logo

Toshkent viloyati

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

4883.5625 KB
Toshkent viloyati   Sanoati
•
Iqtisodiyotning ko‘plab tarmoqlarida xomashyo tayyorlashdan 
tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha barcha bosqichlar 
viloyatning o‘zida kechadi.
•
Sanoatning asosiy tarmoqlari: elektroenergetika, qora va rangli 
metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, qurilish materiallari, yengil 
(paxta tozalash), oziq-ovqat. Metallurgiya majmuasi
•
Metallurgiya majmuasi  ham rivojlangan. Ishlab chiqarish 
aloqalari hamda geografik joylashuviga muvofiq Toshkent-
Chirchiq, Toshkent-Yangiyo‘l, Angren-Olmaliq sanoat rayonlari 
vujudga kelgan. Angren-Olmaliq sanoat rayonida mamlakat 
rangli metallurgiya sanoati mahsulotining asosiy qismi 
tayyorlanadi. Mis rudasi tarkibida molibden, oltin va kumush 
ham uchraydi. Bu yerda Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati 
ishlab turibdi.  Rangli metallurgiya
•
Rangli metallurgiyaning ikkinchi markazi Chirchiqdir. Shaharda 
qiyin eriydigan va o‘tga chidamli qotishmalar kombinati bor. 
Kombinatning ishlab chiqarish jarayoni Ingichka, Qo‘ytosh hamda 
Olmaliq ruda konlari bilan bog‘liq. Kombinat 100 xildan ortiq 
mahsulot ishlab chiqarmoqda.
•
Bekobod shahridagi O‘zbekiston metallurgiya zavodi qora 
metallurgiyaning yirik korxonasi. Xomashyo o‘rnida temir-
tersakdan foydalaniladi.  •
Mashinasozlik majmuasi  dastlab agrosanoat majmuyi ehtiyoji 
negizida vujudga kelgan. Hozirda mashinasozlik agrosanoat 
majmuyiga xizmat ko‘rsatishdan tashqari, ko‘plab turdagi murakkab 
mashinalar ham ishlab chiqarmoqda. Rayonda ishlab chiqarilayotgan 
turli xil uskunalar va asboblar shular jumlasidandir.
•
Qurilish materiallari sanoati  viloyatda qurilish ko‘lamining kattaligi 
va xilma-xil xomashyo negizida rivoj topdi. Bekobod, Angren va 
Ohangaronda sement, G‘azalkentda oyna va marmar, shuningdek, 
Ohangaronda shifer ishlab chiqarilmoqda. Sanoatning jadal yuksalishi 
o‘z navbatida ekologik vaziyatning yomonlashuviga sabab bo‘lmoqda. •
Qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari:  paxtachilik, donchilik, 
sabzavotchilik, bog‘dorchilik, go‘sht-sut chorvachiligi.
•
Qishloq xo‘jaligi  ko‘p tarmoqli bo‘lib, sabzavot va meva yetishtirish- da 
boshqa viloyatlardan oldinda turadi. Yangiyo‘l, Qibray, Bo‘stonliq, 
Parkent, Ohangaron, Toshkent va Zangiota tumanlari poytaxtga tutash 
yaxlit mintaqani tashkil etib, asosan, sabzavot va meva yetishtirishga 
ixtisoslashgan. Ularda minglab gektar issiqxonalar tashkil etilgan.
•
Sug‘oriladigan yerlarda paxtadan tashqari, kanop va sholi ham 
yetishtiriladi. Umuman, viloyat qishloq xo‘jaligi intensiv yo‘ldan 
rivojlanmoqda. Sanoat tugunlari atrofida sut-go‘sht yetishtiradigan 
chorvachilik majmualari, parrandachilik rivoj topmoqda, sun’iy suv 
havzalarida baliq ko‘paytirilmoqda. Paxta yetishtirishga uyg‘un tarzda 
ipak qurti boqiladi.  •
Viloyatda  ijtimoiy soha  ham yaxshi 
yo‘lga qo‘yilgan. Toshkent atrofida 
«Qibray» va «Toshkent mineral 
suvi» oromgohlari joylashgan. 
Bo‘stonliq tumanining Chorvoq, 
Chimyon hamda Parkent tumanining 
Kumushkon hududlarida dam olish 
maskanlari keng tarqalgan.  •
Toshkent viloyatidagi sanoat markazlarining aksariyati bevosita poytaxt 
bilan uzviy aloqadorlikda faoliyat ko‘rsatadi. Sanoat markazlari ixtisos 
bo‘yicha bir-biridan farqlanuvchi alohida mintaqalarda to‘plangan. Bular: 
Toshkent-Chirchiq, Toshkent-Yangiyo‘l va Angren-Olmaliq sanoat 
rayonlaridir. Toshkent-Chirchiq va Toshkent-Yangiyo‘l sanoat rayonlarining 
o‘zagi Toshkent shahri bo‘lib, uning tarkibiga Chirchiq, Yangiyo‘l sanoat 
tugunlari hamda G‘azalkent, Pskent, Nurafshon, Chinoz, Keles kabi kichik 
va o‘rta shaharlar kiradi. Angren-Olmaliq sanoat rayonining o‘zagini esa 
Olmaliq va Angren sanoat tugunlari tashkil etadi. Unga Ohangaron, 
Yangiobod kabi shaharlar ham kiradi. Bekobod sanoat tuguni bu ikkala 
sanoat rayonidan biroz chekkada, viloyatning janubida joylashgan. Shaharlari
•
Toshkentdan 30 km shimoli sharqda kimyogarlar va mashinasozlar shahri 
Chirchiq joylashgan. Shahardagi o‘tga chidamli va qattiq qotishmalar 
zavodi metallurgiya majmuasining muhim korxonasidir. Chirchiqdan 
yuqorida yosh G‘azalkent shahri bor. U kurort shaharga aylanmoqda.
•
Toshkentdan 30 km janubi g‘arbda sanoat tuguni - Yangiyo‘l joylashgan. 
Shahar qadimgi qishloq (Qovunchi) o‘rnida shakllanib, yengil va oziq-
ovqat sanoatiga ixtisoslashdi. Sanoat korxonalari ichida paxta tozalash, 
moy, sovun, sut, vino va konserva zavodlari, go‘sht kombinati ajralib 
turadi Angren
•
Angren  - viloyatning muhim sanoat tuguni. Angren temiryo‘l hamda 
avtomobil yo‘li orqali Toshkent bilan bog‘langan. Shahar 1940-
yillarda ko‘mir qazib olishga bog‘liq holda sanoat punkti sifatida 
paydo bo‘lgan. Endilikda Angren shahri konchilik sanoatiga aloqador 
bir qancha korxonalarni birlashtirgan sanoat tuguniga aylandi. Shahar 
sanoatida IES alohida o‘rin tutadi.  Olmaliq
•
Viloyatning ikkinchi sanoat tuguni -  Olmaliq . Bu shahar 
1951-yilda rangli metall ruda koni negizida sanoat punkti 
sifatida shakllandi. Shahar sanoatida to‘liq siklli rangli 
metallurgiya kombinati katta ahamiyatga ega. Kombinat 
chiqindisi (oltingugurt gazi)dan ammofos zavodida mineral 
o‘g‘it ishlab chiqariladi.  Ohangaron
•
Ohangaron  sanoat markazi Olmaliqqa yaqin 
yerda joylashgan. Ohanga- ronda ulkan sement 
zavodi bor. Angren kabi Ohangaron shahri ham 
ko‘mir qatlamlari ustidaligi ma'lum bo‘lgach, 
shaharning dastlabki o‘rnidan 15 km narida vodiy 
bo‘ylab «Katta Ohangaron» shahri barpo etilgan.  Bekobod
•
Viloyatning janubida  Bekobod  shahri joylashgan. Shahar 
metallurgiya zavodi hamda Farhod GES qurilishi jarayonida 
vujudga kelgan. Endilikda sement, paxta tozalash va g‘isht 
zavodlari, go‘sht kombinati, tosh-shag‘al karyeri ham mavjud. Bu 
korxonalarning ishlab chiqarish jarayoni o‘zaro bog‘liq. Shahar 
shamol kuchli esadigan yerda joylashgan. Shu bois, shaharni 
shamoldan saqlovchi ihota daraxtzorlari barpo qilingan.    Nurafshon
•
Nurafshon  (sobiq To‘ytepa) - 2017-yildan boshlab Toshkent 
viloyatining ma’muriy markazi. Unga qadar viloyatning ma’muriy 
markazi Toshkent shahri hisoblanardi. Nurafshon shahri kelajakda 
O‘zbekistondagi birinchi «Aqlli shahar» bo‘ladi, unda ma’muriy binolar, 
zamonaviy va qulay turar joylar, biznes markazlari, mehmonxonalar, 
sport majmualari, ko‘p tarmoqli shifoxona bunyod etiladi. Toshkent va 
Nurafshonni tezyurar avtomobil yo‘li bog‘laydi.

Toshkent viloyati

Sanoati • Iqtisodiyotning ko‘plab tarmoqlarida xomashyo tayyorlashdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha barcha bosqichlar viloyatning o‘zida kechadi. • Sanoatning asosiy tarmoqlari: elektroenergetika, qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, qurilish materiallari, yengil (paxta tozalash), oziq-ovqat.

Metallurgiya majmuasi • Metallurgiya majmuasi ham rivojlangan. Ishlab chiqarish aloqalari hamda geografik joylashuviga muvofiq Toshkent- Chirchiq, Toshkent-Yangiyo‘l, Angren-Olmaliq sanoat rayonlari vujudga kelgan. Angren-Olmaliq sanoat rayonida mamlakat rangli metallurgiya sanoati mahsulotining asosiy qismi tayyorlanadi. Mis rudasi tarkibida molibden, oltin va kumush ham uchraydi. Bu yerda Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati ishlab turibdi.

Rangli metallurgiya • Rangli metallurgiyaning ikkinchi markazi Chirchiqdir. Shaharda qiyin eriydigan va o‘tga chidamli qotishmalar kombinati bor. Kombinatning ishlab chiqarish jarayoni Ingichka, Qo‘ytosh hamda Olmaliq ruda konlari bilan bog‘liq. Kombinat 100 xildan ortiq mahsulot ishlab chiqarmoqda. • Bekobod shahridagi O‘zbekiston metallurgiya zavodi qora metallurgiyaning yirik korxonasi. Xomashyo o‘rnida temir- tersakdan foydalaniladi.