POLIZ AGROTSENOZIDA FITOFAGLAR TARQALISH DINAMIKASIGA EKOLOGIK OMILLARNING TA’SIRI
POLIZ AGROTSENOZIDA FITOFAGLAR TARQALISH DINAMIKASIGA EKOLOGIK OMILLARNING TA’SIRI Mundarija Kirish ………………………………………………………………….……...........5 I BOB Adabiyotlar sharhi……………………………………………………….8 1.1. Respublikada polizchilik sohasining rivojlanish bosqichlari …….…………8 1.2.Samarqand qovunchiligining tarixidan …………………………………….14 1.3. Qovunning botanik ta’rifi, biologik va foydali xususiyatlari… …………...18 1.4.O’rta Osiyoda poliz yekinlari zararkunandalarining o’rganilish tarixidan. ...20 1.5.Qishloq xo’jaligi ekinlariga zarar yetkazadigan ikkiqanotli hasharotlarning tur tarkibi… ……………………………………...…………………2 5 1. 6. Keng tarqalgan zararkunanda pashshalarning biologik va ekologik xususiyatlari………………………………………………………………………….28 II BOB Tadqiqot obyekti, uslublari va sharoitlari…………………………………37 2.1.Tadqiqot sharoitlari….……………………………………………………….37 2.2.Tadqiqot obyekti, ……………………..…………………...…......................39 2.3.Tadqiqot uslublari…………………………………………………………...39 2.3.1.Q ovun pa shsha si ( Miopardalis pardalina) ning bio e kologi ya sini o’ rgani sh usullari… ………………………………………………………………………..…...41 III BOB Tadqiqot natijalari……………………………………………………...….46 3 .1.Ikki qanotlilar yoki pashshalar –Deptira turkumiga umumiy x arakteristikasi ………………………………………………………….…………..46 3.2 Qovun pashshasining biologiyasi, ekologiyasi va tabiiy kushandalari……...51 3.3. Qovun pashshasi ( Myopardalis pardalina ) ning fenologiyasi va miqdoriy ko’rsatkichlari ………………………………………………………….….55 3.4. Qovun pashshasi ( Myopardalis pardalina ) rivojlanish bosqichlari ning ekologik omillarga bog’liqligi………………………………..…….58 3.5. Qovun pashshasi ( Myopardalis pardalina ) ning poliz agrosenozida uchrash miqdori va qovun hosiliga zarar yetkazish darajasini aniqlash …………………...62 3.6.Qovun pashshasining tabiiy kushandalari…………………………...........68 3.7. Qovun pashshasi ( Myopardalis pardalina ) ga qarshi insektisidlar qo’llashning samaradorligi…………………………………………………………..72 Xulosalar ……………………………………………………………………...….….75 Amaliy tavsiyalar …………………………………………………………………...76 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ………………………….…………….…........77 1
Ilovalar………………………………………………………………………………84 Kirish Dissertasiya ishi m avzu si ning asoslanganligi va dolzarbligi. Hozirgi kundagi ekologik va ijtimoiy vaziyat to’laqonli ovqatlanishni talab qiladi. Bunda sabzavot va poliz mahsulotlari inson uchun bebaho oziq-ovqat manbai sifatida xizmat qiladi. Dunyo bo’yicha sabzavot yetishtirish 2005-yilda 934 mln.tonna bo’lgan bo’lsa 2015-yilda 1550 mln. tonnaga yetdi. O’zbekiston MDH mamlakatlari ichida sabzavot yetishtirish hajmi bo’yicha 3-o’rinni egallaydi. 2011-yilda mamlakatimizda 10550000 tonna sabzavot va poliz mahsulotlari yetishtirilgan bo’lsa 2014-yilda bu ko’rsatkich 13435000 tonnaga yetdi. O’zbekiston hududlarida shu jumladan Samarqand viloyatida poliz- sabzavot ekinlari ahamiyati nihoyatda katta. 1980- yil bilan taqqoslaganda bu o’simliklarni ekish maydoni 2-2,5 barobar ko’payib 35000 gektarga yetgan. Ammo har bir gektar paykaldan olingan mahsulot past darajada turibdi. Qovun, tarvuz, qovoq, bodring hosildorligi yildan –yil hisobiga kamayib bormoqda. Buning asosiy sababi yerning meliorativ holatining yomonlashishi, ekologik va ayrim zararkunandalarni ko`payishi hisoblanadi. Shunga muvofiq o`simliklar hosildorligini ko’paytorosh uchun ilg’or agrotexnik chora tadbirlarni amalga oshirish, zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashning ilmiy asoslangan tadbirlarini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Boshqa o`simliklar singari, poliz ekinlarida ham bunday holatning sababi, zararkunandalarga qarshi kurashda zamonaviy fan yutuqlaridan foydalanmaslik va ilmiy asoslangan chora – tadbirlarni o`tkazilmasligidir. Demak, har bir hududda poliz ekinlari zararkunandalariga qarshi kurash chora – tadbirlarini o`tkazish davomida, ularning bioekologik xususiyatlari va tabiiy kushandalarining xususiyatlarini mukammal o’rganish hamda ulardan samarali foydalanish shu kunning dolzarb masalasi hisoblanadi. 2
Dissertasiya ishining maqsadi. Ushbu magistrlik dissertatsiya ishining asosiy maqsadi, Zarafshon vohasida yetishtiriladigan poliz ekinlarining asosiy zararkunandalaridan bo’lgan qovun pashshasi asosiy turlarining biologik va ekologik xususiyatlarini o`rganish; ularning zarar keltirish darajsini aniqlash; qarshi kurash choralarini takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish. Dissertasiya ishining vazifalari. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni uslubiy jihatdan to’g’ri bajarish zarur. - Qovun pashshasining biologik va ekologik xususiyatlarini mavjud ilmiy manbalardagi ma’lumotlar bilan taqqoslab o’rganish. - Zarafshon vohasi sharoitida qovun pashshasining mavsumiy dinamikasini aniqlash. - Qovun pashshasining tabiiy kushandalarini aniqlash. - Qovun pashshasining qovun hosiliga zarar etkazish darajasini aniqlash. - Qovun pashshasiga qarsh kurash chora – tadbirlari tizimini ishlab chiqish va amaliyotga tavsiya qilish. Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Ushbu ilmiy tadqiqot ishining asosiy masalasi qishloq xo’jalik ishlab chiqarishida poliz ekinlarini zararli bug’imoyoqlilardan himoya qilishda ekologik toza biologik va uyg’unlashgan usul va vositalardan foydalangan holda foydali entomofaglarni saqlab qolib, ular faoliyatidan foydalanish va tabiatda bioxilma-xillikni saqlash, natijada ekologik toza mahsulot etishtirish bo’lib hisoblanadi. Bu masalalarni hal qilishda Zarafshon vohasi sharoitida poliz agrosenozida qovun pashshasi ( Myiopardalis pardalina ) ning biologik va ekologik xususiyatlarini o’rganib, qovun pashshasiga qarshi entomofaglarni qo’llagan holda ular sonini iqtisidiy xavfli chegara mezonidan past darajada saqlashga erishildi. Buning uchun Samarqand viloyati Nurobod tumanida gi Temurjon bog’ dalalari fermer xo’jaligining poliz ekinlari dalalarida tajribalar qo’yildi va tajribalar natijalariga asosan Zarafshon vohasi sharoitida poliz agrosenozida qovun pashshasi ( Myiopardalis pardalina ) ga qarshi biologik usullarni qo’llash hamda zararkunandalar va entomofaglar populyasiyalarining ekologik aloqalari to’g’risida tajribalar natijalariga asoslangan 3
ilmiy ma’lumotlar to’plandi va o’simliklarni himoyia qilish amaliyotida qo’llash uchun tavsiya qilindi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Ushbu magistrlik dissertatsiya ishining ilmiy yangiligi shundan iboratki, birinchi marta Zarafshon vohasi agrosenozlarida tarqalgan qovun pashshasining biologik va ekologik xususiyatlari o’rganildi, ularning fenologik kalendarlari tuzildi, qovun pashshasiga qarshi entomofaglarni qo’llagan holda ular sonini iqtisidiy xavfli chegara mezonidan past darajada saqlashga erishildi. Bundan oldin qo’yi Amudaryo sharoitida qovun pashshasining biologik va ekologik xususiyatlari o’rganilgan, kekin Zarafshon vohasi sharoitida bu masalalar ilk bor o’rganilmoqda. Yangiliklardan yana biri qovun pashshasining entomofaglari va ularning samaradorligi aniqlandi. Kurash chora – tadbirlarni o`tkazish muddatlari bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Dissertasiya ishining ilmiy va amaliy ahamiyati. Mazkur dissertasiya ishida poliz zararkunanda lar i ning turlar tarkibi, ular asosiy turlarining biologik va ekologik xususiyatlari, qovun pashshasining asosiy entomofaglari hamda ularning zararkunandalar populyasiyalari bilan ekologik aloqalari to’g’risida tajribalar natijalariga asoslangan ilmiy ma’lumotlar keltirilgan bo’lib, bu ma’lumotlardan magistrlar va ilmiy tadqiqotchilar soha bo’yicha bajariladigan o’z ilmiy mavzularini bajarishda foydalanishi mumkin. Bundan tashqari, dissertasiya ishida qovun pashshasiga qarshi entomofaglarni va kam ta’sir qiluvchi kimyoviy preparatlarni qo’llash bo’yicha o’tkazilgan tajribalar natijalaridan poliz ekinlarini zararkunandalardan biologik usulda himoya qilishda va atrof muhitni zaharli kimyoviy moddalar bilan ifloslanishdan muhofaza qilishda keng foydalanish mumkin va bu ma’lumotlar ekologlar va o’simliklarni himoya qilish xizmati xodimlari tomonidan keng qo’llanilishi mumkin. Bu esa dissertasiya ishining amaliy ahamiyatini belgilaydi. Dissertasiya ishining tuzilishi va hajmi. Dissertasiya ishi 3 bobdan tashkil topgan. Dissertasiya ishi da o’tkazilgan tajribalar natijalari 6 banddan iborat bo’lgan 4
xulosalarda yqkunlangan. 3 qismdan iborat amaliy tavsiyalar berilgan va o’simliklar himoyasida keng qo’llash uchun tavsiya qilingan. Magistrlik dissertasiyasi 84 sahifadan iborat kompyuter grafikasida sodda, ravon va ilmiy tilda yozilgan bo’lib, ilovalar bunga kirmaydi . Undagi ma’lumotlar 5 ta jadvallar va 16 ta rasmlarda o’z ifodasini topgan. 5