Toshkent shahri
Toshkent shahri
• Toshkent - O‘zbekistonning poytaxti, Markaziy Osiyodagi eng yirik siyosiy-iqtisodiy va madaniy markaz bo‘lib, unda 2,5 mln ga yaqin aholi yashaydi. Bugun Toshkent nafaqat strategik xalqaro mavqega ega bo‘lgan siyosiy markaz, balki Markaziy Osiyoning yirik transport tugunidagi muhim iqtisodiy megapolisdir.
• O‘zbekiston Prezidentining qarorgohi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, xorijiy elchixonalar, BMT va uning tarkibidagi xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari Toshkentda joylashgan. Shahar sharqona tafakkur bo‘yicha qayta qurilmoqda. • Toshkent shahri mamlakat iqtisоdiyotining turli sohalarida yеtakchi o‘ringa ega. Xususan, respublikada ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning eng katta qismi poytaxt hissasiga to‘g‘ri keladi.