logo

UNDOV SO’ZLAR

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1012.8388671875 KB
  UNDOV SO’ZLAR    
   His-hayajon, buyruq-xitob, haydash-chaqirishni 
ifodalovchi so‘zlar undov so‘zlar sanaladi.
      Undovlar ma’nosiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi:
1) his-hayajon undovlari; 2) buyruq-xitob undovlari.
  Yozuvda undov so‘zlardan keyin vergul qo‘yiladi.
 Undalmalardan oldin kelganda esa undan keyin 
vergul qo‘yilmaydi.         O‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning ma’nosini tushuntiring. 
Ulardan nutqingizda foydalanasizmi?  
1. Dastlab ular Umidjonni ko‘rganda pisandsiz: « E , bu
mishiqi bola-ku», – deyishar, biroq uning ertaklarini eshitgach,«Yo‘q, bu 
bola emas, dunyo ko‘rgan chol ekan», – deya tan berib ketisharkan. ( N. 
Aminov )
   2. Abduqodir « tss » deb barmog‘ini labiga qo‘ydi. ( O‘. Umarbekov ) 
   3. –  Xo‘sh , ishlar yaxshimi,Hotamjon? – so‘radi Mirsidiq aravacha yonida 
bitta-bitta odim bosib borishar ekan. ( O‘. Umarbekov ) 
   4. Faryodim, fig‘onim butun bir jahon,  Ey  muhtaram shoir, izladim, 
keldim. ( S. Dolimov ) 
    5.  Voy , shoshmang, diydorginasiga bir to‘yvolay.  (Said
Ahmad)    Gaplarni o‘qing. Undov so‘zlarni ajratib, ma’nosini
tushuntiring. Ulardan nutqingizda foydalanib ko‘ring.
1. – Hay, shoshma, – dedi Zebi.  (Cho‘lpon) 
     2. Hoy, nima
balo bo‘ldi? – deb alangladi Inoyat oqsoqol.  (Said Ahmad)
3. Voy, nimalarni o‘ylayapman men?  (Asqad Muxtor) 
    4. Oho, jiyaningiz vazir bo‘pti-ya! – deya xursandchiligimni izhor
qildim.  (Sh. Bo‘tayev ) 
    5. O! Ho‘kiz yo‘q, og‘il ko‘cha tomondan teshilgan.  (Abdulla Qahhor)
     6. O‘h! – deb yubordi bir
yigitcha.  (Said Ahmad)                                  Uyga vazifa.
      «O‘zbek xalq ertaklari» kitobidan undov so‘zlar
qatnashgan gaplardan yozing. Undovlarning 
ma’no turlarini ajrating.   E’TIBORINGIZ UCHUN 
TASHAKKUR !

UNDOV SO’ZLAR

 His-hayajon, buyruq-xitob, haydash-chaqirishni ifodalovchi so‘zlar undov so‘zlar sanaladi. Undovlar ma’nosiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi: 1) his-hayajon undovlari; 2) buyruq-xitob undovlari. Yozuvda undov so‘zlardan keyin vergul qo‘yiladi. Undalmalardan oldin kelganda esa undan keyin vergul qo‘yilmaydi.

O‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning ma’nosini tushuntiring. Ulardan nutqingizda foydalanasizmi? 1. Dastlab ular Umidjonni ko‘rganda pisandsiz: « E , bu mishiqi bola-ku», – deyishar, biroq uning ertaklarini eshitgach,«Yo‘q, bu bola emas, dunyo ko‘rgan chol ekan», – deya tan berib ketisharkan. ( N. Aminov ) 2. Abduqodir « tss » deb barmog‘ini labiga qo‘ydi. ( O‘. Umarbekov ) 3. – Xo‘sh , ishlar yaxshimi,Hotamjon? – so‘radi Mirsidiq aravacha yonida bitta-bitta odim bosib borishar ekan. ( O‘. Umarbekov ) 4. Faryodim, fig‘onim butun bir jahon, Ey muhtaram shoir, izladim, keldim. ( S. Dolimov ) 5. Voy , shoshmang, diydorginasiga bir to‘yvolay. (Said Ahmad)

Gaplarni o‘qing. Undov so‘zlarni ajratib, ma’nosini tushuntiring. Ulardan nutqingizda foydalanib ko‘ring. 1. – Hay, shoshma, – dedi Zebi. (Cho‘lpon) 2. Hoy, nima balo bo‘ldi? – deb alangladi Inoyat oqsoqol. (Said Ahmad) 3. Voy, nimalarni o‘ylayapman men? (Asqad Muxtor) 4. Oho, jiyaningiz vazir bo‘pti-ya! – deya xursandchiligimni izhor qildim. (Sh. Bo‘tayev ) 5. O! Ho‘kiz yo‘q, og‘il ko‘cha tomondan teshilgan. (Abdulla Qahhor) 6. O‘h! – deb yubordi bir yigitcha. (Said Ahmad)