logo

Yangi davr fani. Fanning shakllanish jarayoni va uning zamonaviy taraqqiyoti

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

300.2724609375 KB
Ya n gi  da v r  f a n i . 
Fa n n i n g sh a k l l a n i sh  
j a ra y on i  v a  u n i n g 
za m on a v i y  t a ra qqi y ot i                                    RE J A :
•
1. XVII asr o’rtalaridan XVIII asr oxirlarida fan va 
texnika taraqqiy qilgan ko’pgina davlatlarda ijtimoiy-
siyosiy va madaniy hayot.
•
2. XVII-XVIII asr fani - mexanik fan.
•
3.Turkistonda fan va texnika. Kapitalistik ishlab chiqarish usuli va ilk burjua inqiloblari: (XVI asrning 60-70 yillaridagi 
Niderlandiya burjua inqilobi; XVII asrning 40-80 yillarida Angliya burjua inqilobi; XVII 
asrda Yevropaning qator davlatlarida bo’lib o’tgan inqiloblar, xullas, 1789-1794 
yillardagi buyuk fransuz inqilobi.) davrida ilm-fan rivoji diniy dunyoqarashning, diniy 
g’oyalarning obro’yini tushirib yubordi. Bu jarayon kapitalistik taraqqiyotga keng yul 
ochib berdi. Umumevropa miqyosidagi bu jarayon birinchidan tabiatshunoslik va 
texnika sohasidagi ilmiy bilimlarning o’sishiga va shu bilan birga ishlab chiqaruvchi 
kuchlarning tez rivojlanishiga, ikkinchidan yuqorida aytganimizdek antifeodal inqilobi 
harakatlarning yuksalishiga olib keldi, ya’ni hunarmand, dehqonlar va ishchilar  
burjuaziya boshchiligida burjua inqiloblari davomida feodalizmga va yakka 
hokimiyatchilikka qahshatgich zarba bera boshladi.
Kapitalistik manufakturaning gullab-yashnashi va mashinalashgan ishlab chiqarishga 
o’tish fan va texnikaning rivojlanishini talab qilardi. Sanoatning rivojlanishi texnika, 
matematika, eksperimental fanlar va tabiiy fanlarning jadal sur’atlar bilan 
rivojlanishiga yordam berdi. Dinga putur yetib va o’rta asr sxolastikasi kishanlari 
parchalanib borayotgan ana shu sharoitda fan taboro muvaffaqiyatli sur’atda 
rivojlana boshladi Hozirgi zamon fani o’zining tez sur’at bilan yuksalib borgan 
taraqqiyotini xuddi shu XVII asrdan boshladi deyish 
mumkin. XVI asrda ilmiy fikr ba’zi bir cheklangan 
sohalarda, masalan, astronomiya, tibbiyot namoyon 
bo’lgan bo’lsa, XVII asrning birinchi yarmida ilmiy 
bilimlarning asosiy prinsiplari va metodlari paydo bo’lishi 
(Bekon, Galiley, Nyuton, Dekart) bilan fan asri boshlandi. 
Lekin shunga qaramay XVII asrning birinchi yarmi fanning 
tong otar payti edi, xolos. Ilmiy bilimlarning g’olibona rivojlanishi XVII asrning ikkinchi yarmidan, 
ya’ni ingliz burjua inqilobidan keyin boshlandi. Bu rivojlanish 
Yevropaning barcha mamlakatlariga yoyildi va xalqaro tus oldi. Olimlar 
bir-birlari bilan xat yozishib turar, o’z kuzatishlari, ixtirolari, kashfiyotlari, 
nazariyalari haqida bir-birlariga xabar yuborar edilar. Birin-ketin 
akademiyalar – ilmiy markazlar vujudga keldi. Bu akademiyalarda 
tajribalar o’tkazilar – ular namoyish qilinar edi. Bunday akademiyalardan 
Fransiyadagi «Tajriba akademiyasi» va Londondagi «Qirollik jamiyati» 
tabiatshunoslik ilmiy jamiyatlarining eng dastlabkilaridan edi. «Qirollik 
jamiyati» birinchi fuqorolar urushi yillaridayoq tuzilgan bo’lib, inqilobdan 
keyin (1662 yildan boshlab) katta ishlar olib bordi. Uning a’zolari orasida 
Boyl, Guk, Nyuton kabi ilg’or olimlar bor edi. 1652 yilda Germaniyada imperator 
«Leopold akademiyasi», 1666 yilda 
Parijda «Tabiat fanlari akademiyasi», 
1700 yili Berlinda «Fanlar akademiyasi», 
1724-1725 yillarda Peterburgda, 1739 yil 
Stokgolmda, 1759 yil Myunxenda Fanlar 
akademiyalari tashkil qilindi va hokazo.
Akademiyalar bilan bir vaqtda  ilmiy 
jurnallar ham ta’sis qilndi. Bu 
jurnallarning eng keksasi Parijda 1665 
yildan chiqa boshlagan «Olimlar jurnali» 
hisoblanadi.
Shunday qilib, XVII-XVIII asrlar fanining 
eng muhim ikki xususiyati birinchidan 
uning kuzatishga, tajribaga, 
eksprimentga, ikkinchidan 
matematikaga tayanganida edi. Aniqlik 
va ishonchlilik yangi fanning bayrog’i 
bo’lib qoldi. Yangi fannnig XVII-XVIII 
asrlardagi taraqqiyoti, bir tomondan, 
eng muhim ilmiy asbob-uskunalar 
(termometr, simobli va suvli barometr, 
havo nasosi, mayatnikli soat, elektr 
mashina, teleskop, mikroskop va 
hokazo)ning ixtiro qilishi va 
takomillashtirilishi asosida , ikkinchi 
tomondan matematikaning tez  
rivojlinishi asosida bordi.  Ammo XVII-XVIII asr fani ko’proq manufaktura ishlab 
chiqarishiga va ilk mashinalashgan ishlab chiqarishga 
bog’liqligi tufayli ham u asosan mexanistik fan edi. 
Boshqacha qilib aytganda yirik sanoatga 
aylanayotgan manufaktura davrida mexanikaning ikki 
moddiy negizi bu- soat va tegirmonning borligi edi. Mashinalashgan sanoatga o’tishda 
yana shu ikkala moddiy negiz asos 
bo’lgan edi:
Soat  – amaliy maqsadlar uchun 
ishlatilgan birinchi avtomat bo’lib,  
tekis harakat bilan ishlaydigan 
ishlab chiqarish nazariyasi ana shu 
soat asosida rivojlangan.
Tegirmon –  dastlabki  suv tegirmoni 
qurilgan vaqtlardan boshlaboq 
unda mashina organizmining 
hamma muhim elementlari bor edi. 
Harakatga keltiruvchi kuchning 
me’yorini o’lchash, bu kuchni 
qo’llashdagi eng yaxshi usullar - 
tishli uzatma, tishlar haqidagi va 
ishqalanish haqidagi ta’limotga ham 
ana shu tegirmon asos bo’ldi.
Shunday qilib, fan va texnika, 
ayniqsa, matematika, mexanika va 
astronomiya fanlari 
mashinalashgan sanoatga o’tish, 
kapitalistik sanoatning taraqqiy 
qilishi va diniy dunyoqarashni 
yengish asosida rivojlanib bordi. Galiley, Kipler va Nyutonlarning 
zamondoshlari ichida ko’plab 
tabiatshunos olimlar mavjud edi. Ana 
shulardan biri italyan fizigi va 
matematigi  Evandjelista Torrichelli 
(1608-1647) bo’lib, Rimda Benedetti 
Kastilli rahbarligida matematik 
ma’lumot oladi. Torrichellining 
«Traktat o dvijenii tyajel ы x tel», nomli 
asari Galileyning e’tiborini tortadi. 
Galiley o’z asarlaridan birini qayta 
ishlab chiqishni ishonib unga 
topshiradi. Galiley o’limidan so’ng, 
1642 yilda Torrichelli Pizan 
universiteti matematik professori 
lavozimini yoki o’rnini egallaydi. 
Torrichelli 39 yoshida, ya’ni erta vafot 
etsada, fan tarixida katta ishlar 
qilishga erishdi. Torrichelli 
matematika, mexanika, gidravlika 
sohasida katta ishlar qildi. Uni fanda 
yanada tanitgan ishi, bu o’ta oddiy 
tajriba usuli bilan Yerning yuza 
qismiga havoning bosimi 
mavjudligini, ya’ni havonining 
og’irligini aniqladi va namoyish qildi, 
atmosfera bosimini o’lchash uchun 
oddiy barometrni ixtiro qildi. Fransuz fizigi Edm Mariott (1620-1684) turli 
sohalar bilan shug’ullangan olimlardan biri 
hisoblanadi. U optika, yorug’lik(svet) 
difraksiyasi, gidravlika va ayniqsa u o’zining 
gazlar hususiyatlari ustida olib borgan 
tajribalari bilan tanilgan. Ingliz olimi Robert Boyl 1662 yilda 
va undan mustaqil ravishda Edm 
Mariott ham 1676 yilda 
eksprimental ravishda «Boyl-Mariott 
qonuni» deb ataluvchi qonunni 
aniqladilar, unga ko’ra: muayyan gaz 
massasi uchun o’zgarmas 
temperaturada bosim hajmga 
teskari proporsionaldir:          R1 = V2 
   R2 = V1
Temperatura ortishi bilan gaz 
bosimining ortishini 1787 yilda 
fransuz fizigi J.Sharl eksperimental 
ravishda aniqlaydi. Bu – fanda Sharl 
qonuni nomi bilan ataladi, ya’ni: 
muayyan gaz massasining bosimi 
o’zgarmas hajmda absolyut 
temperaturaga proporsionaldir:         
                           R1 = T1        R2 = T2
Shuni ta’kidlash kerakki, ya’ni E. 
Mariott Parij Fanlar 
Akademiyasining eng birinchi 
a’zolaridan biri hisoblanadi. Ingliz ximigi va fizigi Robert Boyl (1627-1691) Irlandiyaning Lismor qurg’onida gersog 
oilasida tug’iladi. U Temza daryosi bo’yidagi Iton shahridagi taniqli kolledjda o’qidi. Italiya 
va Fransiya bo’ylab sayohat qilgan Boyl, bir necha yil Jenevada o’qidi. Dastlab din ta’sirida 
bo’lgan Boyl zohidona hayot kechiradi. Hatto bu davrda Angliyada fuqorolar urushi 
ketayotgan davrda, ya’ni O.Kromvel boshchiligidagi respublikachilarning qirol armiyasi 
bilan jang olib borayotganida ham Boylning barcha qiziqishlari fan bilan bog’liq edi.
1663 yilda Londonda rasmiy tashkil topgan «Qirollik jamiyati»ning tuzilishida ham Boyl 
asosiy tashabbuskorlardan biri edi. 1665 yilda Boyl Oksford universitetining fizika fanlari 
doktori unvoniga sazovor bo’ladi. 1680 yilda R.Boyl «Qirollik jamiyati»ning prezidenti 
lavozimiga saylanadi, biroq uning o’zi bu lavozimni rad etadi.
Dj.Bernal aytganidek: «R.Boyl, shubhasiz, «Qirollik jamiyati»ning boshlang’ich davrida 
uning asosiy figurasi bo’lgan bo’lsa, shu jumladan I.Nyuton ham jamiyatning gullab-
yashnagan davrida uning asosiy figurasi edi». Boylning yaqin do’sti va birinchi 
yordamchisi bo’lib uzoq vaqt faoliyat 
ko’rsatgan keng tarmoqli olim va ajoyib 
eksperimentator Robert Guk (1635-1703) 
edi. U Uayt orolida ruhoniy oilasida 
tug’iladi. Dj.Bernal yozganidek: «Agar Boyl 
Qirollik jamiyatining yuragi bo’lsa, unda 
Guk uning ko’zi va qo’llari edi. U 
Faradeygacha bo’lgan davrning buyuk 
fizik-eksperimentatori edi. Mexanika, 
fizika, ximiya va biologiya bilan qiziqqan 
Guk metallarning mexanik xossalari, 
materiallarning elastik 
deformasiyalanishlari, elastiklik chegarasi 
ustida ish olib borib, fanda «Guk qonuni» 
deb ataladigan ixtironi amalga oshirdi. 
Uning ixtirosi, ya’ni aylanma prujinli 
mayatnik keyinchalik aniq soat va 
xronometrlarning yaratilishiga asos 
bo’ldi. 1660 yilda Guk mikroskop 
sxemasini takomillashtirdi.»
Endi R.Boylga qaytadigan bo’lsak u 
Dj.Bernal aytganidek Guk va Faradey kabi 
yirik eksperimentator bo’lmasada, yoki 
Nyuton va Maksvell kabi yuksak 
matematik qobiliyatga ega bo’lmasada, 
biroq fan uchun juda ko’p ishlar qildi. 
O’zining ilmiy salohiyatiga ko’ra Boyl 
ensiklopedist olim edi. Uning fandagi 
asosiy xizmati ximiyani mustaqil fanga 
aylanishini boshlab berdi. Fransuz olimi Blez Paskal (1623-1662) 
matematik, fizik, yozuvchi va diniy 
faylasuf edi. U Klermon- Ferrane 
shahrida matematik E.Paskal oilasida 
tug’iladi. 1655 yilda B.Paskal Por-
Royaldagi yanseniychilik ( Kalvinizmga 
yaqin diniy-falsafiy oqim. Gollandiyalik 
va’zchi Yanseniy asos solgan ) monastiriga 
joylashib, bu oqimning 
maslakdoshlaridan biriga aylanadi. 
Matematika va fizika sohasida ko’p ishlar 
qilgan Paskal gidrostatikaga asos soladi. 
Bu qonunga ko’ra suyuqlik yuzasiga 
qilingan tashqi ta’sir kuchi suyuqlik 
orqali barcha yunalishda bir xil uzatiladi. 
Masalan:
«Havoning massasi haqida»gi asarida 
Paskal havo bosimining zichligi Yer 
yuzasidan qancha yuqoriga chiqilsa 
shuncha kamayib borishini aniqlaydi. 
Shu bilan birga barometr ko’rsatgichi 
havoning holatiga, ya’ni 
temperaturasiga va namligiga bog’liq va 
shuning uchun ham barometr ob-
havoni oldindan aytib berish pribori 
bo’lib xizmat qilishi mumkinligi haqida 
ma’lumot beradi. Nyuton va Galileyning zamondoshi buyuk 
golland matematigi, fizigi va mexanigi Xristian 
Gyuygens (1629-1695) Gagada yozuvchi va 
siyosiy arbob oilasida tug’iladi. 
Nederlandiyaning Leyden va Bredi 
shaharlaridagi universitetlarida o’qib, 
huquqshunoslik va matematikani o’rganadi. 22 
yoshida aylana, ellips va giperbola yoylari 
uzunligini o’lchashga oid birinchi ilmiy ishini 
e’lon qildi.
Tez orada X.Gyuygens fizik muammolarga 
qiziqib qoldi. U R.Guk bilan birgalikda 
termometrning doimiy nuqtalarini – muzning 
erish nuqtasi va suvning qaynash nuqtasini 
aniqladi. Shu yillardayoq u astronomik trubalar 
obyektivlarining yorug’lik kuchini oshirib, ularni 
takomillashtirish ustida ishladi. Ular yordamida 
Gyuygens 1655 yilda Saturn yo’ldoshlaridan biri 
Titanni kashf etdi va uning aylanish davrini 
hisobladi. Saturnda hozir hammaga ma’lum 
bo’lgan halqalar borligini aniqladi. O’zining 
«Mayatnikli soatlar» (1658) nomli asarida u 
mayatnikning harakati bilan bog’liq bo’lgan 
qator muammolarni tadqiq qildi.
Gyuygensning matematika, mexanika va 
astronomiyaga oid asarlari unga katta shuhrat 
keltirdi. Gyuygens Londonga kelib ko’plab ingliz 
olimlari bilan tanishdi va u 1663 yilda London 
«Qirollik jamiyati»ning birinchi xorijiy a’zosi 
bo’ldi.
Fransuz olimlarining taklifiga ko’ra u 1665 yilda 
Parijga keldi va bu yerda 16 yil yashadi. Fransuz 
Fanlar akademiyasi raisligiga taklif qilindi 1681 yil Gyuygens vataniga qaytadi va optika bilan shug’ullanadi. U yaratgan 
okulyardan hozirgacha foydalanilmoqda. O’zining optika haqidagi ishlarini Gyuygens 
1690 yilda nashr qilingan «Yorug’lik haqida traktat» nomli asarida e’lon qildi. Bu asarda 
u birinchi marta yorug’likning to’lqin nazariyasini bayon qildi. M: island shpati kristalida 
ochilgan ikkilanma nur sinish hodisasini tushuntirib berdi. Optik bir o’qli kristallardagi 
klassik sinish nazariyasi hozirda ham Gyuygens ta’limoti asosida bayon qilinadi.
«Yorug’lik haqidagi traktat»ga «Og’irlik sabablari» degan ilova qo’shilgan edi. Bunda 
olim butun olam tortishish qonunini ochishga yaqin kelgan edi. Gyuygensning ko’pgina 
muhim ishlari uning vafotidan keyingina bosilib chiqdi. M: «Jismlarning zarba ta’siridagi 
harakatlari haqida», «Diopritika», «Kosmoteoros» va boshqalar.
Endi XVIII asrda tabiiy fanlar sohasidagi ilmiy ishlar rivojini tahlil qilishni biz buyuk 
matematik va fizik, Peterburg Fanlar akademiyasi a’zosi Leonard Eyler faoliyati bilan 
boshlaymiz.    XVIII – XIX asrlarda Markaziy Osiyo xalqlarining Markaziy Osiyo va madaniyati 
o’ziga xos ravishda rivojlandi. Chunki bu davrdagi feodal tarqoqlik urushlari, 
xonliklar o’rtasidagi bo’lib turgan dahshatli janglar ilm ahliga qanchalik kulfat 
keltirgan bo’lmasin, u ilm-fan, san’at, va adabiyot rivojini to’xtatib qo’ya olmadi. 
Shunday bo’lsada XVII – XIX asrlarda Markaziy Osiyo regionida IX – XII va XIV – 
XVI asrlarga nisbatan tabiiy fanlar sohasidagi rivojlanish bir muncha 
tushkunlikka uchradi. Bu davrga kelib bir paytlar dunyo fanining beshigini 
tebratgan yurt, endi o’rta asrlarda, ya’ni xorazmshohlar, somoniylar va 
temuriylar davrida egallagan ilm-fan sohasidagi mavqyeini Yevropaga bo’shatib 
berayotgan edi. Biroq ushbu murakkab tarixiy davrning mashaqqatlariga qaramasdan fan, 
adabiyot va san’at sohasida iste’dodli fan arboblari, atoqli shoir va yozuvchi 
olimlarimiz yetishib chiqdi. Ana shulardan biri Bobokolon Muftiy bo’lib, (Risola 
dar ilmu hisob) uning matematikaga oid traktatlari XVII – XIX asrlar davomida 
O’rta Osiyo madrasalarida o’quv qo’llanmasi bo’lib xizmat qildi. Mirza Badi – 
Divonning «Predpisaniye fiska» nomli matematikaga oid ishlari xonlik 
devonxonasi xodimlari tomonidan yer-mulk hisob-kitobi ishlarida 
foydalanilgan.
Matematika va astronomiya sohasida faoliyat  ko’rsatgan olimlardan: Mahmud 
ibn Ahmadning «Oy fazalarining tengligi haqida risola»; Munajjim Muhammad 
Husayn Buxoriyning «Qibla tomonni topish ma’rifati»; Muhammad Amin ibn 
Ubaydulla Mo’minobodiyning «Shabaka jadvali amali hisobi»; Soqi Muhammad 
Soni Choharyakiyning «Risola dar ilmu hisob» asarlari bu davr fanining yorqin 
namunalaridan hisoblanadi. Astronomiya fani rivojiga katta hissa 
qo’shgan olimlarimizdan biri bu 
Ahmad Donish (1827-1897) bo’lib, u 
chuqur bilimli, dunyoqarashi 
nihoyatda keng bo’lganligi sababli 
zamondoshlari tomonidan Ahmad 
Kallali -  Donish degan laqab olgan. 
Ahmad Donish fan va hunarning bir 
necha sohalariga qiziqqan. U 
astronomiya, falsafa, tarix, she’riyat, 
adabiyot, pedagogika va hattotlik 
bilan shug’ullangan. Uni dunyoga 
mashhur  qilgan asarlari bu «Jadvali 
soat» (1876); «Majmui risolai 
nujumiy»(1876); «Taqvimiy soli 
asr»(1881); «Navodirul vaqoye»(1882); 
«Mang’it amirlari tarix»(1883) va 
boshqalardir.
Nodir voqyealar nomli asarida Ahmad 
Donish – olamning abadiyligi, Yerning 
sharsimon ekanligi, planetalarning 
harakat qilib turishi, Oy va Quyosh 
tutilishlari haqida o’z fikrlarini bildirib, 
buning sabablarini tabiatning o’zidan 
qidirish zarurligini aytib o’tadi.  XVII asrning yirik geograflaridan biri 
qomusiy olim Mahmud ibn Vali 
hisoblanadi. Uning 1636 yilda yozilgan 
«Bahr ul - asror» (Sirlar dengizi) asari 
O’rta Osiyo geografiyasiga 
bag’ishlanib, unda dengizlar, daryolar, 
orollar, shaharlar va ularning tabiiy 
boyliklari alfavit tartibida keltirilgan
Bu davrda yashagan Muhammad 
Tohir  ibn Abulqosimning «Chudesa 
zemn ы x poyasov» nomli geografiko-
kosmografik asari asosan yerning 
yetti iqlim hududlariga bag’ishlanadi. Boburning xolavachchasi 
hisoblangan Muhammad Haydar 
(1500-1556)ning «Tarxiy Rashidiy» 
asarida ham Qoshg’ar, Yorkent, Tibet, 
Hindiston haqida geografik 
ma’lumotlar keltiriladi.
Ushbu davrda tibbiyot fani ham rivojlanib, bu 
sohada bir qator mashhur olimlar yetishib 
chiqadi. Ana shulardan biri mashhur tabib 
Ubaydullo ibn Muhammad Yusuf hisoblanadi. U 
asosan ko’z kasalliklari bilan shug’ullanganligi 
uchun xalq orasida «Ubaydulla Qahhol» nomini 
oladi. 1598 yil u «Davolash usullari haqida» asar 
yozadi. Uning bo’limlaridan 18 tasida ayollar 
kasaliklari, bolalar gigiyenasi, bolalar kasalliklari, 
toksikologiya, kosmetika, semizlik va oriqlik 
muammolari yoritilgan. Ashtarxoniy 
Subhonqulixon ham (1680–1702) tibbiyotga oid 
«Ihyo at-tabibiy Subhoniy» (Subhoniy tabobati 
bo’yicha davolash) degan risola yozgan .  E’tiboringiz uchun rahmat

Ya n gi da v r f a n i . Fa n n i n g sh a k l l a n i sh j a ra y on i v a u n i n g za m on a v i y t a ra qqi y ot i

RE J A : • 1. XVII asr o’rtalaridan XVIII asr oxirlarida fan va texnika taraqqiy qilgan ko’pgina davlatlarda ijtimoiy- siyosiy va madaniy hayot. • 2. XVII-XVIII asr fani - mexanik fan. • 3.Turkistonda fan va texnika.

Kapitalistik ishlab chiqarish usuli va ilk burjua inqiloblari: (XVI asrning 60-70 yillaridagi Niderlandiya burjua inqilobi; XVII asrning 40-80 yillarida Angliya burjua inqilobi; XVII asrda Yevropaning qator davlatlarida bo’lib o’tgan inqiloblar, xullas, 1789-1794 yillardagi buyuk fransuz inqilobi.) davrida ilm-fan rivoji diniy dunyoqarashning, diniy g’oyalarning obro’yini tushirib yubordi. Bu jarayon kapitalistik taraqqiyotga keng yul ochib berdi. Umumevropa miqyosidagi bu jarayon birinchidan tabiatshunoslik va texnika sohasidagi ilmiy bilimlarning o’sishiga va shu bilan birga ishlab chiqaruvchi kuchlarning tez rivojlanishiga, ikkinchidan yuqorida aytganimizdek antifeodal inqilobi harakatlarning yuksalishiga olib keldi, ya’ni hunarmand, dehqonlar va ishchilar burjuaziya boshchiligida burjua inqiloblari davomida feodalizmga va yakka hokimiyatchilikka qahshatgich zarba bera boshladi. Kapitalistik manufakturaning gullab-yashnashi va mashinalashgan ishlab chiqarishga o’tish fan va texnikaning rivojlanishini talab qilardi. Sanoatning rivojlanishi texnika, matematika, eksperimental fanlar va tabiiy fanlarning jadal sur’atlar bilan rivojlanishiga yordam berdi. Dinga putur yetib va o’rta asr sxolastikasi kishanlari parchalanib borayotgan ana shu sharoitda fan taboro muvaffaqiyatli sur’atda rivojlana boshladi

Hozirgi zamon fani o’zining tez sur’at bilan yuksalib borgan taraqqiyotini xuddi shu XVII asrdan boshladi deyish mumkin. XVI asrda ilmiy fikr ba’zi bir cheklangan sohalarda, masalan, astronomiya, tibbiyot namoyon bo’lgan bo’lsa, XVII asrning birinchi yarmida ilmiy bilimlarning asosiy prinsiplari va metodlari paydo bo’lishi (Bekon, Galiley, Nyuton, Dekart) bilan fan asri boshlandi. Lekin shunga qaramay XVII asrning birinchi yarmi fanning tong otar payti edi, xolos.

Ilmiy bilimlarning g’olibona rivojlanishi XVII asrning ikkinchi yarmidan, ya’ni ingliz burjua inqilobidan keyin boshlandi. Bu rivojlanish Yevropaning barcha mamlakatlariga yoyildi va xalqaro tus oldi. Olimlar bir-birlari bilan xat yozishib turar, o’z kuzatishlari, ixtirolari, kashfiyotlari, nazariyalari haqida bir-birlariga xabar yuborar edilar. Birin-ketin akademiyalar – ilmiy markazlar vujudga keldi. Bu akademiyalarda tajribalar o’tkazilar – ular namoyish qilinar edi. Bunday akademiyalardan Fransiyadagi «Tajriba akademiyasi» va Londondagi «Qirollik jamiyati» tabiatshunoslik ilmiy jamiyatlarining eng dastlabkilaridan edi. «Qirollik jamiyati» birinchi fuqorolar urushi yillaridayoq tuzilgan bo’lib, inqilobdan keyin (1662 yildan boshlab) katta ishlar olib bordi. Uning a’zolari orasida Boyl, Guk, Nyuton kabi ilg’or olimlar bor edi.