logo

Toshkent iqtisodiy rayoni

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

4371.8505859375 KB
Toshkent iqtisodiy rayoni  Iqtisodiy geografik o‘rni va tabiiy 
boyliklari
•
Toshkent iqtisodiy rayoni ma’muriy jihatdan Toshkent shahri va 
Toshkent viloyatidan iborat. Bu rayonning ikki tomoni Farg‘ona va 
Mirzacho‘l iqtisodiy rayonlari bilan tutashgan, qolgan tomonlari 
Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlatlari bilan 
chegaralangan. Geografik o‘rnidagi qulaylik tufayli Toshkent 1930-
yildan beri O‘zbekistonning poytaxti maqomida kelmoqda. 
Toshkent viloyati qishloq tumanlarining deyarli yarmining  
(Yangiyo‘l, Qibray, Bo‘stonliq, Parkent, O‘rta Chirchiq, Toshkent 
va Zangiota tumanlari) xo‘jaligi ixtisoslashuvi va ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishida poytaxtning ta’siri muhim hisoblanadi. Zero, yirik 
shahar bilan tutash tumanlarda iqtisodiy-ijtimoiy o‘zgarishlar jadal 
kechadi. Buni shahar atrof tumanlari misolida yaqqol kuzatish.   •
Iqtisodiy rayon hududi relyefning xilma-xil shakllaridan iborat. Bu sanoat 
uchun ham, qishloq xo‘jaligi uchun ham katta imkoniyatlar yaratadi. 
Rayonning Chirchiq va Ohangaron vodiylari Sirdaryoga qadar 100-150 km 
dan ortiq masofada pasayib borishi sababli sun’iy sug‘orish uchun g‘oyat 
qulay. Chirchiq va Ohangaron daryolari tog‘lardagi yog‘in (500-700 mm)dan 
to‘yinib, dalalarni sug‘orishdan tashqari, elektr energiya olishda ham muhim 
rol o‘ynaydi. Iqtisodiy rayon toza ichimlik suvi bilan yaxshi ta'minlangan. 
Suvdan yanada samarali foydalanish maqsadida Chirchiq daryosining yuqori 
oqimida sig‘imi 2,0 mlrd kub m bo‘lgan Chorvoq suv ombori barpo etilgan. 
Shuningdek, Ohangaron daryosining yuqori oqimida Ohangaron, o‘rta 
oqimida esa Tuyabo‘g‘iz suv ombori («Toshkent dengizi») qurilgan.  •
Qazilma boyliklarning xilma-xilligi jihatidan bironta rayon Toshkent 
iqtisodiy rayoniga tenglasha olmaydi. Angren ko‘mir havzasi 
mamlakatda eng yirik ko‘mir koni hisoblanadi (ko‘mir zaxirasi 
miqdorini eslang). Ko‘mir qatlamlari yer yuziga yaqin joylashgan 
bo‘lib, qatlamlar orasida aluminiy, sement va keramika olishda 
ishlatiladigan gilmoya ko‘plab uchraydi (atlasdan foydalanib, qaziIma 
konlarini aniqlang). Iqtisodiy rayonda neft bilan tabiiy gazgina yo‘q. 
Zarur bo‘lgan neft mahsulotlari temiryo‘l hamda avtomobil 
transportida, gaz esa quvurda keltirilmoqda (ularning qayerdan 
keltirilishini atlasdan aniqlang). Aholisi
•
Mamlakatimiz aholisining deyarli 1/5 qismi shu rayonda yashamoqda. 
Rayonda shahar aholisining salmog‘i Toshkent shahri aholisini 
qo‘shmaganda 50 foizga boradi. Umumiy aholi sonidagi mehnatga 
yaroqlilar salmog‘i bo‘yicha iqtisodiy rayon birinchi o‘rinda turadi. 
Shuningdek, mehnatga yaroqli aholi ma’lumot darajasining yuqoriligi 
bilan ham ajralib turadi. Bular azaldan oliy o‘quv yurtlari, Fanlar 
akademiyasi, uning ko‘p sonli ilmiy tadqiqot institutlari Toshkent 
(poytaxt)da joylashgani sharofatidir. Bundan tashqari, ilm va malakatalab 
korxona va idoralarning ko‘pligi ham asosiy omillardan biri hisoblanadi.   Xo‘jaligi
•
XX asr boshida Toshkent iqtisodiy rayoni taraqqiyot jihatidan 
Farg‘ona vodiysidan keyinda turardi. Rayonda xilma-xil foydali 
qazilma konlari topilishi natijasida konchilik sanoati vujudga kelib, 
og‘ir sanoatning jadal yuksalishiga imkoniyat tug‘ildi. Sanoatining 
rivojlanganligi jihatidan rayon respublikada birinchi o‘ringa chiqib 
oldi.
•
Endilikda iqtisodiy rayon xo‘jaligi ko‘p tarmoqli bo‘lib, unda 
O‘zbekistondagi sanoat tarmog‘ining deyarli barchasi mavjud. Yalpi 
sanoat mahsulotining 2/3 qismi og‘ir sanoatga to‘g‘ri keladi. Yengil va 
oziq-ovqat sanoatlari ham rivojlangan.  Toshkent iqtisodiy rayonining 
rivojlanishiga asosiy sabablar
•
Toshkent iqtisodiy rayonining rivojlanishiga asosiy sabablar:  a) 
rayonning qulay iqtisodiy geografik o‘rni; b) respublika poytaxti 
Toshkentning shu rayondaligi; d) foydalanish qulay bo‘lgan 
gidroquvvat mavjudligi; e) xilma-xil foydali qazilmalar topilib, 
ulardan foydalanishning yo‘lga qo‘yilishi; f) Ikkinchi jahon urushi 
yillarida sobiq Ittifoqning g‘arbiy rayonlaridan O‘zbekistonga 
ko‘chirib keltirilgan korxonalarning yarmidan ko‘pi Toshkent 
viloyatiga joylashtirilgani; g)chetdan malakali mutaxassislar ko‘plab 
jalb etilgani va boshqalar.  Yoqilg‘i-energetika majmuasi
•
Yoqilg‘i-energetika majmuasi  ancha qudratli. Uning negizini 
elektroenergetika sanoati tashkil etadi. Mamlakatda ishlab 
chiqariladigan elektr energiyaning deyarli yarmi shu rayonda hosil 
qilinadi. Bu ko‘rsatkichni rayondagi uchta qudratli IES hamda 
Chirchiq-Bo‘zsuv gidroenergetika kaskadi ta'minlaydi. Toshkent IES 
to‘la, Angren IES qisman gaz bilan, Yangi Angren IES esa mahalliy 
ko‘mir bilan ishlaydi.  Tashqi iqtisodiy faoliyati
•
Rayon 100 dan ortiq uzoq va yaqin xorij mamlakatlari bilan savdo 
aloqalari olib boradi. Xorijga paxta, ipak, paxtachilik uchun zarur 
mashina va uskunalar, to‘qimachilik mashinalari, kabel, ekskavatorlar, 
ko‘tarma kranlar, elektr energiya, qorako‘l terilari, rangli metall 
konsentratlari, ip va ipak gazlamalar, kanop va kanop mahsulotlari 
hamda meva jo‘natiladi. Rayon ehtiyoji uchun yog‘och, neft 
mahsulotlari, tabiiy gaz, turli xil sanoat mahsulotlari, mashina 
qismlari, keng iste’mol mollari keltiriladi. Ichki iqtisodiy aloqalarda 
avtomobil va qisman temiryo‘l transportidan foydalaniladi.  Transporti
•
1930-1940-yillardan rayonda avtomobil yo‘llari vujudga keldi, asfalt 
va tosh yo‘llar qurildi. Katta O‘zbek trakti (700 km) Toshkentni 
Termiz bilan bog‘laydi. Toshkent-Angren-Qo‘qon tog‘ yo‘li qayta 
qurilib, jahon talablari darajasidagi xalqaro yo‘lga aylantirildi. 
Toshkent-Chinoz-Guliston avtotrassasi mamlakatda birinchi darajali 
yo‘l hisoblanadi. Toshkent-Angren, Toshkent-Chorvoq hamda 
Mirzacho‘lni kesib o‘tgan Toshkent-Sirdaryo-Jizzax temiryo’llarining 
ahamiyati katta.

Toshkent iqtisodiy rayoni

Iqtisodiy geografik o‘rni va tabiiy boyliklari • Toshkent iqtisodiy rayoni ma’muriy jihatdan Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan iborat. Bu rayonning ikki tomoni Farg‘ona va Mirzacho‘l iqtisodiy rayonlari bilan tutashgan, qolgan tomonlari Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlatlari bilan chegaralangan. Geografik o‘rnidagi qulaylik tufayli Toshkent 1930- yildan beri O‘zbekistonning poytaxti maqomida kelmoqda. Toshkent viloyati qishloq tumanlarining deyarli yarmining (Yangiyo‘l, Qibray, Bo‘stonliq, Parkent, O‘rta Chirchiq, Toshkent va Zangiota tumanlari) xo‘jaligi ixtisoslashuvi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida poytaxtning ta’siri muhim hisoblanadi. Zero, yirik shahar bilan tutash tumanlarda iqtisodiy-ijtimoiy o‘zgarishlar jadal kechadi. Buni shahar atrof tumanlari misolida yaqqol kuzatish.