Zarafshon iqtisodiy rayoni
Zarafshon iqtisodiy rayoni
Iqtisodiy geografik o‘rni va tabiiy boyliklari • Bu iqtisodiy rayon Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlari hududidan iborat. Maydonining kattaligi jihatidan Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonidan keyinda turadi .
• Maydonining asosiy qismi tekislik (Qizilqum cho‘li)dan iborat. U qorako‘lchilik uchun ahamiyatlidir. Tekislik markazida Tomditog‘ (eng baland cho‘qqisi 922 m), Bo‘kantog‘, Ovminzatog‘, Quljuqtog‘ qad ko‘tarib turadi. Tekislikning sharqida Nurota, Oqtog‘, Qoratog‘larning g‘arbiy qismi joylashgan. Bular ham iqtisodiyotda muayyan ahamiyat kasb etadi. Zarafshon vodiysining quyi qismlari obikor dehqonchilik uchun qulay.
• Iqtisodiy rayon iqlimi keskin kontinental, yozi issiq va quruq. O‘simlik o‘sadigan davr haroratining yig‘indisi shimolda 3000°C ni, janubda esa 5000°C ni tashkil etadi. Yog‘in nihoyatda kam, yillik yog‘in miqdori 100-300 mm xolos. Qor qoplami yupqaligi yaylov chorvachiligiga qo‘l keladi. Cho‘lda yerosti suvlaridan chorvachilikda, kichikroq joylarda esa sabzavot yetishtirishda foydalaniladi. Tez-tez garmsel shamoli xuruj qilib, o‘simliklarni qovjiratib ketadi.