logo

Yangi O’zbekiston milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1652.7109375 KB
Mavzu:Yangi 
O’zbekiston milliy 
tiklanishdan – 
milliy yuksalish 
sari.  Mustaqillik tufayli biz dunyo hamjamiyatining teng huquqli a'zosi bo‘lib, yorug‘ 
kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan bunyod etmoqdamiz. Istiqlol yillarida erishgan 
yutuqlarimizga tayanib,	
  milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari  	dadil 
qadam qo‘ymoqdamiz.	
  Reja
1.Yangilanayotgan o'zbekiston:milliy tiklanishdan -milliy yuksalish sari.
2. Ta’lim-tarbiyada milliy yuksalish.
3.O'zbekistonda bozor iqtisodiyotining rivojlanishi. •          Dunyoda ikki yuz ellikdan ortiq davlat, minglab xalq va elat bor. Ular orasida O’zbekiston deya 
atalmish  go’zal  va  betakror  mamlakatning  o’z  o’rni  va  nufuzi,  o’ziga  xos  taraqqiyot  yo’li  borligi 
qalbimizga iftixor bag’ishlaydi. Shu bois ham Mustaqillik biz uchun benihoya qadrlidir. Qadrli narsa 
esa osonlikcha qo’lga kiritilmasligini barchamiz yaxshi bilamiz.
•
Vatanimiz tarixi bir necha ming yillar bilan bo’ylashadi. Bu diyor jahon tamaddunining tamal toshini 
qo’ygan,  ilm-fani, san’ati, madaniyati,  ulkan madaniy-ma’naviy  merosi, olimu	 fuzalolari bilan  dong 
taratgan.  Shu  bois  yaqin  o’tmishda  qariyb  bir  asr  davomidagi  mustamlaka  davri,  ungacha  ham  haq-
huquqlari  poymol  etib  kelingan  xalqimiz  ruhini  hyech  qanday  kuch  so’ndirolmagan.  Shu  nuqtai 
nazardan  o’zbek  tiliga  davlat  tili  maqomi  berilgani,  1990-1991  yillarda  Navro’z  bayrami  qayta 
tiklangani, Ramazon va Qurbon hayitlari bayram kunlari deb e’lon qilingani xalqimizning asriy orzu 
va  armonlari  ro’yobga  chiqishi,  milliy  qadriyatlarimiz  tiklanishi  yo’lidagi  dastlabki  yirik  qadamlar 
bo’ldi. •
Milliy  davlatchiligimizni  barpo  etish  yo’lidagi  zalvorli  qadam  sifatida 
Mustaqillikning dastlabki yillarida dastlab uning kafolati bo’lmish Konstitusiya qabul 
qilinganini  alohida  ta’kidlash  joiz.  O’zbekistonda  huquqiy  demokratik  davlat  qurish 
va  adolatli  fuqarolik  jamiyatini  shakllantirish  bosh  vazifa  etib  belgilanib,  mamlakat 
siyosiy  hayotida  ko’ppartiyaviylik  muhiti  qaror  topdi,  nodavlat  tuzilmalar,  jamoat 
tashkilotlari va o’zini-o’zi boshqarish organlari faoliyati takomillashtirildi, sud-huquq 
tizimida,  ommaviy  axborot  vositalari,  ma’naviy-ma’rifiy  sohalarda  keng  ko’lamli 
islohotlar amalga oshirildi. • Darhaqiqat,  mamlakatimiz  tarixida  o’chmas  sahifa  ochgan  buyuk  istiqlol  tufayli  O’zbekiston 
o’tgan  davr  mobaynida  jahon  hamjamiyatidan  munosib  o’rin  egallab,  milliy  tiklanishdan  milliy 
yuksalish  sari  dadil  ilgarilab  bormoqda.  Ayniqsa,  Prezidentimiz  Shavkat  Mirziyoyevning 
O’zbekiston  Respublikasi  Mustaqilligining  yigirma  sakkiz  yilligiga  bag’ishlangan  tantanali 
marosimdagi  nutqi  bu  o’zgarishlarni  yanada  teranroq  anglashimiz,  idrok  etishimizda  muhim 
ahamiyat  kasb  etdi.  Davlatimiz  rahbarining  har  bir  so’zlari  xalqimiz  qalbida  iftixor  tuyg’ularini 
yanada  jo’sh  urdirdi.  Shubhasiz,  bundan  ruhlangan  xalqimiz  davlatimizning  har  qarich  yerida 
yuksalish  davri  bo’lishi  uchun azmu	 qaror  qilmoqdalar.  Muhtaram  Yurtboshimiz  nutqida 
ta’kidlaganidek,  Milliy  yuksalish  deganda,  biz  mamlakatimiz  taraqqiyoti,  xalqimizning  hayot 
darajasi  va  turmush  sifatini  har  tomonlama  yuqori  bosqichga  ko’tarishni  tushunamiz.  Ilm-fan, 
ta’lim-tarbiya,  sog’liqni  saqlash,  madaniyat  va  sport  sohalarida  bo’layotgan  katta  o’zgarishlar 
hayotimizda muhim voqyelikka aylanmoqda. •          Yurtimizda ijtimoiy rivojlanish bo’yicha o’ziga 
xos  tizim  shakllanmoqda.  Bu  borada  2017-2021 
yillarda  O’zbekiston  Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha 
Harakatlar  strategiyasida  belgilangan  vazifalarni 
amalga  oshirilayotgani,  “Obod  qishloq”,  “Obod 
mahalla”,  “Yoshlar  –  kelajagimiz”,  “Besh  ijobiy 
tashabbus”  kabi  dasturlar  aholini  yangicha  fikrlash 
va  ishlashga  safarbar  etishda  muhim  rol 
o’ynamoqda. Buning natijasida, hatto mamlakatning 
eng  chekka  hududlari,  markazlardan  olisda 
joylashgan  qishloqlarning  ham  me’moriy  qiyofasi 
tubdan  yangilanib,  aholining  turmush  farovonligi 
yuksaltirilmoqda.
•
Sog’liqni saqlash, madaniyat va sport, ilm-fan, ayniqsa, ta’lim-
tarbiya  sohalarida  bo’layotgan  ulkan  o’zgarishlarning 
barchamiz guvohi bo’lib turibmiz. •
Ta’lim-tarbiyada milliy yuksalish
• Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan, ko’plab ota-onalar, pedagoglar, yoshlar, keng 
jamoatchilik takliflarini o’rgangan holda, yurtimizda 11 yillik o’rta ta’limning joriy 
etilgani yoshlarning bilim olishga bo’lgan ishtiyoqi kuchayishida, ular tarbiyasini to’g’ri 
shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
•
Xo’sh, nega ushbu islohot o’quvchilarning darslarga ishtiyoqini oshiryapti, ularning 
tarbiyasini nazorat qilishga yaxshi samara beryapti?
• Xalqimiz 11 yillik ta’lim sistemasi qayta tiklandi, ilgari holat qaytdi, deb sayoz 
fikrlamasliklarini xohlardim. Chunki ushbu islohot chuqur o’ylangan va ta’lim-tarbiya 
sifatini yanada oshirishga xizmat qiladigan puxta reja asosida amalga oshirildi.  •
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 yanvardagi “Umumiy o’rta, o’rta maxsus va 
kasb-hunar  ta’limi  tizimini  tubdan  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to’g’risida”gi  farmoniga 
muvofiq 2018/2019 o’quv yilidan boshlab majburiy umumiy o’rta ta’lim uzluksiz 11 yillik ta’lim 
negizida amalga oshirildi.
•
11  yillik  ta’limning  joriy  etilishi  munosabati  bilan  tezkor  davr  talabidan  kelib  chiqqan  holda 
olimlar,  amaliyotchi  o’qituvchilar  hamda  keng  jamoatchilikning  fikriga  tayanib,  10-11-sinflar 
uchun  12 ta	 umumta’lim  fani  bo’yicha  o’quv  rejalari  qaytadan  tayyorlanib,  ularga  bir  qator 
o’zgartirishlar kiritildi. Jumladan, 11-sinfda kasb ta’limi orqali 50	
 ga	 yaqin kasbni o’rgatish bilan 
birga, “Tadbirkorlik asoslari” fani ham o’qitiladi. O’quv dasturlari asosida 10-sinf o’quvchilariga 
umumta’lim fanlaridan 18 nomdagi darsliklar 7 tilda, jami 9 million 53 mingdan ortiq tirajda chop 
etilib, joylarga yetkazildi. •
Vazirlar  Mahkamasining  2017  yil  24  oktyabrdagi  “Umumiy  o’rta  ta’lim  muassasalarining  10-
11-sinflari  o’quvchilariga  kasbiy  ta’lim  berishga  ixtisoslashgan o’quv-ishlab	 chiqarish 
majmualarini  tashkil  etish  chora-tadbirlari  to’g’risida”gi  qarori  10-11-sinf  o’quvchilarining 
ta’lim  olishi  bilan  birga,  ularga  kasb-hunar  o’rgatish,  yoshlarning  qiziqish  va  qobiliyatini 
nazarda  tutgan  holda  kelajakda  ularni  ta’limni  davom  ettirishi  yoki  egallagan  kasbi  bo’yicha 
mehnat faoliyati bilan shug’ullanishi uchun sharoit yaratish maqsadida qabul qilindi.
•
Kasb-hunar  kollejlarida	
 o’quv-ishlab	 chiqarish  majmualari  tashkil  etildi.  Kasblar  ro’yxatini 
tayyorlashda  hududlarning  sharoiti  hamda  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  dasturlari  inobatga 
olinib,  mutasaddilar  va  ish  beruvchi  tashkilotlar  mutaxassislari  bilan  birgalikda,  real  vaziyatni 
xolis baholagan holda ish olib borildi. Ya’ni 11-sinf o’quvchisi maktabni tamomlagandan keyin 
egallagan hunari bo’yicha o’z ishini topa olishiga jiddiy e’tibor qaratildi. •
Yangi bosqichning yangi imkoniyatlari
• O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2019  yil  6  sentyabrda  “ Professional  ta’lim 
tizimini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni 
qabul  qilingani  ta’lim  tizimidagi  islohotlarning  mantiqiy  davomi  bo’ldi.  Ushbu  hujjatda 
nazarda tutilgan maqsadlar barchamizni quvontirdi, desam mubolag’a bo’lmaydi.
• Farmonga  muvofiq,  2020/2021  o’quv  yilidan  boshlab  O’zbekistonda  Ta’limning  xalqaro 
standart  tasniflagichi  darajalari  bilan  uyg’unlashgan  yangi  boshlang’ich,  o’rta  va  o’rta 
maxsus  professional  ta’lim  tizimi  hamda  tabaqalashtirilgan  ta’lim  dasturlari  joriy 
etiladigan  ta’lim  muassasalari  tashkil  etilib,  mazkur  dasturlar  asosida  tegishli  kadrlar 
tayyorlaydigan ta’lim muassasalari ro’yxatlari tasdiqlandi. •
Iqtisodiy  islohotni  amalga  oshirishning  asosiy  omillaridan  biri  bozor  iqtisodiyotining 
huquqiy  negizini  yaratishdan  iborat.  Shuning  uchun  islohotlarning  huquqiy  asoslarini 
yaratishga alohida e'tibor berildi.
• Iqtisodiy  sohaga  tegishli  bo'lgan  100  dan  ortiq  qonunlar  qabul  qilindi.  Bu  qonunlarni 
mazmun-mohiyati jihatidan bir qator yo'nalishlarga bo'lish mumkin.
•
1.  Mulkchilik  munosabatlari  va  ko'p  ukladli  iqtisodiyotni  shakl-lantiruvchi  qonunlar.  Bu 
yo'nalish  doirasida  mulkchilik  to'g'risida,  mulkni  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va 
xususiylashtirish  to'g'risida,  ijara  to'g'risida,  davlat  uy-joy  fondini  xususiylashtirish 
to'g'risida va boshqa qonunlar qabul qilindi. • 2.  Xo'jalik  yuritishni  tartibga  soluvchi  qonunlar,  ya'ni  xususiylashtirish,  mulkchilik,  tadbirkorlik, 
korxonalar,  fermer  xo'jaligi,  dehqon  xo'jaligi,  shirkat  xo'jaligi  to'g'risida  qonunlar  qabul  qilindi.  Bozor 
infratuzilmasini  yaratuvchi  va  uning  faoliyatini  tartibga  solib  turuvchi  banklar  va  bank  faoliyati,  pul 
tizimi,  tadbirkorlik,  sug'urta,  birjalar  va  birja  faoliyati  to'g'risida,  qimmatli  qog'ozlar  va  fond  birjasi 
to'g'risida  va  boshqa  qonunlar  qabul  qilindi.  Korxona  bilan  davlat  o'rtasidagi,  korxonalar  o'rtasidagi 
munosabatlarni yo'lga qo'yuvchi, soliq tizimi, monopolistik faoliyatni cheklash, korxonalarning bankrot 
bo'lishi haqida qonunlar qabul qilindi, xo'jalik protsessual kodeksi ishlab chiqildi, xo'jalik sudi tuzildi.
• 3.  O'zbekistonning  tashqi  iqtisodiy  faoliyatini  belgilab  beruvchi  huquqiy  normalar  yaratildi.  Tashqi 
iqtisodiy  faoliyat  to'g'risida,  chet  el  investitsiyalari  to'g'risida,  O'zbekiston  Respublikasining  xalqaro 
shartnomalari to'g'risida qabul qilingan qonunlar mamlakatimiz tashqi aloqalarining rivojlanishi tarixida 
yangi sahifa ochdi.
• Xususiylashtirish.  1991—yil  18-noyabrda  qabul  qilingan  mulkni  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va 
xususiylashtirish to'g'risidagi qonunga muvofiq, davlat mol-mulkni xususiylashtirish masalalari bo'yicha 
20  dan  ortiq  maxsus  dasturlar  ishlab  chiqildi  va  ularni  amalga  oshirishga  davlat  boshchilik  qildi. 
Xususiylashtirish  jarayoni  umumiy  uy-joy  fondini,  savdo,  mahalliy  sanoat,  xizmat  ko'rsatish 
korxonalarini, qishloq xo'jalik mahsulotlarini tayyorlovchi xo'jaliklarni davlat tasarrufidan chiqarishdan 
boshlandi. Bu jarayon «kichik xususiylashtirish» deb nom oldi. •
Muxtasar  qilib  aytganda,  mustaqillik  yillarida  amalga  oshirilgan  iqtisodiy  islohotlar 
natijasida  bozor  iqtisodiyoti  asoslari  shakllandi.  Ko'p  ukladli  iqtisodiyotni,  mulkdorlar 
tabaqasini  shakllantirishdan  iborat  strategik  vazifa  amalda  ro'yobga  chiqdi.  2004—  yil 
boshlarida  respublikamizda  mulkchilikning  nodavlat  sektori  xususiy  mulk  egalari, 
fermer,  shirkat  va  dehqon  xo'jaliklari,  aksiyadorlik  jamiyatlari,  qo'shma  korxonalar, 
kooperativlar, jamoa mulki, mas'uliyati cheklangan jamiyatlar, jamoat tashkilotlari ulushi 
90,2 foizga yetdi. Davlat ta-sarrufidagi korxonalar ulushi esa 9,2 foizga tushdi.

Mavzu:Yangi O’zbekiston milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari.

Mustaqillik tufayli biz dunyo hamjamiyatining teng huquqli a'zosi bo‘lib, yorug‘ kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan bunyod etmoqdamiz. Istiqlol yillarida erishgan yutuqlarimizga tayanib, milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari dadil qadam qo‘ymoqdamiz.

Reja 1.Yangilanayotgan o'zbekiston:milliy tiklanishdan -milliy yuksalish sari. 2. Ta’lim-tarbiyada milliy yuksalish. 3.O'zbekistonda bozor iqtisodiyotining rivojlanishi.

• Dunyoda ikki yuz ellikdan ortiq davlat, minglab xalq va elat bor. Ular orasida O’zbekiston deya atalmish go’zal va betakror mamlakatning o’z o’rni va nufuzi, o’ziga xos taraqqiyot yo’li borligi qalbimizga iftixor bag’ishlaydi. Shu bois ham Mustaqillik biz uchun benihoya qadrlidir. Qadrli narsa esa osonlikcha qo’lga kiritilmasligini barchamiz yaxshi bilamiz. • Vatanimiz tarixi bir necha ming yillar bilan bo’ylashadi. Bu diyor jahon tamaddunining tamal toshini qo’ygan, ilm-fani, san’ati, madaniyati, ulkan madaniy-ma’naviy merosi, olimu fuzalolari bilan dong taratgan. Shu bois yaqin o’tmishda qariyb bir asr davomidagi mustamlaka davri, ungacha ham haq- huquqlari poymol etib kelingan xalqimiz ruhini hyech qanday kuch so’ndirolmagan. Shu nuqtai nazardan o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgani, 1990-1991 yillarda Navro’z bayrami qayta tiklangani, Ramazon va Qurbon hayitlari bayram kunlari deb e’lon qilingani xalqimizning asriy orzu va armonlari ro’yobga chiqishi, milliy qadriyatlarimiz tiklanishi yo’lidagi dastlabki yirik qadamlar bo’ldi.

• Milliy davlatchiligimizni barpo etish yo’lidagi zalvorli qadam sifatida Mustaqillikning dastlabki yillarida dastlab uning kafolati bo’lmish Konstitusiya qabul qilinganini alohida ta’kidlash joiz. O’zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurish va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish bosh vazifa etib belgilanib, mamlakat siyosiy hayotida ko’ppartiyaviylik muhiti qaror topdi, nodavlat tuzilmalar, jamoat tashkilotlari va o’zini-o’zi boshqarish organlari faoliyati takomillashtirildi, sud-huquq tizimida, ommaviy axborot vositalari, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda keng ko’lamli islohotlar amalga oshirildi.