logo

V.Shekspir va ingliz adabiyoti

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1915 KB
Mavzu: V. Shekspir va ingliz adabiyoti
1. Angliya uyg’onishining dastlabki vakillari.
2. Vilyam Shekspir hayoti va ij о diy fa о liyati
3. Shekspir masalasi
4. Vilyam Shekspirning adabiy merоsi
5. «Romeo va Juletta»  tragediyasi .
6. «Hamlet» tragediyasi haqida.
7. Asardagi bоsh qahramоn masalasi . XVI asrning oxirlaridan XVII asrning boshlari
XVII asr boshlaridan shu asrning 
40- yillarigacha XV asrning oxirlari va XVI asrning 60—70- yillar
.InglizIngliz
  
gumanistik gumanistik 
adabiyoti uch adabiyoti uch 
bosqichga bosqichga 
ajratiladiajratiladi
::I nglizI ngliz
 uy g’onish adabiy ot i  uy g’onish adabiy ot i    Ingliz gumanistik adabiyotining 
namoyandalari :
ShekspirTomas Mor
Robert Grinlar Kristofer Marlo   Vilyam Shekspir hayoti va ij о diy fa о liyati
Vilyam  Shekspir  1564  yilning  23  aprelida  Markaziy 
Angliyaning  Stretf о rd  shaharchasida  tug’iladi.  U  о iladagi  8 
farzandning  uchinchisi  edi.  Shekspirning  ajdodlari 
yemenlar  —  ya'ni,  erkin  dehqonlar  bo'lganlar.  Ular 
orasida  jasur  jangchilar,  nayzadorlar,  yoyandozlar 
bo’lganligi  taxmin  qilinadi.  «Shekspir»  so'zi  —  «nayza 
o'ynatuvchi»  ma'nosini  anglatadi.   О tasi  J о n  Shekspir 
charm  qo’lq о p  tayyorl о vchi  hunarmand  bo’lib,  savd о   bilan 
ham  shug’ullanadi,  katta  о bro’  о rttirib  shahar  kengashiga 
saylanadi  va  shahar  b о shlig’i  vazifasida  ishlaydi.  Vilyam 
Shekspir  dastlab  mahalliy  «Grammatika  maktabi»da 
o’qiydi.  U  yerda,  as о san,  latin  tili  o’rgatilib,  sx о lastik  l о gika 
va  rit о rikadan  qisqacha  tushuncha  о ladi.  Vilyam  Shekspir 
ayniqsa,  Rim sh о iri  О vidiy asarlarini qiziqib mut о ala qiladi.   •
Shekspir  18  yoshida  to'satdan  26  yoshli  fermer  qizi  Anna  Xetueyga 
uylanadi  va  20  yoshida  kattagina  oilaning  boshlig'iga  aylanadi  —  qizi 
Syuzen,   egizaklar  Yu def  va  Gamlet ga   ota  bo'ladi.  Endi  u  ikki  oilani 
—  o'zining  va  otasining  oilasini  boqishi  lozim  edi.  Uning  noqonuniy 
ovchiligiga  barham  beradilar,  o'rmon  qorovullari  Uilyamni 
o'ldirilgan  bug'u  bilan  tutib  oladilar  va  sudya  ser  Tomas  Lyusi 
oldiga  olib  boradilar.  Shekspir  Lyusi  haqida  epigrammalar 
to'qigan  va  ular  xalq  orasida  mashhur  edi.   Brakonyerlarga 
beriladigan  jazo  og'ir  edi  —  qamchi  bilan  savalash,  badaniga 
qizdirilgan  temirni  bosish,  hatto  qatl  qilishgacha  borilar  edi.  Shekspir 
Stratforddan  qochadi  va  Londonda  panoh  topadi.   Oradan  besh  yil 
o'tgach,  uning  yurtdoshi,  hunarmand  Berbej  tomonidan  qurilgan 
London  teatrida  aktyor  va  dramaturg  sifatida  paydo  bo'ladi.  Shekspir 
teatrdagi  ishni  badavlat  tomoshabinlarning  otlariga  qo'riqchilik 
qilishdan  boshlaydi.  Keyinchalik  aktyorlik  qiladi.  So'ngra  unga  eski 
pyesalarni  qayta  ishlash  vazifasini  topshiradilar.  Tajriba  to'plagach, 
mustaqil ijod bilan shug'ullana boshlaydi.
•
1599-  yilda  Londondagi  eng  yaxshi  teatr  —  «Globus»  ochiladi  va 
Shekspir uning boshqaruvchilaridan biri qilib tayinlanadi. •
Shekspirning  do'stlari  ko'p  edi,  lekin  dushmanlari  ham  yo'q  emas  edi. 
Ko'pchilik  universitet  ta'limini  olgan  dramaturglar  ichida  uni  ko'ra 
olmaydiganlar  ham  uchrardi.  Masalan,  1592-  yili  R.  Grin   Shekspirga 
pamflet  yozadi  va  uni  « mahmadona,  o'zgalar  patini  yopishtirib  olgan 
qarg'a », deb ataydi.
•
Shekspirning  kiborlar  orasida  ham  do'stlari  bor  edi.  Graf  Sautgempton 
uning  do'sti  va  homiyi  edi,  u  Shekspirni  kibor  bilimdon  yoshlar  to'garagiga 
olib  kirgan  edi.  Bu  to'garakda  dramaturg  Robert  Esseks  bilan  tanishadi. 
Esseks  taqdiri  fojiali  tugaydi.  U  Yelizavetaning  nazari  tushgan  yigit  edi, 
ular  orasidan  gap  o'tadi  va  do'stlik  buziladi.  Esseks  Yelizavetani  tanqid 
qiladi  va  bu  bilan  chegaralanmay,  unga  qarshi  isyon  uyushtiradi.  Isyonga 
chaqiriq  sifatida  Shekspirning  “ Richard  III ”   asari  sahnaga  qo'yilishi  lozim 
edi,  tomoshaga  isyonchilar  to'planishgan  edi.  Pyesaning  mazmun-
mundarijasi  ko'p  jihatdan  voqelikka  yaqin  edi,  unda  zolim  qirolga  qarshi 
isyon  tasvirlanar  va  ma'qullanar  edi.  Biroq  isyon  amalga  oshmadi,  Esseks 
qatl  qilindi.  «Globus»  teatrining  aktyorlarini  so'roqqa  chaqirtirdilar.  Ular 
isyonga  aloqalari  borligini  rad  etdilar  va  buni  jo'ngina  izohladilar:  ular  har 
doimgidek tomosha ko'rsatgandilar, xolos. •
Oradan ko'p o'tmay Shekspirning otasi vafot etdi, ketma-ket  o'g'li Gamlet 
va ukasidan ayrildi . Bu orada qanchalik shafqatsiz bo'lsa ham, har qalay 
«Globus» teatriga homiylik qilgan  Yelizaveta  vafot etdi. Uning o'rniga qirol 
Iakov  I  Styuart  o'tirdi.  Ta rixdan  bilamizki,  u  Yelizaveta  tomonidan  qatl 
qilingan  Mariya  Styuartning  o'g'li  edi.  «Globus»  «Qirol  malaylari» 
nomini oldi. Shekspir saroy teatri  «Blekfrayes» ga pyesalar yoza boshladi. 
Bu  teatrdagi  yosh  dramaturglar  Bomont  va  Fletcher  qanday  qilib 
bo'lmasin  uni  chetlatishga  urinardilar.  Bu  yillar  Shekspir  uchun  og'ir  bo'ldi. 
Uning  so'nggi  pyesasi   «Bo'ron»  da  shunday  epizod  bor:  sehrgar 
Prospero  qizining  nikoh  to'yiga  atab  sehrli  spektakl  yozadi,  ruhlarni 
so'nggi marta o'ziga chorlaydi, so'ng sehrli tayoqchasini sindiradi va 
duolar kitobini dengizga uloqtiradi.
•
Shekspir  sehrgar  qilmishida  o'z  qismatini  bashorat  qildi.  Buyuk  fojianavis 
sahnani va ijodni tark etdi.
•
1612 -  yilda  dramaturg  qadrdon  Stratford ga  qaytdi.  Oradan  to'rt  yil 
o'tgach,  1616-  yilning  23-  aprelida  52  yoshida  vafot  etdi .  Uni  Stratford 
cherkoviga,  mehrob  ostiga  ko'madilar.  O'limi  oldidan  qabriga  shunday 
so'zlami  yozib  qo'yishlarini  vasiyat  qildi:  « Aziz  do'stim,  Iso  haqqi  bu 
yerga  ko'milgan  xokni  bezovta  qilma.  Ushbu  toshlarga  shafqat 
qilganlar  xudoning  marhamatiga  sazovor  bo'lsinlar,  mening  suyak-
larimni bezovta qilganlar xudoning qarg'ishiga qolsinlar ». Shekspirning muallifligi masalasi
•
XIX  asrga  kelib  Shekspirning  muallifligi  masalasi  atrofida  bahs-
munozaralar  vujudga  keldi.  Shekspirning  asarlari  boshqa  birov 
tomonidan  yozilgan,  degan  fikr  o'rtaga  tashlanadi  va  hatto  jiddiy  ilmiy 
tadqiqotlar  uchun  mavzuga  aylanadi.  Bunda  oddiy,  adabiyot  va 
san'atdan  yiroq  oiladan  chiqqan,  maxsus  ta'lim  ko'rmagan  aktyor 
shunday  buyuk  asarlar  yaratishi  mumkinligi,  buning  ustiga,  o'z  davri 
fanlariga  oid  bilimlardan  bu  qadar  keng  ma'lumotga  ega  bo'lishi 
shubhaga  olinadi.  Bir  turkum  tadqiqotchilar  Shekspir  asarlari  yozuvchi 
va olimlar guruhi tomonidan yozilgan, degan fikrni ilgari suradilar.
•
Ikkinchi  turkum  tadqiqotchilar  esa,  uslubdagi  yagonalikni  sezgan  holda, 
muallif  kiborlar  jamiyatidan  bo'lgan,  degan  mulohazani  o'rtaga 
tashlaganlar. 
•
Shu  tariqa  Shekspir  pyesalari  goh  ingliz  faylasufi  Frensis  Bekon ,  goh 
graflar  Retlend, Derbi, Osfordlar ijodi , deb taxmin qilingan.
•
Amerikalik  Deliya  Bekon  1857-  yilda  «Shekspir  falsafasiga  izoh» 
asarida  Shekspir va faylasuf Bekon qarashlaridagi yaqinlikni isbotlagan. 
Biroq  xulosa  munozarali  edi,  olima  fikricha,  go'yo  Shekspir  asarlarini 
faylasuf Bekon, u boshchiligidagi to'garak yozgan. •
XX  asr  o'rtalariga  kelib  Amerikada  Shekspirning 
muallifligi  masalasi  yana  ko'tariladi.  Endi  Shekspir 
asarlari  uning  zamondoshi,  1593-  yilda  fojiali 
halok  bo'lgan  Kristofer  Marloniki  deya 
isbotlashga  urinildi.   Bu  qarash  tarafdorlarining 
fikricha,  Marlo  qotillardan  yashirinish  maqsadida 
Shekspir  imzosi  bilan  asarlar  yozgan.  Bu 
nazariyaning  ham  asosi  puchligi  tezda  ma'lum 
bo'lib  qoldi.  Marlo  bilan  Shekspir  bir  davrda  ijod 
qilgan  bo'lib,  ularning  asarlarini  farqlash  qiyin 
emas.  So'ngra  Marloning  o'limi  ham  aniq  qayd 
etilgan.  Shekspir  asarlari  Marlo  tomonidan 
yozilganligi  xususidagi  taxminda  hech  qanday 
mantiq yo'qligi aniqlangan. Adabiy faoliyati
•
Shekspir  ijodini  she'riyatdan  boshlagan.  Uning  ikki  dostoni 
«Venera  va  Adonis»  hamda   «Lukretsiya»  o'z  davrida 
mashhur  bo'lgan.  Buyuk  dramaturg,  ayniqsa,  sonet  janrida 
shuhrat  qozongan .  Sonet  Italiyada  vujudga  kelgan  janr 
bo'lib,  14  satrdan  iborat  bo'lishi  kerak .  Ingliz  soneti  4  va 
oxirgi  2  satrdan  iborat.   Shekspir   oddiy  ingliz  sonet  shakliga 
chuqur  mazmun  singdirdi.  Uning  152  ta  soneti  mavjud 
bo'lib,  126  tasi  shoirning  do'stiga,  28  tasi  qorasoch 
ayolga  bag'ishlangan.  Shekspirning  ishqiy  she'rlari 
hayotiyligi  bilan  ajralib  turadi.  Petrarka  va  uning  ingliz 
izdoshlari  ijodida  oltin  sochli,  farishtasimon,  yetishib  bo'lmas 
go'zal  kuylanadi.  Shekspir  sonetlarining  qorasoch  qahramoni 
esa jonli va hayotiy obrazdir.
•
Ta dqiqotchilar  Shekspirning  pyesalari  sonini  37   ta  deb 
ko'rsatadilar va uch davrga bo'lib o'rganishni ma'qul ko'radilar. 1590—1600- yillar1590—1600- yillar
•
Bu  davr  yosh  dramaturgning  hayotga  va  kelajakka  ishonchi 
barq  urib  turgan  davri.  Ko'plab  komediyalari  mana  shu  davrda 
yaratilgan. Qadimgi Rim komediyasining qayta ishlangan shakli 
«Xatolar  komediyasi”,  Angliya  hayotidan  olingan  «Vindzorlik 
masxaraboz  ayollar» ,  italiyaliklar  hayotidan  olingan 
«Veronalik  ikki  yigit»  (1594),  «O'n  ikkinchi  kecha»  (1600), 
fantastik  ertak-pyesa  «Yoz  tunidagi  kecha»  (1596),  va 
boshqalar  ham  shular  sirasiga  kiradi.  Hammasida  muhabbat 
mavzusi  ko'tariladi.  Bulardan  tashqari  «Qiyiq  qizning 
quyilishi»,  «Adashishlar  komediyasi»,  «Sevgining  bexuda 
kuchayishi»,  «Yoz  kechasidagi  tush»,  «Yo’q  narsadan  bir 
talay  g’avg’o»,  «Bu  sizga  yoqadimi?»,  «O’n  ikkinchi 
kecha»;  Angliyaning  o’tmishidan  olingan  tarixiy  dramalari: 
«Genrix  VI»,  «Richard  III»,  «Qirol  Ioan»,  «Richard  II», 
«Genrix IV», «Genrix V»;  nihoyat « Romeo va Juletta » hamda 
«Yuliy  Sezar»  tragediyalari  ham  aynan  ana  shu  davrda 
yozilgan. 1601—1608- yillar1601—1608- yillar
•
Bu  bosqichda,  asosan,  uning  tragediyalari 
yaratilgan.  Shekspir  oilasida  ro'y  bergan 
fojialar  hamda  ingliz  xalqining 
qashshoqlashuvi  dramaturg  ijodida  iz 
qoldirmay  ketmagan.  «Gamlet»,  «Otello», 
«Qirol  Lir»,  «Makbet»,  «Antoniy  va 
Kleopatra»,  «Koriolan»,  «Afinalik  Timon», 
tragediyalari  uning  qalbidagi  ruhiy  jarayonlar 
silsilasi  mahsulidir.  Hatto  shu  davrda  yozilgan 
komediyalarida  ham  dramatik  ruh  ustuvorlik 
qiladi. 1609—1613- yillar1609—1613- yillar
•
Dramaturg  ijodida  fojeiy  ruh  bir  qadar 
susaygan  davr.  Chet  ellik  tadqiqotchilar  buni 
dramaturgning voqelik bilan murosaga kelgani, 
kurashdan  charchagani  bilan  izohlaydilar. 
Voqelikdagi  o'zgarishlar,  hukmron  tabaqaga 
xizmat  qilishga  majburlik  Shekspir 
imkoniyatlarini  cheklagan  bo'lishi  mumkin. 
Biroq  falsafiylik,  o'git  kuchayganligi 
«Simbelin»  (1610),  «Qishki ertak», «Bo'ron» 
 pyesalarida kuzatiladi.   Shekspirning tanlangan asarlari Shekspir xronikalari haqidaShekspir xronikalari haqida
•
Shekspirning  ingliz  tarixiga  bag'ishlangan  xronikalari  ikki 
yuz  yillik  davrni  qamrab  oladi.  Ularda  Angliya  bilan 
Fransiya  o'rtasida  100  yillik  urush  hamda  Qizil  va  Oq 
atirgullar  o'rtasidagi  feodal  urush  voqealari  aks  etgan . 
Shekspirning  xronika-pyesalariga  R.  Xoldinshen ning  XVI 
asr  o'rtalarida  yozilgan  tarixiy  Angliya,  Shotlandiya  va 
Irlandiya xronikalari asos bo'lib xizmat qilgan .  Shekspir 
xronikalarida Angliya taxti uchun bo'lgan kurashlar aks 
etgan.  Dramaturg  qirol  uchun  ikki  jihat  —  shafqatsizlik 
va zaiflik jiddiy nuqson deb hisoblaydi.
•
Richard  III ,  qirol  Jon  shafqatsizligi  bilan,  Richard  I, 
Genrix  VI   zaifligi  bilan  fojialarga  sabab  bo'ladilar.  Shekspir 
idealidagi qirol  Genrix V  obrazida mujassamlashgan. Shekspir ijodining cho'qqisi uning besh 
tragediyasi :
www.arxiv.uz ““
ROMEO VA JULETTA”ROMEO VA JULETTA”
•
Shekspirning ilk tragediyasi «Romeo va Juletta» dir. Asar  1595-yilda yozilgan . 
Asar  muhabbat  mavzusida . Biroq bu  asarda sevgi fojia bilan yakun topadi.  
Tragediyadagi  fojianing  asosiy  sababchisi  ikki  oila  o'rtasidagi  eski 
adovat dir.  Bunday  mavzu  qadimdan  mavjud  bo'lib,  uni  barcha  xalqlarda 
kuzatish mumkin.
•
Romeo  va  Juletta  muhabbati  kutilmaganda  bir  ko'rishdayoq  tug'iladi  va  alanga 
oladi.  Bu  Sharqda  mashhur  Qays  va  Layli  ishqining  uyg'onishini  yodga 
soladi.   Biroq  har  ikki  asarda  bo'lganidek,  bu  muhabbat  yo'lida  darhol  g'ovlar 
paydo  bo'ladi.  Sevishganlarning  oilalari  bir-biriga  dushman ,  Romeo  go'zal 
Rozalindaga  ham  xushtor,  Julettaga  esa  Paris  uylanishi  lozim ,  Juletta  hali 
juda yosh...
•
Biroq  muhabbat  to'siqlarga  qaramaydi,  qahramonlarni  butkul  o'zgartirib 
yuboradi.  Romeo  o'zining  Rozalindaga  xushtorligini  oddiy  o'yin,  havas 
ekanligini  tushunib  yetadi.  Juletta  esa  yosh,  soddadil  qizdan  irodali,  o'z 
hissiyotlari  uchun  kurashishga  qodir  ma'shuqaga  а ylanadi.   U  sevgidan 
boshi aylangan
•
yigitga birinchi bo'lib turmush qurishni taklif qiladi. Asar sujeti haqida qisqachaAsar sujeti haqida qisqacha
•
Bu  ikki  yoshning  muhabbatiga  xayrixoh  faqat  ikkita  odam  bor  —  enaga  va 
rohib  Lorenso .  Juletta  oilada  o'z  hissiyotlariga  hamdard  odam  topa  olmaydi. 
Ota shafqatsiz va zolim odam, onasi esa farzandi dardlariga befarq . Faqat 
enagagina  Julettaning  sirlaridan  voqif.  Biroq  enaga  o'z  qarashlarida  sobit 
emas ,  kimdan  sovg'a  olsa,  o'shanga  xizmat  qilaveradi.  Julettaning  Romeoga 
xufyona  turmushga  chiqqanini  bila  turib,  uni  Parisga  tegishga  undaydi. 
Shundan so'ng Juletta faqat rohib Lorensogagina ishonib qoladi.
•
Lorenso  o'rta  asr  ma'rifatparvarining  yorqin  obrazidir.  U  ezgulik,  toza 
hissiyotlar himoyachisi.  U ikki yoshning muhabbati oilalar o'rtasidagi ixtilofga 
ham  barham  beradi,  deya  orzu  qiladi.  Shu  sababli  ham  ularni  yashirincha 
nikoh lab qo'yadi.
•
Romeo  Tibaltni,  ya'ni  Julettaning  qarindoshi  akasini  o'ldirib  qo'ygach, 
qochishga  majbur  bo'ladi,  Juletta  esa  Parisga  turmushga  chiqishga  rozi 
bo'lishi  lozim  edi.  Shunda  Lorenso  hiyla  ishlatmoqchi  bo'ladi,  ya'ni 
o'zining  bilimlariga  tayanib  o'tlardan  tayyorlagan  dorisi  bilan  Julettani 
uxlatib  qo'ymoqchi  bo'ladi.   Bu  Romeo  yashirincha  kelib  Julettani  olib 
ketishi uchun  yagona chora edi. •
Juletta ota-onasiga sirini ocha olmas, chunki akasining o'limi, judolik alami 
ularning insofga kelishiga mutlaqo yo'l qo'ymasligi aniq edi. Buning ustiga 
qizning alamzada  onasi Romeoni zaharlamoqchi ekanligi  Julettaning 
Lorenso taklifiga ko'nishi yagona chora , degan xulosaga kelishiga sabab 
bo'ladi.
•
Romeoga  Lorenso  tomonidan  yuborilgan  chopar  shaharda  tarqalgan  o'lat 
kasali  tufayli  vaqtida  yetib  bora  olmaydi.  Oqibatda  Romeo  Juletta  o'limi 
to'g'risidagi yolg'on xabarni eshitadi  va bu fojiaga sabab bo'ladi.
•
Asardagi  ikki  zodagon  oilasi  o'rtasidagi  ixtilof  tufayli  Veronaning  asl  yoshlari 
Juletta,  Romeo,  Romeoning  do'sti  Merkutsio,  Julettaning  akasi  Tibalt 
halok  bo'ladi.  Hatto  Julettaga  oshiq-u  beqaror  bo'lgan  go'zal  Paris  ham 
nobud  bo'ladi.   Biroq  sevgi  g'alaba  qozonadi,  sevishganlarning  jasadlari 
ustida  ularning  otalari  bir-birlariga  qo'l  uzatadilar .  Oshiq-ma'shuqni  bir 
qabrga qo'yadilar.
•
Bu ham Navoiyning mashhur  «Layli va Majnun» dostoni xotimasini  yodga 
soladi
•
Bir na 'shqa soldilar ikkovni, 
•
Jonsiz kelin-u o 'lik kuyovni.
•
Bu esa sof muhabbat barcha davrlar uchun birdek yuksak tuyg'u 
bo'lganligini tasdiqlaydi. «Hamlet» tragediyasi haqida
  1601-  yilda  Shekspirning  yana  bir  buyuk  asari  «Gamlet» 
dunyoga  keladi.  Bu  tragediya  asosida  XII  asr  solnomachisi 
Sakson  Grammatik  tomonidan  yozib  qoldirilgan  afsona  yotadi. 
Unda  shahzoda  Gamlet  otasining  o'limi  uchun  amakisidan  qasos 
oladi.  Bu  niyatini  yashirish  maqsadida  u  o'zini  aqldan  ozgan  qilib 
ko'rsatadi.  Asar  nihoyasida  Gamlet  g'alaba  qozonadi  va  taxtni 
egallaydi.
Ushbu  qissa  fransuz  yozuvchisi  Belforening  «G'aroyib 
voqealar»   kitobiga  ham  kiritilgan.  Bundan  tashqari  T. Kid 
tomonidan  yozilib,  bizgacha  yetib  kelmagan  asarda  ham  «Gamlet» 
haqida ma'lumotlar bor.
Adib   mavzuni  Saksоn  Grammatikning  xrоnikasidan  оl g an 
bo’lsa  ham,  lekin  u  haqi q iy  in g liz  milliy  tragediyasini  yaratib,  ulug’ 
gumanistik  fikrlarni  chuqur  falsafiy  va  badiiy  umulashmalarda 
ifоdalab beradi. 
Ijtimоiy  turmushni  dinamik  ravishda  tasvirlashga  asоs  sоlib, 
tragediya  janrini  yangi  bоsqichga  ko’targan  Shekspirning  estetik 
qarashlari оchiq-оydindir.  Gamlet оbrazida yozuvchining insоn, uning 
idrоki,  yaratuvchilik  kuchi  haqidagi  qarashlari  mujassamlangan. 
Gamlet  insоn  aqlining  eskilik  ustidan  tantanasini  aks  ettirgan 
Uyg’оnish davrining haqiqiy timsоlidir. Gamlet obrazi xususida ba’zi mulohazalarGamlet obrazi xususida ba’zi mulohazalar
•
Shekspirning  Gamleti  afsona  qahramonlaridan  ancha  farq  qiladi.  Gamletning 
hayoti  afsonadagidan  farqli  o'laroq  fojiali  tugaydi,  bundan  tashqari  u  ayyor  va 
epchil  qasoskor  ham  emas.  Shekspir  yaratgan  Gamlet  murakkab  fikrlovchi 
qahramon , u qasos olishga shoshilmaydi. 
•
Gamlet  O'rta  asrlar  ma'rifatparvarlik  davri  kishisi.  U  qilmishini  tahlil  qila  oladi. 
Shu  sababli  amakisining  chindan  gunohkorligini  tekshirib  ko'rmoqchi  bo'ladi. 
Sayyoh  aktyorlarga  qirol  qoshida  hayotda  bo'lib  o'tgan  o'sha  jinoyatni  qayta 
tiklab  o'ynashlarini  topshiradi.  Klavdiy  o'z  gunohi  dahshatidan  hushdan 
ketadi.   Gamlet  uchun  ortiq  shubha  qolmaydi,  biroq  xudoga  ibodat  qilayotgan 
amakisiga shafqat qiladi.  Endi uni gunoh ustida, mast holda jinoyat qilayotgan 
chog'ida  o'ldirishga  qaror  qiladi.  Nihoyat  shunday  fursat  keladi,  Gamlet 
amakisidan  jinoyat  ustida,  zaharlangan  onasi  o'limi  oldidan  qasos  oladi. 
Lekin  o'zi  ham  zaharlangan  qilich  yarasidan  halok  bo'ladi.  Gyote  o'zining 
«Vilgelm  Meysterning  talabalik  yillari»  romani da  Gamletni  zaif  xarakter  qilib 
ko'rsatadi.  Shundan  kelib  chiqib  rus  yozuvchisi  Turgenev   Gamletni  faoliyat 
kishisi Don Kixotga qarama-qarshi qo'ygan . 
•
Gamletni  tabiatan  zaif,  ojiz  qahramon  deyish  uncha  to'g'ri  emas.  U, 
aksincha,  fikrlovchi,  hayot  mohiyatini  izlovchi  inson.  Gamlet  insonlarni 
qadrlaydi,  o'zidan  keyin  yomon  nom  qoldirishdan  qo'rqadi.  O'limidan  so'ng  u 
haqidagi haqiqatni xalqqa  do'sti Goratsio yetkazadi . «Gamlet»ga ishlangan suratlar   Nimadan qo’rqay?
Mening umrim bahоsi ignacha emas.
Ruhim bo’lsa… Ruhimga undan xatar yo’q.
Chunki ruhim u kabi abadiy, o’lmas!
Yana meni imlaydi. Оldiga bоray. 
Kimsan o’zing tun ch о g’i Daniya mulkin –
Jannat mak о n sh о hiday basavlat kelgan?
Xud о vandning amri-la avraymi seni – 
Javоb ber!  XULOSA
•
Shekspir  yaratgan  o'lmas  durdonalar,  u 
ilgari  surgan  gumanistik  g'oyalar 
kelgusi  asr  kitobxonlarini  ham 
ezgulikka,  ma'rifatga  chorlovchi  asarlar 
bo'lib qolaveradi. Foydalanilgan adabiyotlar
1.  Q.Azizov,  O.Qayumov.  Chet  el  adabiyoti 
tarixi. To shkent “O’qituvchi”.  1987.
2.  Maqsud  Shayxzoda.  Vilyam  Shekspir. 
T о shkent.  G’ о fur  G’ul о m  n о midagi 
Adaiyot va san`at nashriyoti. 1983.  
Internetdan foydalanilgan  adabiyotlar
2.  WWW. Pedagog.uz.
3. WWW. Google.uz.                 E’TIBORINGIZ 
               UCHUN 
                           RAHMAT!

Mavzu: V. Shekspir va ingliz adabiyoti 1. Angliya uyg’onishining dastlabki vakillari. 2. Vilyam Shekspir hayoti va ij о diy fa о liyati 3. Shekspir masalasi 4. Vilyam Shekspirning adabiy merоsi 5. «Romeo va Juletta» tragediyasi . 6. «Hamlet» tragediyasi haqida. 7. Asardagi bоsh qahramоn masalasi .

XVI asrning oxirlaridan XVII asrning boshlari XVII asr boshlaridan shu asrning 40- yillarigacha XV asrning oxirlari va XVI asrning 60—70- yillar .InglizIngliz gumanistik gumanistik adabiyoti uch adabiyoti uch bosqichga bosqichga ajratiladiajratiladi ::I nglizI ngliz uy g’onish adabiy ot i uy g’onish adabiy ot i

Ingliz gumanistik adabiyotining namoyandalari : ShekspirTomas Mor Robert Grinlar Kristofer Marlo