logo

Yahyo G’ulomov tadqiqotlari

Yuklangan vaqt:

16.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

663.3505859375 KB
Mavzu: Yahyo G’ulomov 
tadqiqotlari. Reja: 
1. Yahyo G’ulomov hayot yo’li.
2. Yahyo G’ulomov tadqiqotlari va erishgan 
yutuqlari. Yahyo G‘ulomov 1908-yil 1-may kuni 
Toshkent shahrida joylashgan Shayxontohur 
dahasining Oqmachit mahallasida mudarris 
oilasida  tug‘ilgan. Otasi G‘ulomxon qadim 
Shoshdagi mashhur Xo‘ja  А hror madrasasida 
mudarrislik qilgan, onasi Soraxon esa 
mahalladagi maktabda qizlarga harf o‘rgatib, 
saboq berardi. Aynan ushbu oilaviy muhit 
olimning kelajakda dunyo ilmiga hissa 
qo‘shishida zamin yaratdi.  . U birinchi  o’zbek  arxeolog- mutaxassis, 
ko’plab  ilmiy  ekspeditsiyalarning  faol  
ishtirokchisi bo’lgan. Vaqt o’tishi bilan, 
Yahyo G’ulomov O’zbekistonning ibtidoiy 
madaniyati va o’rta osiyo qurg’oqchiligi 
tarixi ishlari tufayli tanilgan va hurmat 
qozongan .  Samarqandda joylashgan O‘zbekiston 
pedagogika akademiyasining ijtimoiy – iqtisod 
bo‘limini tamomlagan (1930-yil) Yahyo G‘ulomov 
ilmiy faoliyatini 1933-yildan boshlagan.
FA Tarix, til va adabiyot instituti arxeologiya 
bo‘limi mudiri lavozimida (1940-1943-yillar) 
ishlagan olim 1943-yildan Tarix va arxeologiya 
instituti qadimgi va o‘rta asrlar tarixi bo‘limi 
mudiri etib tayinlanadi. 1956-1959-yillar 
davomida mazkur institut direktori vazifasini 
ham bajargan.    1938 — 50 yillarda  xorazm arxeologiya  
etnografiya ekspeditsiyasi boshligʻining 
oʻrinbosari sifatida 
qatnashib, Xorazmning sugʻorilish, dehqonchil
ik va shahar madaniyatining shakllanishi 
hamda rivojlanish tarixi boʻyicha ilmiy 
tadqiqot ishlari olib borgan. Gʻ. Oʻzbekistonda 
tarix va arxeologiya sohalari boʻyicha oʻziga 
xos baynalmilal ilmiy maktab yaratgan.  Uning Zarafshon va Fargʻona vodiylarida, 
shuningdek, Toshkent vohasida olib borgan 
ilmiy tadqiqotlari 
Oʻzbekistonda, tosh, eneolit va jez davri, uning 
moddiy-madaniyat yodgorliklarini oʻrganishga 
katta hissa boʻldi. U, ayniqsa, Toshkent tarixi va 
uning yodgorliklarini tadqiq etishga alohida 
ahamiyat bergan. Toshkent 
kanali boʻylab, Toʻytepada maxsus arxeologik 
tadqiqotlar oʻtkazgan.  Yahyo Gʻulomovich Gʻulomov erishgan ilmiy 
darajalari va yutuqlari:
1950-yilda tarix fanlari doktori;
1955-yilda professor;
1958-yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan 
fan arbobi;
1966-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi 
akademigi;
2002-yil (vafotidan so‘ng) “Buyuk xizmatlari 
uchun” ordeni bilan taqdirlangan. 4 jilddan iborat "Oʻzbekiston tarixi", 2 jildli 
"Samarqand tarixi" va  "Buxoro tarixi" 
asarlarining asosiy mualliflaridan hisoblangan 
Yahyo G‘ulomov  "Xiva shahrining yodgorliklari", 
"Quyi Zarafshon vodiysida ibtidoiy madaniyat va 
sug‘orma dehqonchilikning paydo boʻlishi" kabi 
bir qancha asarlar muallifi hisoblanadi. 
Shuningdek Yahyo G‘ulomov boshqa  mahalliy 
tarixchi olimlar bilan birgalikda, hammualliflikda 
 bir nechta buyuk, boy tariximizga oid asarlar 
ham yozgan.
     E’tiboringiz Uchun Raxmat
205-gurux talabasi 
Abdulbarov Murodjon.

Mavzu: Yahyo G’ulomov tadqiqotlari.

Reja: 1. Yahyo G’ulomov hayot yo’li. 2. Yahyo G’ulomov tadqiqotlari va erishgan yutuqlari.

Yahyo G‘ulomov 1908-yil 1-may kuni Toshkent shahrida joylashgan Shayxontohur dahasining Oqmachit mahallasida mudarris oilasida  tug‘ilgan. Otasi G‘ulomxon qadim Shoshdagi mashhur Xo‘ja А hror madrasasida mudarrislik qilgan, onasi Soraxon esa mahalladagi maktabda qizlarga harf o‘rgatib, saboq berardi. Aynan ushbu oilaviy muhit olimning kelajakda dunyo ilmiga hissa qo‘shishida zamin yaratdi. 

.

U birinchi o’zbek arxeolog- mutaxassis, ko’plab ilmiy ekspeditsiyalarning faol ishtirokchisi bo’lgan. Vaqt o’tishi bilan, Yahyo G’ulomov O’zbekistonning ibtidoiy madaniyati va o’rta osiyo qurg’oqchiligi tarixi ishlari tufayli tanilgan va hurmat qozongan .