logo

XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Samarqand viloyati etnik tarkibida afg’on fuqarolarining o’rni

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2184.35546875 KB
z
XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr 
boshlarida Samarqand viloyati etnik 
tarkibida afg’on fuqarolarining o’rni.
MAVZU:  z

Tadqiqot  jarayonida  muammoga  oid  adabiyotlar  tahlil  qilinar  ekan  mavzu 
yuzasidan qator xorijiy va milliy tadqiqotlar o‘tkazilganligiga guvoh bo‘lamiz.

Ushbu  tadqiqot larda asosan XIX asrning o‘rtalari  –  XX asr boshlaridagi afg‘on 
fuqarolari migratsiyasi, uning kelib chiqish sabablari , bunga  ta’sir ko‘rsatgan 
ichki hamda tashqi omillar kabi qator masalalar yuzasidan aniq fikrlar 
bildirilmasdan, mavzuga yaqin jihatlar keltirib o‘tilgan yoki boshqa 
maqsadlarda amalga oshirilgan tadqiqotlarda kichik bir ob’ektlar, ikkinchi 
darajali masalalar sifatida qaralgan  z  z  z

Sovet  davri  vakillari  bo‘lgan  V.V.Bartold,  P.P.Ivanov,  A.L.Troitskaya, 
R.N.Nabiev,  G.A.Xidoyatov,  T.S.Saidkulov  tadqiqotlarida  muammo 
Samarqanddagi  afg‘on  fuqarolarining  ijtimoiy  siyosiy  hayotining  ba’zi 
jihatlari,  hududlar(viloyatlar)  va  sohalar  bo‘yicha  qamrab  oladi.Lekin,  mazkur 
davr adabiyotlari ma’lum mafkura ta’sirida yaratilganligi bois mavjud reallikni 
xolisona  baholash  imkonini bermaydi, tarixiy jarayonlar muayyan darajada bir 
tomonlama qarashlarga asoslangan.  z

Ma’lumki,  Rossiya  imperiyasi  o‘lkani  zabt  etgach,  ilk  bor  aholi  rasmiy  ravishda 
millat lar ga  ajrat il a  boshla n gan.  Buni  imperiya  hukumati  tomonidan  o‘tkazilgan  aholini 
ro‘yxatga  olish  ishlari ,  Imperiya  Geografiya  jamiyati  tomonidan  o‘tkazilgan  tadqiqotlar 
natijasida ko‘rish mumkin. SHu tariqa ,  til i , din i , madaniyatlar i  o‘xshash aholi tarkibi xilma -
xillikka  ajratil a  boshladi.  Aholi  milliy  va  diniy  tarkibini ng  o‘zgarishi da  Rossiya 
mustamlaka ma’muriyatining k o‘ chirish siyosati ham  o‘z davrida  katta rol o‘yna gan e di.

SHuni  alohida  qayd  etib  o‘tish  joizki,  m amlakatimiz  hududiga  afg‘on  fuqarolarining 
kirib  kelishi  yoki  ularning  faoliyati  bo‘yicha  maxsus  tadqiqotlar  o‘tkazilmagan. 
O‘tkazilgan  tadqiqotlar  ham  ko‘proq  siyosiy  masalalar  bilan  bog‘liq  bo‘lib,  muammoning 
etnografik  jihatlari  deyarli  inobatga  olin ma gan.  Mustaqil  davriga  kelib  ushbu  jarayonni 
o‘rganishga e’tibor q aratil a boshlandi.  z  z  z

Samarqand afg‘onlari tarixini yoritishda K.P.Kaufman faoliyatiga 
bag‘ishlangan  to‘plam materiallari  (Kaufmanskiy sbornik) ham alohida 
ahamiyat kasb etadi.  To‘plamning ahamiyatli jihati shundaki,  unda  XIX  
asr –70 yillari oxirida Afg‘oniston siyosiy tuzumida bo‘lib o‘tgan 
o‘zgarishlar oqibatida o‘zaro kelishmovchilik va toju- taxt uchun 
kurashning keskinlashuvi oqibatida hukmron doiralarga tegishli bo‘lgan 
afg‘on fuqarolari Samarqand d a siyosiy fuqaro sifatida yasha ganlig i va 
Samarqand general gubernatori bilan muzokaralar olib borganligi 
yoritilgan. SHuningdek,  to‘plamda keyinchalik afg‘onlar amiriga 
aylangan  sardorning  Kaufman bilan kelishgan holda va Rossiya 
diplomatik ma’lumotlarida Afg‘oniston hududiga “qochib” ketdi degan 
ma’lumotlar berilib, asl o‘tkazilgan   z

92 urug‘idan tashqari ko‘plab chet elliklar: hind, yahudiy, eroni, afg‘on va 
boshqa ko‘plab millatlar istiqomat qilgan lar . Rus bosqini arafasida shaharda 17 
xil millat yashaganligi manbalarda qayd etilgan. Buning bir qator siyosiy, 
iqtisodiy sabablari mavjud, albatta. Sayyoh Meyendorf ning  ma’lumoticha, 1820 
yilda shaharda 30 ming, sharqshunos N.Xan i kov ning  fikricha, 1841 yilda 25 
ming, venger sayyohi A.Vamberi ning  fikricha, 1863 yilda 20 ming, sharqshunos 
V.V.Radlov ning  ma’lumot lariga ko‘ra , 1868 yilda 10 ming, A.P.Fedchenko 
ma’lumoti  bo‘yi cha, 1869 yilda 30 ming aholi yashagan  z  z

Amir Abdurahmonning 
Samarqanddagi sardorlik 
maqomidagi yillari tarixchilar 
e’tiboridan chetda qolmagan. 
Amir Abdurahmon o‘z 
davrining etuk bilimli, uzoqni 
ko‘ra biladigan, favqulodda 
noyob iste’dod sohibi bo‘lgan 
hukmdorlaridan ediki, bu uning 
keyinchalik Afg‘oniston 
hukmdori bo‘lgach ,  amalga 
oshirgan ishlarida namoyon 
bo‘ldi  z

Britaniya  hukumati  Afg‘oniston  masalasini  hal  qilish  va  bu  erga 
Rossiyaning  suq i lib  kirishining  oldini  olish  maqsadida  1893  yilda  Dyurand 
shartnomasini  imzolab,  Afg‘onistonni  yanada  o‘z  sirtmog‘iga  torta  boshladi. 
Rossiya  imperiyasining  mintaqa  ichki  va  tashqi  siyosatiga  har  qanday 
aralashishining  oldini  olish  maqsadida  Britaniya  hukumati  Rossiya  imperiyasi 
bilan  1895  yilda  so‘nggi,  yakunlovchi  ahdnomani  imzoladi  va  shu  yo‘l  bilan 
Rossiya imperiyasini Afg‘onistondan ajratib tashlashga harakat qildi.   z

Samarqand  viloyatida  afg‘onlarning  ko‘plab  kelishi  sababi  ularning  mazkur  hudud  bilan 
aloqalari  qadimdan  mavjud  bo‘lgan ligida ,  deb  izohlash  mumkin.  SHu  sababdan  ham 
Samarqandda yashayotgan afg‘on fuqarolarining  soni ortib boravergan. Masalan, Samarqanddan 
o‘z  vataniga  500  nafar  afg‘on  fuqarolarining  kuzatib  qo‘yilganligi  fikrimiz  dalilidir.  Lekin , 
shunga  qaramasdan ,  imperiya  hukumati  o‘z  siyosiy  maqsadlardan  kelib  chiqqan  holda  afg‘on 
fuqarolariga homiylikni davom ettiraveradi. 1909 yildan boshlab  j amshedi xonlariga yillik 2  ming 
rubl  miqdor i da  nafaqa  tayinlanadi.  Keyinchalik  bu  3 ming  rublga  oshiriladi.  Hattoki,  j amshedi 
xonlarini musulmonlar bayrami bilan qutlash va  ularga  oyoq kiyimlar i  sotib olish uchun 300 rubl 
mablag‘  ajratilgani  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar  mavjud.  Samarqandda  yashagan  j amshedi  urug‘i 
xonlari  ichida  Ahmad  Ali  YAlangt o‘ shxon  ismi  keltiriladi.  Bundan  ko‘rinib  turgan  holat  shuki, 
ismi  zikr  etilgan  xon  Samarqanddagi  xonlar  ichida  eng  ta’siri  kuchli  xonlardan  biri  bo‘lgan. 
CHunki ,  bu vaqtda  shaharda  undan tashqari yana 4 nafar xonlar ham yashar edi lar .  z  z

Fikrimizga yakun sifatida shuni aytish mumkinki, afg‘onlarning Samarqand viloyatiga 
kirib kelish sabablari va maqsadlari turlicha bo‘lgan. Bular  asosan  savdo-iqtisodiy hamda 
siyosiy jarayonlar bilan bog‘liq  edi.  Ularning mintaqadagi faoliyati va turmush tarzi 
bo‘yicha qisman ma’lumotlar keltiriladi. YUqoridagi xulosalar umumlashtirilganda, 
Samarqanddagi afg‘on fuqarolarining imperiya ichki va tashqi siyosatidagi o‘rni ko‘p 
jihatdan siyosiy ahamiyat kasb etishi ko‘zga tashlanadi. Samarqand afg‘onlari  Rossiya 
imperiyasining Afg‘onistonga ta’sir ko‘rsatish vositasi bo‘lib, ularning ijtimoiy va iqtisodiy 
manfaatlari , madaniy qiziqishlari , mahalliy  millatlar qatorida ,  inobatga olinmagan. Siyosiy 
ahamiyat kasb etgan qabila xonlari esa moddiy jihatdan ta’minlab borilgan. Aynan shu 
holat ham Rossiya imperiyasining tashqi siyosati mohiyatini ko‘rsatib beradi. Tadqiqot 
jarayonida kelingan xulosalardan biri yana shu bo‘ldiki, afg‘onlarning mahalliy xalq bilan 
o‘zaro munosabatlari kuchli nazorat ostida bo‘lgan. Ularning o‘lka milliy ozodlik 
harakatlariga aralashishini oldini olishga harakat qilingan  z
E`tiboringgiz  uchun rahmat.

z XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Samarqand viloyati etnik tarkibida afg’on fuqarolarining o’rni. MAVZU:

z  Tadqiqot jarayonida muammoga oid adabiyotlar tahlil qilinar ekan mavzu yuzasidan qator xorijiy va milliy tadqiqotlar o‘tkazilganligiga guvoh bo‘lamiz.  Ushbu tadqiqot larda asosan XIX asrning o‘rtalari – XX asr boshlaridagi afg‘on fuqarolari migratsiyasi, uning kelib chiqish sabablari , bunga ta’sir ko‘rsatgan ichki hamda tashqi omillar kabi qator masalalar yuzasidan aniq fikrlar bildirilmasdan, mavzuga yaqin jihatlar keltirib o‘tilgan yoki boshqa maqsadlarda amalga oshirilgan tadqiqotlarda kichik bir ob’ektlar, ikkinchi darajali masalalar sifatida qaralgan

z

z

z  Sovet davri vakillari bo‘lgan V.V.Bartold, P.P.Ivanov, A.L.Troitskaya, R.N.Nabiev, G.A.Xidoyatov, T.S.Saidkulov tadqiqotlarida muammo Samarqanddagi afg‘on fuqarolarining ijtimoiy siyosiy hayotining ba’zi jihatlari, hududlar(viloyatlar) va sohalar bo‘yicha qamrab oladi.Lekin, mazkur davr adabiyotlari ma’lum mafkura ta’sirida yaratilganligi bois mavjud reallikni xolisona baholash imkonini bermaydi, tarixiy jarayonlar muayyan darajada bir tomonlama qarashlarga asoslangan.