Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000-yilligi
Mavzu: Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000-yilligi.
Xorazim mamun akademiyasiʼ, Maʼmuniylar akademiyasi — Xorazmda 10-asr oxiri — 11-asr boshlarida faoliyat koʻrsatgan ilmiy muhit. Maʼmuniylar davlati (992—1017) tarixi bilan bevosita bogʻliq. Siyosiy, iqtisodiy, harbiy qudratga erishgan xorazmshoxlar davlati mamlakatni birlashtirish, unda tartib oʻrnatish boʻyicha tadbirlarni boshlab yuborgan. Kun tartibida davlat ichki va tashki siyosatini olib borishda mafkuraviy masalalarni hal qilish turgan.
18—20-asr tarixchi olimlari tomonidan ilmiy muassasa har tomonlama oʻrganilgan va oʻz faoliyati nuqtai nazaridan bu dargoh oʻz davrining akademiyasi boʻlganligi isbotlangan va unga "Maʼmun akademiyasi" nomi berilgan. Xorazm mamun akademiyasiga ko’plab olimu fuzalolar bo’lgan .
Xorazm maʼmun akademiyasida quydagi olimlar o’z faoliyatlarini olib borganlar : Abu Nasr Mansur ibn Ali ibn Iroq al Jaʼdiy (10-asr — 1034), Abulxayr ibn Hammor (941 — 1048), Abu Saxl Iso ibn Yahʼyo al Masihiy al Jurjoniy (970—1011), Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al Beruniy, Abu Ali al Husayn ibn Abdulloh ibn Sino, Abu Ahmad ibn Muhammad ibn Yaʼqub ibn Miskavayh (1030- yil v.e.), Abu Mansur Abdulmalik ibn Muhammad ibn Ismoil as Saolibiy al Naysaburiy (961 — 1038), Ahmad ibn Muhammad asSahriy (1015-yilv.e.), Abu Ali al Hasan ibn Horis alHububiy alXorazmiy (10—11-asrlar), Abu Abdulloh Muhammad ibn Homid al Xorazmiy (10—11- asrlar) va boshqalar.