logo

YEVROPADA DASTLABKI UNIVERSITETLARGA ASOS SOLINISHI

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

10096.208007812 KB
MAVZU: YEVROPADA DASTLABKI 
UNIVERSITETLARGA ASOS SOLINISHI   
Universitetlar dastlab Yevropada 11 asrda ochila boshlagan. Biroq ilk 
universitetning vatani Yevropa emas. Tarixdagi birinchi universitet 
sifatida 970 yilda Misrning Qohira shahrida ochilgan Al-Azhar 
universiteti e'tirof etiladi.

Yevropa universitetlari monastr maktablaridan ajralib chiqqan va 
taraqqiy etishi juda uzoq muddat davom etgan, shuning uchun ham 
ularning ilk rivojlanish davri qachon ekanini aniq belgilab bo‘lmaydi.

11-asr davomida Parij universiteti taraqqiy etib, dovruq qozona 
boradi. Yevropaning eng qadimiy universitetlaridan biri bo‘lgan bu 
maskan o‘rta asrlarda juda mashhur bo‘lgan. Bu dargoh professor va 
talabalarni huquq, ilohiyot, tibbiyot va falsafa ta'limining rivojlangani 
bilan jalb qilgan.   
Birinchi universitetlar ajralib chiqqan maktablar professsorlar fikr 
almashadigan, ular uchun mo‘ljallangan muassasalar bo‘lgan. Bunday 
joylarda ideologiya, tibbiyot va huquq ta'limoti usullarini ishlab 
chiqishgan. Darslar esa lotin tilida olib borilgan. O‘rta asrlarda 
universitet talabalari, asosan, tibbiyot, huquq va ideologiyani 
o‘qishgan. Yevropada yoshlar universitet ta'limiga o‘tishdan oldin 
«trivium» guruhidagi grammatika, ritorika, mantiq fanlarini va 
«kvadrium» guruhiga kiruvchi arifmetika, geometriya, musiqa, 
astronomiya fanlarini o‘qishi lozim bo‘lgan. 18-asrdan boshlab 
universitetlar o‘z ilmiy nashrlarini chop eta boshlagan. 19-asrdan esa 
universitetlar uchun german va fransuz modeli ishlab chiqiladi. 19-
asrgacha Yevropa universitetlarida diniy ta'lim ustuvor bo‘lgan, keyin 
aniq fanlarga e'tibor kuchaygan. Shunday vaziyatda german 
universtitetlar modeli ham ommalashib ketadi.   MURSI UNIVERSITETI ( 1272-YIL. 
ISPANIYA ) 

Ispaniyaning janubiy-sharqida joylashgan 
Mursii universiteti yoshlarga falsafa, 
tibbiyot, huquq, biologiya, iqtisodiyot, 
psixologiya va veterinariya sohalarida ta’lim 
darajalarini taklif etadi. Kastiliya, Leon va 
Galisiya qiroli Alfonso X (Dono) ushbu 
universitetga asos soldi. U ta’lim berishda 
fan va adabiyot sohalarida an’anaviy lotin 
tilining o‘rniga, ispan tilining Kastil shevasini 
qo‘llanilishi tarafdori bo‘lgan.

Universitetning hozirgi binosi 1915 yilda 
qurilgan. Mazkur oliy ta’lim muassasasi 
Ispaniyaning eng qadimiy va nufuzli 
universitetlaridan biri hisoblanadi. Mursii 
universiteti dunyoning 50 dan ziyod 
davlatidan yiliga 1000 dan ortiq talabalarni 
qabul qiladi.   VALYODOLIT UNIVERSITETI 1241-yil . 
Ispaniya

Ispaniyaning Kastiliya-Leon hududida 
joylashgan Valyadolid universiteti Kastiliya 
qiroli Alfonso VIII tomonidan 1208-1212 
yillarda asos solingan Palensiya 
universitetidan ajralib chiqqan. Dastlab unda 
grammatika, arifmetika, lotin tili, 
dinshunoslik fanlaridan ta’lim berilgan. Unga 
huquq, tibbiyot, san’at fakultetlari XX asrning 
boshlarida qo‘shilgan.

Bugungi kunda Valyadolid universiteti 100 
dan ortiq yo‘nalishda bakalavr, 17 yo‘nalishda 
aspirantura va 50 yo‘nalishda magistratura 
dasturlari o‘qitiladi. Ispaniyaning yetakchi 
oliygohi hisoblangan universitetda 30 000 
nafar yaqin talaba ta’lim oladi. Ularga 2700 
nafarga yaqin professor-o‘qituvchilar dars 
beradi. Shuningdek, u yerda 950 nafarga 
yaqin boshqa soha xodimlari ham ishlaydi.   SIYEN UNIVERSITETI 1240-YIL. 
ITALIYA

Florensiya viloyatining go‘zal tabiatli 
markazi Toskana shahrida joylashgan 
Siyen universiteti juda qadimiy va mashhur 
hisoblanadi. Universitet ochilgan ilk yillar 
bu yerda lotin tili, huquq, mantiq va 
tibbiyot fanlari o‘qitilgan. Mamlakat 
boshiga tushgan ko‘ngilsizliklarga 
qaramasdan (Yevropa bo‘ylab tarqagan 
vabo, ikkita jahon urushi va boshqalar), 
universitet o‘zining nufuzi va jozibasini 
saqlab qolgan. Mahalliy aholi mazkur ta’lim 
maskanining dastlabki qiyofasini saqlab 
qolish uchun qattiq himoya qilishgan.

Ayni vaqtda Siyena universitetning 9 
fakultetida 20 000 dan ortiq talaba ta’lim 
olmoqda. U xorijiy talabalarni ham qabul 
qiladi.   TULUZA UNIVERSITETI 1229-YIL. 
FRANSIYA

Mazkur universitet Raymund VII 
hukmronligi ostidagi Tuluz grafligi 
nomi bilan atalgan.

1969 yilda Tuluz universiteti uchta 
alohida oliygohga bo‘lindi hamda 
ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim 
muassasalari birlashmasiga 
(Konsorsium) aylandi. Bugun 
mazkur universitetda 100 000 dan 
ortiq talaba ta’lim oladi. 
Talabalarning 11 000 nafari xorijlik.   NEAPOL FRIDRIX II UNIVERSITETI 
1224-YIL. ITALIYA

Neapolitan universiteti Sitsiliya qiroli va Rim 
imperiyasi imperatori Fridrix II tomonidan 
tasdiqlangan hujjatga muvofiq tashkil etilgan.

Biroq 1987 yildagina universitetga Fridrix II 
nomi berildi. Qirol universitetni qirollik toji 
bo‘lishini istagan va o‘qituvchi hamda 
talabalarning ushbu tojga munosib 
bo‘lishlarini talab qilgan.

Bugungi kunga kelib universitetda 87 ta 
kafedra faoliyat yuritib, 97 000 dan ortiq 
talaba tahsil olmoqda.

Universitet professor-o‘qituvchilari va 
talabalari Osiyo, Amerika va Yevropaning 
mamlakatlari bilan tajriba, malaka almashish 
dasturlarida ishtirok etishmoqda. Xorijdan 
talabalarni jalb qilish ustida izlanmoqda.   KEMBRIJ UNIVERSITETI 1209-YIL. 
ANGLIYA

U dunyodagi eng nufuzli 
universitetlardan biri sifatida ayrim 
kelishmovchiliklar tufayli Oksfordni 
tark etgan olimlar tomonidan barpo 
etilgan. 1231 yilda qirol Genrix III 
universitetga rasmiy maqom hadya 
etgan.

Bugun Kembrij tasarrufida 31 ta kollej, 
6 ta maktab faoliyat yuritadi. Oliygohda 
18 000 ga yaqin talaba ta’lim oladi. 
Dunyoning 120 davlatidan 3500 ga 
yaqin talaba o‘qiydi. Kembrijda o‘qish 
narxi qimmat bo‘lishiga qaramasdan, u 
nufuzi va ta’lim sifatining yuqoriligi 
bilan ajralib turadi.    OKSFORT UNIVERSITETI 1096-YIL. 
ANGLIYA

Bu oliygoh ingliz tilli mamlakatlar 
universitetlari orasida eng qadimiysi 
sanaladi. Oksford o‘z tarixida bahs-
munozaralar markazi vazifasini 
bajargan. Jumladan, nasroniylarning 
muqaddas Injil kitobini ingliz tiliga 
tarjima qilinishida u katta rol o‘ynagan.

Bugun Oksford universiteti yuqori 
raqobatbardosh va reytingli maktab 
sifatida dunyoga mashhur. U yerda 22 
000 nafar talaba ta’lim olib, ularning 
chorak qismi xorijlik hisoblanadi. 
Oksford rasmiy saytining ma’lumotiga 
ko‘ra, bitiruvchilarining 94 foizi tahsilni 
yakunlagach, olti oy ichida nufuzli 
ishlarga qabul qilinadi.   BOLONYA UNIVERSITETI 1088-YIL. 
ITALIYA

G‘arb dunyosining eng qadimiy 
universiteti hisoblangan Bolon o‘zining 
ko‘plab mashhur bitiruvchilari bilan har 
qancha maqtansa arziydi. Qirol Fridrix 
I universitetga rasmiy maqomni 1158 
yilda hadya etgan.

Bugungi kunda Bolon universiteti 23 
oliy maktabdan iborat. Universitetning 
100 000 nafar talabasidan 5 000 nafari 
xorijlik yoshlar. Bundan tashqari, 2 000 
talaba oliygohda malaka almashish 
dasturi asosida tahsil oladi.

Bolon universiteti nisbatan kam 
mablag‘ evaziga eng yuqori sifatli 
ta’lim berishni taklif qiladi.

MAVZU: YEVROPADA DASTLABKI UNIVERSITETLARGA ASOS SOLINISHI

 Universitetlar dastlab Yevropada 11 asrda ochila boshlagan. Biroq ilk universitetning vatani Yevropa emas. Tarixdagi birinchi universitet sifatida 970 yilda Misrning Qohira shahrida ochilgan Al-Azhar universiteti e'tirof etiladi.  Yevropa universitetlari monastr maktablaridan ajralib chiqqan va taraqqiy etishi juda uzoq muddat davom etgan, shuning uchun ham ularning ilk rivojlanish davri qachon ekanini aniq belgilab bo‘lmaydi.  11-asr davomida Parij universiteti taraqqiy etib, dovruq qozona boradi. Yevropaning eng qadimiy universitetlaridan biri bo‘lgan bu maskan o‘rta asrlarda juda mashhur bo‘lgan. Bu dargoh professor va talabalarni huquq, ilohiyot, tibbiyot va falsafa ta'limining rivojlangani bilan jalb qilgan.

 Birinchi universitetlar ajralib chiqqan maktablar professsorlar fikr almashadigan, ular uchun mo‘ljallangan muassasalar bo‘lgan. Bunday joylarda ideologiya, tibbiyot va huquq ta'limoti usullarini ishlab chiqishgan. Darslar esa lotin tilida olib borilgan. O‘rta asrlarda universitet talabalari, asosan, tibbiyot, huquq va ideologiyani o‘qishgan. Yevropada yoshlar universitet ta'limiga o‘tishdan oldin «trivium» guruhidagi grammatika, ritorika, mantiq fanlarini va «kvadrium» guruhiga kiruvchi arifmetika, geometriya, musiqa, astronomiya fanlarini o‘qishi lozim bo‘lgan. 18-asrdan boshlab universitetlar o‘z ilmiy nashrlarini chop eta boshlagan. 19-asrdan esa universitetlar uchun german va fransuz modeli ishlab chiqiladi. 19- asrgacha Yevropa universitetlarida diniy ta'lim ustuvor bo‘lgan, keyin aniq fanlarga e'tibor kuchaygan. Shunday vaziyatda german universtitetlar modeli ham ommalashib ketadi.

MURSI UNIVERSITETI ( 1272-YIL. ISPANIYA )  Ispaniyaning janubiy-sharqida joylashgan Mursii universiteti yoshlarga falsafa, tibbiyot, huquq, biologiya, iqtisodiyot, psixologiya va veterinariya sohalarida ta’lim darajalarini taklif etadi. Kastiliya, Leon va Galisiya qiroli Alfonso X (Dono) ushbu universitetga asos soldi. U ta’lim berishda fan va adabiyot sohalarida an’anaviy lotin tilining o‘rniga, ispan tilining Kastil shevasini qo‘llanilishi tarafdori bo‘lgan.  Universitetning hozirgi binosi 1915 yilda qurilgan. Mazkur oliy ta’lim muassasasi Ispaniyaning eng qadimiy va nufuzli universitetlaridan biri hisoblanadi. Mursii universiteti dunyoning 50 dan ziyod davlatidan yiliga 1000 dan ortiq talabalarni qabul qiladi.

VALYODOLIT UNIVERSITETI 1241-yil . Ispaniya  Ispaniyaning Kastiliya-Leon hududida joylashgan Valyadolid universiteti Kastiliya qiroli Alfonso VIII tomonidan 1208-1212 yillarda asos solingan Palensiya universitetidan ajralib chiqqan. Dastlab unda grammatika, arifmetika, lotin tili, dinshunoslik fanlaridan ta’lim berilgan. Unga huquq, tibbiyot, san’at fakultetlari XX asrning boshlarida qo‘shilgan.  Bugungi kunda Valyadolid universiteti 100 dan ortiq yo‘nalishda bakalavr, 17 yo‘nalishda aspirantura va 50 yo‘nalishda magistratura dasturlari o‘qitiladi. Ispaniyaning yetakchi oliygohi hisoblangan universitetda 30 000 nafar yaqin talaba ta’lim oladi. Ularga 2700 nafarga yaqin professor-o‘qituvchilar dars beradi. Shuningdek, u yerda 950 nafarga yaqin boshqa soha xodimlari ham ishlaydi.