Milliy ma’naviy taraqqiyotimizda milliy tarbiya tizimining o‘rni
MAVZU: MILLIY MA’NAVIY TARAQQIYOTIMIZDA MILLIY TARBIYA TIZIMINING O‘RNI REJA: 1. Har bir millatning o‘ziga xos tarbiyaviy tizimi. 2. “Milliy tarbiya” tushunchasining ko‘p qirrali xodisa sifatidagi mohiyati. 3. Milliy tarbiya ijtimoiy tarixiy qonuniyat va ob’ektiv jarayon sifatida. 4. Milliy tarbiya ma’naviy taraqqiyot tizimining tarkibiy qismi
Milliy tarbiyaning etnopedagogik qirralarini ilk bor kashf etgan olimlardan biri — kulturantropolog M. Mid bo‘ldi. Uningtadqiqotlari nafaqat geterostereotip (bir xalqning boshqa xalqlar haqidagi bilimlari yig‘indisi)ning, balki osiyolik va afrikaliklarda avtostereotip(o‘z xalqi haqidagi bilimlar yig‘indisi)ning shakllanishiga, boshqacha qilib aytganda, o‘zligini anglashga ham turtki bo‘ldi. Biz uchun ushbu tadqiqotning pedagogik jihati muhimdir. Zero, M. Mid tomonidan 1927 yili nashr ettirilgan «Samoada ulg‘ayish» kitobi tarbiyaning milliyligiga asoslangan ilk ilmiy-tadqiqot natijasidir.
M. Mid bir kishining ma’lum milliy muxitdagi xulq-atvorini tushunishda uning bolalikda olgan milliy tarbiyasi ta’siri nihoyatda katta ahamiyatga egaligini qayd qiladi. CHunki bolalarning milliy tarbiyaviy ta’sirni qabul qilish jarayoni va kattalarning milliy fe’l-atvorlari orasida izchil aloqa mavjud. Tarbiyaning milliy xususiyat kasb etishida bir avloddan ikkinchi avlodga o‘tib keluvchi an’analar, marosim, udum, ishlab chikarish va xayotiy malakalar, afsonalar, xulq- atvor tarzi, bolalarga, o‘smirlarga, qariyalarga munosabatlarning o‘ziga xosligi katta rol o‘ynashini M. Mid aloxida kayd etadi.