Tilning fonemalar tizimi. Fonema nazariyasi tarixidan. Fonemalar haqida turli fonologik maktab vakillarining qarashlari





![•
Fonologik ziddiyat va uning ko`rinishlari.
•
Bunda ziddiyatlar bir o‘lchovli va ko‘p o‘lchovli, muntazam va ajralgan ziddiyatlarga
bo‘linadi. Bir o‘lchovli ziddiyatda fonemalar bir belgi asosida zidlanadi. Masalan, [i]
va [u] fonemalaridan biri lablanmagan va ikkinchisi lablangan bo‘lib, bunda ular bir
belgi - «lablangan»lik xossasiga ko‘ra qarama-qarshi turadi. Ko‘p o‘lchovli ziddiyatda
ziddiyat a’zolari birdan ortiq belgi asosida qarama-qarshi qo‘yiladi: [i], [o] ziddiyatida
[i] yopiq va lablanmagan bo‘lsa, [o] yarim yopiq, lablangandir. Muntazam ziddiyatda
zidlanuvchi a’zolar o‘zaro o‘ziga xos belgilar asosida qarama-qarshi qo‘yiladi: «[i]-tor
[o]-keng» zidlanishi muntazam zidlanishdir. Bunda [i] fonemasi «tor» lik, [o] fonemasi
«keng»lik belgisiga ega. «[i] (tor) [o] (tor emas)» zidlanishi esa muntazam emas.
Chunki birinchi a’zoda ziddiyat belgisi aniq , ikkinchi a’zoda aniq emas. Agar ikkinchi
a’zoning ziddiyatdagi belgisi «keng» bo‘lganda edi, ziddiyatni muntazam ziddiyat
deyish mumkin bo‘lur edi. Bir belgining bo‘linishlari asosida zidlanish ajralgan
zidlanish deyiladi.](/data/documents/0fee044c-2080-4fd2-9757-2fed696433b0/page_6.png)
![Quyidagi ikki zidlanishga diqqat qiling: Birinchi zidlanishda ziddiyat belgisi
bo‘lingan, ajralgan, ikkinchida esa bunday hol mavjud emas. A’zolari o‘rtasidagi
munosabatga ko‘ra ziddiyatlar tasnifi. Bunga ko‘ra, privativ (noto‘liq), gradual,
(darajali), teng qiymatli ziddiyatlar ajratiladi. Birinchi tasnifda ziddiyat belgisi
xarakteriga ko‘ra ziddiyat turlari ajratilgan bo‘lsa, ikkinchi tasnifda fonemalarning
ziddiyat a’zolariga munosabatiga ko‘ra tasnif amalga oshiriladi. Barqarorlik
darajasiga ko‘ra zidlanishlar barqaror va barqaror bo‘lmagan turlarga bo‘linadi.
Barqaror zidlanishda fonemalarning qanday nutqiy vaziyatda bo‘lishidan qat’i
nazar, ulardagi ziddiyat saqlanib qoladi. Masalan, til oldi unlisi til orqa undoshi
bilan kelgan vaziyatda til orqa undoshi sifatida namoyon bo‘ladi. Bunda [a] unlisi
bilan til orqa [u] unlisi orasidagi ziddiyat kuchsizlanadi. Barqaror bo‘lmagan
ziddiyatning neytrallashmagan holatini ta’minlovchi fonetik pozitsiya kuchli
pozitsiya deyiladi. Masalan, [b] fonemasi so‘z boshida jarangsizlashmaydi va bu
pozitsiyada uning [p] fonemasiga zidligi saqlanadi. Bu kuchli pozitsiyadir.
Neytrallanish , so‘nishga olib keluvchi pozitsiya kuchsiz pozitsiyadir.](/data/documents/0fee044c-2080-4fd2-9757-2fed696433b0/page_7.png)










Mavzu:Tilning fonemalar tizimi. Fonema nazariyasi tarixidan. Fonemalar haqida turli fonologik maktab vakillarining qarashlari Reja 1. Tilning fonemalar tizimi 2. Fonema nazariyasi tarixidan. 3. Fonemalar haqida turli fonologik maktab vakillarining qarashlari
Tilning fonologik (fonetik) sathining birligi fonema bo'lsa, fonemaning real talaffuz qilingan , quloq bilan eshitilgan ko'rinishi fon (allofon) yoki tovush hisoblanadi. Kundalik hayotingizda har xil tovushlarni eshitasiz: mashinalar signali, hayvonlarning qichqirig'i, parrandalarning sayrashi , suvning shildirashi va boshqalar. Havo to'lqinlari orqali qulog'imiz bilan eshitiladigan barcha hodi-salarga tovush deymiz. Inson tomonidan talaffuz qilinadigan tovushlar ham ana shunday tovushlar sirasiga kiradi. Har qanday tovush ma'lum tashqi ta'sir yordamida havo oqimining tebranishi natijasida hosil boiadi. Masalan, ip yoki simni tarang tortib, uni qo'lingiz bilan chertsangiz havoni tebratadi va tovush chiqadi. Tovushlar tabiiy va inson tovushlariga bo'linadi. Tabiatdagi insondan tashqarida paydo bo'lgan barcha tovushlar tabiiy tovushlar sanaladi
• Tabiiy tovushlardan inson tovushlarining farqi shundaki, u inson nutq a'zolari harakati yordamida ma'lum maqsad-da ketma-ket talaffuz qilinadi. Bu esa har qanday nutq tovushining uch tomoni mavjud ekaniigidan dalolat beradi. Birinchidan, nutq tovushlari insonning nutq a'zolari harakati natijasida maydonga keladi. Nutq tovushlarining bu tomoni uning talaffuz (fiziologik) belgisi hisoblanadi va u fiziologiya fani bilan uzviy bog'liqlikda o'rganiladi. Nutq apparati o'pka, bo'g'iz, tovush paychalari , og'iz bo'shlig'i, tanglay, til, lab, burun, tish kabi a'zolarni o'z ichiga oladi. • Ikkinchidan, har qanday tovush havoning tebranishi natijasida hosil bo'ladi. Shuning uchun ularning hammasi ma'lum sifat belgisiga: balandlik, kuch (yoki tezlik), miqdor (yoki uzunlik) va tembr belgilariga ega bo'ladi. Tovushlarning bu tomoni akustik tomon deyiladi va u fizika fani bilan aloqada o'rganiladi.
• Uchinchidan, nutq tovushlari ma'lum maqsadda talaf fuz etiladi. Tovushlarning ketma-ket talaffuz qilinishidan ma'lum axborot uzatiladi. Demak, tovushlar ma'noli birliklar tarkibida ularni moddiy tomondan shakllantirish va ma'nosini bir-biridan farqlash vazifasini bajaradi. Masalan, soli bilan sholi so'zlari birinchi tovushlari bilan, sot bilan soch so'zlari oxirgi tovushlari bilan , sot bilan sut so'zlari o'rtasidagi tovushlari bilan farqlanadi. • Tovushlarning bunday belgilari vazifaviy belgisi sanaladi va u faqat inson tovushlarigagi na xos belgi hisoblanadi.