logo

Ba’zi poliz o’simlik moylari tarkibini xromatografik usullarda o’rganish

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

7838 KB
Ba’zi poliz o’simlik moylari tarkibini xromatografik usullarda
o’rganish
MUNDARIJA .
KIRISH . 3
I BOB. ADABIYOTLAR SHARHI . 7
1 .1. Xromatografik analiz usullari. 7
1 .1.1. S uyuqlik xromatografiyasi  (SX). 8
1 .1.2. Gaz – suyuqlik xromatografiyasi (GSX.). 14
1 .1.3.  G SX da harakatli suyuq fazalar tanlash. 18
1. 1.4.GSX da   h arakat siz  fazalar ning roli. 22
1 .1.5. Yupqa qavat xromatografiyasi (YuQX). 23
1.1.6.YuQXning  jihozlari va bajarilish tartibi. . 27
1 . 2 .  O’simlik moylarning umumiy   tasnifi  va triglitserid tarkibi. 35
II   BOB . TAJRIBAVIY   QISM  USLUBIY QISM 41
2.1. Ishning maqsadi va vazifalari. 41
2.2. Poliz ekinlarining tarixi, tarqalishi va tarkibi. 4 1
2.3.Poliz o’simlik moylarining shifobaxsh xususiyatlari 4 4
2.4.O’simlik moylarining ekstraksiyasi va etirifikatsiyasi 4 5
2.5. GX ning tuzilishi va ishlash prinsipi. 4 6
2.6.  GX ajralish   jarayoni   uchun   maqbul   sharoitlar   tanlas h. 48
2.7.YuQX usulida  bajariladigan bosqichlar . 50
2.8.Gazoxromato mass-spektrometriya ( GX-MS .)  usuli
51
2.9.GX-MS  asbobining tuzilishi va ishlash prinsipi.
54
III   BOB . TAJRIBAVIY   QISM . 57
3.1.  Yog ’  kislotalar   metil   efirlarini   GX   analizi . 57
3.7.Moylarning guruh tarkibini YuQX usulida o'rganish.
61
3.3 .Tekshiriladigan moylarning GX-MS spektrlarini olish. 62
IV BOB.  OLINGAN NATIJALARNING  MUHOKAMASI. 66
XULOSALAR. 69
1 FOYDALANILGAH   ADABIYOTLAR   RO ' YXATI .  70
KIRISH.
Mavzuning dolzarbligi :   Analitik   kimyoning   dolzarb   yo ’ nalishlaridan   biri
murakkab   tarkibli   tabiiy   va   sintetik   moddalarni   sifat   va   miqdoriy   jihatdan   analiz
qilishning   zamonaviy   usullarini  takomillashtirish  hisoblanadi . 
Yog ’- moy   sanoati   O ’ zbekiston   oziq - ovqat   sanoatida   yetakchi   o ’ rinlardan
birini   egallaydi .   Mamlakatimizda   yuqori   sifatli ,  arzon   va   qulay   o ’ simlik   moylari
mahsulotlariga   bo ’ lgan   ehtiyojlarini   to ’ la - to ’ kis   qondirish   maqsadida  [1 , 2]  ulkan
rejalarni   amalga   oshirish   ko ’ zda   tutilgan .   Ushbu   tarmoq   mahsulot   sifatini
oshirish   va   turlarini   kengaytirish ,   xomashyodan   to ’ liq   hamda   samarali
foydalanish ,  aholi   ehtiyoji   va   bandligini   ta ’ minlash   masalalarini   hal   etishda   ham
muhim   o ’ rin   tutadi [3] . 
Respublikamiz   yog ’- moy   sanoatining   asosiy   vazifasi   xalq   xo ’ jaligiga
ekologik   toza ,   raqobatbardosh ,   yuqori   sifatli   mahsulotlar   ishlab   chiqarishdan
iborat .   Mazali   va   biologik   faol   hamda   shifobaxsh   xususiyatlarga   ega   tarvuz ,
qovun , qovoq ,   kunjut ,   olxo ’ ri ,   o ’ rik ,   shaftoli   danagi   kabi   noan ’ anaviy   turdagi
xomashyodan   moy   olish   texnologiyasi   ham   yog ’- moy   sanoati   korxonalari   uchun
muhim   yo ’ nalish   hisoblanadi  [4-7].
Murakkab   tarkibli ,   ko ’ p   komponentli   organik   birikmalarni   konsentirlash
va   ajratishda   xromatografik   usullarni   o ’ rni   beqiyosdir .   Shu   jumladan
o ’ simliklardan   olinadigan   moylar   tarkibini   o ’ rganishda   gaz - suyuqlik ,   yuqori
samarali   suyuqlik ,   yupqa   qavat   xromatografiyalari   imkoniyatlarning   juda
kengligi   bilan   ajralib   turadi .
Bu   usullar   yuqori   samaradorligi ,   selektivligi ,   ekspresligi ,   aniqlik
darajasining   yuqoriligi ,   avtomatlashtirish   imkoniyatlari   mavjudligi   bilan
ahamiyatli   hisoblanadi . 
Ishning   maqsad   va   vazifalari :   Mazkur   magistrlik   dissertatsiyasi   ishining
asosiy   maqsadi   ba ’ zi   poliz   o ’ simlik   moylarini   yog ’   kislotalar   va   guruh   tarkibini
2 xromatografik   usullar   yordamida   o ’ rganishdan   iborat .   Qo ’ yilgan   vazifalarni
bajarish   uchun   quyidagi   ishlarni   bajarish   talab   etiladi :
-o’simliklar urug’laridan  moylarni  ekstraksiya usulida ajratib olish; 
-o’simlik   moylarining   yog’   kislotalarini   murakkab   metil   efirlari   holiga
o’tkazish;
-moylarning   yog’   kislotalarining   metil   efirlarini   gazoxromati k   usulda
ajra t ish  jarayonini o’tkazish ;
-ajralgan   yog’   kislotalarning   identifikatsiyalash   va   miqdoriy   analizini
amalga oshrish;
-moylarning guruh tarkibini yupqa qavat xromatografiyasi usulida aniqlash.
-olingan ma’lumotlarni ishonchliligini tekshirish maqsadida tegishli moylar
uchun gazoxromato-mass-spektrometrda natijalar olish;
-bajarilgan   ilmiy-   tadqiqot   ishlari   natijasida   olingan   natijalar   asosida
tegishli xulosalar chiqarish. 
Mavzuni   o’rganilganlik   darajasi :   Poliz   o’simliklaridan   tarvuz,qovun   va
qovoqlarni yetishtirish,ularning urug’laridan moylarni ekstraksiya usulida ajratib
olish,   shuningdek   olingan   moylarining   fizik-kimyoviy   xossalari,tuzilishi,
tarkibi,amalda   qo’llanish   sohalari   bo’yicha   ilmiy-tadqiqot   ishlari   olib   borilgan.
Ishlab   chiqarish   texnologiyasi   ilmiy   asoslarini   yaratishda   dunyo   miqyosidagi
olimlar  bilan bir qatorda rus olimlari, professorlar   Derevonko V. V., Ulyanova
O.   V.,   Mirsoev   G.X.,   Сakodinskiy   K.I.,Vegdergaus   M.S.,Beryoskin   V.G.Puc -
ko v a   L.I,   Kozakov   Ye.D.,   o ‘zbek   olimlari dan   Muxamaliyev   N.Q.,Qobulov
B.J.,Zokirov   N.S., Vasiev   M.G., Xalimova   U.X.,   Abdulla у ev   N.Sh.,   Majidov
K.X.   va   boshqalar   katta   hissa   qo‘shganlar .Shunga   qaramasdan   mahalliy
sharoitlarda yetishtiriladigan poliz o’simliklaridan olinadigan moylarni tarkibini
atroflicha   o’rganish   dolzarb   muammolardan   hisoblanadi   va   tegishli   analiz
usullarini takomillashtirishni talab etadi.
       Tadqiqotning ilmiy yangiligi:  Gaz   xromatografiyasi usulida o’simliklardan
olinadigan   moylarni   yog’   kislotalari   metil   efirlarining   ajralish   jarayoni,   yupqa
qavat xromatografiyasi usulida guruh tarkibini aniqlash uchun maqbul sharoitlar
3 tanlandi ,olingan natijalarni tasdiqlash uchun xromato mass-spektrometr usulidan
foydalanildi   va ular ni  amalda qo’llash imkoniyatlari mavjudligi asoslandi.
Tadqiqot   ob’ekti   va   predmeti :   Respublikamiz   iqlim   sharoitida
yetishtiriladigan   poliz   o’simliklaridan   qovun,tarvuz   va   qovoq   urug’laridan
ajratib   olinadigan   moylar   tadqiqot   ob’ekti,   ularning   tarkibini   xromatografik
usullarda o’rganish  tadqiqotning predmeti hisoblanadi. 
                Tadqiqotning   ilmiy   ahamiyati:   Gaz   xromatografiyasi   usulida
o’simliklardan   olinadigan   moylarni   yog’   kislotalari   metil   efirlarining   ajralish
jarayoni   o’rganildi ,   yupqa   qavat   xromatografiyasi   usulida   guruh   tarkibini
aniqla ndi.Moylarning   tarkibi,tuzilishi   va   xossalarini   atroflicha   o’rganish   uchun
xromatografik usullarni  qo’llash imkoniyatlari  keng ekan ligi asoslandi.
Dissertatsiyaning   tarkibiy   tuzilishi.   Dissertatsiy a   ishi   kirish,   uch
bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatini o’z ichiga oladi. Uning
umumiy hajmi   74   bet .   Unda foydalanilgan adabiyotlar   54   manbadan iborat
bo‘lib, u o‘z ichiga 3   ta jadval va  15 ta  rasmni olgan.
Ishning   “ Kirish ”   qismida   tadqiqot   mavzusining   dolzarbligi,ilmiy
izlanishning maqsad va vazifalari,mavzuning o’rganilganlik darajasining qiyosiy
tahlili,   tadqiqotnning   ilmiy   yangiligi,tadqiqot   ob’ekti   va   predmeti,   ilmiy   va
amaliy ahamiyati bayon etilgan.
Birinchi bob - “Adabiyotlar sharhi”da  o’simlik moylarini Respublikamizda-
gi   o’rni,   o’simlik   moylarining   kimyoviy   tarkibi,   ular   analizida   xromatografik
usullarning   qo’llanish   imkoniyatlari   ,shuningdek   poliz   o’simlik   moylarining
shifobaxsh   xususiyatlari   va   qo’llanish   sohalari   haqidagi   ma’lumotlar
to’plandi,umumlashtirildi hamda sharhlandi.
Ikkinchi bob  -  “Uslubiy  qism” deb nomlangan qismda , moylarni ularning
urug’laridan   ekstraksiya   usulida   ajratib   olish,   gazoxromatik   analizni   bajarish
uchun   metil   efirlar   holiga   o’tkazish,gazoxromatografik,xromatomass-
spektrometrik   analiz   asboblarini   tuzilishi,ishlash   prinsiplari   va   qo’llanish
4 sohalari   ,hamda   amalga   oshirish   uchun   maqbul   sharoitlarini   tanlashga   e’tibor
qaratildi,analizlar uchun tegishli metodikalar tanlandi.  
Uchinchi   bob   -“ Tajribaviy   qism”da   tekshiriladigan   poliz   o’simliklarining
urug’laridan   ekstraksiya   usulida   moylar   ajratib   olindi.Olingan   tarvuz,qovun   va
qovoq moylari tegishli metal efirlari holiga aylantirildi.Yog’ kislota metil efirlari
tanlangan   maqbul   sharoitlarda   SE-30   harakatsiz   suyuq   fazada
gazoxromatografik   analiz   qilindi.Moylarning   guruh   tarkibi   yupqa   qavat
xromatografiyasi   usulida   aniqlandi.Xromatografik   usullarda   olingan   natijalarni
ishonchliligi   eng   zamonaviy   usullardan   bo’lgan   gazoxromatomass-
spektrometriya usulida tekshirildi.
To ’ rtinchi   bob-   “Olingan   natijalar   muhokamasi”.bobida   uslubiy   qismda
aniqlangan   ko ’ rsatmalardan   foydalanib,rejalashtirilgan   va   bajarilgan   tajribalar
natijalari tahlil qilindi.
Ishning “Xulosa”  qismida  o’simik moylarini metil efirlarini gazoxromatik
usulda   analiz   qilib   yog’   kislotalari   tarkibini   aniqlash,ularning   guruh   tarkibini
yupqa   qavat   xromatografiyasi   usulida   o’rganish,   olingan   natijalarni
gasoxromato-mass-spektrometriya   usulida   tekshirish   bo’yicha   olingan
ma’lumotlarr   asosida   natijalari   umumlashtirilib,   mavzu   bo’yicha   dissertatsiya
ishiga xulosalar qilindi.
5 I  BOB .  ADABIYOTLAR SHARHI .
1 .1.  X romatografik analiz usullari .
Xromatografiya- ajratish va analiz qilishning fizik- kimyoviy usuli bo’lib,
murakkab tarkibli aralashmalarning ikki- harakatsiz va harakatchan faza orasida
taqsimlanishiga asoslangan.
Xromatografiya usulining tarixiga nazar solsak 1- marta rus biolog olimi
M.S.Svet   1900-   yilda   kalsiy   karbonat   to’ldirilgan   kolonkada   o’simliklarni
barcha pigmentlarini ajratgan.
1952-   yilda   Dj.Martin   va   R.Sindjlar   kimyo   bo’yicha   va   yupqa   qavatli
xromatografiya   usulining   yaratilishi   bo’yicha   Nobel   mukofotini   qo’lga
kiritishgan.   XX   asrning   o’rtalari   va   bugungi   kunimizgacha   xromatografiya
universal va ancha  keng  qo’llaniladigan usullardan biri hisoblanadi  [ 8 ] .
Xromatografiya   laboratoriya   va   sanoatda   ko’p   komponentli   sistemalarni
sifatiy   va   miqdoriy   analizlari,   ishlab   chiqarishda   ayniqsa   ko’p   jarayonlarning
avtomatizatsiyasi   bilan   bog’liqligida,   hamda   individual   moddalarni   ajratishda
qo’llaniladi.
Ayrim hollarda moddalarning identifikatsiyasi uchun xromatografiya o’zi
emas   balki   boshqa   fizik   –   kimyoviy   va   fizikaviy   usullar,   masalan   mass-
spektrometriya, IQ, UB – spektrometriya va boshqalar qo’llaniladi [ 9 ].
Xromatografiya usulining asosiy majburiyatlari quyidagilar hisoblanadi:
   Yuqori   effektivlik,   analizning   tez   bajarilishi   va   avtomatlashtirish
imkoniyatining mavjudligi;
   Boshqa fizik – kimyoviy usullar bilan bog’lanib,gibrid usullar hosil qilishi;
   Moddalarni konsentiratsiyalarining aniqlanish intervalining kengligi;
   Birikmalarning   fizik   –   kimyoviy   xossalarini   o’rganish   imkoniyatiga
egaligi;
   Sifat va miqdoriy analiz o’tkazilishini imkoniyatining mavjudligi;
6  Turli texnologik jarayonlarda qo’llanilishi.
Ta’sirlashishning   tabiati   bo’yicha   harakatchan   va   elyuent   komponent
oralig’ida   xromatografiyaning   asosiy   turlari   quyidagilardan   iborat:   adsorbsion,
[10] yupqa qavat, ion almashinish, cho’ktirish xromatografiyasi.
Adsorbsion   xromatografiyada   turg’un   faza   qattiq   modda   bo’lib,
aniqlanadigan   modda   unda   yutilishiga   asoslangan.   Taqsimlanish
xromatografiyasi  turg’un faza suyuqlik bo’lsa, analiz qilinayotgan modda unda
erishi  va u har ikkala faza orasida taqsimlanishiga  asoslangan.  Ion almashinish
xromatografiyasida   sorbent   sifatida   ionitlar   ishlatiladi.   Cho’ktirish
xromatografiyasi   ajraluvchi   komponentlar   cho’kma   holida   qattiq   harakatchan
fazaga taqsimlanishga asoslangan.
1.1.1.  Suyuqlik xromatografiyasi  (SX.)
Suyuqlik   xromatografiyasi   usullarida   (SX)   harakatli   faza   sifatida   suyuqlik
ishlatiladi.   Suyuqlik   xromatografiyasi   usullarini   tasniflash   sakkizta   asosiy
xususiyatlarga ko’ra amalga oshiriladi[11]:  
- xromatografik tizim fazalarining agregat holati; 
- sorbatning harakatlanish usuli; 
- ajratish tizimining konfigura t siyasi;
  - harakatchan va sta t sionar fazalarning nisbiy qutbliligi; 
- moddalarni ajratish mexanizmi; 
- analizning maqsad va vazifalari; 
- sorbatni kimyoviy konversiyalash usuli.
-harakatli va harakatsiz f azalar  agregat  holatiga   qarab   ajratiladi:
Suyuqlik xromatografiyasi asosiy xususiyatlari quyidagilar:
-   SX   usuli   deyarli   barcha   eriydigan   moddalarni,   shu   jumladan   gaz
xromatografiyasi   yordamida   analiz   qilina   olmaydigan   aralashmalarni   analiz
qilishga imkon beradi;
- moddalarni ajratish uchun sharoitlarni tanlash vaqtida ajratilayotgan moddalar
molekulalarining nafaqat harakatsiz faza, balki harakatli faza bilan o’zaro ta’siri
hisobga oladi;
7 - moddalarning ajralishi past haroratlarda ( gaz xromatografiyasidan farq qilib)
sodir bo’ladi, bu esa ba’zan ajratish samaradorligini oshiradi.
Harakatli   gaz   va   suyuq   fazalar   ishtirokida   aralashma   komponentlarining
sorbsiya jarayoni turlicha amalga oshadi. Gaz xromatografiyasida harakatli faza
sifatida   ishlatilayotgan   gaz   sorbentlarga   yutilmaydi   va   u   faqat   tashuvchi   rolini
bajaradi.  Suyuqlik  xromatografiyasida   harakatli   faza  rolini   bajaruvchi   suyuqlik
esa yuzaga sorbsiyalanadi. Kolonkadan o’tayotgan namuna molekulalari sorbent
yuzasidan   harakatli   faza   molekulalarini   siqib   chiqarishi   lozim   bo’ladi,   bu   esa
sorbent   bilan   ta’sirlashish   energiyasini   kamaytiradi.   Shuning   uchun   suyuqlik
xromatografiyasida   gaz   xromatografiyasiga   nisbatan   sorbsiya   izotermasining
chiziqliligi katta diapazon tashkil etadi.
Turli   xil   tarkibga   ega   bo’lgan   harakatli   fazalarni   (elyuentni)   qo‘llash
oqibatida     xromatografik   sistemaning   tutilish   kattaliklari   va   selektivligini
o’zgartirish   mumkin.   Suyuqlik   xromatografiyasining   selektivligi   gaz
xromatografiyasidan farq qilib, elyuent va harakatsiz fazaning tabiatiga bog’liq.
Suyuqlik   xromatografiyasining   klassik   variantida   aniqlanayotgan
aralashma   sorbent   bilan   to’ldirilgan   (zarracha   o’lchami   100   mkmda   ziyod)   va
uzunligi   1   dan   2   metrgacha   bo’lgan   shishali   kolonkaga   tomiziladi   va   elyuent
bilan   yuviladi.   Elyuentning   og’irlik   kuchi   ta’sirida   qilgan   harakati   sekin   va   u
analizning uzoq davom etishiga olib keladi. Hozirgi vaqtda ham bu usul o’zining
oddiyligi   va   kam   xarajat   talab   etganligi   sababli   laboratoriya   sharoitlarida
qo‘llanib   kelinmoqda.   Sorbent   o‘lchamining   kichrayishi   (10-30   mkm),   yuqori
bosim   beruvchi   nasoslarning   qo’llanilishi   va   sezuvchan   detektorlarning   kashf
etilishi   klassik   suyuqlik   xromatografiyasining   yuqori   samarali   suyuqlik
xromatografiyasining   (YuSSX)   yuzaga   kelishiga   olib   keldi   [12].   YuSSXda
massa   almashuvi   jarayonining   tez   amalga   oshishi   molekulalarning   (adsorbsion
va   taqsimlanish   xromatografiyasi),   ionlarning   (ion   almashinish,   ion
xromatografiya),   makromolekularaning   (eksklyuzion   xromatografiya)   ajralishi
va   aniqlanishiga   olib   keladi.   Affin   va   ligand   almash i nish   xromatografiyasi   esa
biologik faol va optik birikmalarning ajralishida ishlatiladi.
8 Reaksiya natijasida quyidagi tuzilishga ega bo’lgan birikma hosil bo’ladi:
Silikagelning   kislotali   xossaga   ega   -OH   guruhlarini   tuzish   uchun   uzun
uglevodorodli zanjir  ishlatiladi.
 
Yuqorida   keltirilgan   tuzilishga   ega   bo’lgan   adsorbentlar   ko’pchilik
aralashmalarni ajratishda qo’llaniladi.
Harakatli   fazalar .   Suyuqlik   xromatografiyasida   ajratish   selektivligiga,
kolonkaning samaradorligi va   jarayonning tezligiga birinchi navbatda harakatli
fazani   to‘g‘ri   tanlash   kiradi.   Harakatli   faza   namunani   eritishi,   kam
qavushqoqlikka ega bo’lishi va undan ajralgan komponentlarni oson ajratib olish
imkoniyati   bo’lishi   kerak.   Harakatli   faza   xromatografiyasining   barcha
qismlariga   nisbatan   inert,   xavfsiz,   arzon   va   detektor   ko‘rsatgichlariga   ta’sir
etmasligi kerak.
Yuqorida   ko’rsatilganidek   erituvchini   tanlash   orqali   namuna   tarkibidagi
komponentlarni   ajratish   mumkin.   Ertuvchi   tanlashda   standart   erituvchi   sifatida
tanlab   olingan   geptanning   sorbsiya   energiyasidan   ushbu   erituvchining   sorbsiya
energiyasi qanchalik yuqori ekanligi asosiy kattalik sifatida olinadi. Erituvcxilar
kuchli   va   kuchsizga   bo’linadi.   Kuchsiz   erituvchilar   harakatsiz   fazada   kuchsiz
yutiladi,   shuning   uchun   sorbsiyalanadigan   moddalarning   taqsimlanish
koeffitsiyenti qiymatlari katta. Kuchli erituvchilar ishlatilsa, yuqoridagi holatlar
9 teskari.   Kuchli   erituvchilar   deb,   o’zida   namuna   tarkibidagi   moddalarni     yaxshi
eritadigan moddalarga aytiladi.
Turli   adsorbentlar   uchun   erituvchilarning   nisbiy   kuchi   keltirilgan
ma’lumotlar   ko’p.   Masalan,   silikagel   uchun   erituvchi   kuchi   quyidagi   ketma-
ketligida   kuchayadi:   pentan   (0)<CCl
4 (0.11)<,benzol(0,25)<CHCl
3
(0.26)<CH
2 CCl
2 (0,32)<atseton (0,47)<  dioksan (0,49)  < atsetonitril (0,5).
Erituvchining ajratish qobiliyati uning qutbliligi bilan aniqlanadi. Normal
fazali   suyuqlik   xromatografiyasida   qutblilik   oshgani   sari   erituvchining   ajratish
qobiliyati   ortib   boradi,   teskari   fazali   xromatografiyada   esa   pasayadi.
Erituvchilarning   nisbiy   qutbliligini   aniqlovchi   o‘lchov   birligi   sifatida
Gilderbrand   kattaligi   R   qabul   qilingan.   Adsorbsion   suyuqlik   xromatografiyasi
uchun   Snayder   qatori   quyidagi   ko‘rinishga   ega:   pentan   (0)<   n-geksan   (0,01),<
geptan   (0,01),   <siklogeksan   (0,04),<   CCl
4   (0,18),<   benzol   (0,32),   <CHCl
3
( 0,38),<atseton (0,51),<etanol (0,88),<suv ,CH
3 COOH juda katta.Teskari fazali
xromatografiyada C
18   uchun bu qator  quyidagi ko’rinishga ega:metanol  (1,0)  <
atsetonitril (3,1) < etanol (3,1) < izopropanol (8,3)< n-propanol (10,1) < dioksan
(11,7).
Ko’pchilik   holatlarda   sof   erituvc h ilar   emas,   balki   ularning   aralashmalari
ishlatiladi.   Kam   miqdorda   boshqa   erituvchining   qo‘shilishi,   ayniqsa   suvning,
erituvchining ajratish qobiliyatini keskin oshirib yuboradi. 
Ko’p   komponentli   aralashmalarni   ajratishda   bitta   harakatli   faza   elyuent
sifatida   vazifani   bajara   olmagan   vaqtda,   bosqichma-bosqich   yoki   gradiyent
usullar   qo’llaniladi.   Ushbu   holatda   elyuent   kuchini   oshirish   maqsadida
xromatografik   jarayon   paytida   ketma-ket   kuchliroq   erituvchilar   qo‘shilib
boraveradi.   Bu   esa   kuchli   ushlanib   qolayotgan   komponentlarni   siqib   chiqarish
imkonini beradi va analiz vaqtini kamaytiradi.
Elyuent   tanlashda   ba’zi   bir   empirik   qonuniyatlar   o’rnatilgan.   Sorbsiya
jarayoni   tarkibida   qo’sh   bog’lar   va   –OH   guruh   bo’lganda   kuchayadi.   Sorbsiya
jarayoni   organik   birikmalar   qatorida   quyidagi   tartibda   susayadi:   kislotalar>
spirtlar   >aldegidlar   >   ketonlar   >   murakkab   efirlar>   to’yinmagan   uglevo-
10 dorodlar>to’yingan   uglevodorodlar.   Turli   qutblilik   darajasiga   va   turli   organik
sinflarga   taalluqli   aralashmalar   analiz   etilganda   normal   fazali   suyuqlik
xromatografiyasi   qo’llaniladi:turli   sinfga   qarashli   moddalar   qutbli   adsorbent
ishtirokida   qutbli   harakatli   faza   ishtirokida   turli   vaqtlarda   kolonkadan   chiqadi
(turli funksional guruhlarga ega bo’lgan birikmalarda tutilish vaqti qutbsizlardan
qutblilarga   o’tganda   ortib   boradi).Qutblilik   darajasi   o’ta   yuqori   bo’lgan
birikmalar   qutbsiz   elyuentlarda   umuman   ajralmaydi.   Bunday   holatlarda   qutbli
elyuentlarga o’tiladi.
Teskari   fazali   suyuqlik   xromatografiyasida   harakatsiz   faza   qutbsiz
komponentlarni   qutbli   harakatli   fazalarda   masalan,   suvdan   ko’proq   yutadi.
Elyuentning     qutbliligini     kamaytirish   hisobiga   (metanol   qo’shish   bilan)
komponentlarning tutilish vaqtlarini kamaytirish mumkin.
Suyuqlik xromatografiyasida ushlanish mexanizmi bir vaqtning o’zida bir
necha   xil,   ya’ni   adsorbsion,   taqsimlanish,   eksklyuzion   mexanizm   bilan   borishi
mumkin. Ularning asosan qaysi biri bilan borayotganini aniqlash mumkin emas.
Adsorbsion   xromatografiyada sorbatning harakatli va harakatsiz qattiq   fazalar
o’rtasida taqsimlanishi  ikki  xil ta’sir kuchi  ta’sirida amalga oshadi:  nospessifik
(dispersion,   induksion   va   orentatsion   kuchlar)   va   asosiy   bo’lgan     spesifik
(harakatsiz   faza   bilan   vodorod   bog’lanish).Ushlanish   mexanizmi   asosan
sorbentning   tabiatiga   bog’liq.   Qutbli   adsorbentlarda   komponentlarning
ushlanishi   asosan   adsorbent   (silikagel,   alyuminiy   oksidi   va   boshq.)   tarkibidagi
gidroksil   guruhlarning   vodorod   bog’lanish   hosil   qilishiga   asoslangan.   Qutbli
molekulalar   qutbsizlarga   nisbatan   ko’proq   ushlanib   qoladi.   Teskari   fazali
xromatografiyada   C
18   biriktirilgan   sorbentlarda   ushlanish   asosan   no s pessifik
kuchlar ta’sirida amalga oshadi.
Yuqori   samarali   suyuqlik   xromatografiyasi   usuli   yordamida   yog’   kis-
lotalarini ajratish keng qo’llanilmoqda.
UB   sohasidagi   yutilish   spektrlari   yordamida   yog’   kislotalarini   kam
miqdorini IQ sohasida ko’proq miqdorini yutilish spektrlari o’rganilgan[13];
11 Bu   esa   ishlarning     samaradorligini   oshishiga   olib   keladi,   farqlanish   yog’
kislotalarining taqsimlanishi koef f isentlari o’rtasidagi farqqa asoslangan.
Shulardan ko’p ishlatiladigani 1 – nitrobenzol  va O – nafgasil efirlari-dir.
Ayrim hollarda refraktometrli va alanga ionlovchi detektorlar ishlatiladi. Odatda
ajratish o’zgaradigan fazali kolonkalarda olib borilgan, bu maqsadda adsorbentli
kolonkalarni ham ishlatish tavsiya qilingan.
Juda   yaxshi   ajratish   baliq   jigaridan   olingan   yog’   kislotalar   metil   efir-
larining ajralish tixrasob 10RP – 18 bilan to’ldirilgan kolonkada asetonitril bilan
elyuerlanib amalga oshirilgan.
Bu   ajratish   yog’   kislotalarining   taqsimlanishi   koeffitsentlari   o’rtasidagi
farqga  asoslangan   bo’lib,  shuning  uchun ham   cho’qqilarda  bir   – birini  qoplash
jarayoni   kuzatiladi.   O’ziga   xos   taqsimlanish   koeffisentlariga   ega   bo’lgan
cho’qqili   moddalar   yig’iladi   va   GSX   yordamida   tahlil   qilinadi.   Shu   kolonka
yordamida  sis  –  va  trans  –  yog’   kislota  izomerlarini   ham  ajratish  mumkin. Bir
qator ishlarda   metanolning suvli 90 – 80% li eritmasi yordamida YuSSX usuli
bilan elyuerlab aniqlangan izomerlar  keltirilgan. Bunda  sis – izomerlar  1 – chi
bo’lib   elyuerlanadi,   bunga   sabab   qo’sh   bog’   tutgan   karbon   kislotalarni   elyuent
molekulalari   bilan   o’zaro   ta’siri   natijasidir.   P   –brom   –   fenosil   efirlari   18:2   va
18:3   kislotalar   YuSSX   yordamida   ajratilsada,   bunday   xromotografik   sistema
holat   izomerlarini   ajratishda   yaroqsizdir.   Ishda   qisqa   zanjirli   yog’   kislotalari
naftasil efirlarini ta’sir etuvchi S
18  li xezasorb fazada suvli ase-tonitrilli (qavariq
gradient – 38) da 75% gacha asitonitril elyuerlangan.
Uroten   olien   elaidin   kislotalar   metil   efirlarini   ajratish   uchun   M   –
bondanok   S
18   porasilli   nositeli   kolonkadan   foydalanadi,   elyuerlash   etalon   suv
aralashmasida   bajariladi,   detektorlash   refraktometriya   usulida   qilinadi.   S
18
parasil bondapokli kolonkada esa suvli asetonitril – alikvot 200 mg yog’ kislota
efirini ajratdi. Shofild  [ 6 ]  sis – va trans – izomerlarni 1 soat ichida ajratdi.
Lemmer va Grushka 4 yog’ kislotalari sis – va trans – izomerlarini finosil
efirlar   ko’rinishida   ajratdilar,   bu   esa   UB   sohasida   ditektorlash   imkonini   berdi.
Boyl   va   boshqalar   [ 14 ]   margarindan   ekstraksiya   qilib   olingan   erkin   yog’
12 kislotalarni ta’sir etuvchi faza – Fatty Acid Columi (Watess Associates) 10 mkm
diametrli   zarrachalardan   ajratilgan   yog’   kislotalarini   0.1%   sirka   kislota
qo’shilgan   (bu   qo’shimcha   cho’qqi   shaklini   yaxshilaydi)   titragidrofukron   –
asetonitril – suv   aralashmasi bilan elyuerlandi. Mualliflar refraktometrli detek-
torlashdan   foydalanganlar,   analiz   vaqti   50   minut.   Sis   –   va   trans   –   okta   5   –
adesint   kislotalar,   sakkizta   yog’   kislotalarning   miqdoriy   jihatdan   nisbatlari
aniqlangan, biroq olingan ushbu kolonkada palmitin va linolen 18:2 (trans), 12
(trans)   kislotalari   ajralmagan,   lekin   undan   ajratib   olingan   moyning   kimyoviy
tarkibi bo’yicha ma’lumotlar mavjud emasligi mazkur masalani yechishni talab
etadi. 
1.1.2. Gaz – suyuqlik xromatografiyasi (GSX.).
GSX-tabiiy   yog’   kislotalari   murakkab   aralashmalarini   ajratishda   keng
qo’llaniladigan eng samarador usullardan biridir. Bunda ushlanish vaqti va yog’
kislotalarining   tuzilishi   orasida   chiziqli   bog’lanish   korrelyatsiyasi   bo’-
ladi.Bunda   harakatli   suyuq   fazani   tog’ri   tanlash   juda   muhim   hisoblanadi   [15].
Biroq   yog’   kislotalari   tarkibida   ko’p   sondagi   izomerlarning   bo’lishi   ajralgan
birikmalarni identifikatsiyalash imkoniyatini bermaydi. Kumush ionlarini tutgan
nositellar yoki preparativ GSX ko’pchilik murakkab tarkibli aralashmadagi yog’
kislotalari   identifikatsiyasini   anchagina   yengillashtiradi.   Bunday   dastlabki
ajratish   regulyar   foydalaniladigan   ajratish   metodikasi   va   identifikatsiyasi
sxemasiga kiritilgan bo’lishi kerak.
Uzun   va   qisqa   zarjirli   yog’   kislotalari,   almashinmagan   va   oksidlangan
yog’   kislotalari   adsorbsion   xromatografiyaga   qaraganda   kumush   ionlari   tutgan
nositelli   xromatografiyalarda   yaxshi   ajraladi.   Identifikatsiyaning   yanada
to’liqroq   bo’lishini   GX   bilan   mass-spektrofotometriya   usullarini   birgalikda
qo’llab erishiladi.
GSX   ga   bag’ishlangan   sharhlarda   [16]   tabiiy   va   sintetik   yog’   kislotalari
identifikatsiyasi   sxemalari,   ko’p   qo’llaniladigan   birikmalar   sistematik   ajratish
sxemalari yo’llanmalari, shuningdek, yog’ kislotalari metil efirlarini tayyorllash
bo’yicha tavsiyalar keltirilgan.
13 Emkinning   ishlarida   yog’   kislotalari   analizida   nishonlangan   radiaktiv
atomlardan,   jumladan,   radio-GSX   metallari   haqida   qisqacha   ma’lumotlar
berilgan.
Qisqa   zanjirli   yog’   kislotalarini   GSX   usulida   organik   va   anorganik
kislotalar bilan boyitilgan har suyuq fazalarda ajratish mumkin. 
Akmanning   ko’rsatishicha   adekvat   ajralishi   va   erkin   yog’   kislotalarining
kolonkadan elyuerlashi uchun gaz-tashuvchiga chumoli kislota qo’shish kerak.
Qisqa   va   o’rtacha   uzunlikdagi   zanjirli   normal,   tarmoqlangan   monometil,
tarmoqlangan nometil va xalqali yog’ kislotalari, qutbli va qutbsiz kolonkalarda
ajratish metodikalari o’rganilgan. Tarmoqlangan monometil va alamashinmagan
bir   xil   sonli   uglerod   atomiga   yog’   kislotalari   efirlarining   xromotografik
xususiyatlari   zanjir   uzunligini   funksional   additivlik   konsepsiyasi   yordamida
ifodalanadi [17].
Siklik   yog’   kislotalar   efirlariga   asosan   siklopropan  kislota   efirlari   kiradi.
Barcha   tabiiy   formalari   sis-izomerlar   hisoblanadi.   Ular   sintetik   usulda
olinadigan   trans-formalariga   qaraganda   kattaroq   ushlanish   vaqtiga   ega   bo’ladi.
Boshqa   xalqali   tuzilishga   ega   bo’lgan   yog’   kislotalari   alisiklik   yog’   kislotalari
hisoblanadi.   11-   siklogeksilundekan   va   13-   siklogektrideksin   kislotalarni
asedofil, termofil bakteriyalarda baliq lipidlari aralashmalarida furan tutgan yog’
kislotalarini identifikatsiya qilishda foydalanilgan.
To’yinmagan   yog’   kislotalari   odatda   kumush   nitrat   tutgan   nositellarda
YuQX   yordamida,   so’ngra   GSX   usulida   mono-,tri-,penta-va   gegsayen   yog’
kislotalari   alohida-alohida   o’rganiladi.   Biroq,   YuQX   usulida   ajratish   to’liq
bo’lmaydi (zanjir uzunligi turlicha bo’lgan va holat izomerlari mavjud bo’lgani
natijasida)   sis   va   trans   izomerlarni   kumush   nitratli   nositellar   YuQX   usulida
ajratish   mumkin   [17],   bunda   ajratishning   GS   xromatogrfiyani   amalga   oshirish
uchun ma’lum bir ba’zi bir harakatsiz fazalardan foydalanish mumkin. Amin va
eloidin   kislotalarini   metil   efirlarini15%   li   OV-225   to’ldirilgan   6   m   kolonkada
amalga oshiriladi.
14 Mono-,   di-   va   polien   va   yog’   kislotalari   odatdagi   kolonkalarda   GSX   da
qutbli suyuq faza (10% EGSS – x, 10% DEGS, 10% EGS) yoki ba’zida qutbsiz
faza (10%  apiyezon L) da ajrtiladi. Bunday ajralishlar  odatda taxminan -200
ba’zi   hollarda   undan   yuqoriroq   o’zgarmas   (200 )   haroratda   amalga   oshiriladi
[18].
Sianoalkilsiloksan (silar-10 ) yuqori termik mustahkamlikka ega bo’lgan
fazalarga   misol   bo’ladi.   Unda   sis   va   trans-izomerlar   ajralish   poliefir   suyuq
fazalarga   qaraganda   ancha   yaxshi   bo’ladi.   Tabiiy   sis-va   trans-monyen   va
poliyen yog’ kislotalarining samarali ajralishi shisha kapilyar kolonkali GSX da
yuz beradi .
Poliyen yog’ kislotalari efirlarining ushlanish vaqti tegishli mono va dien
shu sondagi uglerod atomlarinikiga qaraganda kattaroq bo’ladi.
Ikkita metilen guruhi bilan ajratilgan qo’sh bog’li tabiiy sis-sis – oktadien
kislotalarining   metil   efirlarini   qutbsiz   va   qutbli   kolonkalarda
xromotogrfiyalangan   o’ziga   xos   zanjir   uzunligi   bilan   qo’shbog’larning   holati
orasidagi bog’lanish uzunligi kuzatiladi . Tabiiy tutashmagan qo’sh bog’li yog’
kislotalar   ham   bo’ladi.   Tutashgan   qo’sh   bog’li     izomerlarini   GSX   da   qutbli   va
qutbsiz   fazalarda   ushlanish   vaqti   tutashmagan   izomerlarga   qaraganda   ancha
katta bo’ladi.
Samarali   zanjir   uzunligi   qiymati   sis,   sis   –   va   trans,   trans,   oktadiyen
kislotalar     metil   efirlari   uchun   [19]   ishlarida   keltirilgan.   To’lig’icha   sis-
izomerlari kichikroq trans-izomerlari to’lig’icha kattaroq ushlanish vaqtiga GSX
sida   ham   qutbli,   qutbsiz   kolonkalarda   kuzatiladi.   Bu   holdan   mustasnolik
tutashgan   qo’sh   bog’li,   shuningdek   beshta   metilen   guruhi   bilan   ajralgan
dienlarda (masalan, suyuq faza sifatida DEGS ishlatilganda) kuzatiladi.
Suyuq   faza   sifatida   apiyezon-qo’llanilganda   sis-sis-   birikmalari   trans-
trans-   izomerlariga   qaraganda   oldinroq   elyuerlanadi,   XE-60   suyuq   fazada   esa
aksincha ketma-ket yuz beradi.
Uzun   zanjirli   asitelin   qatori   yog’   kislotalari   oddiy   metil   efirlari   kumush
ioni   tutgan   nositellarda   YuQX   usulida   ajratilganda   ularning   olifen   qatori   yog’
15 kislotalari bilan ifloslanganligi aniqlanadi. Odatda nasadkali kolonkalarda GSX-
dan   foydalanish   qutbli   va   qutbsiz   fazalardan   foydalanib,   asitelen   yog’
kislotalarini   identifikatsiyalashi   samarali   natija   beradi   (tegishli   standart
birikmalar bo’lgancha).
Asetilen uzun  zanjirli  qatorli  yog’  kislotalar  efirlari  ushlanish  vaqti  unga
mos   keluvchi   olefin   yog’   kislotalariga   qaraganda   ancha   kattadir,   biroq   amalda
bu   farqdan   foydalanib   ajratishga   holat   izomerlari   ancha   xalaqit   beradi   .Ustida
zanjir uzunligi samarali qiymati qatori va sis-olefin undekan kislotalar GSX da
apiezon – L DEGS va silan-10  fazalarda tahlil etilgan. Undesin va sis- undesin
kislotalar izomerlari  metil  efirlarini xromotografik xarakteristikalarini qutbli va
qutbsiz   fazalarda   o’rgandi.   FFAP,   karbon-va   KC   -20   M   va   XE   -60   fazalarini
effektivligi   DEGS   ga   qaraganda,   OV-101   va   E   -30   niki   apiyezon-L   nikidan
yuqoriroqligi   tasdiqlangan.   Zanjir   uzunligi   samaradorligini   ikkita   metilen
zvenosi bilan ajralgan uch bog’li oktadienni yog’ kislotalar: metil efirlari uchun
qiymatini  ustida topish mumkin. Bu ishda ajratishni yaxshi natijalari silar- 10
fazada   bo’lishi   ko’rsatilgan.   Bu   faza   GSX   bilan   uchta   metilen   zvenosi   bilan
ajralgan   uch   bog’li   oktadiyen   kislotalar   metil   efirlari,   shuningdek,   asetilen   va
olefin   kislotalar   holat   izomerlari   ajralishi   jarayoni   uchun   ham   ancha   samarali
bo’lib chiqdi. Bir qator ishlar mualliflarining qayd qilishicha bitta uch bog’ning
hissasiga   qariyb   to’g’ri   keladi.   Qo’sh   bog’   va   uch   bog’lar   tutgan   yog’
kislotalarining GSX xususiyatlariga bir qator sharhlar bag’ishlangan [20].
Yog’   kislota   efirlarini   adsorbsion   YuQ   Xromotografiya   ajralganlarini
aralashmasidan   fraksiyalab   GSX   yordamida   qutbsiz   suyuq   fazali   kolonkada
ajratilgan va boshqalar xolisterin efirlari va kislotalarni molekulyar massalari va
to’yinmaganlik   darajasiga   qarab   sillar-30   suyuq   fazali   kolonkada   harorat
gradiyenti (240 o
-270 o 
C) usulini qo’llab ajratganlar.
Shuningdek,   uglerod   zanjiriga   va   xolisterin   efirlarini   zanjir   uzunligi
samaradorligini o’rganganlar. Kyonich va Beneke GSX yordamida 2-oksikarbon
kislotalarning   enantiomer   o–triftorasitel   va   o-trimetilsilil   hosilali   va
tarmoqlangan karbon kislotalarni (+) -3-metil-2-butanolning diasteromer efirlari
16 holida SE- 30 li kapilyar  kolonkada ajratadilar. Bu ishda  enentiomerlar 2-oksi-
palmetatlar,   2-oksimeristatlar   va   2-oksilauraatlar,   shuningdek   ko’pchilik   ancha
qisqa zanjirli oksikarbon kislotalarni ajratdilar.
1.1.3. G SX da harakatsiz suyuq fazalar tanlash.
Hozirgi   zamon   analitik   kimyosida   gaz   xromatografiyasining   o’ziga   xos
o’rni bor.   Gaz xromatografiyasi asosan oson uchuvchan organik birikmalarning
tahlilida   ishlatiladi.Biror   bir   aralashma   tarkibidagi   komponentlarni   gazoxro-
matografik usulda sifat va miqdor tahlil etish uchun xromatografist oldida katta
vazifalar turadi. Bunday vazifalardan eng birinchi va asosiysi namuna tarkibiga
kiruvchi   moddalarni   to’liq   bir   –   biridan   ajratish   qobiliyatiga   ega   bo’lgan
harakatsiz   suyuq   fazani   tanlashdan   iboratdir.   Harakatsiz   suyuq   fazani   tanlash
kimyoning   “o’xshash   moddalar   o’xshash   moddalarda   yaxshi   eriydi   “   degan
qonunga   asoslangandir.   Ajratish   jarayoniga   bundan   tashqari   dinamik   omillar   –
termostat harorati, harakatsiz faza miqdori, harakatli fazaning oqim tezligi ta’sir
etadi. Yuqorida keltirilgan omillarning barchasini to’liq o’rgangan tadqiqotgina
oxir oqibat gazoxromatografik tahlil usulini yaratadi.
Gaz-suyuqlik xromatografiyasida maqbul harakatsiz suyuq fazani tanlash
uchun   konkret   ajratiladigan   aralashmani   ajratish   masalasi   yetarlicha   muhim
masaladir.
Bu   quyidagicha   tushuntiriladi:   Agar   harakatsiz   suyuq   fazadagi
aniqlanadigan moddaning barcha o’zaro ta’sir  tiplari, aniqlash konstantasi  yoki
koeffitsientini   oson   xarakterlash   mumkin   bo’lsa,   hozirgi   vaqtda   eritmalar
nazariyasi qo’llanilmaydi.
Maqbul   harakatsiz   suyuq   fazani   tanlash   bu   gazlarning   faqat   ratsional
klassifikatsiyalashning   mavjudligini   amalga   oshirishning   mumkinligini
yetarlicha asoslaydi.
Bu sohani  fundamental  tekshirishni  L. Rorshnayder, E. Kovach va Mak-
Reynoldslar bajardilar [20].
Suyuq   harakatsiz   fazalar   klassifikatsiyasi   Rorshnayder   tomonidan   taklif
qilingan nisbiy kattaliklarga asoslangan.
17 Harakatsiz   suyuq   fazaning   nisbiy   qutblilik   bilan   tutilgan   modda   hajmi
orasidagi   munosabat   aniqlanadi,   bu   erigan   birikmaning   standart   qutblilik   yoki
qutbsizlik   sifati   bo’lib   chiqadi.   Kolonkada   aniqlanayotgan   harakatsiz   suyuq
fazaning qutbliligi o’zgartiriladi va standart harakatsiz suyuq fazaning qutbliligi
nol deb qabul qilinadi.
P
P =lg V
P RX
/V
P RH
-lgV
n RX
/V
n RH
   (1.1)
Bu yerda: P
P - qutbli harakatsiz suyuq fazaning qutbliligi, V
P RX
, V
P RH
 – RX
va RH komponentlarning tutilgan hajmi. V
n RX
, V
n RH
 – standart qutbsiz harakatsiz
suyuq fazaga mos RX va RH komponentlarning tutilish hajmi.
Har qanday analiz qilinayotgan aralashma uchun standart bo’lavermaydi,
harakatsiz   suyuq   fazaning   tutilish   hajmi   p   bog’lanishi   quyidagicha   ko’rinishda
bo’ladi:
lg V
P RX
/V
P RH
=A RX
   P
P + lgV
n RX
/V
n RH
  (1.2)
bu yerda: A RX 
– RX erigan aralashmaning xarakteristik konstantasi .
Harakatsiz suyuq  fazalar  (HSF)  aralashma  komponentlarni  yaxshi  eritishi,
termik   va   kimyoviy   jihatdan   barqaror,   kam   uchuvchan   bo’lishi   kerak.   Ularni
qovushqoqligi   kam   bo’lishi,   tutuvchi   yuzasida   yupqa   plonka   holida   tekis
taqsimlanib   o’rnashish,   kolonkadan   desorbsiyalanib   ketmasligi,   selektivligi
yuqori   bo’lishi,   hamda   aralashma   komponentlarini   maksimal   ajrata   olish   talab
etiladi.   HSFning   qaynash   harorati   uning   kolonkadagi   maksimal   ishlash
haroratidan   tahminan   100   0
C   atrofida   bo’lishi   kerak.   Past   haroratli   (100 0
C),
o’rtacha   (200 0
C)   va   yuqori   haroratli   (350 0
C   gacha)   harakatsiz   suyuq   fazalar
farqlanadi [21].
Nisbiy qutbliligiga (R) ko’ra fazalar turli guruhga bo’linadi:
P=0-5%   gacha   bo’lsa   qutbsiz,   P=5-15   %   kuchsiz   qutbli,   P=15-35   %
o’rtacha qutbli va P=35-100 % bo’lsa kuchli qutbli fazalarga bo’linadi.
Qutbli   harakatsiz   fazalar   tarkibida   –CN,   ═C═O,   -OH,   -CF
3   va   boshqa
funksional   guruhlarni   tutgan   bo’ladi.   Qutbsiz   harakatsiz   fazalar   tarkibida
to’yingan  uglevodorodlar   yoki  siloksanlat   tutgan  bo’lib, asosan   uglevodorodlar
va galogen uglevodorodlarni ajratishda ishlatiladi.
18 Harakatsiz   suyuq   faza   tanlashda   ajratiladigan   moddalar   qutbliligiga
qaraladi:   qutbsiz   moddalarning   ushlanish   vaqtlari   faza   qutblilik   darajasi
kamayishi   bilan   ortadi;   qutbli   moddalar   qutbsiz   harakatchan   fazalarda   kam
ushlanadi.   Harakatsiz   fazalarning   qutbliligi   ortishi   bilan   qutbli   moddalarning
ushlanish vaqti oshadi.
Ajratilayotgan   moddalar   bilan   harakatsiz   suyuq   fazalar   orasida   o’zaro
tasirlashish quyidagilar tufayli yuz beradi:
-spetsifik bo’lmagan dispers kuchlar (London kuchlari)-alkanlar, benzol;
-orentatsion kuchlar (Kessom kuchlari);
-induksion kuchlar (Debay kuchlari);
-komplekslar   ko rinishdagi   kimyoviy   bog’lar   (metal   ionlari   va   aromatikʻ
uglevodorodlar orasida) zaryad tashuvchi kuchlar 
Vodorod bog’lar hosil bo’lishi ushlanishga o’ziga xos hissa qo’shadi.
Harakatsiz   suyuq   fazalarning   kimyoviy   tarkibi   xilma   xildir.   Eng   keng
qo’llaniladigan   harakatsiz   suyuq   fazalarga   aromatik   va   aromatik   bo’lmagan
uglevodorodlar, metil va fenilsilikonlar, spitlar, poliglikollar va murakkab efirlar
kiradi.
Aromatik   uglevodorodlar   uchun   aromatik   uglevodorodlarni   selektiv
ushlash   xususiyati   xarakterli   bo’lib,   ular   o’rtasida   assotsiyalangan   birikmalar
hosil   bo’ladi.   Ularning   tipik   vakillaridan   biri   polifenil   efir   hisoblanib,   u   ko’p
sondagi fenil va fenilen guruhlar tutadi.
Ularni   ishchi   harorati   intervali   molekulyar   massasi   qiymatiga   bog’liq
bo’ladi:   Molekulyar   massasi   800   atrofida   bo’lsa   230-400 0
C,   molekulyar   massa
2100 atrofida bo’lsa 230-4500 0
 C ni tashkil etadi.
Aromatik   bo’lmagan   uglevodorodar   qutbsiz   birikmalar   bo’lib,   ularda
barcha   uglevodorodlar   yaxshi   eriydi.   Bu   tipdagi   harakatsiz   suyuq   fazalar
birlamchi,   ikkilamchi   va   uchlamchi   spirtlarni   boshqa   organik   moddalardan
ajratishda   qo’llaniladi.   Uglevodorodlarni   ajralishi   ularning   qaynash   haroratlari
mos   ravishda   amalga   oshadi.   Harakatsiz   suyuq   fazalarning   bu   guruhini   asosiy
19 vakillari:   skvalan   (ishchi   harorat   oralig’i   20-150 0
C),   geksadekan   (20-30 0
C),
parafin moyi (yuqori ishchi harorati 120 0
C).
Metil   va   fenilsilikonlar   ko’p   ishlatiladigan   harakatsiz   suyuq   fazalar
jumlasiga   kiradi.   Ularning   ustunlik   tomonlari   sifatida   ham   past   (-50 0
C),   ham
yuqori   (350 0
C   gacha)   haroratlarda   ishlash   mumkinligi   va   ajratish   qobiliyati
qovushqoqlikka uncha bog’liq emasligini ko’rsatish mumkin.
Metilsilikonlarning   ko’p   ishlatiladigan   vakillariga   silikon   moyi
(temperatura   harorat   oralig’i   50-220 0
C).   Sililon   kauchuk   (temperatura   harorat
oralig’i 25-320 0
C ) keng ishlatiladi.
Metilsilikonlardan   farqli,   fenilsilikonlar   uchun   aromatik   birikmalar   bilan
ta’sirlashish qizdirish va oksidlashga yuqori chidamlilik xos hisoblanadi.
Fenil   guruh   tutgan   faza   miqdori   pastroq   (10%)   moylar,   masalan   OV-3
uchun   harorat   oralig’i   50-300 0
C   ga   tengdir.   Fenil   guruhlar   soni   ko’p   bo’lgan
moylar   uchun,   masalan   OV   -61   (33%),   OV-17   (50%),   OV-25   (75%)   larda
harorat intervali 20-375 0
C.
Spirtlarni gidroksil guruhlari ketonlar, aldegidlar, uchlamchi aminlar, oddiy
va   murakkab   efirlarning   akseptor   atomlari   bilan   vodorod   bog’lar   hosil   qila
oladilar.   Shunday   harakatsiz   suyuq   faza   sifatida   geksadetsil   (harorat   intervali
(50-90 0
C), oktadetsil spirti (60-70 0
C), diglitserin (20-100 0
C) va poliglitserin (20-
200 0
C) lar ishlatiladi.
Poliglikollarni   selektivligi   asosan   ularning   molekulyar   massasi   qiymatiga
bog’liq   bo’ladi.   Molekulyar   massa   400   atrofida   bo’lganda   kolonka   minimal
harorat   20-70 0
C,   molekulyar   massa   6000   bo’lganda   harorat   100   dan   210 0
C
gachani tashkil etadi.
Fosfor   va   karbon   kislota   qoldig’i   tutgan   murakkab   efirlar   tarkibidagi
kislorod   atomi   vodorod   bog’   hosil   qilishga   moyil   bo’ladi   Ular   qo’llanilganda
harakatchan vodorod tutgani sababli ushlanish vaqtini ortishi kuzatiladi.
Yuqorida aytilgan harakatsiz suyuq fazalarni vakillari sifatida dinonilftalat
(20-130 0
C),   dioktilsebatsinat   (maksimal   ishchi   harorat   130 0
C),   trifenil   (100 0
C)
va trikrezil fosfat (110 0
C) larni ko’rsatish mumkin.
20 Har   xil   funksional   guruhlar   tutgan   siloksan   polimerlar   yuqori   termik
barqarorligi bilan ajralib turadi. (1-jadval).
  Harakatsiz   suyuq   fazalarni   eritish   uchun   asosan   oson   uchuvchan
erituvchilar:  atseton, benzol, metanol, metiletilketon, piridin, toluol, xloroform,
etilatsetat, tetraxloruglerodlardan foydalaniladi.
Erituvchi past qaynash haroratli yaxshi eritish xossasiga ega bo’lishi kerak.
1-jadvalda  ba'zi  harakatsiz suyuq fazalarning nisbiy qutbliligi keltirilgan.
1-jadval
Harakatsiz suyuq fazalarning nisbiy qutblilik shkalasi.
Harakatsiz faza nomi nisbiy
qutblilik
P Harakatsiz  faza nomi nisbiy
qutblilik
P
Skvalan 0 Dietiloksalat 59
Metil silikon yog’i 7 Polietilinglikol 4000 69
1 – xloroktadekan 13 Atsetonilatseton 73
Dinonilftalat 26 Dimetilformamid 80
Dibutilmalonat 41 Propilenkarbonat 83
Benzil efiri 44
β,β I
- oksidipropionitril 100
Harakatsiz   suyuq   fazalar   nisbiy   qutblilik   shkalasi   bo’yicha   4   guruhga
ajratiladi:
- qutbsiz (P=0-5)
- kuchsiz qutbli (P=5-15)
- o’rtacha qutbli (P=15-50)
  - kuchli qutbli (P=50-100).
1 . 1.4.GSX da   h arakat chan  faz a lar ning roli. 
Gazlarni tashuvchi gaz sifatida ishlatilishi uning bir qator fizik va kimyoviy
xossalari: qovushqoqligi, sorbsion xususiyatlari, diffuziya koeffisiyenti, reaksion
qobiliyati bilan bog’liq bo’ladi.
21 Masalan,   vodoroddan   tashuvchi   gaz   sifatida   foydalanish   to’yinmagan
birikmalar   analizida   gidrogenlash   jarayoni   borgani   uchun   maqsadga   muvofiq
emas.
Tashuvchi gazlarga qo’yiladigna asosiy talablar quyidagilardir:
- a naliz qilinuvchi moddalarga, detektor va kolonka materiallariga nisbatan
inertlik ;
- k am sorbsiyalanuvchanlik ;
-p ortlash xavfsizligi ;
-d etektor yuqori sezgirligini taminlash ;
-k am qovushqoqlik ;  
-t ozalik, arzonlik, topilishning osonliligi .
Yuqorida   aytilgan   talablarga   azot,   vodorod,   geliy,   argon   mos   keladi   va
boshqa gazlar (uglerod IV oksidi, neon, kripton) kam hollarda ishlatiladi. 
Tashuvchi   gaz   tanlashda   detektor   muhim   rol   o’ynaydi.   Tashuvchi   gaz
oqimi   gaz   ballondagi   ortiqcha   bosim   hisobiga   yuzaga   keladi.   Jarayonga   nasos
kerak bo’lmaydi. 
Nasadkali   kolonka   bilan   yuqori   haroratda   va   tashuvchi   yuqori   tezlikda
bo’lganda   vodorod   gazini   ishlatish   ma’qulroq   hisoblanadi.   Tashuvchi   gaz
sifatida   kapilyar   kolonkadan   foydalanishning   bir   qator   ustunliklari   bor   bo’lib,.
analiz   davomiyligi   2.0-2.5   marta   kamayadi,   tashuvchi   gazga   ammiak   yoki
chumoli   kislota   qo’shilishi   natijasida   aniqlikning   selektivligi   va   sezuvchanligi
ortadi. 
1.1.5. Yupqa qavat xromatografiyasi (YuQX),  mohiyati ,asosiy
tushunchalari.
Lipidlarni qutbli va qutbsiz fraksiyalarga ajratish uchun qulay usul yupqa
qavat   xromotografiyasi   (YuQX)   hisoblanadi   .   Umuman   olganda   Yu   QX   da
qutbli   lipidlarni   elyuerlovchi   sistema   neytral   lipidlarni   elyuerlash   uchun   ham
yaroqli   bo’lgan   holda,   qutbsiz     lipidlar   uchun   yaroqsizdir.   Amaliyotda   adsor-
bentdan   elyuerlash   uchun   shunday   erituvchilar   sistemasi   tanlanadiki   ,ular
nisbatan   yengil   uchuvchan   bo’lishi   kerak.   Qutbsiz   lipidlar   asosan   xloroform,
22 metanol,   ammiakning   28   %   li   eritmasi   kabi   elyuerlovchi   sistemalar,   qutbli
lipidlar   esa   yengil   petroliy   efir   :dietil   efir   (7:3   dan   9:1   gacha)   nisbatan   yengil
petroliy   efir   :dietil   efir   :sirka   kislota   (80:20:1)   [9],   geptan:izopropil   efir:sirka
kislota   (60:40:3)   kabi   sistemalar   yordamida   elyuerlanadi.   YuQX   si
glikolipidlarni birlamchi lipidlar ekstraktsiyaridan ajratuvchi usul hisoblanmaydi
[22]. 
Neytral   lipidlar   uchun   qo’llanilayotgan   erituvchilar   sistemasidan
glikolipidlar   start   chizig’ida   qolib   ketadi,   qutbli   lipidlar   uchun   mo’ljallangan
erituvchilar   sistemasida   fosfolipidlar   guruhiga   kiruvchi   moddalar   bilan
harakatlanadi. 
  Shunga   qaramasdan   YuQX   usulida   lipidlarning   birlamchi   ekstraktidan
galoktolipidlarning tozalangan fraksiyasini olishga musharraf bo’lishdi. 
Fisher   bilan   xodimlarni   ishlarida   [23]   glikolipidlar   va   glisirofosfo-
lipidlarni YuQX sida ajratish uchun turli sistemalarning tasnifi berilgan.
Xromatografiya   ajratish   va   analiz   qilishning   fizik-kimyoviy   usuli   bo’lib,
murakkab tarkibli aralashmalarning ikki-harakatsiz va harakatchan faza orasida
taqsimlanishiga asoslangan.
Yupqa   qavat   xromatografiyasida   shisha,   metall   yoki   plastmassadan
tayyorlangan   plastinkaning   toza   sirtiga   sorbentning   qatlami   tekis   yoyiladi,
aksariyat   holda,   adsorbent   plastinka   sirtidan   to'kilib   ketmasligi   uchun   unga
yopishtirilgan holda bo'ladi. Plastinkaning o‘lchami (uzunligi va eni 50 dan 5 sm
gacha)   bo‘lishi   mumkin.   Plastinka   sirtiga   pastki   chetidan   2—3   sm   masofada,
soibent   sirtini   timamasdan   yumshoq   qalam   bilan   start   chizigi   va   erituvchi   yetib
boradigan   front   chizig'i   (finish   chizig‘i)   chizib   olinadi   (1.1-rasm).Plastinkaninng
start chizig'iga (kapillar yoki mikroshpris yoramida ajratilishi lozim bo'lgan  A  va  В
moddalaming   tegishli   erituvchidagi   eritmasidan   kichik   bir   tomchi   tushiriladi   .
Erituvchi uchib ketgach, plastinka xromatografik kameradagi mazkur holat uchun
maxsus tanlangan erituvchilar aralashmasi suyuq fazaga (HF) tushiriladi.
23 1.1~rasm.  YuQX usulida A va  В   moddalarni ajralish sxemasi.
Sorbentning   kapillar   kuchlari   ta’sirida   harakatsiz   fasa   bo‘ylab   start
chizig‘idagi   A   va   В   moddalami   o‘zida   eritgan   HF   ko‘tarila   boradi.   Mazkur
misolda   A   moddaning   harakatsiz   fasa   moyilligi   В   moddaning   shu   fazaga
moyilligidan   kamligi   sababli   В   moddaga   nisbatan   A   modda   tezroq   (ildamroq)
harakatlanadi.  t  vaqtdan so‘ng qo‘zg‘aluvchan faza erituvchining front chizig'iga
yetgach,   xromatografik   jarayon   to‘xtatiladi.   Plastinkani   xromatografik
kameradan   olib,   havoda   quritiladi   hamda   A   va   В   moddalardan   hosil   bo‘lgan
dog‘lami plastinkadagi holati aniqlanadi. Dog‘lar, odatda, dumaloq yoki cho‘ziq
doira   (ellips)   shaklida   bo'ladi.   Mazkur   holatda   A   moddaning   dog‘i   start
chizig‘idan l masofada,   В   moddaning dog‘i l
a   masofada hosil bo‘lgan, erituvchi
esa  L  masofani o‘tgan.
Ba’zan, ajratiluvchi moddalar eritmasining to’lchisi  bilan yonma-yon start
chizig‘iga standart yoki guvoh modda (aralashmada mavjud bo‘lgan modda)lar
eritmasi ham kapillar bilan tushiriladi.
Tekshiriluvchi   aralashmadagi   ajratiluvchi   moddalami   farqlash   uchun
harakatchanlik koeffitsiyenti  R
f   (yoki  Rf  omili) qabul qilingan.
R
f =V
i /V
E =(l
i /t)/(L/t)=l
i /L (1.3)
bunda:   V
i   =   l./t   va   V
E   =   L/t   tegishlicha   i   -   tarkibiy   qism   va   erituvchi   E
larning   siljish   tezliklari;   l
i   va   L   —   i-tarkibiy   qism   va   E   erituvchining
plastinkadagi   siljish   masofasi;   t   —   erituvchining   startdan   shimilib   ko‘tarilishi
24 uchun   ketgan   vaqt.   l
i   —   start   chizig'idan   tegishli   i   -   tarkibiy   qismdan   hosil
bo‘lgan dog‘ning markazigacha bo'lgan masofani o‘lchab aniqlanadi
Odatda, Rf omili qiymati R
f =0—1 oralig‘ida bo‘ladi. Me’yoriy qiymati 0,3
—0,7   ga   teng.   Xromatografiya   R
f   qiymati   nol   va   1   dan   farqli   bo‘lishini
ta'minlovchi sharoitda bajariladi[24].
Harakatchanlik   koeffitsiyenti   R
f   sorbent-sorbat   tizimining   muhim   belgisi
bo‘lib, o‘zgarmas sharoitda takroriy tajribalarda  R
f =  const o‘zgarmaydi.
Harakatchanlik   koeffitsiyenti   R
f   qator   omillar:   erituvchining   tabiati,   sifati,
tozaligi,   sorbent   (yupqa   qatlam)   tabiati,   sifati,   zarralar   olchamining   bir   xilligi,
qatlam   qalinligi,   sorbentning   faolligi   (namligi),   tajribaning   bajarilishi
(namunaning   massasi,   erituvchining   siljish   masofasi   L),   tajriba   bajaruvchi
shaxsning   amaliy   ko'nikmasi   va   hokazolarga   bog’liq.   Amalda   bu   omillaming
barchasini   o'zgarmas   holda   saqlash   qiyin.   Tajriba   o’kazilgan   sharoitni   natijaga
ta’sirini   tenglash   maqsadida   harakatchanlikning   nisbiy   koeffitsiyenti   Rs
kiritilgan[30]:
R
s =l/l
st =R
f /R
fst (1.4)
bunda:   R
f =1/ L;   R
fst =1
st /L; 1
st   — start chizig'idan standart  modda dog'ining
markazigacha bo‘lgan masofa (1.1-rasmga qarang).
Harakatchanlikning nisbiy koeffitsiyenti  Rs  harakatchanlik koeffitsiyenti  R
f
ga nisbatan moddaning harakatchanligi haqida to‘g‘riroq ma’lumot beradi.
Standart   sifatida   mazkur   sharoitda   R
f   *   0,5   bo‘lgan   modda   tanlanadi.
Standart   moddaning   kimyoviy   tabiati   ajratiluvchi   moddalar   tabiatiga   yaqin
bo'lishi kerak.
Ajraluvchi   moddalarni   yanada   ishonchliroq   farqlash   uchun   aniqlanuvchi
aralashmada   mavjudligi   taxmin   qilingan   etalon   modda   —   ,,guvoh“   ishlatiladi.
Agar   R
f — R
f   (guvoh)   bo‘lsa,   bunda   R
f   va   R
f   (guvoh)   tegishlicha   tekshiriluvchi
modda   va   guvohning   harakatchanlik   koeffitsiyentlari,   aralashmada   guvoh   kabi
modda borligi aniq bo‘ladi[31].
A   va   В   moddalaming   o'zaro   ajrala   olish   imkonini   aniqlash   uchun   ajralish
darajasi R(A/B) kiritilgan.
25 R(A/B)=Δl/[e(A)/2+a(B)/2]=2Δl/a(B)], (1.5)
bunda: Al—A va   В   modda dog‘larining markazlari orasidagi masofa;   a(A)
va   a(B)   А   \ а   В   moddalaming   xromatogrammadagi     dog‘larining   diametrlari.
R(A/B)   qiymati   qancha   katta   bo‘lsa,   xromatogrammada   A   va   В   moddalaming
dog’lari   bir-biridan   shuncha   oson   ajraladi.   A   va   В   moddalarni   ajralish
selektivligini  aniqlash uchun ajralish koeffitsiyenti (α) ishlatiladi:
α=l
B /I
A. (1.6)
α =1 bo'Iganda  A  modda  В  moddadan ajralmaydi.
1.2-rasm.  A va  В  tarkibiy qismlarning ajralish darajasi R(A/B)ni aniqlash.
1.1.6. YuQXning jihozlari va bajarilish tartibi.
Sorbentlar.  Ajratiluvchi moddalarni sorbsiyalash (ushlab qolish) xususiyati
sorbentning  muhim   xususiyati   hisoblanadi.  Sorbentning  faolligi   —  undagi  faol
markazlar   tabiati,   ularning   sorbent   sirtidagi   konsentratsiyasi,   sorbent
zarralarining   dispersligi,   sorbent   sirtining   o‘lchami   va   namligi   hamda   sorbent
bilan   ta'sirlashuvchi   HF   tabiatiga   bog’liq.   Suv   molekulalari   sorbentning   faol
markazlari   bilan   ta’sirlashib,   ulami   passivlashtirishi   sababli   nam   sorbentning
faolligi quruq holdagisidan kam bo‘ladi.
Sorbent   sifatida   aksariyat   hollarda   kremniy   (IV)   oksidi   SiO
2   silikagel,
aluminiy   oksidi   A1
2 O
3   va   boshqa   ashyolar   (faollashtirilgan   ko‘mir,   saxaroza,
kalsiy karbonat, selluloza, talk, poliamid smolalari va hokazo) ishlatiladi.
26 Silikagel   SiO
2   —   solishtirma   sirti   ~500m 2
/g   bo‘lgani   uchun   YUQXda
ko‘proq   qo’llanadi.   Silikagel   sirtida   faol   markazlar   vazifasini   Si-OH   guruhlari
bajaradi   deb   taxmin   qilingan.   Suv   molekulalari   bu   faol   markazlarni
dezaktivlaydi, ya’ni faolsizlantiradi. Silikagelni degidratlab faollashtirish uchun
-150—300°C   (~400°C   dan   ortmasligi   kerak)   qizdirib   quritiladi.   400°C   dan
yuqori haroratda faol markazlar buzilib ketadi.
Yupqa qatlam bilan qoplangan xromatografik plastinkani tayyorlash uchun
kukunsimon sorbent  — silikagel  (plastinkaga  yopishib qolishi  uchun gips yoki
kraxmal   va   boshqa,   masalan,   fluoressirlanuvchi   moddalar   qo‘shilgan)
aralashmasi suv yoki suvli etanolda aralashtiriladi, hosil bo'lgan suspenziya 0,3
mm   qalinlikda   plastinkaning   sirtiga   gorizontal   holda   bir   tekis   yoyiladi   va
quritiladi.   Odatda,   sorbentning   shunday   yupqa   qatlami   plastinka   sirtiga   yaxshi
yopishib qoladi.
Aluminiy oksidi  A
2 O
3 . Bu sorbent ham universal — turli holatlar uchun mos
hisoblanadi. Uning faolligi ham namligiga bog’liq. Aluminiy oksidining faolligi
Brokman shkalasi bo‘yicha  aniqlanadi.
Brokman shkalasi:
A1
2 O
3 ,   faollik
darajasi I II III I
V V
Tarkibidagi
suvning massa  % 0 3 6 10 1
5
Suvning miqdori -3% (faollik darajasi II) bo'lganda sorbent sirtining yarmi
suv   monoqatlami   bilan   qoplangan   bo'ladi.   Suv   miqdori   15%   bo'lganda
Al
2 O
3 ning   sirti   3   ta   suv   monoqatlami   bilan   qoplangan   bo’ladi.   Amalda   faollik
darajasi   III—IV   bo‘lgan   aluminiy   oksidi,   ya’ni   suv   miqdori   6   dan   10%   gacha
bo'lgan namunalari ishlatiladi.
Alyuminiy   oksidi   ko'pchilik   reaksiyalarda   katalitik   xossa   namoyon   etgani
sababli sorbent sifatida silikagelga nisbatan kamroq qo'llanadi.
YUQX   da   qo‘llanadigan   sorbentlar   zarralari   ma’lum   o‘lchamli   (0,5—
5mkm),   katta   solishtirma   yuzaga,   atmosfera   bosimi   va   ishqalanishga   nisbatan
27 turg‘un,   zarralar   o'lchami   bir   tekis,   HF   va   tekshiriluvchi   namunaga   nisbatan
kimyoviy jihatdan inert, HF da erimaydigan bo'lishi lozim.
Yupqa qatlam qalinligi, bir xil va bir tekis, HF siljish tezligi 30 daqiqada 10
sm bo'lishi kerak.
Plastinkalarning sorbent qavati mahkamlangan va mahkamlanmagan turlari
mavjud.   Sorbent   qavati   mahkamlanmagan   plastinkani   tayyorlash   uchun   quruq
sorbent kukuni yog‘sizlantirib tozalangan plastinka sirtiga maxsus (valik) o’qlov
yordamida,   bir   tekis,   yupqa   qilib   yoyiladi.   Bunday   plastinkalar   tez   va   oson
tayyorlanadi,   ammo   har   gal   ham   sorbentni   bir   tekis   qalinlikda   yoyish   qiyinligi
sababli natijalar takroriyligi kutilganidek bo‘lmaydi.[25].
Mahkamlangan qatlamli xromatografik plastinka tayyorlash uchun sorbent
kukunidan   suv   yoki   organik   suyuqlikda   tayyorlangan   suspenziyasiga
yopishtiruvchi   material   (gips,   kraxmal)   qo‘shib   gorizontal   holatdagi   plastinka
sirtiga   bir   tekis   yoyiladi,   havoda   xona   haroratida   20   daqiqa   yoki   ~85°Cda   5
daqiqa   davomida   quritiladi,   so‘ngra   110—   120°C   da   30   daqiqa   davomida
faollantiriladi.
Amalda   korxonada   ishlab   chiqariladigan   plastinkalardan   foydalaniladi.
Bunday plastinkalarni uzoq muddat saqlash mumkin, ular ishlatish uchun qulay
va tahlil natijalarini takrorlanishini ta’minlaydi  [26].
Erituvchilar . YuQX usulida erituvchi sorbentning tabiati va ajratiluvchi 
moddalaming analitik xususiyatlariga ko‘ra tanlanadi. Qandaydir qat’iy qoidalar
mavjud emas. Ko‘pincha umumiy amaliy ko‘rsatmalar hisobga olinadi va HF 
sifatida bir necha erituvchi aralashmasidan foydalaniladi.
Erituvchi   harakatchan   fasaga   sorbsiyalangan   moddani   yuvib   chiqarish
ya’ni,   elyuirlash   xususiyatiga   ko'ra   tanlanadi.   Bu   xususiyat   erituvchi   va
harakatchan   fasa   xossalarining   uyg‘unligiga   bog’liq.   YuQX   da   erituvchi
tanlanishini   osonlashtirish   uchun   har   bir   sorbentga   xos   elyuotrop   qatorlar
mavjud.[33]
28 Misol sifatida  Troppe bo’yicha elyuotrop qatorini  keltiramiz. Bu qatorda 
erituvchilar ularni elyuerlash qobiliyatini ortib borishi, molekulasi qutbliligini 
ya’ni, dielektrik doimiysining ortishi tartibida joylashgan, siklogeksan, uglerod 
tetraxloridi, trixloretilen, toluol, benzol, dixloretan, xloroform, dietil efiri, 
etilasetat, aseton, propanol, etanol, metanol, suv.
Shtal   bo‘yicha   erituvchilar   qatori   ham   shunga   o‘xshash:   geksan,   geptan,
siklogeksan,   uglerod   tetraxloridi,   benzol,   xloroform,   dietilefiri,   etilasetat,
piridin, aseton, etanol, metanol, suv.
HF   sifatida   ishlatiladigan   erituvchilar   tizirnini   tanlash   uchun   erituvchilar
qatonning boshi va oxiridagi erituvchilar aralashtiriladi.
Erituvchilar   va   ulaming   miqdoriy   nisbatlarini   o'zgartirib,   kerakli   xossaga   ega
bo'lgan HF ni hosil qilish mumkin.
Misol   tariqasida   YuQX   da   ishlatiladigan   quyidagi   erituvchilar
aralashmalarini   keltirish   mumkin   (qavsda   erituvchilarning   hajmiy   nisbatlari
keltirilgan):
"Butanol + sirka kislota + suv (4:1:5);
"Izopropanol + suvli ammiak (7:3);
"Sirka kislotaning 15% li suvli eritmasi;
"Asetonitrilning 30% eritmasi.
YuQXning bajarilish uslubi.
Namunani tomizish.   Kapillar yoki mikroshpris vositasida, kapillar uchini 
sorbent sirtiga sekin tekizib, analiz etiluvchi suyuq namuna start chizig'iga 
tushiriladi (start chizig'ida hosil qilingan dog‘.)
a) yuzasining   diametri   bir   yoki   bir   necha   mm   bo'lishi   mumkin.   Start
chizig‘iga   bir   necha   namuna   tushirilganda   namunalardan   hosil   bo‘ladigan
dog'lar   orasi   2   sm   dan   kam   bo'lmasligi   lozim.   Imkon   qadar   konsentrlangan
eritmalar ishlatiladi. Dog'lar havoda quritilgach xromatografiyalanadi.
29 b) Xromatografiyalash jarayoni   HF erituvchi bug‘lari bilan to'yingan yopiq
xromatografiya kamerasida (qopqoqli shisha idishda) bajariladi.
HFning yo'nalishiga ko‘ra xromatografiyani  yuqoriga, pastga yo ‘nalgan   va
gorizontal (radial)   turlari mavjud.
YuQXning  yuqoriga  yo'nalgan   turi faqat sorbent mahkamlangan 
plastinkalardagina bajariladi. Kameraga HF qo'yiladi (kamera sifatida qopqoqli 
kimyoviy stakandan foydalanish mumkin). Plastinka kameraga tik (yoki stakan 
devoriga suyalgan) holda, start chizig‘idan ostki 1,5—2 sm qismi HF qatlamiga 
botib turgan holda joylanadi. Kapillar kuchlar ta’sirida HF (og‘irlik kuchiga 
qarshi) yuqoriga tomon sekin ko'tarila boshlaydi.
Pastga   yo‘nalgan   YuQX   da   ham   faqat   mahkamlangan   sorbentli
plastinkalar   ishlatiladi.   Yuqoridan   berilgan   HF   pastga   tomon   sorbent   bo'ylab
shimilib   tusha   boshlaydi.   Og’irlik   kuchi   HF   (elyuyent)   harakatini   tezlatadi.
Bunday usul HF bilan sekin harakatlanuvchi moddalarni ajratishda qo’llaniladi.
YuQX   gorizontal   turida   plastinka   gorizontal   holda   joylashtiriladi.   Buning
uchun   to‘rt   tomonli   yoki   doira   shaklidagi   plastinkadan   foydalanish   mumkin.
Doira   shaklidagi   plastinka   ishlatilganda   (doiraviy   gorizontal   YuQX)   start
chizig‘ining   doira   markazida   ~   1,5—2sm   diametrli   aylana   tarzida   chizilib,
o‘sha   chiziqqa   namunalar   tushiriladi.   Doira   shaklidagi   plastinka   markazi
teshilib,   unga   HF   tarqatuvchi   pilik   o‘rnatiladi.   HF   markazdan   doira   chetiga
tomon   siljiy   boshlaydi.   Xromatografiyalash   berk   idishda,   eksikator   yoki   Petri
idishida   olib   boriladi.   YuQXning   bunday   variantida   birdaniga   o‘nlab   namuna
tahlil etilishi mumkin [27].
Doirali   variantning   yana   bir   turi   markazdan   qochma   YuQXsida,   doira
shaklidagi   plastinka   aylantirib   turiladi.   Markazdan   qochma   kuch   ta’sirida   HF
markazdan xromatografik plastinkaning chetiga siljishi tezlashadi.
YuQX   usullarida   bir-ikki   ko‘p   o'lchamli   (takroriy)   va   bosqichli
xromatografiyalar ham qo'llaniladi.
30 Bir   o’chamli   xromatografiyada   HF   yo‘nalishi   o‘zgartirilmaydi,   ya’ni   HF
faqat   bir   yo‘nalishda   siljiydi.   Bunday   usul   boshqalarganisbatan   ko‘proq   qo‘l-
laniladi.
Ikki   o’chamli   xromatografiya   oqsil,   aminokislotalar   kabi   murakkab   ara-
lashmalar   tahlilida   qo'llanadi.   Tahlil   etiluvchi   murakkab   namunaning   tarkibiy
qismlari dastlab bir yo‘nalishda, HF, vositasida ajratiladi (1.3-a rasm).
Xromatogrammadagi   dog'lar   toza   modda   dog'lari   bo'lmay,   ajralib   ulgur-
magan moddalar dog'larining aralashmasidan iborat bo'ladi.
So‘ngra   ana   shu   dog‘lardan   yangi   start   chizig‘i   o'tkaziladi   va   plastinkani
90° ga burib ikkinchi XF
2  bilan dog‘lardagi tarkibiy qismlar bir-biridan ajralishi
uchun xromatografiyalanadi (1.3-b rasm).
Plastinka kvadrat shaklda bo‘lsa, namuna diagonal chizig‘ini kvadratning 
ostki burchagiga yaqinroq nuqtasiga tushiriladi. Ba’zan, ikki o'lchamli 
xromatografiyani ikkala o'lchamda ham bir xil HF ishlatiladi.
K o ’
p  o'lchamli (takroriy)  xromatografiyada ajratish jarayoni uzviy ketma-
ket bir xil HF vositasida (har gal navbatdagi quritish jarayonidan so‘ng) bir 
311.3- rasm .   Ikki   o ‘ lchamli   xromatografiya   tamoyilini   k о’ rsatuvchi   chizma .
a) XF, vositasida olingan xromatogramma; b) XF
2  vositasida olingan
xromatogramma. necha marta takrorlanib, dog‘lar to'liq ajralishiga erishiladi (odatda, takrorlash 3
martadan ortmaydi).
Bosqichli  xromatografiyada ajratish jarayoni bitta plastin kaning o'zida har 
gal yangi HF qo'llab, dog'lar to'liq ajralguncha davom ettiriladi.
d)  Xromatogrammani talqin etish (tahlil qilish).  Xromatogrammadagi 
dog'lar rangli bo'lsa, xromatogramma quritilgach, start chizig'idan har bir 
dog'ning markazigacha bo'lgan masofani o'lchab, harakatchanlik koeffitsiyenti 
hisoblanadi. Agar tahlil etiluvchi namunadagi moddalar rangsiz bo'lsa va 
xromatogrammada ko'z bilan ko'rib bo'lmas dog'lar hosil qilsa, u holda rangsiz 
dog'lardan rangli dog' hosil qilish, ya’ni dog'larni paydo   qilish, detektir jarayoni 
bajariladi.
Detektirlash usullaridan ba’zilarini ko'rib chiqamiz.
Ultrabinafsha  (UB)  пит   b i l a n  yoritish.  Fluoressensiyalanuvchi modda-
lami aniqlashda (dog'lar UB-nur ta’sirida shu’lalana boshlaydi) yoki aniqlanuv-
chi moddada bunday xususiyat bo'lmasa sorbentga fluoressensiyalanuvchi mod-
da shimdiriladi, u holda plastinkadagi sorbent sirti UB-nur ta’sirida shu’lalanib, 
dog'lar esa shu’lalanmaydi. Masalan, alkaloidlar, antibiotiklar, vitaminlarva 
boshqa dori moddalar ana shunday detektirlanadi (ko'rinmas dog'lari paydo 
bo’ladi).
Termik   ishlov.   Xromatografiya   jarayoni   bajarilgach   quritilgan   plastinka
200°C   gacha   sekin   qizdiriladi   (sorbent   qorayib   ketmasligi   kerak).   Termik
qizdirish   natijasida   organik   moddalardan   hosil   bo‘lgan   dog‘lar   (termoliz
hisobiga) jigar rang holida ko'rinadi.
Kimyoviy ishlov.   Ko‘pincha xromatogrammada ko'rinadigan dog‘ hosil bo-
ishi uchun u ajratiluvchi moddani rangli birikmaga aylantiradigan maxsus rea-
gent bilan purkaladi. Buning uchun turli reagentlar: yod bugiari, ammiak, brom,
oltingugurt (IV) oksidi, vodorod sulfidi va boshqa maxsus eritmalar bilan plas-
32 tinka  sirtiga  ishlov  beriladi.  Shu  maqsadda   universal   va  selektiv   reagentlardan
foydalaniladi (universal—shartli ma’noda).
Universal   reagentlar   sifatida,   masalan,   konsentrlangan   sulfat   kislota
(qizdirilganda   organik   birikmalardan   hosil   bo'lgan   dog‘ni   qoraytiradi),   kaliy
permanganatni sulfat kislotali eritmasi (binafsha rangli sorbent fonida jigarrang
dog‘   ko‘rinadi),   fosfor   molibden   kislotasi   (qizdirilganda   sariq   rangli   sorbent
fonida ko‘k dog’ hosil qiladi) va hokazo qo'llanadi.
Selektiv   reagent   sifatida,   masalan   Dragendorf   reagenti,   Simmerman   reak-
tivi,   mis   sulfatning   suvdagi   ammiakli   eritmasi   (10%   CuSO
4   va   2%   ammiak);
ningidrinning C
9 H
4 O
3  H
2 O etanol va sirka kislota bilan aralashmasi ishlatiladi.
Dragendorf reaktivi vismut nitratning asosli tuzi Bi0N0
3 , kaliy yodid KJ va
sirka kislotaning suvdagi aralashmasi bo‘lib, aminlar, alkaloidlar va steroidlami
aniqlashda ishlatiladi.
Simmerman   reaktivi   dinitrobenzolning   2%   spirtli   eritmasiga   ishqor   KOH
bilan ishlov berib -70—100°C isitib tayyorlanadi. Steroidlarni aniqlashda ishla-
tiladi.
Ningidrin   vositasida   aminlar,   aminokislotalar,   oqsillar   va   boshqa   birikma-
larning dog’lari ochiladi (detektirlanadi).
Dog’larni   ochish,   ravshanlashtirishning   boshqa   usullari   ham   bor.   Agar
ajratiluvchi   moddalarda   radioaktiv   xususiyat   bo‘lsa,   radioaktivlik   o'lchanadi
yoki   ajratiluvchi   modda   tarkibiga   ataylab   elementlarning   radioaktiv   izotoplari
kiritiladi.
Xromatogrammadagi   dog’lar   detektirlangach   moddalar   identifikatsiyala-
nadi, ya’ni u yoki bu dog‘ qaysi  moddaga tegishli ekanligi aniqlanadi. Buning
uchun   ,,guvohlarning“   etalon   dog’laridan   foydalaniladi.   Ba’zida   dog’lar   hara-
katchanlik koeffitsiyenti Rf bo'yicha shunday sharoitdagi mazkur moddaning
Rf   qiymatiga   solishtirib   aniqlanadi.   Ammo   Rf   qiymati   bo'yicha   identi-
fikatsiyalash taqribiy   aniqlikka ega.
33 Fluoressirlanuvchi   (UB-nurlar   ta’sirida   shu’lalanuvchi)   dog'lar   rangidan
ham   identifikatsiya   uchun   foydalaniladi,   chunki   turli   moddalar   turlicha   to'lqin
uzunlikdagi (rangli) nurlar tarqatib fluoressirlanadi.
Selektiv   reagentlar   faqat   ma’lum   moddalar   bilangina   rangli   dog'lar   hosil
qilish xossasidan kimyoviy detektirlashda foydalaniladi.
YuQX   usulida,   aralashmaning   tarkibiy   qismlarini   faqat   sifat   tahliligina
emas,   balki   miqdoriy   tahlilni   ham   bajarish   mumkin.   Buning   uchun   xromato-
grammadagi   dog'ning   yuzasi   hisoblanadi   yoki   dog'   tarkibidagi   modda   qulay
erituvchi bilan elyuerlab, ajratib olinadi.
Xromatogrammadagi   dog'lami   yuzasiga   ko'ra   miqdoriy   tahlil   bajarilganda
dog' tarkibidagi modda miqdori bilan dog'ning yuzasi orasida mutanosiblik yoki
chiziqli bog’lanish mavjudligi taxmin qilinib, uni aniqlash uchun ma’lum miq-
dorda "guvoh" etalon modda saqlagan dog' yuzasi hisoblanadi va shu asosda ka-
librlash grafigi tuziladi. Mazkur moddaning noma’lum konsentratsiyali eritma-
larining tahlili shu grafik asosida bajariladi.
Ba’zan dog' iangining intensivligi undagi rangli modda miqdoriga bog’liq-
ligidan   kelib   chiqib,   dog'laming   rang   intensivligi   solishtiriladi.   Rang   intensiv-
ligini aniqlash uchun turli uslublar qo'llanadi.
Xromatogrammada   ajralgan   tarkibiy   qism   biror   erituvchi   bilan   dog'dan
elyuerlangach,   o'sha   moddaning   eritmasi   elyuat   hosil   bo'ladi.   Elyuatdagi
moddaning   konsentratsiyasi   biror   analitik   usulda   aniqlanadi.YuQX   usulida
bajarilgan miqdoriy tahlilning nisbiy xatosi 5—10% ni tashkil etadi.
1. 2 .  O’simlik moylarning umumiy   tasnifi  va triglitserid tarkibi.
Yog`lar,   ularning   yog`   kislotalari   tarkibi,   ahamiyati   haqidagi   asosiy
tushunchalar ,   yuqorida   atsilglitserinlar   haqidagi   asosiy   tushunchalar   amalda
keng ishlatiladi.
Yo g` larning   bir   necha   xil   klassifikatsiyalari   ma ` lumdir .   Bu   klas-
sifikatsiyalardan   birida   asos   q ilib   yo g`   olinadigan   xom-ashyoning   tabiati   va
34 kelib   chi q ishi   olingan.   Bu   klassifikatsiyaga   asosan   yo g` lar   h ayvon   va   o` simlik
yo g` -moylariga b o` linadi.
O` z   navbatida   h ayvon   yo g` lari   q uyidagilarga   b o` linadi:   q uru q likda
yashovchi   h ayvonlarning   za h ira   (jam g` arma)   yo g` lari,   sut   yo g` lari,   q ush   va
parrandalar  yo g` lari, suv  h ayvonlari va bali q lar yo g` lari va  h .k.
O` simlik yo g` lari esa uru g` lardan va mevalar ma g` zidan olinadigan yo g` -
moylarga b o` linadi.
Bundan tash q ari yo g` -moylar  ular  tarkibidagi asosiy yog` kislotalari (20%
dan   orti q   bo`lganlari)   nomiga   q arab   h am   klassifikatsiyalanadi.   Masalan,   zig’ir
moyini oleinli moylar (80-90% olein kislotasi), kungabo q ar moyini linol-oleinli
moylar   (50-60%   linol   va   35-40%   olein   kislotasi),   mol   yog`ini   oleino-palmito-
stearinli yo g` lar jumlasiga kiritish mumkin.
Ammo   bu   klassifikatsiya   h am   mukammal   emas,   chunki   bunda
yo g` larning   fizik-kimyoviy   xossalarining   atsilglitserinlar   strukturasi   bilan
bo g` li q ligi  h isobga olinmaydi [28].
Yo g` lar   xona   h arorati   sharoitida   q atti q   va   suyu q   yo g` larga   b o` linadi.
Suyu q  yo g` larga moylar deb aytiladi.  O` z navbatida  q atti q   o` simlik yo g` lari ikki
guruhga   b o` linadi:   tarkibida   uchuvchan   yo g`   kislotalari   bilan   birga   anchagina
miristin va laurin kislotasi b o` lgan va bu kislotalari deyarli b o` lmagan yo g` lar.
Yog`larning   yog`   kislotalari   tarkibi   juda   muhim   ahamiyatga   ega
hisoblanadi.   U   yog`lardagi   atsilglitserinlar   tarkibi   va   tuzilishi   ham   ularning
xossalariga katta ta`sir ko`rsatadi  [29] . Lekin atsilglitserinlar tarkibi haqida to`la
ma`lumotga   ega   bo`lish   amalda   juda   murakkab   tajribalar   o`tkazishni   va   ko`p
vaqtni   talab   qiladi.   Masalan,   triatsilglitserinlarni   eterifikatsiyalashda   yog`
massasida  N turdagi  yog` kislotalari ishtirok etayotgan bo`lsa, hosil  bo`ladigan
triatsilglitserinlar   soni   (ehtimolligi)   pozitsion   izomerlarni   hisobga   olgan   holda
quyidagicha bo`lishi mumkin:
N = (n 3
 + n 2
) / 2  ( 1.7)
Masalan,   yog`   tarkibida   5   ta   yog`   kislotasi   bo`lsa,   75   turdagi   strukturasi
va tarkibi bilan farq qiladigan triatsilglitserinlar hosil bo`lishi mumkin.
35 Shuning uchun ba`zan atsilglitserinlardagi to`yingan va to`yinmagan yog`
kislotalari tarkibi va stereospetsifik tuzilishini aniqlash osonroq va kifoya bo`lib
qoladi.
Yog`lardagi  to`rt  guruhdagi  atsilglitserinlarni  aniqlashga  imkon beruvchi
tajriba   usullari   mavjud.   Bular   trito`yingan,   dito`yingan   –   monoto`yinmagan,
monoto`yingan – dito`yinmagan va trito`yinmagan atsilglitserinlardir.
Birinchi   navbatda   yog`larda   to`yingan   va   to`yinmagan   atsillarning
taqsimlanish   tartibi   katta   ahamiyatga   ega.   Taqsimlanish   tartibi   2   xil   bo`lishi
mumkin: 
1) taqsimlanish ehtimolligi qonuniga asosan statistik taqsimlanish; 
2)   teng   taqsimlanish   Statistik   taqsimlanish   glitserinning   ekvivalent
miqdoridagi   yog`   kislotalari   bilan   eterifikatsiyalanishi   bilan   triatsilglitserinlar
hosil   bo`lishida   kuzatiladi.   Bunday   taqsimlanishda   triatsilglitserinlardagi
to`yingan   (P)   va   to`yinmagan   (N)   yog`   kislotalari   tarkibi   quyidagi   formula
asosida hisoblanishi mumkin:
(P + N) 3
  = GP 3
 + 3GP 2
N + 3GPN 2
 + GN 3
 = 1; (1.8)
bunda   G  – tegishli yog` kislotalarining atsilglitserinlari.
Ko`pgina   tajribaviy   materiallarga   asosan   triatsilglitserinlarning
stereospetsifik tuzilishi (taqsimoti) haqida quyidagi xulosalarni qilish mumkin:
Tarkibida   ko`p   polialken   kislotalari   (40-50%   va   undan   ko`p   )   bo`lgan
o`simlik   moylarida,   shuningdek,   tarkibida   ko`p   to`yingan   kislotalari   (65%   dan
ko`p) bo`lgan o`simlik urug`lari va mevalari yog`larida atsilglitserinlardagi yog`
kislotalari   taqsimoti   statistik   taqsimotga   yaqindir,   masalan,   kungaboqar,   paxta
moyi,   kokos   va   palma   yog`larida.   Agar   to`yingan   yog`   kislotalari   yog`larda,
jumladan   suv   hayvonlari   yog`larida   ham   kam   bo`lsa   atsilglitserinlardagi   yog`
kislotalari   taqsimoti   teng   taqsimlangan   bo`ladi.   Ko`pgina   hayvonlar   yog`ida
ham atsilglitserinlardagi yog` kislotalari teng taqsimlangan bo`ladi. O`t-o`lanlar
bilan   oziqlanadigan   hayvonlar   yog`i   va   stearin   kislotasiga   boy   yog`lardagi
atsillar taqsimoti statistik taqsimotga yaqindir.
36 Tajribalar   shuni   ko`rsatadiki,   yog`lardagi   atsillarning   sn-1,   sn-2   va   sn-3
holatlarda   joylashuv   tartibi   ham   o`ziga   xosdir.   Ko`pgina   o`simlik   moylarida
uglerod atomi soni 18 ga teng bo`lgan to`yinmagan yog` kislotalarining 95-99%
gachasi   sn-2   holatda   joylashgan   bo`ladi.   Masalan,   paxta   moyida   bu   89%   ni,
kungaboqar moyida 93-95% ni, ma xs ar moyida 97-99% ni tashkil etadi.
Palmitin,   stearin   va   eruk   kislotalari   atsillari   o`simlik   moylarida   deyarli
doimo sn-1 va sn-3 holatlarda uchraydi. Kakao moyining o`ziga xosligi shundan
iboratki,   uning   molekulasida   to`yingan   va   to`yinmagan   atsillar   simmetrik
joylashgan bo`ladi.
O’simlik   moylari   asosan   trigilisiridlardan   tashkil   topgan   bo’lib,
glitserinlar   va   yuqori   karbon   kislotalarni   to’liq   almashingan   murakkab
efirlaridir. 
O’simlik   moylariga   o’rik,   shaftoli,   uzum,   olcha   ,yong’oq,     kokos,
makkajo’xori, kunjut, masxar, zig’ir, bodom,paxta, kungaboqar, qaroli, pomidor,
qovoq, qovun ,tarvuz uruglaridan va boshqalardan olinadigan moylar kiradi .
Yog’   to’yingan   o’simlik   moylarining   xossalari   asosan   ular   tarkibidagi
yog’   kislotalari   tarkibiga   bog’liq   bo’ladi.   Odatda   ular   to’yingan   va
to’yingamagan bir asosli tarmoqlanmagan zanjirli bo’lishi mumkin. 
To’yinmagan   yog’   kislotalari   miqdoriga   qarab   moylarni   suyuqlanish   va
qotish vaqti o’zgaradi. Ular soni ko’p soni bo’lsa qotish harorati 0 0
C gradusdan
past, qattiq moylarda 40 0
C gradusdan yuqori haroratda bo’ladi .
O’simlik   moylarining   asosiy   biologik   qimmati   polito’yinmagan   yog’
kislotlari fosforitlar, tokofirlar va boshqa moddalar borligi bilan belgilanadi.  
Poliz   o’simliklaridan   qovun,   tarvuz   va   qovoq   o’simliklari   urug’laridan
moylarni   ajratib   olish   shu   yo’nalishdagi   samarador   yo’llardandir.O’simlik
urug’laridan   to’liq   vitaminlar   kompleksi,   makro   va   mikroelementlarni,
polito’yinmagan yog’ kislotalarini saqlab qolgan holda sovuq presslash usulida
ajratib olish muhim jarayon hisoblanadi. [30,31] 
Poliz   o’simliklaridan   olinadigan   moylar   tarkibida   yuqori   davolash
xususiyatlariga ega biologik faol qo’shimchalar kompleksi borligi va xolisterinni
37 yo’qligi   bilan   ahamiyatlidir.   Qovun,   tarvuz   va   qovoq   urug’   moylari   qonda,
hujayralardagi kislota – asos balansini normallashtiradi, siydik fizik – kimyoviy
tarkibini   boshqaradi.   Organizmda   tozalanish   jarayonida   ishtirok   etadi,
immunitetni   oshiradi,   jarohatlarni   tuzalishini   tezlashtiradi,   onkologik
kasalliklariga bo’lgan uchrash ehtimolini kamaytiradi. 
Moyli   o’simliklarning   urug’   umumiy   massasini   1   –   2   %   ini   tashkil   etib,
urug’ning   tarvuzda   21   –   35   %,   va   qovoqda   25   –   30%   gacha   moy   bo’ladi.   Bu
kislotalar   organizm   uchun   muhim   ahamiyatga   ega   bo’lib,   sog’lom   va   bemor
organizmlarida   minimal   darajasi,   gemostaza   faolligi,   hujayra   va   tomirlarda
metobolitik   jarayonlarni   faollashtiradi,   yurak,   qon   –   tomir,   bosh   miya
faoliyatlarini normallashtiradi.
Odatda   glitserinning   hamma   gidroksil   guruhi   yog   kislotalari   bilan
birikadi.   Glitsyerinning   3   ta   gidroksili   3   ta   bir   xil   yoki   har   xil   kislotalar   bilan
birikib, murakkab efir hosil qilishi mumkin,
Yog’larni   tashkil   etuvshi   kislotalar   soni   30   dan   ortiq     bo`lsa   ham,   yog'
tarkibida   doim   ushraydigan   kislotalar   soni   asosan   8   tadan   oshmaydi.   Yoglarda
ko`pincha   quyidagi   kislotalar   bo`ladi:   to`yinganlardan   miristin,   palmitin,
styearin hamda to`yinmaganlardan olyein, linol va linolyen kislotalari. 
Yog`lar   tarkibida   ularning   asosiy   qismi   —   glitserinlardan   tashqari
quyidagi birikmalar ushraydi:
- moylarning gidrolizlanishi natijasida hosil bo`ladigan erkin holdagi yog`
kislotalar;
-yuqori   molekulali   politsiklik   bir   atomli   spirtlar   va   ularning   yog’
kislotalari bilan hosil qilgan murakkab efirlari- sterinlar; 
-glitserinning yog’ va fosfat kislotalar bilan hosil qilgan aralash murakkab
efirlari-fosfatidlar;
-yog’larga   rang   beruvshi   bo`yoq   moddalardir   -lipoxromlar.   Bularga
xlorofill,  karotin, ksantofill, gosspol hamda baliq yog`i tarkibidagi pigmentlar ; 
-yog`lar tarkibida ko`pincha A,C, E va boshqa vitaminlar; 
38 yog`larning ba'zi rangli reaksiyalariga sabab bo`ladigan organik moddalar
xromogen moddalar kiradi. Yuqorida ko`rsatib o`tilgan birikmalarning hammasi
lipoidlar deb ataladi.
Lipoidlardan   tashqari   yog`lar   tarkibida   oqsil   va   shilliq   moddalar,
fermentlar,   uglevodorodlar,   efir   moylari,   smolalar,   yuqori   molekulali   spirtlar,
mineral   hamda   boshqa   moddalar   bo`ladi.   Yog`lar   asosan   o`simliklarning
mevalarida,   urug`larida,   hayvonlarda   esa   teri   osti   to`qimalarida   hamda   ichki
organlari   atrofida   to`planadi. Hujayrada   moy   bilan   birga   lipaza   fermenti
ushraydi.   Lipaza   fermenti   moyni   glitserin   va   moy   kislotalaridan   sintez   qiladi
hamda shu moddalarga parchalaydi.
Ba'zan   yog`lar   tarkibida   har   xil   pigmentlar   uchraydi,   tarkibida   xlorofill
bo`lgan   yog`lar   yashil,   karotinoidlar   bo`lgani   —   sariq,   lipoxromli   yog`lar   esa
qizg`ish va boshqa ranglarda bo`ladi. Yog`lar spirtda juda qiyinlik bilan, efirda,
xloroformda, benzin, benzolda va boshqa organik erituvchilarda yaxshi eriydi.
”Adabiyotlar sharhi”bobi boyicha xulosalar:
  Adabiyotlarda o’simlik urug’laridan ajratib olinadigan moylarning xossa-
lari,kimyoviy tarkibi, tuzilishi haqida ma’lumotlar atroflicha yoritilgan. Xususan
Respublikamizda yetishtiriladigan poliz o’zimliklaridan tarvuz,qovun va qovoq 
o’simliklarini kelib chiqish tarixi,tarqalishi, turlari,ularning moylarini kimyoviy 
tarkibi,shunindek bu moylarning shifobaxsh xususiyatlari,qo’llanish sohalari 
to’g’risidagi ma’lumotlar to’plangan.Ushbu bobda shuningdek o’simlik moylari 
analizida katta o’rin tutadigan xromatografik  analiz usullarini imkoniyatlari va 
moylar analizida qo’llanishi boyicha katta hajmdagi ma’lumotlat qarab 
chiqilgan. 
Umuman olganda , mazkur dissertatsiya ishining adabiyotlar sharhi qismi-
da mavzuga doir adabiyotlardagi , internet sahifalaridagi katta hajmli ma’lu-
motlar to’plandi, umumlashtirildi va sharhlandi.
II BOB .USLUBIY QISM.
39 2.1. Ishning maqsadi va vazifalari.
Ishning   maqsadi   o’simlik   moylarining   yog’   kislotalar   tarkibini   gazo-
xromotografik, ularning guruh tarkibini YuQX usulida o`rganishdir.
  Magistrlik   dissertatsiyasida   qo’yilgan   maqsadni   amalga   oshirish   uchun
quyidagi vazifalarni bajarish rejalashtirilgan:
-mavzuga tegishli adabiyotlardagi ma’lumotlar asosida tajribalarni bajarish
uchun tegishli metodikalar tanlash;
        -  o ’ simliklardan  ekstraksiya   usulida   moy ajratib olish ; 
- moylarning yog’ kislotalarini metil efirlari holiga o’tkazish;
  -o’simlik   moylari   yog’   kislotalarining   metil   efirlarini   tanlangan
sharoitlarda gazoxromatik ajratish;
 - ajratilgan yog’ kislotalari identifekatsiyalash;
 - olingan natijalar asosida miqdoriy aniqlashlarni amalga oshrish;
- o’simlik moylarining guruh tarkibini YuQX usulida aniqlash;
-natijalarni ishonchliligini xromato mass-spektrometriyasi usulida asoslash;
-bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari asosida xulosalar chiqarish. 
2.2. Poliz ekinlarining tarixi, tarqalishi va tarkibi.
Madaniy   qovunlar   Hindiston,   Iroq,   Afg’oniston,   Markaziy   va   Kichik
Osiyodan   chiqib   kelgan.   Bu   mamlakatlarda   hozirgacha   qovunning   yovvoyi
turlaridan tortib to shirinligi bo’yicha tengi yo’q navlari o’sadi. Misrda 3-4 ming
yillar   oldin   qovunning   yarim   madaniy   shakllari   bo’lganligi   qadimgi   qabr
toshlarida chizilgan rasmlardan ma’lum. Markaziy Osiyoda qovunlar eramizdan
oldingi   IV   asrda   yetishtirilgan.   Bu   to’g’rida   qadimiy   Xorazm   shaharlaridagi
arxeologik qazilmalardan topilgan qovun urug’lari dalolat beradi [32].
Eramizning IV asrida Rimda qovun keng maydonlarda o’stirilgan. Tarvuz
o’simligining   chiqib   kelish   markazi   Janubiy   tropik   va   Markaziy   Afrika
hisoblanadi.   Tarvuzning   shakllanish   va   tarqalish   markazi   Misrdir.   Bu   yerda
tarvuz 4000 yil avval  ma’lum bo’lgan. Tarvuzning chiqib kelish markazlaridan
biri   Hindistondir.   Eramizdan   oldingi   II   asrda   bu   yerda   tarvuz   yetishtirila
boshlagan. [33].
40 Qovoqning   barcha   madaniy   turlari   Amerikadan   chiqib   kelgan,   shu
jumladan,yirik   mevali   qovoq-Janubiy   Amerika,   qattiq   po’stli   qovoq-Shimoliy
Amerika va muskat qovoqlari-Janubiy Meksika va Markaziy Amerikadan kelib
chiqqan.
Arxeologik   qazilmalar   ko’rsatishicha,   qovoqning   madaniy   shakllari
eramizdan   3000   yil   avval   insoniyatga   ma’lum   bo’lgan.   Poliz   ekinlari   yer
kurrasining   tropik,   subtropik   va   mo’tadil   iqlimli   barcha   mamlakatlarda
yetishtiriladi.   Jahon   bo’yicha   poliz   ekinlari   ekiladigan   maydon-2,8-   2,9   mln.
gektarni   tashkil   etadi.   Shulardan   70   %-tarvuz,   20   %-qovun   va   10   %-qovoq
ekinlari   tashkil   etadi.   Butun  dunyo   bo’yicha   poliz   mahsulotini   ishlab   chiqarish
ko’rsatkichi:   tarvuz-23-26   mln.   tonna,   qovun-6,4-6,6   mln.   tonna,   qovoq-4-5
mln. tonnani tashkil etadi [34].
Poliz   mevalarini   eng   ko’p   yetishtiradigan   mamlakatlar   qatoriga   Xitoy,
Hindiston,   AQSh,   Rossiya   Federatsiyasi,   O’zbekiston   Respublikasi,   Yaponiya,
Ukraina   kiradi.   Bu   mamlakatlarda   1   mln.   tonnadan   ortiq   mahsulot   ishlab
chiqiladi.   Meksika,   Ispaniya,   Italiyada   500   ming   tonna   poliz   mevalari
yetishtiriladi. Poliz ekinlarining yirik maydonlari Qozog’iston, Misr, Ruminiya,
Yugoslaviya,   Bolgariya,   Gretsiya,   Eron,   Afg’oniston,   Yaqin   Sharq
mamlakatlari,   Markaziy   va   Janubiy   Amerika   va   Avstraliyada
joylashgan.Tarvuzning   95   %   turli   namunalari   Rossiyaning   janubida,   AQSh,
Xitoy, Yaponiya, Kichik va Markaziy Osiyo mamlakatlarida to’plangan.
O’zbekiston asrlar davomida polizchilik keng rivojlangan mintaqa hisob-
lanib,so’nggi   yillarda   bu   sohaga   yangi   texnologiyalar   joriy   qilish   ustida   ilmiy-
izlanishlar olib borilmoqda. Bundan maqsad, mavjud bo’lgan ekin maydonlarini
kengaytirmasdan, yangi texnologiya va mexanizatsiyalarni joriy etib, yuqori va
sifatli mahsulot yetishtirishdir.
Soha   mutaxassislari   oldida   O’zbekistonda   poliz   ekinlarining   potensial
hosilini   yanada   oshirish,   aholini   poliz   mevalari   bilan   mumkin   qadar   uzoqroq
vaqt  ta’minlash,buning  uchun  esa  ertapishar  va  uzoq  vaqt  saqlanuvchan   navlar
41 yaratishdek   muhim   masala   turibdi.   So’nggi   yillarda   bir   qancha   yangi   navlar
yaratildi, ularning agrotexnikasi ishlab chiqildi [37].
Shu bilan birga, poliz mevalari shifobaxsh xususiyatlarga ega va ulardan
tabobatda qadimdan foydalanib kelingan [38].
Tibbiyot   sohasi   xodimlarining   ta’kidlashicha   aholi   jon   boshiga   bir   yilda
98   kg   poliz   mevalarini,   shu   jumladan   54,5   kg   qovun,   36,5   kg   tarvuz   va   7   kg
qovoq   mahsulotlari   iste’mol   qilishni   tavsiya   etadi.   Qovun   va   tarvuz   pishgan
holda   va   qayta   ishlangan   holda   iste’mol   qilinadi.   Qovun   mevasi   tarkibida   11-
20% quruq moddalar, shu jumladan, qand 5-18% gacha, oqsillar-0,6 %, 0,8 %-
kletchatka, 0,2 %-moy, 0,6 %-kul bor. Qovun mevasi C vitaminiga (30-40 mg),
karotinga (1,5-2 mg %), RR (1-2 mg %), kaliy, kalsiy, fosfor, oltingugurt, temir,
kobalt   tuzlariga   boy.   Qovun   tarkibidagi   foli   kislotasi   organizmda   qon   ishlab
chiqish uchun zarurdir. Qovun mevasi bronxit, sil, revmatizm, yurak va buyrak
kasalliklarini davolashda ishlatiladi [39].
Tarvuz   mevasi   tarkibida   o’rta   hisobda   10-12   %   quruq   modda,   shu
jumladan, 6-11 % shakar, 0,5 % oqsil, 0,5 % kletchatka, 0,1 % moy, 0,3 % kul
moddalari   mavjud.   Tarvuz   mevasi   C   vitaminiga   (5-10   mg   %),   A;   V
1   ;   B
2 ;     va
boshqa vitaminlarga boy. Bundan tashqari, ular tarkibida temir, kalsiy, kaliy va
oltingugurt   tuzlari   bor.   Qandli   diabet,   yurak-tomir   kasalliklari,   ateroskleroz,
kamqonlikni,   buyrak   kasalligini   davolashda   tarvuz   mevasidan   foydalaniladi
[40].
Qovoq mevasi pishgan, dimlangan va qovurilgan holda iste’mol qilinadi.
Undan sharbat ham tayyorlanadi. Qovoq mevasida 10-15 % quruq modda bo’lib,
shundan   4-   11   %   qandni   tashkil   etadi.   Bundan   tashqari   uning   tarkibida   0,7   %
kletchatka, 0,5 % oqsil, 0,2 % moy, 0,6 % kul moddalari, ko’p miqdorda mineral
tuzlar   va   vitaminlar   bor.   Qovoq   mevasi   ateroskleroz,   jigar,   buyrak,   oshqozon,
yurak xastaligiga davo bo’lib, urug’ qaynatmasi  gijja haydash xususiyatiga  ega
[41,42].
Poliz   ekinlari   urug’larida   ko’p   miqdorda   shifobaxsh   moylar   bor.   Qovun
va tarvuz urug’lari mag’zida 31-56 % gacha moylar bo’ladi. 1 gektar qovun va
42 tarvuz   ekin   maydonlaridan   60-100   kg   moy   olinsa,   qovoq   ekinlari   1   gektar
maydonidan 360-400 kg, ba’zi bir navlaridan esa-600-700 kg moy olish mum-
kin [43].
2.3.Poliz o’simlik moylarining shifobaxsh xususiyatlari.
Poliz   o’simliklari   urug’lari   moylari   tarkibida   olien   va   linol   kislota
miqdorini  yuqoriligi uni biologik qiymatini  oshiradi.
Ular   urug’lari   moyi   tarkibida   53   xildagi   mikro   va   makro   elementlar
uchraydi.   Jumladan   temir   13mg,   rux   8-10mg,   magniy   3-4mg,   selen   5-6mg.ni
tashkil etadi. Kompleks yog’da eruvchi vitaminlardan A 10-15 mg, E 40-60 mg,
va F ushbu moyda ancha ko’p, F vitamin moy tarkibini 70 %ni tashkil etuvchi
polito’yinmagan   yog’   kislotalari   oliein,   linol   va   linolen   kislotalari   aralashmasi
hisoblanadi.   Vitamin   E   ancha   kuchli   tabiiy   antitoksidant   hisoblanib   tirik
organizmlar hayotida katta ahamiyatga ega [44].
Hozirgi vaqtda qovunning 36 navi davlat reistriga kiritilgan bo’lib, shundan
9 tasi ertapishar, 15 tasi o’rtapishar, 12 tasi kechpishar navlaridir. 
O’zbekiston Respublikasi hududida har yili 35-40 ming gektardan ortiq yer
maydoni   poliz   o’simliklariga   ajratiladi   va   hosil   450-500   ming   tonnani   tashkil
etadi . Qovunning mevasi ajoyib ta’mga hamda ko’pgina foydali xususiyatlarga
egadir. Uning tarkibidda 85-92 %   suv, 8-15% quruq modda, 0.8% oqsil, 1.8%
kraxmal,   va   6.2%   boshqa   uglevodlar,   0.9%   moy   ,   0.6%   kul,   20-30   mg   C
vitamin,   0.03-0.07   %   boshqa   vitaminlar   Zn,   Fe,   Ca,   Mg,   K,   P   kabi   mikro
elementlar va boshqa mineral tuzlar mavjud.
Qovunning   dorivor   xususiyatlari   zamonaviy   tibbiyot   tomonidan
tasdiqlangan.   Uni   istimol   qilish   ko’plab   fizeologik   jarayonlarni   boshqarishga
yordam beradi. U buyrak, meda, jigar kasalliklarida hamda atiroskleroz, bronxit,
sil,   bot   kasalliklarini   davolashda   ishlatiladi.   Qovun   etidan   konservalar,
qandalotchilik   sanoatida   murabbo,   pechinyelar   va   pryoniklar   tayyorlashda
foydalaniladi [45]. 
Uning urug’i tarkibida 35% atrofida moy bo’lib undan iste’mol maqsadida
va asosan davolash maqsadlarda keng foydalaniladi.
43 Moylarning asosiy xususiyati ular tarkibiga kiruvchi yog’ kislotalar tarkibi
bilan belgilanadi. Tarvuz moyi tarkibida qo’shbog’li yog’ kislotalar ko’p bo’lib
vitaminlar   va   mikroelimentlar   (Zn,   Se)   ga   boy   hisoblanadi.   Tarvuz   moyi
tarkibida   qo’shbog’li   yog’   kislotalari   ko’p   bo’lib   vitaminlarga   boy.   Undagi
ustrillin   aminokislota   tarvuz   moyi   tarkibida   nisbatan   ko’p   bo’lib   u   duiritik
faollikka   ega   va   buyrak   tuz-suv   almashishini   normallashtiradi.   Yog’da   eruvchi
vitaminlar   kompleksiyasi   A,E   va   F   vitaminlardan   tashkil   topgan.   F   vitamini
to’yinmagan   olein,   linol   va   linolen   yog’   kislotalari   aralashmalari   hisoblanadi,
ular yig’indisi 70% ni tashkil etadi.
Vitamin   A   ning   qiymati   10-15   mg   atrofida   bo’lib   turli   xil   karatinoidlar
holida   uchraydi.Rossiyalik   va   boshqa   olimlarning   klinik   tadqiqotlaridan
aniqlashicha   poliz   o’simliklaridan   olinadigan   moylar   quyidagi   ta’sirlarni
namoyon qiladi [46]:
-qon va hujayralarda kislota-asos muvozanatini normallashtiradi;
-siydikdagi   fizik-kimyoviy   tarkibini   boshqaradi   va   buyrakdagi   toshlar
erishini ta’minlaydi;
 -prostatit rivojlanishini sekinlashtiradi, sil kasalligini davolashda 
- lipidlar almashinuvi va xolistirin darajasiga ta’sir etadi;
-organizmni erkin radikallar tasiridan va erta keksayishdan himoyalaydi; 
-garmonlar ishlab chiqarishni va garmonal faoliyatni kuchaytiradi;
-organizmni   tozalaydi,   immunitetni   oshiradi   va   yaralar   tuzalishini
tezlashtiradi.
2.4. O’simlik moylarining ekstraksiyasi va eterifikatsiyasi.
Tekshiriladiga   o’simliklar   na’munalaridan   ekstraksiya   usulida   ularning
tarkibidagi   moy   ajratildi   [47].   Moyni   ekstraksiya   usulida   ajratib   olish   uchun
o’simlik urug’i namunasidan   tarozida 50 g dan tortib olinib, maydalanib hajmi
500   ml   bo’lgan   kolbalarga   solindi   va   ular   ustiga   dietil   efiridan   300   ml   dan
qo’shildi.   Kolbalar   og’zi   mahkamlab   yopildi   va   24   soat   davomida   chayqatib
turildi.   Ekstraksiya   jarayoni   tugagandan   keyin,   efirli   ekstrakt   qismi   qoldiqdan
44 ajratildi.   Ekstrakt   tarkibidagi   moyni   ajratib   olish   efirni   vaakum   ostida   haydash
yo’li   bilan   amalga   oshirildi.   Namunadan   ajratib   olingan   moy   miqdorlari   40-55
% ni tashkil etdi.  
Tekshiriladigan   o’simlik   moylarini   gazoxromatik   usulda   aniqlash
uchun ularni  metil  efirlari  holiga o’tkazish maqsadga  muvofiqdir. Chunki  yog’
kislotalarining   metil   efirlarini   qaynash   haroratlari   tegishli   kislotalarga   nisbatan
ancha past ekanligi xromatografiyalash jarayonini ancha yengillashtiradi.
Ularni   metil   efirlarini   olish   uchun   [48]   yumaloq   tubli   haydash
kolbasiga tekshiriladigan moy na’munalaridan 1 gr dan solib ustiga 10 sm 3
 1 %
li   natriy   metilatning   metanoldagi   eritmasi   qo’shiladi.   Kolbani   teskari
sovutgichga   (xolodilnikka)   ulab   uni   15   minut   davomida   qaynatildi.   Keyin   bu
eritma   ustiga   13   sm 3
  hajmda   1   m   li   sulfat   kislotaning   metanoldagi   eritmasi
qo’shib yana 15 minut mobaynida qaynatildi.
So’ngra suv oqimi yordamida sovutilib ustiga 25 sm 3
  distillangan suv
qo’shib,   chayqatib   aralashtirildi.   Kolbadagi   aralashmani   ajratish   voronkaga
solindi,   2   marta   10   sm 3
  gegsanda   2   marta   ekstraksiyalandi.   Undagi   erkin   yog’
kislotalarni to’liq yuvilganligini metiloranj indekatori yordamida nazorat qilindi.
Ekstraktni   suvsiz   natriy   sulfat   qatlamida   filtrlab   quritildi   va   tajriba   o’tkazish
uchun tayyor holga keltirildi.  
2.5.GXning tuzilishi va ishlash prinsipi.
Harakatli faza sifatida gaz moddalar ishlatilsa bunga gaz xromatografiyasi
deyiladi. Gaz xromatografiyasi gaz adsorbsion (harakatsiz faza adsorbent-qattiq
modda) gaz suyuqlik xromatografiyasi (harakatsiz faza –suyuqlik) variantlariga
bo’linadi [49]. Har qanday gaz xromatografi asosiy quyidagi qismlardan tashkil
topgan (2.1-rasm)
Gaz xromatografiyasida harakat chan  faza  sifatida turli (asosan inert) gaz -
lar ishlatiladi . Ularga qo’yiladigan asosiy talablar quyidagilardir:
-moddalarni biri-biridan to’liq ajrashini ta’minlashi kerak;
-detektorning yuqori seziluvchanligini ta’minlashi kerak;
-ishlatilayotgan gaz inert bo’lishi kerak;
45 -arzon va topilishi oson bo’lishi kerak.
Gaz  xromatografiyasida asosan 3 xil kolonkalar ishlatiladi:
-analitik kolonkalar  ( 3-4 mm X 1000-3000 mm);
-apellyar kolonkalar ( 0,1-0,2 mm X 25000-50000mm);
 -preparativ kolonkalar (100-200 mmX 200-500mm).
Xromatografga dozator orqali namunalar maxsus xromatografik shprislar orqali
yuboriladi. Xromatografik shprislar yordamida xromatografga 0,1 dan to 10 mkl
namuna yuboriladi.
Tashuvchi   gaz   ballondan  reduktor   orqali   beriladi. Tashuvchi   gazning   sarfi
maxsus   sarf   o’ lchagich—rotamerlar   yordamida   ani q lanadi.   Namuna
xromatografga maxsus dozatorlarda   o’ lchab kiritiladi. Laboratoriya amaliyotida
bu ma q sadda maxsus shprislardan foydalaniladi. Katta  h ajmdagi gaz namunasini
kiritish   uchun   ajratuvchi   sirtmo q li   byuretkalar   ishlatiladi.   Xromatografda
kiritilgan   namunani   tashuvchi   gaz   bilan   aralashtirish   yoki   uni   bug’latishga
mo’ljallangan moslamalar b o’ ladi.
2 .1-rasm Gaz xromatografini umumiy   sxemasi .
Har qanday gaz xromatografi tashuvchi  gazning doimiy oqim  manbai   -   1,
gaz   oqimi   tezligini   rostlagich -   2,   tekshiriluvchi   namuna   miqdorini   o’lchab
46 kiritish   uchun   dozalovchi   moslama   - 3,   termostatlangan   xromatografiya
kolonkasi -   4,   detektor   -5,   o’zi   yozar   moslama   - 6,   kolonkani   isitish   bloki   - 7   va
ba’zi   hollarda   aralashma   komponentlarini   ajratilgandan   keyin   tutib   qoluvchi
moslamalardan tashkil topgan bo’ladi.
Tashuvchi   gaz   o q imi   namuna   bilan   birga   kolonkaga   kiradi.   Gaz
xromatografiyasida   termostatlangan   t o’g’ ri,   U   simon   va   spiral   shaklidagi
kolonkalar   ishlatiladi.   Xromatografiyani   t o’g’ ri   o’ tkazish   uchun   kolonkani
adsorbent bilan bir me’yorda yaxshi   t o’ ldirish  h amda temperaturasini  o’ zgarma s
h olda   tutib   turish   juda   katta   a h amiyatga   ega   va   shuning   uchun   xromatografik
kolonka termostatlanadi.  
Detektor gaz xromatografining eng muhim qismi bo’lib, u chiqish paytida
gaz   tarkibining   o’zgarishini   sezadi   va   ma’lumotlarni   qayd   etuvchi   asbobga
uzatadi.   Integral   detektorning   signali   gaz   o q imidagi   moddaning   umumiy
massasiga   mutanosib   b o’ ladi.   Detektordan   aralashma   komponentlari   o’ tganda
esa   o’ zi   yozar   moslamaning   perosi   siljib,   po g’ onalar   chiziladi.   Shunday   q ilib,
integral   detektor   yordamida   olingan   xromatogramma   po g’ onalardan   iborat
b o’ ladi   va   pog’onalarning   balandligi   ushbu   pog’onachaga   t o’g’ ri   keluvchi
komponentning  massasiga   t o’g’ ri   mutanosib   b o’ ladi.Hozirgi   paytda   zamonaviy
xromatograflar ancha takomillashtirilgan bo’lib,uning bloklari birlashtirilgan va
maxsus   programmalar   asosida   boshqariladi   hamda   natijalar   kompyuter   tizimi
yodamida olinadi.  
2.6.  GX ajralish   jarayoni   uchun   maqbul   sharoitlar   tanlash.
Aralashma   k omponentlari   kolonkadan   o’ tish   davrida     bir - biridan   ajraydi ,
lekin   shu   bilan   birga   yoyiladi .   Yoyilish   qanchalik   katta   b o’ lsa ,   komponentlarni
bir - biridan   ajratish   qiyinlashadi .   Ajralish   samarodorligi   kattaligi   nazariy
tarelkalar   balandligi   ( H )   va   nazariy   tarelkalar   soni   ( N )   bilan   xarakterlanadi ,   bu
kattalikni   quyidagi  (3.1)  formula   yordamida   hisoblandi .
N = 5,54  
   yoki   N = 16        H =  ;    (2.1.)
47  L – kolonka uzunligi.
H   qanchalik   kichik   b o’ lsa,     kolonka   samarali   ishlaydi   va   xromatogrammalar
e nsiz hosil b o’ ladi [50].
Xromatografik   kolonka   samaradorligi   va   harakatli   faza   oqim   tezligi
o’rtasidagi munosabat Van-Deyemter tenglamasi bilan ifoda etiladi.
       (2.2)
Bu yerda:   h   -kolonkaning effektiv balandligi,    γ   -kolonkaning to’ldirish
darajasini   ko’rsatuvchi   koeffitsent,     d   -zarrachalar   diametri,   D   -   moddalarning
gaz   va   suyuq   muhitdagi   diffuziya   koeffitsenti,   u   -   oqim   tezligi,     λ   -
moddalarning   harakatini   ko’rsatuvchi   koeffitsent   (girdob)   k   -   tutib   turuvchi
modda   ustiga   yopishtirilgan   harakatsiz   suyuq   faza   miqdorini   ko’rsatuvchi
koeffitsent,   π -kolonkaning hajmiy kattaligini ko’rsatuvchi koeffitsent.
Harakatchan faza-azot tezligi Van-Deyemter tenglamasi asosida olingan
egri   chiziqda   foydalanib   topindi   va   u   30   ml/minni   tashkil   etdi.Kolonkadagi
harorat   oshganda   moddalaning   tutilish   vaqti   shu   bilan   birga   tahlil   etish   vaqti
ham   kamayadi.   Moddalarning   harakatsiz   va   harakatli   fazalar   o’rtasidagi
taqsimlanish   koeffitsenti   harorat   oshganda   kamayadi,   sababi   suyuq   fazadagi
moddalarda desorbsiya hodisasi absorbsiyaga nisbatan tezlashadi. 
Analiz qilinayotgan namuna tarkibiga qaynash haroratini hisobga olgan
holda   va   adabiyotlardagi   ma’lumotlardan   foydalanib   programmalashtirilgan
rejim oralig’i topildi. Xromatografik analiz qilishga eng katta ta’sirni harakatsiz
suyuq fazaning tabiati ta’sir etadi.Harakatchan suyuq faza sifatida adabiyotdagi
ma’lumotlar asosida SE-30 markali faza ishlatildi.  O’tkazilgan tajribalar asosida
o’simlik     moylarini   gazoxromatik   ajratish   jarayoni   uchun   maqbul   sharoitlar
tanlandi [51]
2.7.YuQX usulida bajariladigan bosqichlar .
48 YuQX   dagi   hamma   tekshirishlar   odatda   boshlang’ich   nuqtadan   dog’lar
orasidagi   masofani   aniqlash   (R
f -qiymati)   ga   asoslangan.   O’z   navbatida
analizning sifatli, to’g’ri o’tishi namunani plastinkaga tomizilishi bilan bog’liq.
Miqdoriy   analiz   uchun   belgilangan   miqdor   (doza)ni   mikrohajmlarda
yuqori   darajadagi   aniqlikda   tomizish   kerak.   Moddalarning   ajralish   darajasi
namunaning tomizilish shakli, o’lchami va soha boyicha bir xil taqsimlanishiga
bog’liq.   Namunani   tomizishning   ikki   usuli   kontakt   (kapilyar   va   shprits
yordamida)   va   purkash   usullari   qo’llaniladi.   Kontakt   usuli   bilan   tomizishda
xalqasimon yoyilish sodir bo’lib, namunani erituvchi yoyilgan soha boyicha bir
xil   taqsimlanishi   sodir   bo’lmaydi.   Purkash   orqali   tomizishda   xromatografik
ajralish sezilarli darajada yaxshilanadi va xatoliklar sezilarli darajada kamayadi.
Purkash vaqtida hech qanday qo’shimcha jarayonlar (elyuerlanish va diffuziya)
sodir   bo’lmaydi.   Belgilangan   soha   bo’yicha   namunani   bir   xil   taqsimlash
imkoniyati mavjud bo’ladi. Bu esa xromotografik ajralishni yaxshilanishiga olib
keladi.   Purkash   vaqtida   namuna   hamma   nuqtalar   boylab   teng   taqsimlangan
bo’ladi, bu esa miqdoriy analiz uchun muhimdir. Shuni ta‘kidlab o’tish kerakki,
kontakt   usulida   tomizishda,   masalan;   mikrokapillyarda   tomizilganda   hattoki,
plastinkalarda   «kontsentrlangan   zona»   hosil   bo’ladi   va   mantiqiy   ajralish
bo’lmaydi. R
f - qiymatlari   farqi   kichik   bo ’ lishi   bilan   birga   har   xil   anomal   holatlar
yuzaga   keladi.  
Xromatografiyaning   oxirgi   natijasi   ( holati ,   shakli   va   komponentlarning
ajralishi )   kameralarning   tipiga   va   ularning   « to ’ yinishiga »   bog ’ liq.   Tajribalar
asosan   aniq   belgilangan   sharoitlarda   qo ’ shimcha   chetlanishlarsiz   olib   boriladi .
Xromatografiyaning   nazariyasi   ko ’ pgina   adabiyotlarda   yoritilgan   bo ’ lib ,   odatda
to’yingan   kamera   ( vertikal   va   gorizontal )   oddiy   holatdagiga   qaraganda   yaxshi
natija   beradi. YuQX farmakopeya usuli bo'lib, turli dori va moylar vositalarining
tahlili, ularning sifat nazoratida keng qo'llaniladi
2.8.Gazoxromatomass-spektrometriya ( GX-MS .)  usuli
49 O’tgan   XX   asrning   oxirlariga   kelib   fizik-kimyoviy   analizning   asbobli
usullari   tabiiy   fanlar   sohasida   ishlayotgan   tadqiqotchilarning   tajribaviy
ishlarining   ajralmas   qismiga   aylandi.   Ularning   orasida   yadro   magnit   rezonansi
va   mass-spektrometriya   usullari   so’zsiz   har   tomonlama   va   eng   ko’p   ma’lumot
keltiradiganlaridir.   Ikkala   usul   ham   kimyo,   biologiya,   meditsina,   ekologiya,
texnologik   jarayonlarni   nazorat   qilishda,   kriminalistikada   va   hokoza   sohalarda
faol   ishlatiladi.   Yangi   sintez   qilingan   moddaning   nimaligini   bilish   uchun
tadqiqotchi albatta uning YaMR va mass-spektrlarini oladi.
Mass-spektrometriyaning afzalliklari  to’g’risida gapirganda albatta  uning
sezgirligi,   ishonchliligi   va   tezkorligini   ta’kidlash   kerak.   O’rtamiyona   mass -
spektrometrda toza moddaning ishonchli mass - spektrini olish uchun 10 -9
  – 10 -10
g modda yetarli. Zamonaviy asbob-uskunalarni va yangi ionlashtirish usullarini
ishlatish   ba’zi   hollarda   usulning   sezgirligini   hatto   10 -12
  –   10 -14
  g   dan   ham   bir
necha tartib pasaytirishga imkon yaratadi. 
Toza moddaning elektron zarb usuli bilan ionlashtirib mass-spektrini olish
uchun   1–2   minut   vaqt   ketadi   xolos,   organik   birikmalarning   murakkab
aralashmasini   xromatomass-spektrometriya   maromida   analiz   qilish   vaqti   esa
faqat   tashkil   etuvchilarni   xromatografik   ushlanish   vaqti   bilan   aniqlanadi.
Bunday   tajribadan   so’ng   aralashmaning   hamma   komponentlarini   ushlanish
vaqti,   xromatografik   cho’qqilarning   yuzasi,   ularning     mass-spektrlari   haqidagi
ma’lumotlar   zamonaviy   mass-spektrometrning   ajralmas   qismi   bo’lgan
kompyuterning xotirasida qoladi. Boshqacha qilib aytganda, asbobga murakkab
organik   birikmalar   aralashmasining   1   mklitrini   kiritib,   asbobning   “chiqishida”
uning   sifat   va   miqdoriy   tarkibi   haqida   to’liq   ma’lumot   olish   mumkin.   Boshqa
biror usul o’zida bunday tezkorlik va ma’lumotga boylikni namoyon qilmaydi.
An’anaga   ko’ra   organik   mass-spektrometriya   ikkita   asosiy   masalani
yechish   uchun,   ya’ni   moddaning   nima   ekanligini   aniqlash   va   ion   manbaida
ionlangan   organik   birikma   molekulalarining   gaz   fazadagi   parchalanishini
o’rganish uchun xizmat qiladi. Mass-spektrometrni suyuqlik xromatografi bilan
biriktirish, o’rganish mumkin bo’lgan obyektlar doirasini yanayam kengaytirdi.
50 XX   asrning   oxirida   “elektrosprey”   va   MLDI   kabi   yangi   ionlashtirish
usullarining   yaratilishi   molekulyar   massasi   millionlab   daltonni   tashkil   etuvchi
polipeptidlar,   oqsillar,   polisaxaridlar,   nuklein   kislotalar   kabi   murakkab
bioorganik   molekulalar   bilan   muvaffaqiyatli   ishlashga   imkon   yaratdi.   Bugungi
kunda   amalda   xohlagan   qiyinchilikdagi   murakkab   birikmalarni   analiz   qilish
mumkin.
Mass-spektrometriya   organik   va   bioorganik   kimyoda   birikmalarning
tuzilishini   o’rnatish   uchun   ishlatilishi   bilan   bir   qatorda,   bugungi   kunda
xromatomass-spektrometriya   atrof-muhit   ob’yektlarini   ifloslovchi   organik
moddalarni   sifat   va   miqdoriy   aniqlashning   asosiy   usuliga   aylandi[51].
Zamonaviy kimyoviy ekologiyani bu usulsiz tasavvur qilish qiyin. Kriminalistik
tadqiqotlarda   va   sport   musobaqalarida   doping-nazorat   o’tkazishda   bu   usulning
o’rnini bosadigan boshqa usul yo’q. 
Lekin, shunga qaramasdan mass-spektrlarni talqin qilish bo’yicha o’zbek
tilida   hatto   uslubiy   qo’llanmalar   yo’q.   Qo’lingizdagi   kitobcha   bu   sohadagi
birinchi “qadam” desak xato bo’lmaydi.
Moddaning   mass-spektri   deb   hosil   bo‘lgan   hamma   ionlarning   massasini
zaryadiga   nisbati   m/z   bo‘yicha   ajratilgan   spektr   chiziqlarning   to‘plamiga
aytiladi. Bu erda,  m  – ionning atom birligidagi massasi,  z  – ion zaryadining soni,
u asosan 1 ga ba’zida 2 ga teng. Mass-spektr odatda ikki xil shaklda, grafik va
jadval   (sonlar   majmuasi)   ko’rinishlarda   taqdim   etiladi.   Grafikda   mass-spektr
chiziqlari   intensivligining   m/z   ga   bog‘liqligi   tasvirlanadi.   Intensivlikning   o‘zi
ikki   xilda   ifodalanishi   mumkin.   Birinchisida,   intensivligi   eng   katta   bo‘lgan
chiziq   shartli   ravishda   100%   deb,   ikkinchisida   esa   hamma   chiziqlar
intensivliklarining yig‘indisi 100% deb olinadi va unga ion toklarining yig‘indisi
deyiladi. Ion toklarining yig‘indisi   deb belgilanadi, bu erda  m     25 bo‘lib,
u spektrda nisbiy massa soni 25 a.b.m. dan katta bo‘lgan ionlar qayd qilinganini
bildiradi.   Grafikda   molekulyar   ionga   tegishli   chiziq   M +
  deb   belgilanadi.
Intensivligi   eng   katta   bo‘lgan   chiziqqa   asosiy   chiziq   deyiladi.   Struktur   tahlilda
odatda intensivlikning nisbiy shkalasi ishlatiladi.
51 Organik   moddalarning   bo’laklarga   ajralishining   yo’nalishlari   bo’yicha
to’plangan   materiallar   yetarli   darajada   ma’lum   qonuniyatlarni   aniqlashga   va
mass-spektrometrik  parchalanishning   sifat   nazariyasini  yaratishga   imkon  berdi.
Bu   nazariyalarda   qilingan   taxminlar,   jarayonlarning   real   mazmunini   buzmaydi
va   ularni   oson   tushunishga,   shuningdek   mass-spektrlarni   talqin   qilish   uchun
parchalanishning   ehtimoli   katta   bo’lgan   mexanizmlarini,   birikmalarning
tuzilishiga   bog’liq   ravishda   eslab   qolish   va   ishlatishga   imkon   yaratadi. Mass -
spektrometrik yemirilishning sifat  nazariyalari  orasida   zaryad va juftlashmagan
elektronning   lokallanish   (ma’lum   nuqtada,   joyda   to’planishi)   konsepsiyasi
(qarashlar   sistemasi,   tushunish),   shuningdek   ionlarning   va   neytral   zarralarning
turg’unligini   baholash     eng   tan   olinganlari   hisoblanadi.   Sifat   xarakteriga   ega
bo’lishiga   qaramasdan   bu   yondoshishlar   spektrlar   bilan   ishlash   uchun   juda
foydali.   Ikkala   holda   ham   parchalanishning   har   bir   bosqichida   struktura
o’zgarishlarining minimal bo’lish sharti ishlatiladi, molekulyar ionning tuzilishi
boshlang’ich molekulaning tuzilishiga o’xshash deb qabul qilinadi. 
Bu   ikki   sifat   nazariyalarini   bir -biriga   qarama-qarshi   qo’yish   be - fo y da.
Ikkinchi   yo’nalishni   tanqid   qilib,   molekulada   elektronlar   umumlashtirilgan   va
shuning uchun, zaryadning va juftlashmagan elektronning to’plangan joyini aniq
ko’rsatish   mumkin   emasligini   tasdiqlash   mumkin.   Parchalanishni   boshlanishi
uchun   aniq   kimyoviy   bog’da   yetarli   darajada   energiya   to’plashdan   tashqari,
qandaydir   ishga   tushuruvchi   mexanizm   bo’lsa   kerak   deb   taxmin   qilish   shart
emas.   Ammo,   ikkala   nazariya   ham   faqat   sifatiy   xulosalar   qilishga   imkon
yaratadi va ularni  birgalikda qo’llash turli  tuman organik birikmalarning mass-
spektrlarini muvaffaqqiyatli talqin qilish uchun yordam beradi.
2.9.  GX-MS  asbobining tuzilishi va  ishlash prinsipi  .
52 2.2-Rasm.Xromato-mass- spektrometrning ko’rinishi.
2.3-rasm. Gaz xromato mass-spektrometrning blok sxemasi
Bu   texnik   tavsiflari   bo'yicha   xorijiy   analoglardan   kam   bo'lmagan   va   ulardan
foydalanish   qulayligi   bo'yicha   ulardan   ustun   bo'lgan   birinchi   rus   analitik
qurilmasi.   Qurilma   oddiy   va   intuitiv   interfeysga,   ishonchli   dasturiy   ta'minotga
ega.
Yuqori   sezgir   qurilma   hatto   inson   organizmidagi   juda   kam   miqdordagi
moddalarning     sifat   va   miqdoriy   tarkibini   aniqlay   oladi.   Ish   jarayoni   to'liq
avtomatlashtirilgan,natijalar avtomatik tarzda tahlil qilinadi.
53 Qurilma   maksimal   komplektda   yetkazib   beriladi.   Laboratoriya   muammoni   hal
qilishni "noldan" to'liq tashkil qilishi mumkin. Sarflanadigan materiallari soni va
kompleksi   uch   yil   davomida   uzluksiz   ishlashi   uchun   mo'ljallangan.   Gaz
xromatografiya-massa   spektrometrining   An'anavi   ishlashi   uch   bosqichga
bo'linadi:   molekulalarning   ionlanishi,   ionlarning   saralanishi,   zaryadlangan
zarrachalarning detektor orqali o'tishi. 
Ionlanish   bosqichida   zaryadlangan   ionlar   neytral   molekula   va   atomlarga
aylanadi.   Jarayonning   davomiyligi   moddaning   turiga   bog'liq.   Gazsimon
moddalar   tezroq   ionlanadi.   Ammo   ularning   barchasini   oldindan
parchalanmasdan   bunday   bosqichga   o'tkazish   mumkin   emas.Zaryadlangan
zarralar   massa   analizatoriga   joylashtiriladi,   u   erda   ionlar   zaryad   va   massa
bo'yicha saralanadi. Analizatorlar impulsli va uzluksizdir. Birinchi holda, ionlar
qismlarga   bo'linadi,   ikkinchi   holda,   ular   oqim   bilan   oqadi.   Gaz
xromatografiyasi-mass-spektrometrlarning ayrim modellari ikkita qurilma bilan
jihozlangan. Bu tandem variantidir.
Ikkilamchi   elektron   diodli   ko'paytirgichlar   zaryadlangan   zarrachalarning
o'tish   bosqichida   detektor   sifatida   ishlatiladi.   Detektorlarning   bir   nechta   turlari
mavjud: mikrokanal ko'paytirgichlar, Faraday kollektorlari va boshqalar.
GX -MS-ning qo'llanish sohalari:
    -Tibbiyot   sanoatida:   yuqumli   kasalliklarni   erta   tashxislash,
sportchilarning qonida taqiqlangan dorilarni aniqlash;
-Farmatsevtika:   yangi   dori   vositalarini   ishlab   chiqarishda,
ularning   sifatini   nazorat   qilishda,   biokimyoda,   gen   injeneriyasida,
giyohvandlik   vositalari   va   psixotrop   dorilarning   (shu   jumladan
sintetik)   tarqalishini   nazorat   qilishda,   moddalarning   toksikligini
analiz qilish uchun;
-Davlat   xavfsizligi   (kriminologiya   va   toksikologiya)   sohasida:
terrorchilarni   qidirish,   portlovchi   moddalar   mavjudligini   aniqlash,
54 narkotik   moddalarning   noqonuniy   aylanishiga   qarshi   kurashish,
import   tovarlarni   chegarada   tekshirish   vaqtida   mamlakat
xavfsizligini himoya qilish;
-Neft   va   gaz   sanoatida:   gaz   xromatografiyasi-mass-
spektrometrlari   yordamida   neft   va   gazni   qidiradi,   ishlab   chiqarish
jarayonini   soddalashtiradi,   texnogen   ofatlarning   sabablarini
aniqlaydi;
-Yadro   energetikasida:   materiallarning   tozaligi   va   boyitish
darajasini aniqlaydi;
Ikkin chi bob -  “Uslubiy qism”  bo’yicha xulosalar   :
Ushbu bobda magistrlik dissertatsiya ishining maqsad va vazifalari beigilab
berildi.So’ngra   poliz   o’simliklaridan   tarvuz,   qovun   va   qovoq   o’simliklarining
kelib   chiqishi,tarqalishi,turlari,kimyoviy   tarkibi,shifobaxsh     xususiyatlari   va
amalda qo’llanish sohalari haqidagi ma’lumotlar o’rganilgan.
M oylarni   ularning   urug’laridan   ekstraksiya   usulida   ajratib   olish,   ularni
gazoxromatik analiz i ni bajarish uchun metil efirlar holiga o’tkazish  metodikalari
tanlanib ularni bajarish sharoitlari aniqlangan.
Tekshiriladigan   moylarni   gazoxromatografik   ajralish   jarayoni   uchun
maqbul   sharoitlarini   tanla ngan ,   zamonaviy   gaz   xromatografi "   Krystal-
Chromatek   9000."ning   tuzilishi   va   ishlash   prinsiplari   bilan   yaqindan
tanishilgan.Yupqa   qavat   xromatografiyasi   usulida     bajariladigan   moylarning
guruh   tarkibini   aniqlash   uchun   tegishli   elementlar   sistemasi   va   tajribani
o’tkazish uchun sharoitlar va jihozlar tanlangan. 
Xromatografik   usullarda     olingan   natijalarning   ishonchliligini   tekshirish
maqsadida   gazoxromatomass-spektrometriya   usuliga   murojat   qilish
rejalashtirilgan.Shu   sababli   gaz xromatomass-spektrometrik   analiz   asbobini
tuzilishi,ishlash prinsiplari qo’llanish sohalari   bilan tanishildi ,hamda   analizlarni
amalga oshirish  sharoitlari   o’rganilgan.
55 III BOB.TAJRIBAVIY QISM.
3.1. Yog’ kislotalar metil efirlarini GX analizi.
Tekshiriladigan   moylarning   metil   efirlarini   gazoxromatik   analiz   qilish
ichki diametri 0,25 mm  va uzunligi 30 m bo’lgan, statsionar suyuq SE-30 fazali
kapillyar   kolonkali   "   Krystal-   Chromatek   9000."   gaz   xromatografi   yordamida
amalga   oshirildi   Yog’   kislotalari   metil   efirlarini   to'liq   ajratish   uchun   harorat
bo'yicha dasturlashtirilgan ajratish rejimi tanlandi :(izotermik rejim 140 ° C da 4
minut, so'ngra haroratni 3 ° C / min tezlikda 180 ° C ga ko'tarilishi) bu harorat
10 daqiqa saqlab turildi, so'ngra dasturlashtirilgan haroratni 3 ° C / min tezlikda
240   °   C   gacha,   oxirgi   haroratda   25   daqiqa   ushlab   turildi;   bug’latkichning
harorati   300°   C   ga   teng   bo’ldi;yuboriladigan   namuna   hajmi   0,1   mkl,   alanga
ionlashtiruvchi   detektor-AID   harorati   300   °   C,   harakatchan   faza-azot   oqimi
tezligi   70   ml/min.,vodorod   oqimi   tezligi-25   ml/min,havo   oqim   tezligi-250
ml/minutni   tashkil   etdi.Ushbu   tanlangan   maqbul   sharoitlarda   tekshirilayotgan
moylar   metil   efirlarining   gazoxromatik   analizi   amalga   oshirildi   [52].Tajribada
qovoq moyi analizida olingan xromatogramma 3.3-rasmda keltirilgan.
56 3.1-rasm.Tarvuz moyi metil efirining GX usulida olingan 
xromatogrammasi va unga tegishli natijalar 
57 3.2-rasm. Qovun  moyi metil efirining GX usulida olingan xromatogram-
masi va unga tegishli natijalar 
58 3.3-rasm. Qovoq  moyi metil efirining GX usulida olingan xromatogram-
masi va unga tegishli natijalar 
Tadqiq   etilayotgan   moylar   yog’   kislotalari   metil   efirlarining   sifati
analizi olingan ushlanish kattaliklari asosida quyidagicha bajarildi: 
1.“Guvohlar”   uslubida   taxmin   qilingan   yakka   holdagi   komponentlar
to’plamidan foydalanib;
2.Standart, toza holdagi moddalar bo’lmagan hollarda taxmin qilingan
moddalar  uchun  ilmiy  adabiyotlarda, jadvallarda,  avvalgi   ilmiy  tadqiqot  ishlari
asosida olingan natijalaridan foydalanib;
3.Yuqorida   qayd   etilgan   shartlar   imkon   bermagan   hollarda   ushlanish
kattaliklari   bilan   sorbat   va   sorbentlarning   fizik   –   kimyoviy   tavsiflari   orasidagi
turli bog’liqliklardan foydalangan holda;
4.  Struktur – guruh tashkil etuvchilar uslubidan foydalanib.
Oxirgi   uchta   holatda   identifikatsiyalashning   mezoni   sifatida   taxmin
qilingan   komponentning   hisoblangan   va   tajriba   yo’li   bilan   topilgan   ushlanish
indekslari   orasidagi   o’rtacha   kvadratik   chetlashish   qiymatining   iden-
tifekatsiyalanish   xatosi   bilan   mos   kelishi   identifikatsiyaning   to’g’ri   olib
borilganligini   tasdiqladi.   Ushlanish   indeksini   tajribada  aniqlash   xatosi   o’lchash
aniqligiga   ta’sir   etuvchi   va   sorbatni,   standart   moddalarni   hamda
sorbsialanmaydigan   gazni   kolonkaga   yuborish   uslubiga   bog’liq   bo’lgan   bir
qancha omillar bilan aniqlandi.
Identifekatsiyalash   tahlil   etilayotgan   aralashma   komponentlarining
ro’yxatini tuzish bilan tugallandi.
59 Yog’ kislotalar metil efirlarining miqdoriy tarkibi ichki normallashtirish
uslubida   amalga   oshirildi.   Olingan   natijalar   bo‘yicha   poliz   o‘simliklaridan
moylar yog’ kislotalarning foiz miqdori 3.1- jadvalda keltirilgan: 
3.1-jadval.
Poliz ekinlari moyilarining yog’ kisl otalari tarkibi:
№ Yog’ kislotalar nomi Tarvuz, % Qovun, % Qovoq, %
1
Miristin (C
14:0 ) 0 ,0 6 0, 06 0,08
2
Palmitin (C
16:0 ) 10,43 11,43 10.72
3
Palmetolein (C
16:1 ) 0,21 0,07 0,24
4
Stearin (C
18:0 ) 5,63 6.82 5,40
5
Olein (C
18:1 ) 24,82 20,53 37.73
6
Linol (C
18:2 ) (vitamin F) 57.49 60,31      44.74
7
Linolin (C
18:3 ) 0.46 0,19 0,33
8
Araxin (C
20:0 ) 0,35 0,16 0,37
9
Gondoin (C
20.1 ) 0,24 0.14 0.11
10
Begen (C
22:0 ) 0,31 0.29 0.28
Yuqorida   ko’rsatilgan   jadval   natijalarini   ko’rsatish   poliz   o’simliklaridan
olinadigan   moylar   tarkibida   yog’   kislotalardan   to’yinmagan   linol   va   olein
kislotalarning   miqdori   nisbatan   ancha   ko’p   ekanligi   ko’rindi.   Agar   bu
moylardagi   to’yinmagan   kislotalarning   umumiy   miqdoriga   nisbatan
taqqoslansa,qovoq moyida ularning miqdri 88.50% ni,tarvuz moyida 88.53% ni
va qovun moyida 81.75% ni tashkil etdi.
3.2.Moylarning guruh tarkibini YuQX usulida o'rganish.
60 O’simlik   moylarining   tarkibini   o’rganish   uchun   ko'pincha   gaz
xromatografiyasi,   yuqori   samarali   suyuqlik   xromatografiyasi   usullari   keng
ishlatiladi. Ammo o'simlik moylarini guruh tarkibini aniqlashning eng oddiy va
ko’p   ma’lumot   beruvchi   zamonaviy   usuli-   yupqa   qavat   xromatografiyasi   usuli
hisoblanadi.
O’simlik   moylari   guruh   tarkibini   o'rganish   uchun   tarvuz,qovun,qovoq
o'simlilari   moylari   ,   shuningdek,   boshqa   bir   qator   mevalar   moy   ekstraktlari
ishlatildi.   Bizning   tajribamizda   Shtal   usulida   o'simlik   moylarining   tadqiqot
guruhidan   iborat   lipidlarning   bir   o'lchamli   xromatografiyasi   o'tkazildi   [53] .
Buning uchun .0,5 mg o’simlik moyi   xloroformda  eritildi,   8 x 5 sm o'lchamdagi
"Silufol"   plastinkasida   amalga   oshirildi.   Buning   uchun   elyuerlovchi   sifatida
ishlatilayotga n  erituvchilar aralashmasi yordamida plastinkani yuvish va 110 0
 C
da quritish orqali faollashtirildi.
Shundan   keyin   xromatografik   shprits   yordamida   tekshirilayotgan
moyning geksandagi eritmasi "Silufol" plastinkasining start chizig’iga tomizildi .
Elyuent   sifatida   sirka   kislota:etilatsetat:toluol-(3:33:70)   aralashmasi
olindi.Detektrlash UB qurilmasida 254 nm.to’lqin uzunligida amalga oshirildi.
 
Tarvuz(a),qovun(b) va qovoq (s) moyi ekstraklarini YuQX da olingan
xromatogrammalarisi 3.4. rasmda keltirilgan
a b s
61 3.4- rasm .   a )   tarvuz,   b)   qovun   s)   qovoq   moylarning   to’siqli   kamerada
qo’yilgan   xromotogrammalari.Elyuent:   sirka   kislota:etilatsetat:toluol-(3:33:70).
254 nm.
R
f     qiymati   bo'yicha   dog’larni   identifikatsiyasi:   erituvchining   front   chizig’ida
triatsilgliseridlar   (TAG)   R
f   =   0,57 ± 0,61;   erkin   yog   'kislotalari   (EYK)   R
f   =
0,31 ± 0,33;  x olisteri n  0,24 ± 0,28; fosfolipidlar (FL) R
f  = 0,21 ± 0,23;   x olistirol  R
f  =
0,17 ± 0,20;
Guruh   moddalarining   sifat   tarkibi   taqsimlanish   koeffisiyenti   R
f   ning
qiymati   bo’yicha,   miqdoriy   tarkibi   esa   xromatogrammadagi   cho’qqi   yuzasi
bo’yicha aniqlandi. Olingan natijalar  3.2 -jadvalda berilgan .
3.2 -jadval 
Ba’zi poliz o’simlik moylarining guruh tarkibi
Moyning
nomi Fosfoli-
p idlar Xolist e ri n Xolistirol Erki n  yog’
kislotalar   Trigli-
siridlar  (
Tarvuz 0,70+0.20 0,60±0,21 7,31 ±0,84 0,82±(),23 89,52±2,14
Qovun 0, 74 0,21 0,55 0,19 7,20±0,75 0,96 0,27 87,87±2,34
Qovoq 0,75±0,19 0, 61 0,20 7,87±0,95 0,88 0,30 85,70±2,68
Paxta 0,82±0,20 0,67±0,22 7,45±0,85 0, 97±0,25
86,85±2,40
Kungabo-
qar 0,81±0,21 0,64±0,21 7,38±0,75 0,96±0,20 87,44±2,16
3.3 .Tekshiriladigan moylarning GX-MS spektrlarini olish.
“Agileht Technoiogies 7890BNetwork GC system ” nomli firma xromato
mass-spektrometri da [53]   mass   selektiv  detektorli  “5977A  inert   Mass  selective
detector   “   Mass   Hunter   Drugs_SCAN_A1.markali   ichki   yuzasi   HP   5%   li
fenilmetilsiloksan  bilan  qoplangan  uzunligi  30  m.  kapillyar   kolonka  ishlatilib  ,
injektorning   280ºC   temperaturasida,   termostatning   temperaturasi   150ºC   dan
300ºC gacha ko’tarilishi tezligi 15ºC/ min oraliqda. Analiz vaqti 30.67 minutni
tashkil etdi. 
Poliz   ekinlaridan   “Qovoq”   urug’idan   olingan   moyni   laboratoriya
sharoitida   metil   efirga   aylantirilib     xromato   mass-spektrometri   olindi.   Yog’
62 tarkibidagi yog’ kislotalari murakkab efirga  aylantirilgan holda analiz spektrlari
olindi va ularning ba’zilari quyidagi rasmlarda keltirildi. 
3.5 -rasm .Qovoq moyi namunasining to’liq GX-MS xromatogrammasi
3.6-rasm. Qovoq moyi namunasining GX mass-spetkri
  12.353   minda   tutilgan   moddani   spektrini     tahlil   qiladigan   bo’lsa   294   -
263=31   m.a.b.   ga   farq   qilmoqda   bundan   ko’rinadiki   molekulada   31(CH
2 OH,
OCH
3   )   bo‘lgan   chiziqlar   molekulada   kislorod   borligini   bildiradi.   263   -220=43
m.a.b. ga farq qilmodda bundan ko‘rinadiki 43 (C
3 H
7 -) borligini bildiradi. 220-
178,   178-150,   109-81   spektr   oraliqda   bir   xil   28   m.a.b.   ga   farq   qillishi   esa   -
63 CH=CH-     dan   ikkita   guruh   borligini   bildiradi.   263-234=29   m.a.b.   esa   C=O
guruh borligini bildiradi. 
Olingan   tahlillardan   ko’rinadiki   modda   to’yinmagan   yog’   kislotalarga
mos kelishini ko’rishgiz mumkin .  
3.7-rasm  . Moyning C
19 H
35 O
2  tarkibli qismini GX mass-spektri.
Olingan mass-spetrning massa farqlarida 12 ta holatda 14 m.a.b. (CH
2  ) ga
farq   qilishini   ko‘rishmiz   mumkin.   81-74=7,74-67=7,59-54=4   vodorod   atomlari
soni esa 35 va uglerod 19 ta ekanligni. 27 (C
2 H
5   -) va 41 (C
3 H
7   -) radikallari esa
ochiq zanjirli alifatik uglevodorod ekanligi ko’rishimiz mumkin.
3.8.-rasm .  C
19 H
36 O
2  ning GX mass-spektri.
64 3.9-rasm. C
19 H
38 O
2  ning GX mass-spektri.
Qovoq o‘simligi urug’idan olingan mass-spektroskopiya natijalari ko’rib
tahlil qilganimizda yog’ kislotalar metil efiri hosil bo’lganligini to‘liq
ko’rishimiz mumkin. 
IV BOB.   OLINGAN NATIJALARNING  MUHOKAMASi.
Gazoxromatografik analiz  tajribaviy natijalariga ko’ra  o’simlik moylari
tarkibidagi to’yinmagan yog’ kislotalar miqdori ko’p bo’lishi ularning foydali va
shifobaxsh   jihatlariga   sabab   bo’ladi.   Bunday   moylar   organizmda   yaxshi   hazm
bo’ladi, moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Turli xil garmonlar sintezida  faol
ishtirok   etadi.   Hozirgi   davrda   yog’   va   moylarga   nisbatan   “Omega   3,6,9   yog’
kislotalari”  terminini ishlatish ommalashib bormoqda.
Moylar tarkibida bu tushunchalar quyidagicha qayd etiladi:
-Omega-9 yog’ kislotasi- olein kislota;
-Omega-6 yog’ kislotasi- linol va gamma linol kislotalari;
65 -Omega-3 yog’ kislotasi-linolin kislotasi.
Omega-9 yog’ kislotalari
Olein   kislotasi   xossalarining   umumiy   darajasini   pasaytiradi,anti-
oksidantlarni   ishlab   chiqarishni   boshqaradi.   Qarishni,   tromboz,   aterosklerozni
oldini   oladi.   Olein   kislota   miqdori   ko’p   bo’lgan   moylar   yog’   almashinish
jarayonini   ko’paytiradi,   terida   namlikni   ushlab   turishga   sabab   bo’ladi,
organizmni semirishga moyilligini kamaytiradi.
Omega-9   yog’   kislotalariga   boy   moylar   yurak,   qon-tomir,   qandli   diabet,
rak kasalliklarini oldini olishi aniqlangan.
Omega-6 yog’ kislotalari.
Ular   hujayra   membranalari   tarkibiga   kiradi,   qondagi   turli   xolestirinlar
darajasini boshqaradi. Qandli  diabet, artrit, teri kasalliklari, nerv kasalliklari va
jinsiy kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Omega-6 miqdori yetarli bo’lmaganda
jigar,   dermatit,   qon   tomir,   yurak,   ateoskleroz   kasalliklari   yuzaga   kelishi
tezlashadi.Linol kislotasi boshqa to’yinmagan yog’ kislotalari sintezida katta rol
o’ynaydi. U bo’lmaganda to’yinmagan yog’ kislotalari sintezi to’xtaydi.
Omega-3 yog’ kislotalari
Omega-3 yog’ kislotasi miya funksiyalarining normal faoliyat olib borish
uchun   hayotiy   muhimdir.   Ular   yordamida   energiyani   hujayradan-hujayraga
o’tib,   signal   impulslarni   o’tkazuvchanligi   boshqariladi.   Shuningdek   Omega-3
organizmni himoya va shamollashga qarshi funksiyalarini yaxshilaydi. U astma,
ekzema,   allergiya,   dipressiya,   qandli   diabet   va   boshqa   bir   qator   kasalliklarni
davolashda qo’llaniladi. 
Omega-3   va   Omega-6   yog’   kislotalari   jiddiy   kamchiligi   havo   bilan
ta’sirlashganda     va   qizdirilganda   faol   oksidlanadi.   Katta   yoshdagi   inson
organizimi   faqat   Omega-9   ni   sintez   qila   oladi.   Omega-3   va   Omega-6   yog’
kislotalari   faqat   oziq-ovqat   mahsulotlari   orqali   organizmga   kiritiladi.Moylarni
istemol   qilganda   kerakli   yog’   kislotalar   miqdorini   hisobga   olish   muhim
hisoblanadi. Bir sutkalik iste’mol qilinuvchi o’simlik moyi miqdori- 30 gramm
66 ga mos keladi. Agar moy tarkibidagi Omegalar miqdori keragidan ortiqni tashkil
qilsa, inson organizimiga quyidagicha salbiy ta’sirlar:
-qon bosimini ko’tarilishi;
-qon-tomir sistemasining qisqarishi;
-immunitetning pasayishi;
-shamollash   jarayoniga   moyillik   singari   salbiy   oqibatlarga   uchrash
mumkinligi aniqlangan.
Umuman olganda tadqiq etilgan o’simlik moylari tarkibida to’yinmagan
yog’   kislotalari   miqdorining   ancha   yuqoriligi   bu   moylarning   iste’mol
maqsadlaridagi   farmasevtikada,   meditsinada,   kosmetikada   va   boshqa   sohalarda
keng qo’llanilishiga sabab bo’ladi.
YuQX usuli   bilan  olingan natijalar  asosida  tarvuz,qovun va qovoq  va 
boshqa tekshirilgan  moylar ning guruh  tarkibi aniqlandi .Olingan natijalarning 
ko'rsatishicha, tekshiriladigan o’simlik moy ekstraktlari  neytral lipidlarning 5ta 
fraksiyasini o'z ichiga oladi:bular    f osfoli p idlar  triglitseridlar,   x olisteri n,  
x olistirol  va erkin yog' kislotalardir. T arvuz, qovun, qovoq mo y larining asosiy 
guruh tarkibi    triglisiridlar iborat bo’lib, ular 89,52% gachani tashkil etishi 
aniqlandi .   Poliz o’simliklari moylari tarkibida fosfolipidlar hamda xo l isterin 
miqdori nisbatan   ancha kamligi kuzatildi .
Shunday qilib lipidlarning bir o’lchamli xromatografiyasi usulining ustun 
jihatlari sifatida qimmatbaho asbob- uskunalar va namunalarga uzoq muddatli 
ishlov berishni talab qilmasligini aytish mumkin. Mazkur ishda o'simlik moylari 
va moy ekstraktlarini aniqlashning YuQX usuli asosida olingan natijalar tegishli 
o’simlik moylari guruh tarkibini aniqlash,ularning sifatini va haqiqiyligini tek-
shirish hamda tegishli me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda foydalanish imko-
niyatiga ega ekanligi ko'rsatildi.
Gazoxromato-mass-spektrometriya   usulida   olingan   mass-spetrning
massa farqlarida 12 ta holatda 14 m.a.b. (CH
2  ) ga farq qilishini tasdiqlaydi. 81-
74=7,74-67=7,59-54=4 vodorod atomlari soni esa 35 va uglerod 19 ta ekanligni,
67 27   (C
2 H
5   -)   va   41   (C
3 H
7   -)   radikallari   esa   ochiq   zanjirli   alifatik   uglevodorod
ekanligini tasdiqlaydi. 
GX-MS   usulida   yuqorida   qo’llanilgan   metodika   bo’yicha   olingan
ma’lumotlari   o’simlik   moylari   yog’   kislotalari   metil   efirlairni   yog’   kislotalar
tarkibini   gazoxromatografik   usulda,guruh   tarkibi   bo’yicha   yupqa   qavat
xromatografiyasi usullarda olingan natijalarni tog‘riligini tasdiqladi.
XULOSALAR.
1. Tarvuz, qovun, qovoq o’simliklari,ularning moylari haqidagi, shuning-
dek xromatografik analiz usullari to’grisidagi ilmiy adabiyotlardagi ma’lumotlar
to’plandi,umumlashtirildi va sharhlandi.
2. Tekshiriladigan moylarning yog’ kislotalari metil efirlari holiga o’tka-
zildi, gazoxromatografik ajralishning maqbul sharoitlari tanlandi. Maqbul sharo-
itlarda  xromatografik analiz  amalga oshirilib natijalar olindi.
68 3.   Yupqa   qavat   xromatografiyasi   usulida   tekshiriladigan   moylarning
guruh tarkibi tahlil qilindi va o’zaro solishtirildi.
4. Tarvuz,qovun,qovoq moylari uchun xromato-mass spektrlar olindi, ular
olingan xromatografik usulda olingan natijalar bilan taqqoslandi. 
5.   Olingan   natijalar   asosida   tarvuz,qovun,qovoq   moylarining   tarkibi
o’rganildi,   ularning   davolash   va   boshqa   sohalarda   qo’llanish   imkoniyatlari
ko’rsatildi
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI. 
1.O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2017   yil   7   fevraldagi   PF-4947-son
“O’zbekiston   Respublikasini   yanada   rivojlantirish   harakatlar   strategiyasi
to’g’risida” Farmoni.
2.   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2017   yil   23   avgustdagi   PQ-3236-
son“2017-2021   yillarda   kimyo   sanoatini   rivojlantirish   dasturi   tog’risida”dagi
qarori.
69 3.   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2018   yil   17-yanvardagi   PQ-3479-
son   “Mamlakat   iqtisodiyoti   tarmoqlarining   talab   yuqori   bo’lgan   mahsulot   va
xom   ashyo   turlari   bilan   barqaror   ta’minlash   chora-tadbirlari   tog’risidagi”gi
Qarori.
4.Копейковсий В.М и др. Технология производства растительних масел. –
М. Легкая и пишьевая промышленность, 1982 г.
5.Шербаков В.Г. Технология  получения  растительних масел. – М.:  Колос.
1992 г.
6. N.Sh. Abdullaуev, K.X. Majidov, A.A. Sultonov, Z.N. Ab dullayeva.  O ‘ simlik
moylari   ishlab   chiqarish   va   ularni   qayta   ishlash   sanoatining   jihozlari   va
uskunalari . –  T . 2012.
7.   N . Sh .   Abdullayev ,   K . X .   Majidov   va   Z . N .   Abdullayeva .   O ‘ simlik   moylari
ishlab   chiqarish   texnologiyasi . Ma ’ ruza   matni .- Buxoro ,2003.289  b . 
8. Голберт К.А., Вигдергауз М.С. “Введение в газовую хром a тографию.” –
М.; Химия , 1990. – 352  c .
9.   Винарский   В.А.   “Хроматография”   Курс   лекций   в   двух   частях.   Минск,
«Электронная библиотека БГУ», 2003. -161 с.
10. Березкин Б.Г. Химические методы в хроматографии М.: Химия. – 2006.
214  c
11. Пери С., Амос Р., Брюер П. “Практическое руководство по жидкостной
хроматгорафии” – М.: Мир, 1974. 368 с.
12.   Стыскин   Е.Л.,   Ициксон   Л.Б.,   Брауде   Е.В.   “Практическая
высокоэффективная жидкостная хроматгорафия” – М.: Химия, 1986.267 с.
13.  Қуватов А. «Спектроскопик таҳлил усуллари», Самарқанд, 1995, 74 б.
14.   Бахшиев   Н.Г.,   «Введение   в   молекулярную   спектроскопию»,   Л.,   Изд.
ЛГУ, 1987, 216 с..
15. Muhammadiyev   N . K ,   Ergashev ,   Sayitqulov   Sh . M .   Gaz   suyuqlik
xromatografiyasida     Lestosilni   yog ’   kislotalarni   analiz   qilishda   qo ’ zg ’ almas
fazasi   sifatida   ishlatish   imkoniyatlari .   //   SamDU   ilmiy   tadqiqotlar
axborotnomasi   Samarqand  2008. № 5. – 31 – 33  b .
70 16.   ГОСТ   51483   –   99.   Масло   раститетелъные   и   животное.   Опроделение
методом   массовой   доли   метиловых   эфиров   индивидуалъных   жирных
кислот   к   их   сумме”   Масло   растителъные,   методы   анализа,   М.:   ИПК.
Издателъ c тво стандартов. 2008. с 151 - 199 
17.“Количественный   анализ   хроматграфическими   методами”   Под
ред.Э.Кэц. – М.: Мир, 1990. 180 с.
18.   Масла   растительные.   Методы     анализа.   М.   Изд-во   стандартов,   2001.   -
202с
19.   Родников   О.В.,   Журавлева   Г.А.,Бугайченко   А.С.   “Угольные   сорбенты
для   концентрирования   паров   органических   веществ   при   анализе   воздуха”
Вестник СПбГУ, сер. 4. Вып. 4, 2010, 113-118 с.
20. Ergashev   I . M ., Mamirzayev   M . A .,  Ergashova   Sh .,  Sedalova   I .  Tarvuz   moyi  
trigliseridlar   tarkibini   gasoxromatografik   usulda   o ’ rganish .// “ Mahalliy   xom -
ashyolar   va   ikkilamchi   resurslar   asosidagi   innovatsion   texnologiyalar ” respublika
ilmiy - texnik   anjumani   materiallari   to ’ plami .1- jild . Urganch .2021 b .434-435.
21. Kольский А.Н., Дубов М.В. Изучение состава эфирных масел методом
газовой хроматографии. М. : /Химия природных соединений : - 1995. 174 с.
22.Кирхнер Ю. Тонкослойная хроматография. М.: Мир, 1981. Т. 1, 2.
23.Высокоэффективная   тонкослойная   хроматография   /   Под   ред.   А.
Златкиса, Р. Е. Кайзера. М.: Мир, 1979. 246 с
24.Красиков   В.   Д.   Основы   планарной   хроматографии.   СПб.:   Химиздат,
2005. 232 с.
25.Арутюнян Н.С. фосфолипиды растительных масел. Н.С. Арутюнян, Е.П.
Корнена М. Агропромиздат, 1986. -256с
26.Березкин   В.Г.,   Бочков   А.С.   “   Количественная   тонкослойная
хроматография” – М.: Наука, 1980. 470 с
27.   Кибардин   С.   А.,   Макаров   К.   А.   Тонкослойная   хроматография   в
органической химии. М.: Химия, 1978.28.
71 28. Луцкая   Н.В.,   Мельникова   Е.В.   Сравнительная   характеристика   липидов
семян   бахчевых   культури   получаемого   из   них   масла   /   научно   тех.   конф.
“Эффективные инструменты современных наук” – Польша.: 2008 .
29 .ГОСТ   1129-2013.   Масло   подсолнечное.   Технические   условия.   –
Москва .   Стандартинформ,   2014.   –   19   с.
30.Лисицин   А.Н.   Создание   технологий   отжимания   растительных   масел
в   условиях   высокоинтенсивного   нагрева   маслосодержащего
материала:   автореф.   дисс   канд.   тех.   наук.   –   Санкт-Петербург,   1996.   –
33   с.
31   Y. Qodirov. «O’simlik moylarini ishlab chiqarish texnologiyasi» , Tosh-
kent, «Cho’lpon».  2014. 320b.  
32.В.Ф.   Пивоваров,   М.Х.   Арамов   /   Овощные   и   бахчевые   культуры   в
Узбекистане,   M.:   внii   селекции   и   семеноводства   овощных   культур,
2001. - 291c.
33.Г.Х.   Мирзоев.   Основные   свойства   семян   бахчевых   культур,   важные
в процессах их переработки   /   Г.Х. МИРЗОЕВ,   В.В. Деревенко,   А.С.   //
Научные   труды КубГТУ,   2015, №4.
орехозаменителя   /   О.В.   Ульянова,   Е.В.   Мартовщук   //   Извес-тия   вузов.
Пищевая 
34.О.В. Ульянова / Исследование состава арбузных семян как сырья для
получения технология. – 2006. – №2-3. – С. 24. 
35.Аширов И. М., Тыквы Узбекистана - T.: Фан, 1979. – 63с. 
36. Yormatova D. Dala ekinlari biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi. -
Toshkent-2000. 102-154 b.
37.Yormatova D. Dala ekinlar biologiyasi va yetishtirish texnologiyasidan
amaliy mashg`ulotlar. - Toshkent- 2001 19-28 b.
38. Muhammad Muxtorov. 1000 dardga 1000 davo. - Shifobaxsh o‘simliklar 
bilan davolash. ”Nasaf” nashriyoti 2009.  23-46
72 39. Деревенко   В.   В./   Основные   физико-механические   свойства   семян
тыквы   сорта   “Зимняя   сладкая”   //   В.В.   Деревенко,   А.С.   Коробченко   /
Известия   вузов.   Пищевая технология.   –   2011.   –   №4.   –   С. 121-122.
40. Azizova S.S.  Farmakologiya. – Toshkent: Yangi asr avlodi- 2006.
41. Habibullo Hayitov.  Tabiatning o‘zi shifokor. - “Hayot” nashriyoti:  Andijon-
2000.
42.Asqarov.I.R , Qirg`izov .Sh.M   Tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash
va sertifikatlash fanidan o`quv uslubiy majmua . Andijon 2013
43. Oripov R.O, Xalilov N.X.   O‘simlikshunoslik. – Toshkent: “Universitet”
2007.
44.Asqarov I.R, Ashuraliyeva M. Kimyoviy elementlar inson organizimida. -
 “Tafakkur” nashriyoti  Toshkent-2012.
45. Jo`rayev A’zimjon. Xalq tabobati. - “Sharq” nashriyot- matbaa  Aksiyadorlik
kompaniyasi Bosh taxririyati.  Toshkent -2008. 23-30 betlar
46.O ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.- Toshkent: Davlat ilmiy nashriyoti, 2001.
4-5  tom.  348- bet
47.Терешук   Л.В.   Маркетинговые   исследования   рынка   жидких   расти-
тельных   масел   в   г   Кемерово   /   Л.В.   Терешук,   Л.В.   Царегородцева   //
Масложировая промышленность. 2007. - №4. – С.8-9.
48.   ГОСТ   Р   51486-99   Масла   растительные   и   жиры   животные.   Получение
метиловых   эфиров   жирных   кислот   М.   Госстандарт   России:   Изд-во
стандартов, 1999.
49. Ergashev   I . M ., Murodo v Q . M .,. Anvarov   T .  Gaz   xromatografiyasi .  Uslubiy  
qo ’ llanma .  Samarqand : SamDU -2021-72  b
50. Кристиан Г .  “Аналитическая химия “2. Москва ,  Бинош , 2009. 470  с .
51. Quvatov A.,Begmatov R. Organik birikmalarning mass-spektrlarini talqin 
qilish. . Uslubiy qo’llanma. Samarqand:SamDU-2021-140 b.
52. ГОСТ   51483   –   99.   Масло   растителъные   и   животное .   Опроделение
методом   газовой   хроматографии   массовой   доли   метиловых   эфиров
73 индивидуальных жирных кислот к их сумме” Масло растительные, методы
анализа, М.: ИПК. Издателъ c тво   стандартов . 2008.  с  151 – 199.
53.Ergashev I.M.,  NorqulovU.M.,Ergashova Sh.I.,SuyunovSh.Kh.,Chroma-
tographic Study of the Group Composition of Spme Vegetable Oils. Eurasian 
Scientific Herald 2022. p 361-364.
54. Ergashev I.M.,Sedalova I.S.,Sayitkulov Sh.M.,Study of the Composition of 
Fatty Acids in Vegtable Oils by Gas Chromatographic Method. International 
Journal of Research in Engineering and Science (IJRES).2022.p 6-9.
Internet saytlaridan olingan ma’lumotlar:
1 .  https://fen.nsu.ru/fen.phtml?topic=meth    .
2 .www. nuuz. uz.
3 .www. natlib. uz.
4 .www. ziyo net. uz.
5 . www.chemexpress.fatal.ru .
6. http://www.aist.go.jp/RIODB/SDBS  .
7.   http    ://    www    .   aist    .   go    .   jp    /   RIODB    /   SDBS    /   sdbs    /   owa    /   sdbs    _   sea    .   cre    _   frame    _   sea    .
8.  http://webbook.nist.gov/chemistry/form-ser.html .
9.  http://www.chem.ucla.edu/~webspectra/index.html . 
10 .  http://www.nd.edu/~smithgrp/structure/workbook.html .
74

Ba’zi poliz o’simlik moylari tarkibini xromatografik usullarda o’rganish MUNDARIJA . KIRISH . 3 I BOB. ADABIYOTLAR SHARHI . 7 1 .1. Xromatografik analiz usullari. 7 1 .1.1. S uyuqlik xromatografiyasi (SX). 8 1 .1.2. Gaz – suyuqlik xromatografiyasi (GSX.). 14 1 .1.3. G SX da harakatli suyuq fazalar tanlash. 18 1. 1.4.GSX da h arakat siz fazalar ning roli. 22 1 .1.5. Yupqa qavat xromatografiyasi (YuQX). 23 1.1.6.YuQXning jihozlari va bajarilish tartibi. . 27 1 . 2 . O’simlik moylarning umumiy tasnifi va triglitserid tarkibi. 35 II BOB . TAJRIBAVIY QISM USLUBIY QISM 41 2.1. Ishning maqsadi va vazifalari. 41 2.2. Poliz ekinlarining tarixi, tarqalishi va tarkibi. 4 1 2.3.Poliz o’simlik moylarining shifobaxsh xususiyatlari 4 4 2.4.O’simlik moylarining ekstraksiyasi va etirifikatsiyasi 4 5 2.5. GX ning tuzilishi va ishlash prinsipi. 4 6 2.6. GX ajralish jarayoni uchun maqbul sharoitlar tanlas h. 48 2.7.YuQX usulida bajariladigan bosqichlar . 50 2.8.Gazoxromato mass-spektrometriya ( GX-MS .) usuli 51 2.9.GX-MS asbobining tuzilishi va ishlash prinsipi. 54 III BOB . TAJRIBAVIY QISM . 57 3.1. Yog ’ kislotalar metil efirlarini GX analizi . 57 3.7.Moylarning guruh tarkibini YuQX usulida o'rganish. 61 3.3 .Tekshiriladigan moylarning GX-MS spektrlarini olish. 62 IV BOB. OLINGAN NATIJALARNING MUHOKAMASI. 66 XULOSALAR. 69 1

FOYDALANILGAH ADABIYOTLAR RO ' YXATI . 70 KIRISH. Mavzuning dolzarbligi : Analitik kimyoning dolzarb yo ’ nalishlaridan biri murakkab tarkibli tabiiy va sintetik moddalarni sifat va miqdoriy jihatdan analiz qilishning zamonaviy usullarini takomillashtirish hisoblanadi . Yog ’- moy sanoati O ’ zbekiston oziq - ovqat sanoatida yetakchi o ’ rinlardan birini egallaydi . Mamlakatimizda yuqori sifatli , arzon va qulay o ’ simlik moylari mahsulotlariga bo ’ lgan ehtiyojlarini to ’ la - to ’ kis qondirish maqsadida [1 , 2] ulkan rejalarni amalga oshirish ko ’ zda tutilgan . Ushbu tarmoq mahsulot sifatini oshirish va turlarini kengaytirish , xomashyodan to ’ liq hamda samarali foydalanish , aholi ehtiyoji va bandligini ta ’ minlash masalalarini hal etishda ham muhim o ’ rin tutadi [3] . Respublikamiz yog ’- moy sanoatining asosiy vazifasi xalq xo ’ jaligiga ekologik toza , raqobatbardosh , yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishdan iborat . Mazali va biologik faol hamda shifobaxsh xususiyatlarga ega tarvuz , qovun , qovoq , kunjut , olxo ’ ri , o ’ rik , shaftoli danagi kabi noan ’ anaviy turdagi xomashyodan moy olish texnologiyasi ham yog ’- moy sanoati korxonalari uchun muhim yo ’ nalish hisoblanadi [4-7]. Murakkab tarkibli , ko ’ p komponentli organik birikmalarni konsentirlash va ajratishda xromatografik usullarni o ’ rni beqiyosdir . Shu jumladan o ’ simliklardan olinadigan moylar tarkibini o ’ rganishda gaz - suyuqlik , yuqori samarali suyuqlik , yupqa qavat xromatografiyalari imkoniyatlarning juda kengligi bilan ajralib turadi . Bu usullar yuqori samaradorligi , selektivligi , ekspresligi , aniqlik darajasining yuqoriligi , avtomatlashtirish imkoniyatlari mavjudligi bilan ahamiyatli hisoblanadi . Ishning maqsad va vazifalari : Mazkur magistrlik dissertatsiyasi ishining asosiy maqsadi ba ’ zi poliz o ’ simlik moylarini yog ’ kislotalar va guruh tarkibini 2

xromatografik usullar yordamida o ’ rganishdan iborat . Qo ’ yilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi ishlarni bajarish talab etiladi : -o’simliklar urug’laridan moylarni ekstraksiya usulida ajratib olish; -o’simlik moylarining yog’ kislotalarini murakkab metil efirlari holiga o’tkazish; -moylarning yog’ kislotalarining metil efirlarini gazoxromati k usulda ajra t ish jarayonini o’tkazish ; -ajralgan yog’ kislotalarning identifikatsiyalash va miqdoriy analizini amalga oshrish; -moylarning guruh tarkibini yupqa qavat xromatografiyasi usulida aniqlash. -olingan ma’lumotlarni ishonchliligini tekshirish maqsadida tegishli moylar uchun gazoxromato-mass-spektrometrda natijalar olish; -bajarilgan ilmiy- tadqiqot ishlari natijasida olingan natijalar asosida tegishli xulosalar chiqarish. Mavzuni o’rganilganlik darajasi : Poliz o’simliklaridan tarvuz,qovun va qovoqlarni yetishtirish,ularning urug’laridan moylarni ekstraksiya usulida ajratib olish, shuningdek olingan moylarining fizik-kimyoviy xossalari,tuzilishi, tarkibi,amalda qo’llanish sohalari bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan. Ishlab chiqarish texnologiyasi ilmiy asoslarini yaratishda dunyo miqyosidagi olimlar bilan bir qatorda rus olimlari, professorlar Derevonko V. V., Ulyanova O. V., Mirsoev G.X., Сakodinskiy K.I.,Vegdergaus M.S.,Beryoskin V.G.Puc - ko v a L.I, Kozakov Ye.D., o ‘zbek olimlari dan Muxamaliyev N.Q.,Qobulov B.J.,Zokirov N.S., Vasiev M.G., Xalimova U.X., Abdulla у ev N.Sh., Majidov K.X. va boshqalar katta hissa qo‘shganlar .Shunga qaramasdan mahalliy sharoitlarda yetishtiriladigan poliz o’simliklaridan olinadigan moylarni tarkibini atroflicha o’rganish dolzarb muammolardan hisoblanadi va tegishli analiz usullarini takomillashtirishni talab etadi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Gaz xromatografiyasi usulida o’simliklardan olinadigan moylarni yog’ kislotalari metil efirlarining ajralish jarayoni, yupqa qavat xromatografiyasi usulida guruh tarkibini aniqlash uchun maqbul sharoitlar 3

tanlandi ,olingan natijalarni tasdiqlash uchun xromato mass-spektrometr usulidan foydalanildi va ular ni amalda qo’llash imkoniyatlari mavjudligi asoslandi. Tadqiqot ob’ekti va predmeti : Respublikamiz iqlim sharoitida yetishtiriladigan poliz o’simliklaridan qovun,tarvuz va qovoq urug’laridan ajratib olinadigan moylar tadqiqot ob’ekti, ularning tarkibini xromatografik usullarda o’rganish tadqiqotning predmeti hisoblanadi. Tadqiqotning ilmiy ahamiyati: Gaz xromatografiyasi usulida o’simliklardan olinadigan moylarni yog’ kislotalari metil efirlarining ajralish jarayoni o’rganildi , yupqa qavat xromatografiyasi usulida guruh tarkibini aniqla ndi.Moylarning tarkibi,tuzilishi va xossalarini atroflicha o’rganish uchun xromatografik usullarni qo’llash imkoniyatlari keng ekan ligi asoslandi. Dissertatsiyaning tarkibiy tuzilishi. Dissertatsiy a ishi kirish, uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatini o’z ichiga oladi. Uning umumiy hajmi 74 bet . Unda foydalanilgan adabiyotlar 54 manbadan iborat bo‘lib, u o‘z ichiga 3 ta jadval va 15 ta rasmni olgan. Ishning “ Kirish ” qismida tadqiqot mavzusining dolzarbligi,ilmiy izlanishning maqsad va vazifalari,mavzuning o’rganilganlik darajasining qiyosiy tahlili, tadqiqotnning ilmiy yangiligi,tadqiqot ob’ekti va predmeti, ilmiy va amaliy ahamiyati bayon etilgan. Birinchi bob - “Adabiyotlar sharhi”da o’simlik moylarini Respublikamizda- gi o’rni, o’simlik moylarining kimyoviy tarkibi, ular analizida xromatografik usullarning qo’llanish imkoniyatlari ,shuningdek poliz o’simlik moylarining shifobaxsh xususiyatlari va qo’llanish sohalari haqidagi ma’lumotlar to’plandi,umumlashtirildi hamda sharhlandi. Ikkinchi bob - “Uslubiy qism” deb nomlangan qismda , moylarni ularning urug’laridan ekstraksiya usulida ajratib olish, gazoxromatik analizni bajarish uchun metil efirlar holiga o’tkazish,gazoxromatografik,xromatomass- spektrometrik analiz asboblarini tuzilishi,ishlash prinsiplari va qo’llanish 4

sohalari ,hamda amalga oshirish uchun maqbul sharoitlarini tanlashga e’tibor qaratildi,analizlar uchun tegishli metodikalar tanlandi. Uchinchi bob -“ Tajribaviy qism”da tekshiriladigan poliz o’simliklarining urug’laridan ekstraksiya usulida moylar ajratib olindi.Olingan tarvuz,qovun va qovoq moylari tegishli metal efirlari holiga aylantirildi.Yog’ kislota metil efirlari tanlangan maqbul sharoitlarda SE-30 harakatsiz suyuq fazada gazoxromatografik analiz qilindi.Moylarning guruh tarkibi yupqa qavat xromatografiyasi usulida aniqlandi.Xromatografik usullarda olingan natijalarni ishonchliligi eng zamonaviy usullardan bo’lgan gazoxromatomass- spektrometriya usulida tekshirildi. To ’ rtinchi bob- “Olingan natijalar muhokamasi”.bobida uslubiy qismda aniqlangan ko ’ rsatmalardan foydalanib,rejalashtirilgan va bajarilgan tajribalar natijalari tahlil qilindi. Ishning “Xulosa” qismida o’simik moylarini metil efirlarini gazoxromatik usulda analiz qilib yog’ kislotalari tarkibini aniqlash,ularning guruh tarkibini yupqa qavat xromatografiyasi usulida o’rganish, olingan natijalarni gasoxromato-mass-spektrometriya usulida tekshirish bo’yicha olingan ma’lumotlarr asosida natijalari umumlashtirilib, mavzu bo’yicha dissertatsiya ishiga xulosalar qilindi. 5