiiy til so`zlashuv yoki imo-ishora orqali tarqaladi, biroq har qanday til eshitish, ko`rish, sezish stimullari yordamida yozuv, braille yoli hushtak kabi ikkilamchi vositaga kodlanishi mumkin. Bu odam tilimodallikdan mustaqil bo`lgani uchun ilojli. Keng ma`noda til atamasi ostida biror mulooqt tizimining tayinli qoidalari majmuasi tushuniladi. Aksincha, jamiyatning iqtisodiy, siyosiy birlashish jarayonlari-hududiy parchalanish jarayonlaridan ustunlik qilgan davrlarda, laxjaviy differensiatsiya bilan bir qatorda olib borilgan.
TIL TURLARI Barcha tillar semiozisga, ya`ni belgilarni tegishli ma`nolarga bog`lash jarayonida tayanadi. Og`zaki va imo-ishora tillari ramzlari ketma-ketligini so`z yoki morfema qilib shakllantiruvchi fonologik tizim hamda so`z va morfemalar ketma-ketligidan ibora va gaplarni hosil qiluvchi sintaktik tizimni o`z ichiga oladi. Odam tili unumdorlik, rekursivlik va siljuvchanlik xususiyatlarga ega ekanligini hamda ijtimoiy kelishuv va o`rganishga butunlay asoslangani uchun unikidir. Binobarin, uning murakkab tuzulishi hayvonlar muloqotiga nisbatan juda keng ifoda va qo`llanishlar ko`lamini beradi.
TIL RIVOJLANISHI Ushbu rivojlanish miya hajmi o`sishiga mos kelgan bo`lishi mumkin. Aksariyat tilshunoslar til tuzulishini tegishli muloqot va ijtiomoiy vazifalarga xizmat qilish uchun evolutsiyalangan, deb qarashadi. Til odam miyasining turli, xususan Broca va Wernicke sohalarida ishlanadi. Odamlar tilni yosh bolalik paytidagi ijtimoiy o`zaro munosabat orqali o`zlashtiradilar va o`rtacha uch yoshga kelib ravon gapira oladilar. Til ishlatish odam madaniyatiga chuqur singgan. Binobarin, til faqatgina muloqot vositasi bo`lib qolmay, balki individuallik, ijtimoiy stratifikatsiya, parvarish va ermak kabi ijtimoiy va madaniy rollarga ham ega. Tillar vaqt o`tishi bilan o`zgaradi, ularning evolutsiyasini qadimgi tillar keyingi bosqichlar sodir bo`lishi uchun qanday belgilarga ega bo`lganini aniqlovchi va ularni zamonaviy tillarga taqqoslovchi tarixiy tilshunoslik o`rganiladi. Umumiy ajdoddan keluvchi tillar guruhiga tillar oilasi deyiladi. Bugungi kunda jahonda eng keng tarqalgan tillar, jumladan inglizcha, ispancha, ruscha va boshqalar.
IJTIMOIY NUTQ BIRLIGI Til mehnat va ijtimoiy ong bilan birgalikda bir-biriga o`zaro bog`liq bo`lgan, insonni hayvondan farqlovchi 3 ta eng muhim xossalardan birini tashkil etadi. Ushbu hossalar ichida mehnat muhim ahamiyatga ega bo`lib, u jamiyat mavjudligining moddiy asosi hisoblanadi. Tilning tafakkur , ijtimoiy ong bilan aloqasi nihoyatda uzviy, chambarchasdir. Til belgilari-so`zlar, so`z birikmalari va gaplar-moddiy shakllar bo`lib, ularda ongning ideal mahsullari-aniq tasavvurlaridan tortib eng mavhum va umumlashturuvchi tushunchalar yoki hukmlargacha obyektiv tarzda o`z aksini topadi. Shunday qilib, til nafaqat fikrni ifodalash yoki fikr almashish vositasi, balki ijtimoiy ongda fikrlarni shakllantirish va mustahkamlash vositasi ham hisoblanadi. Til-jamiyat boyligi, u jamiyat a`zolarining o`zaro aloqasini amalga oshuradi, insonning moddiy va ma`naviy turmushida ro`y beradigan barcha voqeahodisalar haqidagi bilimlarni jamlaydi va ulardan xabardor qiladi ; til ayni ma`noda asrlar mobaynida shakllanadi va mavjud bo`ladi. Tafakkur tilga qaraganda birmuncha tezroq rivojlanadi va yangilanadi.