logo

Turkiy tillar tarixiy qiyosiy grammatikasi

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

132.138671875 KB
“ Turkiy tillar tarixiy 
qiyosiy grammatikasi”
(mustaqil ta’lim)                   Mavzu: “Muhokamatul-lug’atayin”dagi 
ma`nodosh va shakldosh so’zlar. 
                                 Reja: 
  1. “Muhokamatul-lug’atayin” asarida 100 ta fe’l haqida
 2. “Muhokamatul-lug’atayin”da ma`nodosh  so’zlar
  3.   Navoiyning “Muhokamatul-lug’atayin” asarida 
shakldosh so’zlar
                     
“ MUHOKAMAT UL-LUGʻATAYN" ("Ikki til muhokamasi", 1499) — Alisher 
Navoiyning tilshunoslikka oid asarlaridan biri. 
Navoiy  "Ikki til muhomamasi" (Muhokamat ul-Lug'atayn)asarida oʻzbek 
tilining  boyligini, qudratini, oʻsha zamonning adabiy tillari qatoridan oʻrin 
olishga qodir va haqli ekanligini ilmiy tomondan isbotladi. Asarda oʻzbek 
(turkiy) va fors tillari unli tovushlar, leksika va morfologiya doirasida oʻzaro 
qiyoslanadi. Dastlab har ikki tildagi unlilar qiyoslanganda, shoir fors tilida 
unlilar soni cheklanganligi, oʻzbek tilida esa unlilar bir qancha maʼno 
farq,lovchi variantlarga ega ekanligi va ular uzaro uzunqisqaligi bilan ajralib 
turishini dalillar orqali koʻrsatib bergan.
Alisher Navoiy oʻzbek va fors tillari leksikasini qiyoslash uchun tabi-at 
manzaralari, uy-roʻzgʻor buyumlari, ov jarayoni, hayvon va qushlarning turlari 
kabi juda koʻp sohaga oid yuzlab soʻzlarni keltirib, bu soʻzlarning mukrbalasi 
forschada yoʻkligini, forslar koʻpincha oʻsha oʻzbekcha soʻzlarning oʻzini 
ishlatishlarini taʼkidlab, oʻzbek tilining boy imkoniyatlarini har tomonlama 
koʻrsatgan. Mana shunday fikrlaridan ayrimlari: "...xoʻblarning koʻz va qoshlari 
orasinki, qabogʻ derlar, forsiyda bu uzvning oti yoʻqtur..".                                      Alisher Navoiy soʻzlarning koʻp maʼnoliligi, 
sinonimlar jihatidan ham oʻzbek tilining 
imkoniyati kengligini, ularning sheʼriyatda 
turli nozik maʼnolarni ifodalashdagi 
ahamiyatini (ot, it, tush, yon, yoq, bor, 
sogʻin, tuz, koʻk kabi soʻzlar talqinida) 
koʻrsatadi. Navoiy grammatik jihatdan 
ham oʻzbek tili fors tiliga nisbatan baʼzi 
imkoniyatlarga ega ekanligini tahlil etadi.                    Navoiy asarda bir suyuqlikni ichish harakatini 
ko’rsatuvchi  ichmoq  fe‘li bor. Navoiy bu fe‘lning 
sipqarmoq, tomshimoq  kabi sinonimlardan ham 
foydalangan: 
Soqiyo, tut bodakim, bir lahza o’zimdin boray,
 Shart bukim, har necha tutsang labo-lab  sipqaray .
 Soqiy, chu ichib, menga tutar qush, 
Tomshiy-tomsh iy oni qilay no’sh.                   A.Navoiy o’zbek tilining boy sinonimlaridan o’z 
asarlarida ustalik bilan foydalangan. O’zbek 
tilida turli ma‘no nozikliklarini ifodalovchi 
sinonimik fe‘llardan 100tasi «Muhokamatul 
lug’atayn»da ham eslatib o’tadi: «Bu 100 
lafzdurki, g’arib maqosid tayin qilibdurlarki, 
hech qaysi uchun sort tilida lafz 
yasamaydurlar». A.Navoiy o’zi keltirgan 100 
fe‘lning har biri o’zbek tilida o’z sinonimlariga 
ega ekanligini ta‘kidlaydi .                    Ma‘lumki, «Muhokamat-ul lug’atayn» ning hamma 
nashrlarida shoir tomonidan 100 ta deb 
keltirilgan fe‘llarning soni 98 yoki 99 tadir, - deb 
yozadi tilshunos S.Umarov. 100 ta fe‘l ichidagi 1, 
3, 5, 8, 13, 15, 38, 35, 36, 47, 48, 50, 51, 55, 61, 
62, 63, 73, 64, 76, 77, 78, 79, 80, 81, 83, 85, 88, 
90, 91, 94, 95, 96  raqamlaridagi fe‘l ma‘nolari 
Fitrat tomonidan qayd etilgan.                    S.Umarov ushbu 100 taa fe’lni quyidagicha izohlaydi:  Quvarmoq- 
turlicha tusda ko’rimoq, quruqshamaq, usharmak-itarmak, ilgari 
tomon otmoq, kekkaymoq, o’daymak-to’g’rilanmoq, to’g’ri 
kelmak, chekirmak, xumsaymoq-achchig’idan qovoq solib 
o’tirmoq, umunmoq-umidvor bo’lmoq, usanmoq, igirmak, 
egarmak-ergashmoq, o’xranmoq, toriqmoq-achchig’lanmoq, 
aldamoq-, yo’ldan urmoq, ag’darmoq-allamoq, ishanmak-
inochmoq, inglanmak, aylanmoq-sayr qilmoq, orikmak-xafa 
bo’lmoq, igranmoq, ovunmoq-o’zini tinchitmoq, istamoq-zo’r 
berib undamoq, qiynamoq-ozor bermoq, qo’zg’almoq-o’rnidan 
siljimoq, sovrilmoq-shamolda tozalanmoq, chayqalmoq-tebranmoq                   Evdashmoq, kimsamoq-qimirlamoq, qizg’anmoq-rashk qilmoq, nikamak, 
siylanmoq-hurmat qilinmoq, tanlamoq-saralamoq, qimirdamoq-
qimirlamoq, sirpmak, sirmamak-qopmoq, kanorgamak-otini aravaga 
qo’shmoq, sig’riqmoq- sig’inmoq-sajda qilmoq, qilimoq, yalinmoq-
yolvormoq,  munglamoq, indamak-sukut saqlamoq,  tergamak-
tekshirmoq, tevramak- keng’aymoq, shig’aldamoq-, singramak-sekin 
yig’lamoq, yashqamoq-yashirmoq, ko’zning yoshdan to’lmog’i, isqarmoq, 
ko’ngramakk-g’azablanib, o’zicha gapirmoq, suxranmoq-o’zicha 
gapirmoq, siypamoq-silamoq, qoralamoq-orqasidan bormoq, surkanmoq-
surkalmoq, kuymanmak-bahona qilish, ingranmak-fig’on qilmoq, 
to’shalmak, mung’aymoq-ma‘yuslanmoq, tanchqamoq, tanchqolmoq, 
ko’ruksamak-ko’rmakni istash, tushurg’anmoq-qiynalmoq, g’umsamoq-
azob chekmoq, kirkinmak-sovuqdan Engil yo qo’rquvdan sekingina 
titramak, sukadamak, bo’smuq                   burmak-yo’nalishini o’zgartirmoq, turmak-yashamoq, tomshimoq-
oz-oz ichmoq, qahamoq, sipqormoq-oxirigacha ichmoq, 
chicharkamak, murkanmak-quymoq, o’rtanmak-qiynalmoq, 
sig’g’urmoq, gurpaklashmak-engillashmoq, cho’prutmoq-
yopishtirmoq, yirg’amoq-kayf-safo g’ilmoq, bichimoq, 
kingzanmoq, singurmak, kundalakmak-yumaloq qilmoq, 
ko’mo’rmak-tish bilan uzib Emak, bikirmak-bekitmak, 
ko’ngurdamak-qarimoq, bo’shashmoq, kinarkamak-otini aravaga 
qo’shmoq, kezarmak, do’ptulmoq-tepilmak, chidamoq-bardosh 
bermoq, tuzmak-sabr qilmoq, qazg’anmoq-foydalanmoq, 
qichig’lamoq, gangiramak, yodamoq-kuchsiz,holsiz qolmoq, 
qadamoq-iztirobdan qutulg’ondan dam olmoq, chiqanmoq-oyoq 
osti bo’lmoq, ko’ndirmak-rozi qilmoq, so’ndirmak, so’qlatmoq, 
chimdilamak-tirnog’i bilan chimchilamoq.                   A.Navoiy asarlarida  «yig’lamoq»  so’zining  
turli ma’nolarini, xususan, 
1. yig’lamsinmoq,  2.bo’xsamoq, 
3.ingramoq,         4.singramoq, 
5.siqtamoq,         6. o’kirmak, 
7. inichkirmak,    8. hoy-hoy yig’lamoq  kabi 
sinonimlarini samarali qo’llagan. 
                     A.Navoiy yuqoridagi misollarni keltirar ekan, 
ulardagi sinonimlarning poetik ustunligini, stilistik 
bo’yoqdorligini va poeziyadagi rolini ko’rsatadi.
Masalan:    yig‘lamoq   fe’lining eng baland va doimiy 
ma’nosi qayd etiladi. Uning yonidagi  yig‘lamsinmoq 
fe’lida esa ma’noning ozayishi hisobiga yangilanishi 
aks etadi. 
Zohid ishqin desaki, qilg ay fosh,ʼ
Yig lamsinuru	
ʼ  ko ziga kelmas yosh.	ʼ                   Ingramoq  va  singramak  ham yig‘lash ma’nosini beradi. Faqat 
ularda «dard bila yashurun ohista yig‘lamoq» ma’nosi 
ustunroq. 
Istasam davr ahlidin ishqingni pinhon aylamak,
Kechalar gah ingramakdur odatim, gah  singramak .
Siqtamoq  esa «yig‘lamoqda mubolag‘adur». Turkiylarda 
«biyik un bila», ya’ni qattiq tovush chiqarib yig‘lash ham bor:                   Siqtamoq  esa «yig‘lamoqda mubolag‘adur». Turkiylarda 
«biyik un bila», ya’ni qattiq tovush chiqarib yig‘lash ham 
bor:
Ul oyki, kula-kula qirog latti meni,ʼ
Yig latti meni demayki, 	
ʼ siqtatti  meni.
Bunga  o‘kurmak  deyiladi. Adib fikrini davom ettirib 
shunday yozadi:
«Chun o‘kurmak muqobalasida forsiy tilda lafz yo‘qtur»
Ishim tog  uzra har'yon ashk selobini surmakdur.	
ʼ
Firoq oshubidin hardam bulut yanglig  	
ʼ o kurmakdur	ʼ .                   Bunan tashqari Navoiy asarda qimsanmoq va 
qizg anmoq  fe’llarini ham keltirib o’tadi va bu ʼ
so’zlar turkiy so’z ekanligini aytib o’tadi.
Uzoringni ocharg a qimsanurmen,	
ʼ
Vale el ko rmagiga 	
ʼ qizg anurmen	ʼ .                   Alisher Navoiy  “MUHOKAMAT UL-LUGʻATAYN"    asarida turkiy 
tilda qo’llaniluvchi  shakldosh so’zlarga ham bir qancha misollar 
keltirib o’tadi:   Jumladan,  ko‘k  so‘zining  osmon ,  kuy ,  kuylamoq , 
qadoq ,  sabza  –  o‘t-o‘lan  ma’nolarida  qo‘llanilishi ko‘rsatiladi . 
Biri  ko k—osmonʼ ni derlar. Yana  ko k ohang	ʼ dur. Yana  ko ktegrada 	ʼ
ko klam	
ʼ dur. Yana  ko k qadog ni 	ʼ ʼ ham derlar. Yana  ko k sabza va 	ʼ
o lang	
ʼ ni dog i derlar. Bu nav' alfoz hamki, uch	ʼ
ma'ni va to rt ma'ni va ortug roqkim, iroda qilsa bo lg ay, ko p borki, 	
ʼ ʼ ʼ ʼ ʼ
forsiy alfozda andoq yo qtur.	
ʼ                   Bundan tashqari Navoiya  tuz  so’zining ham bir 
qancha ma’nolarini aytib o’tadi:
“ Yana andoqki, tuz lafziki necha ma'ni iroda qilsa 
bo lur. Biri tuzki, o q yo nayzadek nimani derlar- ʼ ʼ
Yana — tuz hamvor dashtni derlar. Yana tuz—rost 
kishini derlar. Yana tuz—sozni tuzmakka amr 
qilmog ni, yana tuz — ikki kishi orasida muvofaqat 	
ʼ
solmog ni (derlar). Yana tuz — bir majlis asbobini 
ʼ
ham desa bo lur”.	
ʼ                   Ijodkor  tush, yon, yoq  so’zlarining ham uch 
ma’nosi borligini  alohida ta’kidlab o’tadi.
Xili so’zining to’rt manoni aks ettirishini , bular : 
“Va  xili  lafz ham topilurki, to rt ma'nisi bo lg ay, ʼ ʼ ʼ
andoqki, bor lafziki, bir ma'nisi  mavjudlug dur 	
ʼ va 
bir ma'nisi  amrdur  boruvg a va bir ma'nisi 	
ʼ yukdur 
va bir ma'nisi  samardur                   Navoiy turkey tilde bir so’z besh ma’noni aks 
ettirishini aytib, bunga “  sog’in ” so’zini 
misol qiladi: “Va andoq lafz ham
topilurki, besh ma'nisi bo lg ay: ʼ ʼ sog in 	ʼ
lafzidekki, bir ma'nisi  yod qilmoqqa  amrdur 
va biri  sutluk qo y 	
ʼ otidur va  ishq masti  va 
majnuni  va  bemori muqobalasida  sog in desa, 	
ʼ
har biriga itloq qilsa bo lur.	
ʼ                    Xulosa qilib aytganda, Alisher Navoiyning  “Muhokamatul-
lug’atayin” asari turkiy tilning bebaho xazinasi 
hisoblanadi.  Alisher Navoiy tilning ijtimoiy hodisa ekanligiga 
alohida urg‘u qaratadi. O‘zbek tilidagi ifoda 
imkoniyatlarining boyligini namoyish qiladi. Har bir so‘zdagi 
ma’no nozikliklarini
juda ishonchli tarzda, mantiqiy dalillar bilan ko‘rsatib 
beradi. U arab, fors, hindiy tillari qatorida o‘zbek tilining 
ham eng qadimiy tillardan biri ekanligini alohida ta’kidlaydi. 
Fikrlarini qiyoslash usulidan foydalangan holda bayon etadi.                    Buning uchun u fors-tojik tilini jalb etadi. Biroq 
biror o‘rinda ham u xolislikdan chekinmaydi. 
Adib turkiy tildagi yuzta fe’lni keltirib, 
ularning ma’nosini anglatadigan so‘zlarning 
fors tilida mavjud emasligini ko‘rsatadi. Yoki 
so‘z
ma’nolari orasidagi tafovutlarga alohida urg‘u 
beradi.                    Asosiy adabiyotlar:
  1. A.Navoiy.  Tanlangan asarlar. III tom. «Muhokamat-ul lug’atayn». 
O’zbekiston Davlat nashriyoti.  T. 1948 y. 171-194 betlar.
2.  Tursunov U. O’rinboev B. «A.Navoiy va o’zbek adabiy tili tarixi» 
Samarqand. 3-29 b.  
3. Tursunov U. O’rinboev B. «O’zbek adabiy tili tarixi». T.1982.
4. Tursunov U. va b. «O’zbek adabiy tili tarixi». T. 1995.
Intirnet ma’lumotlari:
1. ziyo.com
2. kh-davron.uz/kutubxona

“ Turkiy tillar tarixiy qiyosiy grammatikasi” (mustaqil ta’lim)

Mavzu: “Muhokamatul-lug’atayin”dagi ma`nodosh va shakldosh so’zlar. Reja: 1. “Muhokamatul-lug’atayin” asarida 100 ta fe’l haqida 2. “Muhokamatul-lug’atayin”da ma`nodosh so’zlar 3. Navoiyning “Muhokamatul-lug’atayin” asarida shakldosh so’zlar

 “ MUHOKAMAT UL-LUGʻATAYN" ("Ikki til muhokamasi", 1499) — Alisher Navoiyning tilshunoslikka oid asarlaridan biri. Navoiy "Ikki til muhomamasi" (Muhokamat ul-Lug'atayn)asarida oʻzbek tilining boyligini, qudratini, oʻsha zamonning adabiy tillari qatoridan oʻrin olishga qodir va haqli ekanligini ilmiy tomondan isbotladi. Asarda oʻzbek (turkiy) va fors tillari unli tovushlar, leksika va morfologiya doirasida oʻzaro qiyoslanadi. Dastlab har ikki tildagi unlilar qiyoslanganda, shoir fors tilida unlilar soni cheklanganligi, oʻzbek tilida esa unlilar bir qancha maʼno farq,lovchi variantlarga ega ekanligi va ular uzaro uzunqisqaligi bilan ajralib turishini dalillar orqali koʻrsatib bergan. Alisher Navoiy oʻzbek va fors tillari leksikasini qiyoslash uchun tabi-at manzaralari, uy-roʻzgʻor buyumlari, ov jarayoni, hayvon va qushlarning turlari kabi juda koʻp sohaga oid yuzlab soʻzlarni keltirib, bu soʻzlarning mukrbalasi forschada yoʻkligini, forslar koʻpincha oʻsha oʻzbekcha soʻzlarning oʻzini ishlatishlarini taʼkidlab, oʻzbek tilining boy imkoniyatlarini har tomonlama koʻrsatgan. Mana shunday fikrlaridan ayrimlari: "...xoʻblarning koʻz va qoshlari orasinki, qabogʻ derlar, forsiyda bu uzvning oti yoʻqtur..".

Alisher Navoiy soʻzlarning koʻp maʼnoliligi, sinonimlar jihatidan ham oʻzbek tilining imkoniyati kengligini, ularning sheʼriyatda turli nozik maʼnolarni ifodalashdagi ahamiyatini (ot, it, tush, yon, yoq, bor, sogʻin, tuz, koʻk kabi soʻzlar talqinida) koʻrsatadi. Navoiy grammatik jihatdan ham oʻzbek tili fors tiliga nisbatan baʼzi imkoniyatlarga ega ekanligini tahlil etadi.